Telegram Web Link
#Qoidaga_muvofiq

Yoqilg‘i-energetika sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish talab etiladigan faoliyat turlaridan xabardorimisiz


O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘RQ-701-son Qonunining 5-ilovasiga asosan Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turlari belgilab qo‘yilgan.


✈️ Unga ko‘ra bir yilda 100 ming kub metr va undan ko‘p tabiiy gazdan foydalanadigan korxonalar va texnologik neft-gaz obyektlari (qurilmalari)da qo‘llaniladigan yangidan qurilgan, rekonstruksiya qilingan yoki texnik jihatdan qayta jihozlangan gazdan foydalanish uskunasini, gaz quvurlarini va ulardagi uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqligi hamda yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanish to‘g‘risida xulosa olinishi lozim.

✈️ Mazkur xulosa (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat) O‘zenergoinspeksiya hududiy boshqarmalari tomonidan beriladi.

🚫 Ushbu ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz faoliyatni (harakatni) amalga oshirganlik yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olganlik uchun yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida jarima solinishga sabab bo‘ladi.

1️⃣ Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi!

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan
brigada ish joyidan chetlatildi

O‘zenergoinspeksiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.

Xususan, Xo‘jayli tumanidagi 16-sonli transformator punktida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan brigada tashkiliy va texnik tadbirlarni bajarmasdan, ko‘chma yerlagich o‘rnatilmagan holda xafsizlik texnikasi qoida talablariga rioya qilmasdan ishlayotganligi aniqlandi.


1️⃣Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi.

Ma’lumot o‘rnida: Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan ishlarni tashkil etish baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Namangan viloyatida mavsumga tayyorgarlik jarayonlari bo‘yicha profilaktika tadbiri bo‘lib o‘tdi

O‘zenergoinspeksiya Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan elektr ta’minot korxonalari xodimlari ishtirokida tashkil etilgan yig‘ilishda energetika va ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgalik bo‘yicha hududlarda amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Xususan, energetika obyektlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarni oldini olish, ekspluatatsiya ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilishda energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarining oldini olish yuzasidan hamda mavsumga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari yuzasidan mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Yig‘ilishda sohada korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha qo‘yilayotgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha belgilab olingan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha alohida tushuntirish berildi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
#Tezkor_tadbir

Jiizax viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi


Oʻzenergoinspeksiya Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Sh. Rashidov tumanida "X. N. Ch." MChJga qarashli parrandachilik fermasi o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 206 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
#nazorat

Naryadsiz va
himoya vositalari yetarli bo‘lmasdan ta’mirlash ishlarini bajarayotgan brigada ishdan chetlashtirildi

O‘zenergoinspeksiya Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida o‘tkazilgan o‘rganishda ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holat aniqlandi.

Xususan, Uchtepa tumanidagi "Qatortol – 110/35/10 kVli" podsitansiyada ta’mirlash ishlarini olib borayotgan brigada naryadsiz, tashkiliy va texnik tadbirlarni bajarmagan holda xafsizlik texnikasi qoida talablariga rioya qilmasdan ishlayotganligi aniqlandi.


1️⃣Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi.

Ma’lumot o‘rnida: Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan ishlarni tashkil etish baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi, Muhammad Abunayyan:

«Prezident janoblari, bu darajada ulkan oʻzgarishlarni amalga oshirgan yetakchilardan ikkisini bilaman.

Birinchisi — Siz, ikkinchisi esa Saudiya valiahdi, bosh vazir Muhammad bin Salmon».


Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Biznes-ombudsman devonida O‘zenergoinspeksiya xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi

Tadbirkorlik sube’ktlarida tekshiruv o‘tkazish tartibi, tadbirkor va tekshiruvchilarning huquq va majburiyatlariga doir ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan mazkur seminarda O‘zenergoinspeksiyaga berilgan vakolatlarini amalda qo‘llash mexanizmlari muhokama qilindi.

Unda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish jarayonlarini muvofiqlashtirish va nazorat qiluvchi organlarning mas’uliyatini oshirish mavzusiga to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, Prezidentimizning 2024-yil 14-noyabrdagi "Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonining mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.

Seminarda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni "Yagona davlat nazorati" axborot tizimida ro‘yxatga olish hamda joriy etilayotgan yangi tartiblar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.


O‘quv seminarida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
#Tezkor_tadbir

Buxoro shahrida 546 mln so‘mlik
tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Oʻzenergoinspeksiya Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Buxoro shahrida joylashgan "S." xususiy korxonasiga qarashli oshxona hisoblagichsiz tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 546 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
#So'rovnoma

O‘zenergoinspeksiyada manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq holatlar mavjudmi?
Anonymous Poll
25%
Ha
13%
Qisman mavjud
37%
Yo‘q
25%
Bilmayman
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tok_shou

Mamlakatda benzin ishlab chiqarish, narxlar dinamikasi va sifat nazorati bo‘yicha muhim ma’lumotlar


⛽️Nega AI-80 benzinini ishlab chiqarish to‘xtatildi?

📈Benzin narxining shakllanishiga nimalar ta’sir qilmoqda?


Bu va boshqa dolzarb savollarga mutaxassisdan javoblar — “Munosabat” tok-shousida!

🔴 Batafsil ko‘rsatuvni ushbu havola orqali to‘liq tomosha qiling!

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NO COMMENT 1️⃣Biznes-ombudsman devonida O‘zenergoinspeksiya xodimlari uchun tashkil etilgan seminardan videolavha

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir

Jizzax viloyatida
2,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Oʻzenergoinspeksiya Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida G'allaorol tumanida “A.U.B.” oilaviy korxonasi o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 2 milliard 217 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish yuzasidan seminar o‘tkazildi

O‘zenergoinspeksiya Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuratura hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Inspeksiya xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida unga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

Seminarda bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar va bu borada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda korrupsiya illatini yo‘qotish borasida batafsil maʼlumot va tavsiyalar berib o‘tildi.


Tadbir yakunida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Energetika obyektlarida mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganilmoqda

O‘zenergoinspeksiya Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan “Navoiy Magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli energetika obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining holati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Zarafshon shahri hududida joylashgan “Zarafshon podstansiyasi”da kuch transformatorlaridagi (TS-160) turdagi harorat koʻrsatkichlari qiyoslov koʻrigidan oʻtkazilmaganligi hamda ochiq taqsimlash qurilmasii 220 kVli qismi himoya toʻsiqlari qulflanmagan aniqlandi.


Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
2025/10/19 16:30:49
Back to Top
HTML Embed Code: