Telegram Web Link
#nazorat

Gaz qurilmalari uchun tegishli xulosalar olmasdan faoliyat olib borgan 3 ta korxonaga nisbatan chora ko‘rildi

O‘zenergoinspeksiya Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Termiz tumanidagi “T. X. A.” MChJ, Qumqo‘rg‘on tumanida “A. P. G.” MChJ va Jarqo‘rg‘on tumanida “S. Q. M. K. Z” MChJlarga qarashli 3 ta korxonada rekonstruksiya qilingan hamda texnik jihatdan qayta jihozlangan gazdan foydalanish uskunalaridan foydalanish yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida ushbu korxonalar yiliga 100 ming kub metrdan ko’p gaz iste’mol qilib, texnik jihatdan qayta jihozlangan gazdan foydalanish uskunalari uchun tegishli xulosalar olmasdan faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.


1️⃣Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 701-sonli qonuniga ko‘ra, ushbu korxonalarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan jami 247 million so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi va O’zbekiston Respublikasi MJTKning 165-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik rasmiylashtirildi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Xavfsizlik texnikasi qoidalariga zid ravishda ishlayotgan brigada ish joyidan chetlatildi

O‘zenergoinspeksiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.

Xususan, Beruniy tumanida joylashgan 82-sonli transformator punktidata’mirlash ishlarini olib borayotgan brigada ko‘chma yerga ulagichlarni o‘rnatmasdan, ish joyini tayyorlamamagan holda xavfsizlik texnikasi qoidalariga zid ravishda ishlayotganligi aniqlandi.


1️⃣Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi.

✈️ Ma’lumot o‘rnida: Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan ishlarni tashkil etish baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini majburiy energiya auditidan o‘tkazish tartibiga ko‘ra:

Davlat enegetika reyestriga kiritilgan subyektlar – yiliga 500 hamda undan ortiq tonna shartli yoqilg‘ini va 250 va undan ortiq tonna motor yoqilg‘isini iste’molchilari majburiy enegetika tekshiruvidan o‘tkaziladi.


Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#Mavsumga_tayyorgarlik

Ijtimoiy soha obyektlarida mavsumga tayyorgarlik holatlari o‘rganilmoqda


O‘zenergoinspeksiya Respublika ishchi guruhi tomonidan Jizzax shahridagi 104 ta ijtimoiy soha obyektida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganildi.

Xususan, o‘rganish davomida 330 ta kamchiliklar aniqlandi. Misol uchun, isitish tizimida 25 ta holat, qozonxonalarning energiya samaradorligi, ventilyatsiya hamda yong‘inga qarshi xavfsizlik choralari bo‘yicha 91 ta kamchiliklar qayt etildi.


1️⃣Shuningdek, elektr tarmoqlarining ishchi holatdaligi va elektr taqsimlash qurilmalarida 97 ta kamchiliklar aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha masʼullarga ko‘rsatmalar berildi va bajarilishi nazoratga olindi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#STOP_korrupsiya

Pora olish, pora berish uchun jazo


Korrupsiyani to‘xtating! Korrupsiya bilan bog‘liq qonunbuzarlikka duch kelsangiz, darhol huquq tartibot idoralariga xabar bering


Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSHga tashrifi: BMTning yuksak minbaridan yangragan global tashabbuslar, iqtisodiyotimiz rivoji va xalqimiz farovonligiga xizmat qiladigan tarixiy uchrashuv va kelishuvlar.
____________

Визит Президента Шавката Мирзиёева в США: глобальные инициативы, прозвучавшие с высокой трибуны ООН, исторические встречи и договоренности во имя развития национальной экономики и благополучия нашего народа.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida paxta hosili yig‘imi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, investitsiya va eksport ko‘rsatkichlari ijrosi hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar tahlili yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham ko‘rib chiqildi.

Respublika bo‘yicha 640 ta maktab va bog‘chadan 125 tasida ta’mirlash ishlari hali yakunlanmagan. 9,8 ming ko‘p qavatli uyning qariyb mingtasi tayyor emas. Jizzax va Surxondarodagi qozonxonalar ta’miri ham oxirigacha yetkazilmagan.

Davlatimiz rahbari ikki hafta ichida bu masalalarni hal etish, nimstansiya, elektr va suv tarmoqlarini mavsumga shay holatga keltirish zarurligini qayd etdi.


Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#nazorat

Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan
brigada ish joyidan chetlatildi

O‘zenergoinspeksiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.

Xususan, Shumanay tumanida joylashgan 174-sonli transformator punktidan chiquvchi 0,4 kV elektr uzatish havo tarmoqlari uchun simlarni tortirish va ustunlarni o‘rnatish ishlarini olib borayotgan brigada ish joyini tayyorlamamagan holda xavfsizlik texnikasi qoidalariga zid ravishda ishlayotganligi aniqlandi.


1️⃣Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi.

✈️ Ma’lumot o‘rnida: Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan ishlarni tashkil etish baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir

Termiz shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi


Oʻzenergoinspeksiya Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Termiz shahrida joylashgan "T.Sh." MChJga qarashli binoda hech qanday hujjatlarsiz tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 265 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
🔴 #nazorat

Ijtimoiy soha obyektlarida
mavsumga tayyorgarlik holatlarini o‘rganish jarayonida aniqlan kamchiliklar bartaraf etilmoqda

O‘zenergoinspeksiya Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘tgan haftada Andijon viloyatidagi 594 ta ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganish davomida 2 381 ta kamchiliklar aniqlangan edi.


Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha masʼullarga berilgan ko‘rsatmalarni bajarilishi nazoratga olinib, gaz taqsimlash punktlari yangilanmoqda.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir

Farg‘ona viloyatida 2,2 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi

Oʻzenergoinspeksiya Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida O‘zbekiston tumanida "A.S.S." MChJga qarashli tosh maydalash korxonasi elektr hisoblagichning ulanish sxemasini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirgan holda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 2 milliard 266 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
2025/10/19 22:41:23
Back to Top
HTML Embed Code: