Telegram Web Link
#dolzarb_90_kun #_Energetika_muhandisligi_yangiliklari

🎬 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Energetika muhandisligi fakultetida tahsil olayotgan talaba-yoshlar uchun "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Kino time" loyihasi

👋 Hozirgi kundagi eng yaxshi filmlar qatoridan o‘rin olgan va juda ko‘pchilik tomonidan qiziqishlarga sabab bo‘lgan film namoyishi bo‘lib o‘tadi.

💻 Hayrat

📌91-talabalar turar joyi

12-iyun soat 21:00 da

🤩 Energetika fakulteti axborot xizmati:

🕊Telegram l 📱Instagram l 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb_90_kun #_Energetika_muhandisligi_yangiliklari

➡️Milliy qadryatlar - millat ma'naviyatining ko'zgusi⬅️

🏢 Energetika muhandisligi fakultetida tahsil olayotgan talaba-yoshlar uchun fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini hamda fakultet tyutorlari tomonidan"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Milliy qadryatlar - millat ma'naviyatining ko'zgusi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

🟢 Milliy qadriyatlar – bu nafaqat tarixiy obidalar yoki yozma manbalar, balki har bir insonning qalbida yashaydigan, kundalik hayot tarzida namoyon bo‘ladigan ma’naviy boylikdir. Ota-onaga hurmat, kattalarni e’zozlash, mehnatsevarlik, halollik, mehmondo‘stlik–bularning barchasi bizning milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismidir.

‼️ Biz ularni asrash va rivojlantirish yo‘lida astoydil harakat qilishimiz kerak. Ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni qadrlash, uni avlodlarga yetkazish va milliy ruhni yuksaltirish zarur.

🤩 Energetika fakulteti axborot xizmati:

🕊Telegram l 📱Instagram l 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb_90_kun #_Energetika_muhandisligi_yangiliklari

Zamonaviy yosh – intellektual va jismoniy rivojlanishda yetakchi

🏢 Energetika muhandisligi fakultetida tahsil olayotgan talaba-yoshlar uchun fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini, bank hodimlari hamda fakultet tyutorlari tomonidan"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Zamonaviy yosh – intellektual va jismoniy rivojlanishda yetakchi" mavzusida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

🟢Zamonaviy yosh deganda biz nafaqat bilimga chanqoq, balki sog‘lom turmush tarziga, moliyaviy savodxonlikka, maqsadli hayotga intiluvchi shaxsni tushunamiz. Intellektual rivojlanish – bu faqat darsliklarni o‘rganish emas, balki doimiy o‘z ustida ishlash, yangilikka intilish, tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishdir.

🔸Bank va moliya tizimi – zamonaviy yoshlarning aynan shu fazilatlarini talab qiladi. Bugun moliyaviy savodxonlik har bir yigit-qiz uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmadir. O‘z byudjetini to‘g‘ri boshqarish, tejamkorlik, investitsiya qilish madaniyati – bular hayotingizda barqarorlik va mustaqillikni ta’minlaydi.

✍️Bugungi global dunyoda shiddat bilan o‘zgarayotgan texnologiyalar, mehnat bozori talablariga javob berish uchun yoshlar doimiy o‘z ustida ishlashi shart. Shuning uchun har biringizga quyidagilarni tavsiya qilamiz:
✔️Bilimga do‘st bo‘ling. Har kuni yangi bir narsani o‘rganing.
✔️Vaqtingizni qadrlang. Uni samarali rejalashtiring.
✔️Moliyaviy savodxon bo‘ling. Har bir so‘mingizni oqilona sarflang.
✔️Sog‘lom turmush tarzini tanlang. Bu sizning eng katta boyligingizdir.
✔️O‘z oldingizga aniq maqsadlar qo‘ying va ularga intiling.

Zamonaviy yosh – bu orzularini rejalarga aylantirgan, harakatni odatga aylantirgan va o‘z kelajagini o‘zi barpo eta oladigan shaxsdir.

🤩 Energetika fakulteti axborot xizmati:

🕊Telegram l 📱Instagram l 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb_90_kun #_Energetika_muhandisligi_yangiliklari

🔺 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Energetika muhandisligi fakulteti sirtqi talim shaklida tahsil olayotgan talaba-yoshlar o'rtasida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sportning "Stol tennisi" turi bo'yicha "Dekan kubogi" musobaqasi.

13-iyun soat 10:00
📌 Universitet sport majmuasi

✈️ Ro'yxatdan o'tish uchun: @shoxrux_davlatov

⭕️ G'oliblar maxsus ramziy kubok, esdalik sovg'alari hamda diplom bilan taqdirlanadi.

🤩 Energetika fakulteti axborot xizmati:

🕊Telegram l 📱Instagram l 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TDTU | RASMIY KANAL
#Xushxabar

Toshkent davlat texnika universiteti  “Round University Ranking” xalqaro reytingida TOP-1000 talikka kirdi

“Round University Ranking” xalqaro reyting agentligining 2025-yil uchun natijalari e’lon qilindi.

Mazkur reyting natijalariga ko‘ra, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti dunyoning eng kuchli oliy ta’lim muassasalari qatorida 975-o‘rinni egalladi. Bu natija universitetning global miqyosdagi akademik salohiyati, ta’lim sifatiga bo‘lgan e’tibori va xalqaro faoliyatdagi faolligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Shuningdek, Toshkent davlat texnika universiteti ushbu reytingda moliyaviy barqarorlik (Financial Sustainability) 385-o‘rinni,  Ta’lim sifati (Teaching) yo‘nalishi bo‘yicha jahon miqyosida 798-o‘rini egallagan holda yuqori natijaga erishdi.
Ma’lumot uchun: “Round University Ranking” (RUR) dunyoning eng nufuzli universitetlarini 2010-yildan beri baholab kelayotgan global reyting tizimidir.

Reyting 100 dan ortiq davlatlardan universitetlarni quyidagi 4ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha 20 ta ko‘rsatkich orqali baholaydi: ta’lim sifati, ilmiy salohiyat, xalqaro xilma-xillik va moliyaviy barqarorlik.


🔺 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

🏢 http://tdtu.uz/  |📱Instagram

📱Facebook  |📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/22 02:59:29
Back to Top
HTML Embed Code: