Telegram Web Link
#Mavsumga_tayyorgarlik

Andijon viloyati: Mavsumga tayyorgarlik holati o‘rganilganda 303 ta ijtimoiy
soha obyektida 1 212 ta kamchilik qayt etildi

O‘zenergoinspeksiya Respublika ishchi guruhi tomonidan Andijon viloyatidagi ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganilmoqda. To‘rt kun davomida 303 ta muassasa o‘rganildi.

Xususan, o‘rganish davomida 1 212 ta kamchiliklar aniqlandi. Misol uchun, isitish tizimida 163 ta holat, qozonxonalarning energiya samaradorligi, ventilyatsiya va yong‘inga qarshi xavfsizlik choralari hamda yoqilg‘i zaxirasi bo‘yicha 196 ta kamchiliklar qayt etildi.


1️⃣Shuningdek, ko‘mir saqlash omborlarining tayyorgarlik holati va ko‘mir zaxirasining yong‘inga qarshi saqlanishi bo‘yicha 183 ta hamda elektr tarmoqlarining ishchi holatdaligi va elektr taqsimlash qurilmalarida saqlagichlarning mavjudligi bo‘yicha 197 ta kamchiliklar aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha masʼullarga ko‘rsatmalar berildi va bajarilishi nazoratga olindi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Xavfsizlik texnikasi qoidalariga zid ravishda ishlayotgan brigada ish joyidan chetlatildi

O‘zenergoinspeksiya Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.

Xususan, Bog‘ot tumanida joylashgan 1151-sonli transformator punktini boshqa joyga ko‘chirish ishlarini olib borayotgan brigada ko‘chma yerga ulagichlarni o‘rnatmasdan, ish joyini tayyorlamamagan holda xavfsizlik texnikasi qoidalariga zid ravishda ishlayotganligi aniqlandi.


1️⃣Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi.

✈️ Ma’lumot o‘rnida: Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan ishlarni tashkil etish baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NO COMMENT 1️⃣Ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganilmoqda.

📌 Andijon viloyati

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir

Urganch shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi


Oʻzenergoinspeksiya Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Urganch shahrida "U. S. X." MChJ elektr hisoblagich ulanish sxemasini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 390,7 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#nazorat

Energetika obyektlarida teplovizor ko‘riklari amalga oshirilmoqda


O‘zenergoinspeksiya Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida energetika obyektlarida o‘tkazilgan teplovizor ko‘riklarida elektr qurilmalarning meyoridan ortiq qizish bilan bog‘liq holatlar o‘rganilmoqda.

Misol uchun, Namangan shahrida joylashgan 294-sonli transformator punktining elektr qurilmalari teplovizor bilan o‘lchanganda kontaktlardagi harorati 413 ºC ni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich meyoriy ko‘rsatkichdan yuqori hisoblanadi.


1️⃣Shuningdek, ushbu hududdagi 7 ta transformator punktida bu kabi meyoridan yuqori qizish holatlari aniqlandi.

Mazkur holatlar bo‘yicha Inspeksiya tomonidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi va uning bajarilishi nazoratga olindi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir

Farg‘ona viloyatida 733 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi


Oʻzenergoinspeksiya Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Farg‘ona tumanida fuqaro A. X. ga qarashli novvoyxona hech qanday hujjatlarsiz, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 733 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#moddiy_yordam

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi

Joriy yil 19-sentyabr holatiga ko‘ra, “Mahalla yettiligi” tomonidan 317 698 ta qo‘shimcha ehtiyojmand oilalar ro‘yxati tuzildi.

Xabaringiz bor, 2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yil noyabr oyida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalar hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha shakllantirilgan ro‘yxatdagi ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratiladi.


1️⃣ Agar siz ushbu toifalarga mos kelib, ehtiyojmand oila bo‘lsangiz, joriy yilning 25-sentyabr kuniga qadar “Mahalla yettiligi”ga murojaat qiling.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bo‘yicha nazorat tadbirlari yuzasidan tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘zenergoinspeksiyaning markaziy apparati va barcha hududiy boshqarma xodimlari ishtirokida tashkil etilgan yig‘ilishda energetika va ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgalik bo‘yicha hududlarda amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarga birma-bir to‘xtalib o‘tilib, tahlil qilindi.

Xususan, energetika obyektlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarni oldini olish, ekspluatatsiya ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish hamda ushbu obyektlarda doimiy ravishda o‘rganishlarni tashkil etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.


Mazkur yo‘nalishda qo‘yilayotgan vazifalar hamda belgilab berilgan ishlarni to‘g‘ri tashkil etmagan hududlar mas’ullariga rasman ogohlantirishlar berildi.

Yig‘ilishda energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarining oldini olish yuzasidan profilaktik tadbirlarini kuchaytirish hamda mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari yuzasidan mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

1️⃣Yig‘ilishda sohada korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha qo‘yilayotgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha belgilab olingan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha alohida tushuntirish berildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan hududiy boshqarmalar mas’ullarining tegishli hisobotlari eshitildi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir

Qashqadaryo viloyatida 522 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi


Oʻzenergoinspeksiya Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Koson tumanida "B. A." fermer xo‘jaligiga qarashli elektr qurilmalari hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 522 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
2025/10/22 17:03:48
Back to Top
HTML Embed Code: