Telegram Web Link
#Tezkor_tadbir

Ko‘p qavatli
uylarga xizmat ko‘rsatuvchi MChJ 3,5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi fosh etildi

Oʻzenergoinspeksiya Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va IIB hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Samarqand shahrida “B.Q.S.” MChJga qarashli ko‘p qavatli uy binosi (21 ta xonadon) loyiha hujjatlari rasmiylashtirmasdan tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 3 milliard 560 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar tomonidan tabiiy gaz bosimini su’niy ravishda oshirish maqsadida o‘zboshimchalik bilan “gaz nasos” qurilmalarini o‘rnatrishni targ‘ibot qiluvchi axborotlar ko‘plab uchramoqda.


Hurmatli iste’molchilar!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31 maydagi 319-son Qarorining 129-bandiga asosan: gaz quvurlari yoki gaz taqsimlash shoxobchalarida, gaz taqsimlash tarmoqlarini texnologik ish rejimini buzishga olib keladigan qurilmalarni, ya’ni gaz nasoslarini o‘rnatish taqiqlanishi belgilangan.

1️⃣Ushbu holat tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining buzish ya’ni noqonuniy foydalanish deb hisoblanadi.

O‘zenergoinspeksiya tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida mazkur qoidalarni buzganlik holatlari aniqlanganda iste’molchiga nisbatan gaz hajmlari hisob-kitob qilinib, jarima solinadi. Shuningdek, ushbu holat yuzasidan yetkazilgan zarar hajmiga asosan jinoiy javobgarlik mavjud.


❗️ Unitmang! “gaz nasos” qurilmalaridan foydalanish yong‘in xavsizlik qoidalariga va baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Gaz qurilmalari uchun tegishli xulosalar olmasdan faoliyat olib borgan korxonalarga nisbatan chora ko‘rildi

O‘zenergoinspeksiya Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Termiz tumanidagi “T. S.” XK va Jarqo‘rg‘on tumanidagi "A. X. I." MChJga qarashli 2 ta ishlab chiqarish korxonasida texnik jihatdan qayta jihozlangan gazdan foydalanish uskunalaridan foydalanish yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida ushbu korxonalar yiliga 100 ming kub metrdan ko’p gaz iste’mol qilib, texnik jihatdan qayta jihozlangan gazdan foydalanish uskunalari uchun tegishli xulosalar olmasdan faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.


1️⃣Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 701-sonli qonuniga ko‘ra, ushbu korxonalarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

“Yashil iqtisodiyot” va raqamli transformatsiya: Yevropa bilan yangi strategiya

Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim nafaqat iqtisodiy munosabatlarni yangiladi, balki O‘zbekistonning “yashil iqtisodiyot”, raqamli transformatsiya va inson kapitali sohalaridagi rivojlanishini Yevropa bilan chambarchas bog‘ladi.

Hujjat Parij bitimi doirasidagi majburiyatlarni amalga oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va Orolbo‘yi ekotizimini tiklash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni nazarda tutadi. Yevropa Ittifoqi fondlari orqali moliyalashtirish imkoniyatlari kengayishi mamlakatning ekologik barqarorligi va energetik xavfsizligini ta’minlaydi.

Raqamli yo‘nalishda Bitim innovatsion iqtisodiyot, sun’iy intellekt va startap ekotizimlarini rivojlantirishni qamrab oladi. O‘zbekiston “Horizon Europe” va “Erasmus+” dasturlariga to‘liq qo‘shilish orqali ta’lim, ilm-fan va texnologiya sohalarida Yevropa tajribasini integratsiya qilmoqda.

Mehnat mobilligi va viza talablarini yengillashtirish masalalari inson kapitali rivojiga xizmat qiladi. Talabalar, tadbirkorlar va mutaxassislar uchun Yevropa bilan erkin aloqa imkoniyatlari bilimlar oqimini faollashtiradi.


Bitim — bu nafaqat savdo yoki siyosiy hujjat, balki O‘zbekistonning kelajak iqtisodiyoti uchun “yashil”, raqamli va innovasion yo‘nalishdagi strategik yo‘l xaritasidir. U mamlakatning xalqaro maydondagi rolini kuchaytiradi va Yevropa bilan sheriklikni yangi bosqichga olib chiqadi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NO COMMENT 1️⃣ Elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati

📌 Jizzax viloyati

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fuqarolarning har bir murojaati O‘zenergoinspeksiya tomonidan tezkorlik bilan o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyati, Bandixon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro X. R. ning yashab turgan hududdagi nostandart tayanchlar va elektr simlarni yangi tayanchlarga almashtirish yuzasidan qilgan murojaati O‘zenergoinspeksiya Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan tezkorlik bilan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida ushbu fuqarolarning yashab turgan hududdagi nostandart tayanchlar va elektr simlari yangisiga almashtirildi.

Bu kabi murojaat Qiziriq tumanida istiqomat qiluvchi D. Y. xonadonida ham mavjud bo‘lib, ushbu muammo ijobiy hal etildi.


O‘zenergoinspeksiyaga isteʼmolchilardan kelib tushayotgan har bir murojaat tezkor va ijobiy hal etilmoqda.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
#nazorat

Asosiy maqsad – energetika obyektlarini barqaror ishlashini ta’minlash


O‘zenergoinspeksiya Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarini kuz-qish mavsumida ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida Namangan Milliy elektr tarmoqlari filiali tasarrufidagi podstansiyalarda o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, filial tasarrufida jami 216 dona 35-110-220 kV kuchlanishli podstansiyalar bo‘lib, shundan 68 ta 110 kV kuchlanishli podstansiyalarda avtomatik chastotaviy yuksizlantirish avtomatikasi o‘rnatilgan.

O‘rganishlarda 3 ta (Namuna, Sanoatchi va Yangiqo‘rg‘on) podstansiyada avtomatik chastotaviy yuksizlantirish avtomatikasida nosozlik mavjudligi aniqlandi.


Yuqorida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek avtomatik chastotaviy yuksizlantirish avtomatikasi doimiy ishchi holatda bo‘lishi uchun tegishli mas’ullarga ko‘rsatma berildi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
#Tezkor_tadbir

Nurafshon shahrida 1,1 mlrd
so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi

Oʻzenergoinspeksiya Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Nurafshon shahrida "T. Y. S." MChJga qarashli binoning elektr qurilmalari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra 1 milliard 196 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
#nazorat

Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan
brigada ish joyidan chetlatildi

O‘zenergoinspeksiya Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.

Xususan, Navoiy shahridagi 110/35/10 kVli podstansiyada ta’mirlash ishlarini olib borayotgan brigada tashkiliy va texnik tadbirlarni bajarmasdan, xafsizlik texnikasi qoida talablariga zid ravishda ishlayotganligi aniqlandi.

1️⃣Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi.


✈️ Unitmang! Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan ishlarni tashkil etish baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#energiya_audit

2026-yilda majburiy energiya auditidan o‘tkaziladigan yoqilg‘i-energetika resurslari iste'molchilari ro‘yxati tasdiqlandi

Joriy yilning 20-oktabrida Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi majlisining 93-son bayonnomasi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra 2026-yilda Davlat energetika reyestriga kiritilgan 371 ta korxonalar majburiy energiya auditini o‘tkazishi talab etiladi.


1️⃣ O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgsutdagi "Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida"gi 940-son Qonuniga muvofiq "Majburiy energiya auditi Davlat energetika reyestriga kiritilgan subyektlarda dastlabki, davriy, navbatdan tashqari va ekspress energiya auditi shaklida oʻtkaziladi".

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir

Samarqand viloyatida
o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Oʻzenergoinspeksiya Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Samarqand tumanida “S. S. T.” AJ qarashli nasos stansiyasi o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra 322,6 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegram
| Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
2025/10/24 15:58:45
Back to Top
HTML Embed Code: