Telegram Web Link
#dolzarb_90_kun #_Energetika_muhandisligi_yangiliklari

🔺 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Energetika muhandisligi fakulteti sirtqi talim shaklida tahsil olayotgan talaba-yoshlar o'rtasida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sportning "Voleybol" turi bo'yicha "Dekan kubogi" musobaqasi bo'lib o'tdi.

🎛 Musobaqada Energetika muhandisligi fakulteti dekani O.Toirov, Registrator ofisi boshlig‘i o'rinbosari M.Ro'zinazarov, universitet "Jismoniy tarbiya va sport" kafedrasi mudiri P.Shokirov boshchiligida kafedra professor-o'qituvchilari, Energetika muhandisligi fakulteti yoshlar masalalari boʻyicha dekan oʻrinbosari J.Bekmurodov, fakultet tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

✍️ Musoboqalarni fakultet dekani O.Toirov ochib beridi va o'z so'zida sport bu — sog‘liq, harakat, kurash, irodaligi, lekin sport faqat jismoniy tayyorgarlik emas, u odamning sabr-toqatini, bardamini, yutqazgan paytda ham mag‘rurligini saqlab qolishini, yutganida esa kamtarlikni namoyon eta olishini o‘rgatishini aytib o'tib barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

🟢Shuningdek universitet "Jismoniy tarbiya va sport" kafedrasi mudiri P.Shokirov so'zga chiqib, bunday sport musobaqalarida barcha talaba-yoshlarni faol ishtirok etishini so'rab, o‘z iqtidor va salohiyatingizni to‘liq namoyon etish, eng muhimi — sog‘lom hayot tarzini doimiy hayot mezoniga aylantirish yo‘lida zafarlar tiladi.

⭕️ Musobaqalar so'ngida g'oliblar maxsus ramziy kubok, esdalik sovg'alari hamda diplom bilan taqdirlandi.

🤩 Energetika fakulteti axborot xizmati:

🕊Telegram l 📱Instagram l 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#_Energetika_muhandisligi_yangiliklari

🔺Toshkent viloyati tuman va shaharlaridagi umumtaʼlim maktablarini taʼmirlash mavsumi munosabati bilan “Qurilish otryadi”da "Energetik, elektromontyor" vazifasida oʻz ixtiyori bilan ishtirok etmoqchi boʻlgan talaba yoshlar, tayanch doktorantlar va yosh oʻqituvchilar — oʻz sohasining faol va tajribali mutaxassislari 2025-yil 23-iyundan 23-iyulgacha boʻlgan muddatda (1 oy) ishga taklif qilinadi.

🔵“Qurilish otryadi” ishtirokchilariga 5 million soʻm miqdorida ish haqi toʻlanadi. Shuningdek, ular bepul yotoq joyi va uch mahal issiq ovqat bilan taʼminlanadilar.

📌 Ishtirokchilar maktablarning energiya taʼminoti tizimlarini montaj qilish va sozlash ishlarida faol ishtirok etadilar.

📥 “Qurilish otryadi”da qatnashishni istaganlar 2025-yil 17-iyun kuni soat 12:00 ga qadar Energetika muhandisligi fakulteti, Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari Bekmurodov Jamol Baxtiyorovichga murojaat qilishlari so'raladi.

🕊 Qo'shimcha savollar bo'yicha: @Jamol7717
☎️ (97) 704 – 24-10

🤩 Energetika fakulteti axborot xizmati:

🕊Telegram l 📱Instagram l 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb_90_kun #_Energetika_muhandisligi_yangiliklari

😄 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Energetika muhandisligi fakulteti sirtqi talim shaklida tahsil olayotgan talaba-yoshlar o'rtasida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talabalar o'rtasida "KIBERSPORT" turniri

⚡️ Tanlov PUBG, Counter-Strike, Playstation turlari bo'yicha bo'lib o'tadi.

🕊 Tanlovda qatnashmoqchi bo'lgan talabalar ma'lumotlarini @shoxrux_davlatov ga jo'natishlari lozim.

📌 Tanlov 17-iyun sanasida soat 15:00 da universitet hududida bo'lib o'tadi.

📌 G'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

🤩 Energetika muhnadisligi fakulteti axborot xizmati:

🕊Telegram l 📱Instagram l 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUGUN_TUGILGAN_KUN

Akademik Allayev Kaxraman Raximovich 80 yoshda


Allayev Kaxraman Rahimovich 1945-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan.
1969-yilda Moskva energetika institutini «Gidroenergetik-elektromexanik muhandis» mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.

1969-yilda Toshkent politexnika institutida (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) «Elektr tarmoqlari va tizimlari» kafedrasi assistenti lavozimida mehnat faoliyatini boshlagan. Energetika fakulteti dekan o‘rinbosari va dekani (1979-1992), ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor (1992-1994), TDTU rektori (2001-2005).
1994–2001-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

1979-yilda sinxron va asinxron generatorlar birgalikda ishlaganda elektr tizimlaridagi o‘tish jarayonlarini tahlil qilish bo‘yicha texnika fanlari nomzodi, 1991-yilda esa Moskva energetika institutida yirik asinxron turbogeneratorlardan foydalangan holda zamonaviy elektr tizimlarining barqarorligi va ishonchliligini oshirish muammosiga bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1993-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. 2017-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi etib saylangan, 1996-yilda Xalqaro elektrotexnika fanlari akademiyasi, 1999-yilda Xalqaro Oliy maktab fanlar akademiyasi akademigi bo‘lgan. 2024-yilda MTU MEIning «Faxriy professori» etib saylangan.

K.R. Allayev tomonidan birinchi marta Gurvis kriteriylari bilan Lyapunov funksiyasining kvadratik shakli orqali olinadigan elektr energetika tizimlarining barqarorlik shartlari ekvivalentligi isbotlangan; birinchi marta asinxron turbogeneratorlarning sinxronlashtiruvchi quvvati va dempfirlash koeffitsienti uchun matematik ifodalar taklif etilgan; birinchi marta murakkab elektr energetika tizimi uchun samarali statik barqarorlik kriteriysi olingan.

U 7 nafar fan doktori (DSc), 10 nafar fan nomzodi (PhD), shuningdek, yuzlab magistrlar, muhandislar va bakalavrlarni tayyorlagan. Ilmiy nashrlari soni — 242 ta, shundan 27 ta monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanma, 20 ta ixtiro va foydali model patenti, jumladan, 2 ta xalqaro patent mavjud.

Hozirgi kunda TDTUning «Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari» kafedrasi professori, xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston vakili, jumladan, BMTning Markaziy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha energiya samaradorligi masalalari komissiyasi (ESCAP) mustaqil eksperti, yosh olimlar ilmiy faoliyati rahbari.

1999-yilda K.R. Allayevga «O‘zbekiston Respublikasi xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni berilgan, 2019-yilda esa «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan.

Akademik K.R.Allayevni bugungi qutlug‘ yoshi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan muborakbod etamiz. Ularga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, mamlakatimiz ilm-fani rivojida o‘z hissalarini qo‘shishda sobitqadamlik, yoshlarga ilm ziyosini taratishda charchamasliklarini tilab qolamiz!

Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Channel name was changed to «TDTU Energetika muhandisligi»
Channel name was changed to «Energetika muhandisligi»
Forwarded from TDTU | RASMIY KANAL
🔸 Joriy yilning 26-avgust kuni Toshkent Davlat Texnika Universitetida navbatdagi ilmiy kengash bo‘lib o‘tdi.

🔸 Unda akademik Qahramon Rahimovich Allayevning 80 yillik yubileyi munosabati bilan universitet rektori, akademik Sadritdin Maxamatdinovich mamlakat ilm-faniga qo‘shgan ulkan hissasini yuksak qadrlab, akademikni samimiy tabrikladilar.

🔸 Ilmiy kengash davomida Qahramon Allayevning ilmiy merosi va gidroenergetika sohasidagi katta xizmatlari alohida e’tirof etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/19 18:29:41
Back to Top
HTML Embed Code: