Telegram Web Link
#nazorat

Buxoro viloyatida sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan MChJga nisbatan chora ko‘rildi


O‘zenergoinspeksiya Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Kogon tumanida joylashgan ulgurji neft mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanayotgan “I.-S.” MChJda 59,8 tonna Ai-80 markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarliklar natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizatsiya qilingan neft mahsuloti qiymatining 50 foizi miqdorida 288.9 million so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.


1️⃣Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu MChJda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Gaz quyish shoxobchalari va fuqarolar xavfsizligi hamda hisob-kitoblar shaffofligini ta’minlovchi “UGaz” tizimi ishga tushirildi

Yurtimizda tabiiy gaz resurslaridan samarali foydalanish va iste’molchiga xavfsiz xizmat ko‘rsatish maqsadida zamonaviy axborot tizimlari joriy etilmoqda.

“Yagona integrator UZINFOCOM” MCHJ tomonidan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyatidagi jarayonlarni real vaqt rejimida qayd etib boradigan “UGaz” tizimi joriy etildi.
👉 VMQ-387, 06.07.2024

“UGaz” tizimi orqali har bir gaz quyish shoxobchasida jarayonlar real vaqt rejimida qayd etiladi. Bu esa:

qo‘lda hisob-kitob olib borish zaruriyatini kamaytiradi;
noqonuniy holatlarning oldini oladi;
jarayon shaffofligini ta’minlaydi;
iste’molchilar uchun xavfsizlik darajasini oshiradi.

Avtomashina gaz quyish shoxobchasiga kirganda uning texnik ko‘rikdan o‘tganligi avtomatik tarzda tekshiriladi. Agar texnik ko‘rik muddati tugagan bo‘lsa — tizim operatorga xabar beradi.

⚠️Shuningdek, agar yoqilg‘i turi mos kelmasa yoki ballon ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa, tizim bu haqda ham operatorni shu joyning o‘zida ogohlantiradi. AGTSHK, haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlaydi.

Tizim orqali tabiiy gazni sotish jarayonlarining shaffofligi ta’minlanadi. Ya’ni, gaz quyish shoxobchasi qabul qilib olayotgan gaz hajmlarining aniq hisob-kitobi yuritiladi. Bu esa, shoxobchalarning tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olishga xizmat qiladi.

Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, AGTKSHlaridagi har bir gaz to‘ldirish kolonkasi va undagi xodim faoliyati onlayn nazorat qilinadi.

Bunda, AGTKSH xodimlarining barcha xizmat ko‘rsatish jarayonlari manfaatdor vazirlik va idoralar (Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “Toshshahartransxizmat” AJ, Elektron hukumat tizimlari, “Energonazorat” platformasi va OneID) bilan integratsiya qilingan.


📞 Call-markaz bilan 712022202 (815 va 814) raqamlari orqali bog‘lanish mumkin.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Havo tarmog‘ini ta’mirlash ishlarida qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan
brigada ish joyidan chetlatildi

O‘zenergoinspeksiya Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.

Xususan, Zomin tumanidagi 0,4 kVli havo tarmog‘ini tortish ishlarini olib borayotgan brigada tashkiliy va texnik tadbirlarni bajarmasdan, xafsizlik texnikasi qoida talablariga zid ravishda ishlayotganligi aniqlandi.


1️⃣Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqi

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на 80-й сессии Генеральной Ассамблеи Организации Объединенных Наций

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the 80th session of the United Nations General Assembly

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuksak minbaridan nutq so‘zladi.

Президент Шавкат Мирзиёев выступил с высокой трибуны Организации Объединенных Наций.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#nazorat

Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tmasdan faoliyat olib borgan shoxobchalarga nisbatan chora ko‘rildi


O‘zenergoinspeksiya Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan “Ch.O.” va "S.P.P." MChJlarga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida ushbu AYOQShlardagi yoqilg'i tarqatish ustunlarining navbatdagi davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddatiga amal qilinmasdan istemolchilarga Ai-80, AI-92 markali avtobenzin va dizel yonilg‘isi sotilayotganligi aniqlandi.


1️⃣ Mazkur qoidabuzarliklar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli qonunining 43-moddasiga asosan ushbu AYOQSHlarga nisbatan 80.3 million so‘m (realizatsiya qilingan 17 545 litr avtobenzin va dizel yonilg'isi qiymatining 50 foizi) miqdorida jarima qo‘llanildi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir

Marg‘ilon shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Oʻzenergoinspeksiya Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Marg‘ilon shahrida fuqaro M. K. ga qarashli avtomobillarni yuvish shaxobchasi elektr qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 283.2 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#Mavsumga_tayyorgarlik

Gaz taqsimlash qurilmalarining texnik holati ko‘rikdan o‘tkazildi

O‘zenergoinspeksiya Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha Guliston tumanida olib borilgan o‘rganishlarda ta‘mirlash ishlari yakunlangan 118 ta gaz taqsimlash punktidan 41 tasida kamchiliklar aniqlandi.

Unga ko‘ra gaz taqsimlash qurilmalarida gaz bosimini bir meyorda taqsimlab berish uchun o‘rnatilgan regulyatorda quvurlar montaj qilinmaganligi, gaz bosimini nazorat qilish uchun manometrlar o‘rnatilmaganligi hamda ularning atrofi o‘ralmasdan texnik holati qoniqarsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi.


1️⃣Shuningdek, gaz quvurlarida tayanchlari o‘rnatilmasdan texnik holati belgilangan meyorlarga javob bermasligi aniqlandi.

Mazkur taʼmirlash ishlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hududdagi masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NO COMMENT 1️⃣Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

📌 Andijon viloyati

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsumga_tayyorgarlik

Ijtimoiy soha obyektlarida mavsumga tayyorgarlik holatlari o‘rganilmoqda


O‘zenergoinspeksiya Qaraqalpog‘iston Respblikasi hududiy boshqarmasi tomonidan Xo‘layli va Kegeyli tumanlarida ijtimoiy soha obyektlarida mavsumga tayyorgarlik holatlarini o‘rganish jarayonida kamchiliklar aniqlanmoqda.

O‘rganish davomida 0,4 kV taqsimlash qurilmasi kabellari tartibsiz, taqsimlash qurilmalarida saqlagichlar o‘rniga qo‘lbola nostandart sim tortilganligi, elektr qurilmalari elektrotexnik laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilmaganligi hamda 10 kVli ajratgichning qayta yerga ulagichlari o'rnatilmaganlik holatlari ma’lum bo‘ldi.


Shuningdek, ko‘mir saqlash omborlarining tayyorgarlik holati va ko‘mir zaxirasining yong‘inga qarshi saqlanishi bo‘yicha 37 ta kamchiliklar aniqlandi.

Mazkur taʼmirlash ishlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hududdagi masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#nazorat

Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tmasdan faoliyat olib borgan shoxobchaga nisbatan chora ko‘rildi


O‘zenergoinspeksiya Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan “P.P." MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida ushbu AYOQShdagi yoqilg'i tarqatish ustunlarining navbatdagi davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddatiga amal qilinmasdan istemolchilarga neft mahsuloti sotilayotganligi aniqlandi.


1️⃣ Mazkur qoidabuzarliklar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli qonunining 43-moddasiga asosan ushbu AYOQSHlarga nisbatan 208.4 million so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir

Termiz shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi


Oʻzenergoinspeksiya Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Termiz shahrida joylashgan "S.S." MChJga qarashli novvoyxona gaz hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 299,8 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#nazorat

Xavfsizlik texnikasi qoidalariga zid ravishda ishlayotgan brigada ish joyidan chetlatildi

O‘zenergoinspeksiya Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.

Xususan, Navoiy issiqlik elektr stansiyasida PGU-1, 478 MVt quvvatli bug‘-gaz qurilmasida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan brigada ish joyini tayyorlamamagan holda xavfsizlik texnikasi qoidalariga zid ravishda ishlayotganligi aniqlandi.


1️⃣Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi.

✈️ Ma’lumot o‘rnida: Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan ishlarni tashkil etish baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NO COMMENT 1️⃣Gaz ta’minoti obyektlarida belgilangan normadan ortiqcha tabiiy gazning texnologik yoʻqotish holatlari aniqlanmoqda

📌 Toshkent shahri

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/23 03:56:55
Back to Top
HTML Embed Code: