Telegram Web Link
#nazorat

Buxoro viloyatida
sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi

O‘zenergoinspeksiya Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida “O. G. B.” MCHJga qarashli AYOQShda Ai-95 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarliklar natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizatsiya qilingan avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida – 62,2 mln so‘m jarima qo‘llanildi.


1️⃣Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qoidaga_muvofiq

Texnik reglamentlarga javob bermaydigan va ko‘plab zaharli moddalar chiqishiga olib keladigan yonilg‘i-moylash materiallarini realizatsiya qilish mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, yonilg‘i-moylash materiallari bilan, qo‘lda savdo qilish yoxud shaharlarda belgilanmagan joylarda qo‘lda savdo qilish uchun ham javobgarlik belgilangan.


✈️ Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir

Gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan gaz so‘rg‘ich moslamalarini o‘rnatish holati aniqlandi


O‘zenergoinspeksiya Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va gaz ta’minoti korxonalari bilan hamkorlikda aholini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida gaz bosimiga ta’sir etuvchi vositalarni aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Buxoro shahri yakka tartibdagi tadbirkor X. O. ga tegishli ishlab chiqarish sexi binosida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan gaz so‘rg‘ich moslamasi o‘rnatish holati aniqlandi.


1️⃣Ushbu qoidabuzarlik gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra 162 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/27 04:28:59
Back to Top
HTML Embed Code: