#Bilish_shart
Energiya auditi natijalari bo‘yicha energetika pasportini yuritish tartibi
✈️ Energetika pasportlarini yuritish jarayonida olingan axborot iste’molchilarning (bundan jismoniy shaxslar mustasno) yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar monitoringini yuritish uchun asos bo‘ladi.
✈️ O‘zenergoinspeksiyaning hududiy boshqarmalari energiya auditorlari tashkilotlaridan energetika pasportlari to‘g‘risidagi axborotni energiya auditidan ixtiyoriy ravishda o‘tkazilgan iste’molchilarning roziligi bilan olishga haqli.
1️⃣ Maxsus vakolatli davlat organi davlat energetika reyestrining, davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlari asosida respublika yalpi ichki mahsulotining energiya sig‘imini hamda yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini hisoblaydi va tahlil qiladi.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Energiya auditi natijalari bo‘yicha energetika pasportini yuritish tartibi
O‘zenergoinspeksiyaning hududiy boshqarmalari energiya auditi natijalari bo‘yicha tuzilgan energetika pasportlarini umumlashtiradi, tahlil qiladi va ularga ishlov beradi. Shuningdek, ularni tizimlashtiradi va tegishli qaror qabul qilish uchun maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi hamda energiya auditi natijalari bo‘yicha tuzilgan energetika pasportlarining Davlat energetika reyestriga kiritilishini ta’minlaydi.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir
Qashqadaryo viloyatida o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Oʻzenergoinspeksiya Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida G‘uzor tumanida “A. F.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasosini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 591 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#Qoidaga_muvofiq
Gaz quyish shoxobchalarini texnika xavfsizligi talablaridan xabardormisiz?
💭 Uskuna va inshootlar
🔘 Gaz quyish shoxobchalari sanitariya va yong‘in xavfsizligi qoidalariga muvofiq qurilishi va joylashtirilishi shart.
🔘 Gaz saqlash rezervuarlari, nasos va kompressor uskunalari xavfsizlik avtomatikasi, bosimdan himoya klapanlari bilan jihozlangan bo‘lishi shart.
🔘 Gaz quvurlari va uskunalarda germetiklik tekshiruvlari muntazam o‘tkazilishi lozim.
💭 Yoqilg‘i quyish jarayonida
🔘 Gaz quyish jarayonida avtoulov dvigateli o‘chirilgan holda turishi shart.
🔘 Cho‘g‘langan buyumlar, ochiq olov, tamaki chekish qat’iyan man etiladi.
🔘 Gaz chiqishi (sizishi) aniqlansa, ish to‘xtatilib, avariya xizmatiga xabar berilishi shart.
💭 Yong‘in va avariya holatlari
🔘 Shoxobcha hududida o‘t o‘chirgichlar, qum, suv havzalari yoki gidrantlar bo‘lishi shart.
🔘 Avtomatik gaz aniqlagich (detektor) va signalizatsiya o‘rnatilishi kerak.
🔘 Avariya holatida gaz berilishini darhol to‘xtatish uchun favqulodda tugmalar (stop) bo‘lishi kerak.
Ushbu talablar O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi qoidalari”, “Sanoat xavfli obyektlar xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni hamda meyoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Gaz quyish shoxobchalarini texnika xavfsizligi talablaridan xabardormisiz?
Ushbu talablar juda katta ahamiyatga ega. Chunki siqilgan va suyultirilgan gazlar portlovchi va yonish xavfi yuqori bo‘lgan moddalar turkumiga kiradi.
Ushbu talablar O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi qoidalari”, “Sanoat xavfli obyektlar xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni hamda meyoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat
Sertifikatlanmagan elektr qurilmalaridan foydalanib kelgan MChJga nisbatan chora ko‘rildi
O‘zenergoinspeksiya Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Jizzax shahrida joylashgan “R. M. C.” MChJ sertifikatlanmagan elektr qurilmalaridan foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
✈️ Ma’lumot o‘rnida: Sertifikatlashtirilmagan energetika uskunalaridan, energiya ta’minoti tarmoqlari va tizimlarining elementlaridan foydalanish, ular yordamida sarflangan yoki uzatilgan energiya qiymatining 10 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Sertifikatlanmagan elektr qurilmalaridan foydalanib kelgan MChJga nisbatan chora ko‘rildi
O‘zenergoinspeksiya Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Jizzax shahrida joylashgan “R. M. C.” MChJ sertifikatlanmagan elektr qurilmalaridan foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 47-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 322,6 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi
Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov rahbarligida tashkil etilgan yig‘ilishda energiya resurslarini iqtisod qilishning asosiy manbasi bo‘lgan quyosh panellarini “Yashil energiya” MCHJ tomonidan o‘rnatilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli tanqidiy muhokama qilindi.
Shuningdek, “Yashil energiya servis” tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar natijadorligi bo‘yicha keng targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish hamda xizmatlar bo‘yicha shartnoma tuzish muddatini qayta ko‘rib chiqib, bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish haqida ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ul vazirlik va idora vakillarining hamda hududlardagi shtab a’zolarining tushuntirish va izohlari eshitildi.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov rahbarligida tashkil etilgan yig‘ilishda energiya resurslarini iqtisod qilishning asosiy manbasi bo‘lgan quyosh panellarini “Yashil energiya” MCHJ tomonidan o‘rnatilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli tanqidiy muhokama qilindi.
Mas’ullarga belgilangan muddatlarda ijtimoiy soha obyektlariga 200 MVT, og‘ir mahallalarga 107 MVT quvvatdagi stansiyalarni o‘rnatilishini ta’minlash, qarzdorlikka yo‘l qo‘ygan tashkilot rahbarlarini rasman ogohlantirish, ijtimoiy soha obyektlarini manzilli ro‘yxatini o‘rganishni yakunlash, pilot loyihalarning moliyalashtirilgan qismi bo‘yicha qurilish ishlarini yakuniga yetkazish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, “Yashil energiya servis” tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar natijadorligi bo‘yicha keng targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish hamda xizmatlar bo‘yicha shartnoma tuzish muddatini qayta ko‘rib chiqib, bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish haqida ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ul vazirlik va idora vakillarining hamda hududlardagi shtab a’zolarining tushuntirish va izohlari eshitildi.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirlarga boy va jo‘shqin rasmiy tashrifi SHHT doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik va O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari rivojiga yangi sur’at bag‘ishlaydi.
—————
Насыщенный и динамичный официальный визит Президента Шавката Мирзиёева придаст новый импульс развитию многостороннего сотрудничества в рамках ШОС и узбекско-китайских отношений.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
—————
Насыщенный и динамичный официальный визит Президента Шавката Мирзиёева придаст новый импульс развитию многостороннего сотрудничества в рамках ШОС и узбекско-китайских отношений.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#Tezkor_tadbir
Toshkent viloyatida 3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Oʻzenergoinspeksiya Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Yangiyo‘l tumanida yakka tartibdagi tadbirkor “X. M.”ga qarashli tekistel mahsulotlarini ishlab chiqarish sexi o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Toshkent viloyatida 3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Oʻzenergoinspeksiya Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Yangiyo‘l tumanida yakka tartibdagi tadbirkor “X. M.”ga qarashli tekistel mahsulotlarini ishlab chiqarish sexi o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 3 milliard 78 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#Mavsumga_tayyorgarlik
Energetika obyektlarida ta’mirlash ishlarining sifati belgilangan talablarga javob bermaslik holatlari aniqlanmoqda
O‘zenergoinspeksiya Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Guliston tumanida ko‘rikdandan o‘tkazilgan 19 ta transformator punktidan 16 tasida ta’mirlash ishlarining sifati va amaldagi qoida talablariga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi.
1️⃣ Mazkur taʼmirlash ishlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hududdagi masʼullarga ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Energetika obyektlarida ta’mirlash ishlarining sifati belgilangan talablarga javob bermaslik holatlari aniqlanmoqda
O‘zenergoinspeksiya Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Guliston tumanida ko‘rikdandan o‘tkazilgan 19 ta transformator punktidan 16 tasida ta’mirlash ishlarining sifati va amaldagi qoida talablariga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi.
O‘rganish davomida 0,4 kV taqsimlash qurilmasi kabellari tartibsiz, elektr qurilmalari elektrotexnik laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilmaganligi, taqsimlash qurilmalarida saqlagichlar o‘rniga qo‘lbola nostandart sim tortilganligi hamda transformatorlarda moy sizish holatlari mavjudligi aniqlandi.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Andijon viloyatida sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan 4 ta AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi
O‘zenergoinspeksiya Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida “M.O.X.”, "B.D.M.", "E.T.O" va "M.O.L." MCHJlarga qarashli 4 ta AYOQShda Ai-92 markali avtobenzin hamda dizel yoqilg‘isidan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
1️⃣ Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShlarda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
O‘zenergoinspeksiya Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida “M.O.X.”, "B.D.M.", "E.T.O" va "M.O.L." MCHJlarga qarashli 4 ta AYOQShda Ai-92 markali avtobenzin hamda dizel yoqilg‘isidan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarliklar natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizatsiya qilingan neft mahsuloti qiymatining 50 foizi miqdorida 59.3 million so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qoidaga_muvofiq
Transformatorlarning sovitish tizimi
💭 Transformatorlar sovitish tizimiga qarab turlari:
“M” – sovituvchi havo va moyni tabiiy aylanishi,
“D” – moy tabiiy aylanishi va havoning majburiy aylantirilishi,
“DS” – moy va havo majburiy aylantirilishi,
“S” – moy va suv majburiy aylantirilishi.
💭 Transformatorlarda harorat meyorlari:
"DS" turida sovitilganda harorat 75 ºCdan,
"M" va "D" turida sovitilganda harorat 95 ºCdan,
"S" turida sovitilganda harorat 70 ºCdan oshmasligi kerak.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Transformatorlarning sovitish tizimi
Transformatorlar ishlash jarayonida elektr energiyasini uzatishda yo‘qotishlar natijasida qiziydi. Meyoridan ortiq qizib ketish transformatorning izolatsiya materiallariga zarar yetkazadi va uning xizmat muddatini qisqartiradi. Shu sababli sovitish tizimi transformatorlarning eng muhim qismidir.
“M” – sovituvchi havo va moyni tabiiy aylanishi,
“D” – moy tabiiy aylanishi va havoning majburiy aylantirilishi,
“DS” – moy va havo majburiy aylantirilishi,
“S” – moy va suv majburiy aylantirilishi.
"DS" turida sovitilganda harorat 75 ºCdan,
"M" va "D" turida sovitilganda harorat 95 ºCdan,
"S" turida sovitilganda harorat 70 ºCdan oshmasligi kerak.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat
Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan brigada ish joyidan chetlatildi
O‘zenergoinspeksiya Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.
1️⃣ Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi.
✈️ Ma’lumot o‘rnida: Ta’mirlash ishlarida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan ishlarni tashkil etish baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan brigada ish joyidan chetlatildi
O‘zenergoinspeksiya Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.
Xususan, Ohangaron tumanida 456-sonli transformator punktida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan brigada tashkiliy va texnik tadbirlarni bajarmasdan, xafsizlik texnikasi qoida talablariga zid ravishda ishlayotganligi aniqlandi.