Telegram Web Link
#nazorat

Ijtimoiy soha obyektlarida
mavsumga tayyorgarlik holatlarini o‘rganish jarayonida kamchiliklar aniqlanmoqda

O‘zenergoinspeksiya Respublika ishchi guruhi tomonidan 15-23 sentabr kunlari Andijon viloyatidagi 652 ta ijtimoiy soha obyektida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganish davomida 1 881 ta kamchilik aniqlandi.

Unga ko‘ra 15 ta oliy ta’lim muassasasi, 262 ta sog‘liqni saqlash obyekti hamda 1 398 ta maktab va maktabgacha ta’lim obyekti mavsumiga tayyorgarlik holati qoniqarsizligi aniqlandi.


Xususan, qozonxonalarning energiya samaradorligi, ventilyatsiya va yong‘inga qarshi xavfsizlik choralari bo‘yicha 573 ta hamda elektr tarmoqlari va qurilmalarining ishchi holatdaligi bo‘yicha 396 ta kamchiliklar qayt etildi.

1️⃣ Ayni vaqtda ushbu kamchiliklarning 202 tasini bartaraf qilinishi ta’minlandi.

O‘rganishlar davom etmoqda.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhim_yangilik

“MyDX: Davlat xizmatchisi” mobil ilovas ishga tushdi

Davlat xizmatchilari uchun shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish, tashabbuslarni ilgari surish, karyera imkoniyatlari va onlayn ta’limga yo‘naltirilgan yangi innovasion platforma ishga tushirildi.


Ilovani yuklab oling va undan mutlaqo bepul foydalaning!

🔴Google Play
🔴AppStore

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Faxriy energetiklar e’zoz va e’tirofda

Xalqimiz azal-azaldan ustozga hurmat koʼrsatib kelgan. Bu muqaddas qadriyat yillardan-yillarga, avloddan avlodga oʼtib, bugun ham mamlakatimizda oʼqituvchilarga, ustoz hamda murabbiylarga yuksak ehtirom qaratilmoqda.


1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Inspeksiyada uzoq yillar mobaynida samarali mehnat faoliyatini yuritgan, ko‘plab yoshlarga o‘z bilim va tajribalarini ulashib kelgan faxriy ustozlar bilan uchrashib, bayram sovg‘alari topshirildi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrik

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qalbi ezguliklarga yo‘g‘rilgan aziz Ustozlar,

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!


Sizning yuksak mas’uliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnatingizda zafarlar, oilaviy hayotingizda esa baxt va omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#nazorat

Havo tarmog‘ini ta’mirlash ishlarida qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan
brigada ish joyidan chetlatildi

O‘zenergoinspeksiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.

Xususan, Nukus shahrida 0,4 kVli havo tarmog‘ida SIP kabellarni tortish ishlarini olib borayotgan brigada ish joyini tayyorlamamagan holda xavfsizlik texnikasi qoidalariga zid ravishda ishlayotganligi aniqlandi.


1️⃣Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi.

Ma’lumot o‘rnida: Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan ishlarni tashkil etish baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir

Andijon viloyatida 772,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan savdo do‘koni aniqlandi

Oʻzenergoinspeksiya Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Andijon shahrida yakka tartibdagi tadbirkor X. B. ga qarashli savdo do‘koni o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 772,9 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NO COMMENT1️⃣ Hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati

📌 Jizzax viloyati

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Sertifikatlanmagan gaz uskunalaridan
foydalanib kelgan shoxobchaga nisbatan chora ko‘rildi

O‘zenergoinspeksiya Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Urgansh shahrida joylashgan “H. T.” AJga qarashli shaxobchada suyiltirilgan uglevodorod gazini qonunchilikda belgilangan tartibda tarqatilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida sertifikatlashtirishdan o‘tkazilmagan hamda belgilangan tartibda tamg‘alanmagan nazorat o‘lchov asboblari va yoqilg‘i tarqatish ustunlaridan foydalanib kelayotganligi aniqlandi.


Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, realizatsiya qilingan suyiltirilgan uglevodorod gazini 50 foizi miqdorida jarima qo‘llanildi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#Qoidaga_muvofiq

Quyidagi holatlar texnik xato va kamchiliklar yoki elektr energiyasidan foydalanish qoidalarining iste’molchining aybisiz buzilishi deb hisoblanadi:

💭 iste’molchilar bilan hisob-kitoblarda noto‘g‘ri tarif guruhi qo‘llanilishi (mayning sohasi bundan mustasno);

🔍iste’molchiga mansub bo‘lgan tarmoqlardagi texnologik sarflar hamda quvvat koeffitsiyentining (cos φ) iqtisodiy qiymati hisob-kitob qilinmasligi;

🔍 hisoblash tizimiga ta’sir qilmagan holda, ikkilamchi tok zanjirida kirish va chiqish simlar o‘zaro o‘rni almashtirib ulangan holatlar (“berish” / “qabul” rejimi). Quyosh panellari o‘rnatilganligi bundan mustasno;

🔍 hisoblagich yoki o‘lchov transformatorlari navbatdan tashqari yoki davriy qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilganda davlat standartlarida ruxsat etilgan xatolik me’yorlaridan kam yoki ko‘p ko‘rsatkichlarda ishlaganligi aniqlanganda;

🔍 hisoblagich ikkilamchi zanjir simlarining mexanik ta’sirdan uzilishi (tabiiy uzilish) hamda hisoblagich yoki o‘lchov transformatorlarining iste’molchining aybisiz buzilishi;

🔍 hisobga olinadigan elektr energiyasi miqdorini kamaytirish maqsadida dasturga qo‘shimcha kamayuvchi koeffitsiyentlarni kiritish.


1️⃣Ushbu holatlarda iste’molchiga iste’mol qilingan haqiqiy elektr energiyasi sarfi bo‘yicha Elektr ta’minot korxonasi yoki iste’molchi manfaatiga qayta hisob-kitoblar amalga oshiriladi.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
«Uzoq yillar ko‘p balolarni boshidan kechirishga majbur bo‘lgan bu xalq endilikda o‘z kimligini topishga, ma’naviy yangilanishga bel bog‘ladi» — Q.Rafiqov

Siyosatshunos Qudratilla Rafiqov «Rossiyskaya gazeta»da e'lon qilingan maqolasida tarixiy xotira va milliy o‘zlikni anglash haqidagi mushohadalarini ifoda etdi.

Muallif yaqin o‘tmish haqida fikr yuritar ekan, ajdodlarimiz kimu, bu dunyoda joyimiz qayerda bo‘lganini unutib qo‘yganimiz, eng alamlisi, zamonaviy dunyo sahnidagi madaniy va tarixiy o‘rnimiz qumga sing­gan suvday «yo‘qolib» qolganini tak’idlaydi.

Bugun esa O‘zbekiston qanday yo‘lga kirganini va bu yerda nimalar bo‘layotganini barcha ko‘rib, his qilib turganiga ishonishini bildiradi:

«Bir nozik jihat borki, buni hammayam ilg‘ab olayotganiga shubham bor. Men ilgarigi bir necha maqolalarimda bildirgan fikrimda sobitman — uzoq yillar ko‘p balolarni boshidan kechirishga majbur bo‘lgan bu yurt va uning xalqi endilikda nafaqat mamlakat suverenitetini mustahkamlash, balki unuttirilgan va bag‘ridan yulib olingan ulug‘ o‘tmish xotirasi, madaniyati va ajdodlari merosini tiklash hamda bu sharafli harakat o‘laroq o‘z kimligini topishga, ma’naviy yangilanishga bel bog‘ladi, desam, to‘g‘ri bo‘ladi», — deb yozadi Q.Rafiqov.


Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_ma’rifat_soati_35_son

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchiSiyosiy ma’rifat soati


Har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.


🔴 Navbatdagi o‘quvni YouTubeda tomosha qilishingiz mumkin.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Xavfsizlik texnikasi qoidalariga zid ravishda ishlayotgan brigada ish joyidan chetlatildi

O‘zenergoinspeksiya Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.

Xususan, Olot tumanida 0,4 kV havo tarmog‘ini daraxt shoxlaridan tozalash ishlarini olib borayotgan brigada ish joyini tayyorlamamagan holda xavfsizlik texnikasi qoidalariga zid ravishda ishlayotganligi aniqlandi.


1️⃣Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi.

Ma’lumot o‘rnida: Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan ishlarni tashkil etish baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir

To‘rtko‘l tumanida 577 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan "Metan
zapravka" aniqlandi

Oʻzenergoinspeksiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida To‘rtko‘l tumanida joylashgan “R. M. T.” xususiy korxonasiga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida gaz hisoblash uskunasini monifold qismiga tashqi taʼsir oʻtkazilganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 557 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
2025/10/19 16:37:20
Back to Top
HTML Embed Code: