#Men_donorman
“Men donorman” xayriya aksiyasi o‘tkazildi
Yaxshilik chegara bilmaydi. Bemorning salomatligi va hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shish esa xayrli ish. Ana shunday ezgu tashabbusda O‘zenergoinspeksiya xodimlari ham faol ishtirok etishdi.
Bunday tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazish tibbiyot markazlarida qonning yetarli darajada ta’minlanishiga yordam beradi.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram

Ushbu aksiyaning maqsadi og‘ir jarohatlar yoki saraton kasalligi bilan og‘rigan, murakkab operatsiyalardan so‘ng qon quyishga juda muhtoj bo‘lgan bemorlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Bunday tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazish tibbiyot markazlarida qonning yetarli darajada ta’minlanishiga yordam beradi.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#Qoidaga_muvofiq
Elektr hisoblagichlarning saqlanishi va daxlsizligi uchun javobgarlik
✈️ Hisoblagichlar zinapoya maydonchalarida o‘rnatilgan taqdirda ularning saqlanishi va butligi uchun uy-joy mulkdorlari shirkati yoki tasarrufida uy-joy bo‘lgan idora, tashkilot javob beradi.
✈️ Ko‘p qavatli uylar zinapoya maydonchalarida o‘rnatilgan hisoblagichlarga zarar yetkazilganda yoki o‘g‘irlangan taqdirda, uy-joy mulkdorlari shirkati yoki idora, tashkilot ularni o‘z hisobidan tiklashi shart.
✈️ Ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar va yakka tartibdagi uy-joylar ichida o‘rnatilgan hisoblagichlarning saqlanishi va butunligi uchun iste’molchi javob beradi.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Elektr hisoblagichlarning saqlanishi va daxlsizligi uchun javobgarlik
Agar hisoblagichlar, o‘lchov transformatorlari, ikkilamchi zanjirlar ko‘p qavatli uylar zinapoya maydonchalarida yoki yakka tartibdagi uy-joylarning bino va inshootlari foydalanish hududidan tashqarida (transformator punkti, tayanch, tashqi fasad va boshqalar) o‘rnatilgan bo‘lib, hisoblagich o‘lchov tizimiga tashqi ta‘sir ko‘rsatilganligi o‘z tasdig‘ini topganda, iste’molchi javobgar hisoblanadi.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat
Namangan viloyatida sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi
O‘zenergoinspeksiya Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida “N. B.” MCHJga qarashli AYOQShda Ai-80 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
1️⃣ Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Namangan viloyatida sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi
O‘zenergoinspeksiya Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida “N. B.” MCHJga qarashli AYOQShda Ai-80 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarliklar natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizatsiya qilingan neft mahsuloti qiymatining 50 foizi miqdorida jarima qo‘llanildi.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_ma’rifat_soati_33_son
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati”
🔴 Navbatdagi o‘quvni YouTubeda tomosha qilishingiz mumkin.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati”
Har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir
Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi MChJ 2,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi fosh etildi
Oʻzenergoinspeksiya Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va IIB hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Samarqand shahrida “B.Q.S.” MChJga qarashli ko‘p qavatli uy binosi loyiha hujjatlari rasmiylashtirmasdan tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 2 milliard 365 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#Mavsumga_tayyorgarlik
Andijon viloyati: Mavsumga tayyorgarlik holati o‘rganilganda 303 ta ijtimoiy soha obyektida 1 212 ta kamchilik qayt etildi
O‘zenergoinspeksiya Respublika ishchi guruhi tomonidan Andijon viloyatidagi ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganilmoqda. To‘rt kun davomida 303 ta muassasa o‘rganildi.
1️⃣ Shuningdek, ko‘mir saqlash omborlarining tayyorgarlik holati va ko‘mir zaxirasining yong‘inga qarshi saqlanishi bo‘yicha 183 ta hamda elektr tarmoqlarining ishchi holatdaligi va elektr taqsimlash qurilmalarida saqlagichlarning mavjudligi bo‘yicha 197 ta kamchiliklar aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha masʼullarga ko‘rsatmalar berildi va bajarilishi nazoratga olindi.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Andijon viloyati: Mavsumga tayyorgarlik holati o‘rganilganda 303 ta ijtimoiy soha obyektida 1 212 ta kamchilik qayt etildi
O‘zenergoinspeksiya Respublika ishchi guruhi tomonidan Andijon viloyatidagi ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganilmoqda. To‘rt kun davomida 303 ta muassasa o‘rganildi.
Xususan, o‘rganish davomida 1 212 ta kamchiliklar aniqlandi. Misol uchun, isitish tizimida 163 ta holat, qozonxonalarning energiya samaradorligi, ventilyatsiya va yong‘inga qarshi xavfsizlik choralari hamda yoqilg‘i zaxirasi bo‘yicha 196 ta kamchiliklar qayt etildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha masʼullarga ko‘rsatmalar berildi va bajarilishi nazoratga olindi.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat
Xavfsizlik texnikasi qoidalariga zid ravishda ishlayotgan brigada ish joyidan chetlatildi
O‘zenergoinspeksiya Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.
1️⃣ Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi.
✈️ Ma’lumot o‘rnida: Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan ishlarni tashkil etish baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Xavfsizlik texnikasi qoidalariga zid ravishda ishlayotgan brigada ish joyidan chetlatildi
O‘zenergoinspeksiya Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.
Xususan, Bog‘ot tumanida joylashgan 1151-sonli transformator punktini boshqa joyga ko‘chirish ishlarini olib borayotgan brigada ko‘chma yerga ulagichlarni o‘rnatmasdan, ish joyini tayyorlamamagan holda xavfsizlik texnikasi qoidalariga zid ravishda ishlayotganligi aniqlandi.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir
Urganch shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Oʻzenergoinspeksiya Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Urganch shahrida "U. S. X." MChJ elektr hisoblagich ulanish sxemasini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Urganch shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Oʻzenergoinspeksiya Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Urganch shahrida "U. S. X." MChJ elektr hisoblagich ulanish sxemasini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 390,7 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.