Telegram Web Link
#nazorat

Litsenziya olmasdan faoliyat olib borgan shoxobchaga nisbatan chora ko‘rildi

O‘zenergoinspeksiya Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Termiz shahrida joylashgan “B.” xususiy korxonasiga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida ushbu AYOQShdagi 3 dona yonilg‘i to‘ldirish ustunlaridagi 8 talik to‘ldirish dastaklaridan neft mahsulotlarini (Ai-80, Ai-91, Ai-92, Ai-95,) chakana sotish faoliyatini tegishli litsenziya olmasdan amalga oshirib kelayotganligi aniqlandi.


1️⃣Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 701-sonli qonuniga ko‘ra, ushbu AGTShga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qoidaga_muvofiq

Yuqori bosimli magistral gaz quvurlari uchun muhofaza maydoni


Diametri va bosimiga qarab muhofaza masofasi o‘zgaradi.

Magistral gaz quvurlarida agar quvur:

🔘 Du-1 200 mm.dan Du-1 400 mm. gacha bo‘lsa, muhofaza zonasi gaz quvurini o‘qidan har ikki tomonga 350 metrdan jami 700 metr;

🔘 Du-1 000 mm.dan Du-1 200 mm. gacha bo‘lsa, muhofaza zonasi gaz quvurini o‘qidan har ikki tomonga 300 metrdan jami 600 metr;

🔘 Du-800 mm.dan Du-1 000 mm. gacha bo‘lsa, muhofaza zonasi gaz quvurini o‘qidan har ikki tomonga 250 metrdan jami 500 metr;

🔘 Du-600 mm.dan Du-800 mm. gacha bo‘lsa, muhofaza zonasi gaz quvurini o‘qidan har ikki tomonga 200 metrdan jami 400 metr;

🔘 Du-300 mm.dan Du-600 mm. gacha bo‘lsa, muhofaza zonasi gaz quvurini o‘qidan har ikki tomonga 150 metrdan jami 300 metr;

🔘 Du-300 mm. va undan kam bo‘lgan gaz quvurlarida esa muhofaza zonasi gaz quvurini o‘qidan har ikki tomonga 100 metrdan jami 200 metr bo‘ladi.

Muhofaza maydonlari maxsus oydinlantiruvchi belgilar bilan belgilab qo‘yiladi.


Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish yuzasidan seminar o‘tkazildi

O‘zenergoinspeksiya Namangan viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuratura hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Inspeksiya xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida unga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

Seminarda bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar va bu borada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda korrupsiya illatini yo‘qotish borasida batafsil maʼlumot va tavsiyalar berib o‘tildi.


Tadbir yakunida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#nazorat

Xavfsizlik texnikasi qoidalariga zid ravishda ishlayotgan brigada ish joyidan chetlatildi

O‘zenergoinspeksiya Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.

Xususan, Marhamat tumanida joylashgan 624-sonli transformator punktida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan brigada ish joyini tayyorlamamagan holda xavfsizlik texnikasi qoidalariga zid ravishda ishlayotganligi aniqlandi.


1️⃣Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir

Samarqand viloyatida
1,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Oʻzenergoinspeksiya Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Narpay tumanida "J." xususiy korxonasiga qarashli ishlab chiqarish sexi hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 884 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#Mavsumga_tayyorgarlik

Energetika obyektlarida ta’mirlash ishlarining sifati belgilangan talablarga javob bermaslik holatlari aniqlanmoqda


O‘zenergoinspeksiya Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Xatirchi tumanida ko‘rikdandan o‘tkazilgan transformator punktlarida ta’mirlash ishlarining sifati va amaldagi qoida talablariga javob bermaslik holatlar aniqlandi.

O‘rganish davomida 0,4 kV taqsimlash qurilmasi kabellari tartibsiz, taqsimlash qurilmalarida saqlagichlar o‘rniga qo‘lbola nostandart sim tortilganligi, elektr qurilmalari elektrotexnik laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilmaganligi hamda 10 kVli ajratgichning qayta yerga ulagichlari o'rnatilmaganlik holatlari ma’lum bo‘ldi.


1️⃣Mazkur taʼmirlash ishlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hududdagi masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
No comment 1️⃣ Ishlab chiqarish korxonasi hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati

📌 Samarqand viloyati

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Gaz taqsimlash stansiyalarida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlarining belgilangan meʼyorlarda olib borilish holati ko‘rikdan o‘tkazildi


O‘zenergoinspeksiya Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Qarshi shahrida joylashgan “Karaktay” gaz taqsimlash stansiyasining texnologik jarayonlar va texnologik jihozlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashi yuzasidan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida 4-sanoat tarmog‘ida joriy ta‘mirlash ishlari sifatsiz olib borilganligi, odorant (merkaptan) sig‘imi ta’mirlanmaganligi uchun ishchi holatda emasligi hamda odorant noto‘g‘ri saqlanayotganligi ma’lum bo‘ldi.


Ushbu aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha masʼullarga ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#Qoidaga_muvofiq

Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish holatlari bo‘yicha rasmiylashtirilgan qoidabuzarlik dalolatnomasiga asosan:

Iste’molchiga tabiiy gazni yetkazib berish to‘xtatiladi va O‘zenergoinspeksiya mutaxassislari tomonidan hisoblagichlar va o‘chirib-yoqish jihozlariga plomba o‘rnatiladi.


✈️ Amalga oshirilgan qayta hisob-kitob bo‘yicha to‘lovlar gaz ta’minoti tashkilotining alohida hisobvarag‘iga undiriladi va to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng tarmoqqa qayta ulanishga ruxsat beriladi.

🚫 Bunda iste’molchi ruxsatsiz plombani buzganligi uchun belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaroning burchidir

O‘zenergoinspeksiya Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuratura hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Inspeksiya xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida unga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

Seminarda bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar va bu borada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda korrupsiya illatini yo‘qotish borasida batafsil maʼlumot va tavsiyalar berib o‘tildi.


Tadbir yakunida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#nazorat

Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan
brigadalar ish joyidan chetlatildi

O‘zenergoinspeksiya tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.

Xususan, Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi 39-sonli transformator punktida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan brigada tashkiliy va texnik tadbirlarni bajarmasdan, xafsizlik texnikasi qoida talablariga zid ravishda ishlayotganligi aniqlandi.


Bu kabi holat Xorazm viloyati Xazorasp tumanida 0,4 kV elektr uzatish tarmog’ida joriy ta’mirlash ishlarini bajarayotgan brigada faoliyatida ham kuzatildi.

1️⃣Mazkur holatlar yuzasidan brigadalar ish joyidan chetlashtirildi.

✈️ Ma’lumot o‘rnida: Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan ishlarni tashkil etish baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir

Qashqadaryo viloyatida
o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Oʻzenergoinspeksiya Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Ko'kdala tumanida fuqaro N. E. ga qarashli suv nasosi o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 221 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
2025/10/23 16:48:10
Back to Top
HTML Embed Code: