Telegram Web Link
#Tezkor_tadbir

Namangan viloyatida 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Oʻzenergoinspeksiya Namangan viloyat hududiy boshqarmasi, IIB va elektr ta’minoti korxonasi hamkorligida Davlatobod tumanida oʻtkazilgan nazorat tadbirida fuqaro M. J. ga qarashli metalni qayta ishlash sexida o‘lchov uskunalarini qasddan uzib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 163 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Veb-sayt | Telegram | X | Facebook | Instagram
#nazorat

Energetika obyektlarida mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganilmoqda


O‘zenergoinspeksiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan magistral elektr tarmoqlariga qarashli podstansiyalarda havo elektr uzatish tarmoqlarida avtomatik chastotali yuksizlantirgich qurilmalari o‘rganildi.

Xususan, magistral elektr tarmoqlari filiali tasarrufidagi jami 110 ta 35-110-220 kVli podstansiya mavjud bo‘lib, shundan 21 ta podstansiyada 202 ta avtomatik chastotali yuksizlantirgich qurilmalari o‘rnatilgan.


1️⃣Shundan, 15 ta podstansiyada 6-10-35 kVli havo elektr uzatish tarmoqlarida 37 ta avtomatik chastotali yuksizlantirgich qurilmasining nosoz holatdaligi aniqlandi.

Yuklama ostida rostlash va avtomatik chastotali yuksizlantirish qurilmalarini doimiy ishchi holatda bo‘lishini taminlashi uchun tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zenergoinspeksiya markaziy nazorat-kimyo laboratoriyasi tomonidan yoqilg‘i quyish shoxobchalarida neft mahsulotlarining sifati va davlat standart talablariga rioya etilishi yuzasidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

🔴 Quyidagi lavhamizda bu haqda batafsil tanishingiz mumkin.

Telegram
| Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir

Qashqadaryo viloyatida
o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Oʻzenergoinspeksiya Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida G'uzor tumanida “N. Sh.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 422,5 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Energiya audit o‘tkazish jarayonlarini raqamlashtirish masalalari bo‘yicha seminar tashkil etildi

O'zenergoinspeksiya tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda Energiya samaradorlik milliy agentligi, yoqilg'i-energetika resurslari iste'moli yuqori bo'lgan korxonalar hamda energiya auditi faoliyati bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Unda platformaning asosiy funksiyalari, jumladan, energiya auditi dasturini elektron shaklda tasdiqlash, audit jarayonini onlayn kuzatish hamda hisobot va energiya pasportlarini yagona ma’lumotlar bazasida yuritish imkoniyatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.


1️⃣Shuningdek, platformaning afzalliklari – inson omilining kamayishi, ma’lumotlarning aniqligi, tezkor almashinuvini ta’minlashi va barcha jarayonlarning yagona tizim orqali nazorat qilinishi ta’kidlab o‘tildi.

Seminar yakunida auditorlar tomonidan platformadan foydalanish bo‘yicha savollar va takliflar bildirildi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NO COMMENT1️⃣ Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir ko‘rsatilgan va muhrlar buzilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati

📌 Farg‘ona viloyati

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Elektr tarmoqlari obyektlarining muhofaza zonalarida noqonuniy qurilgan obyektga nisbatan chora ko‘rildi

Oʻzenergoinspeksiya Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Sherobod tumanida joylashgan “J. B.” MChJga qarashli bino 10 kVli еlektr uzatish tarmog‘ining muhofaza hududida faoliyat yuritayotganligi aniqlandi.

1️⃣ Ushbu holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 102-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar Sud organlariga taqdim etildi.

Taʼkidlash joizki, ushbu muhofaza maydonlari hududida qurilgan obyektlar eng avvalo insonlar uchun xavfli boʻlib, bunday qurilishlar tegishli maxsus ruxsatnomalar orqali amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, muhofaza zonasi – elektr uzatish tarmogʻi boʻylab chetki simlaridan har ikkala tomonga vertikal tekislik bilan chegaralangan yer maydoni va havo boʻshligʻidan iborat maydon. Mazkur hududda uy, bino, issiqxona va hokazolar qurish, har qanday qurilish ishlarini olib borish qatʼiyan taqiqlanadi.


Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Oʻzenergoinspeksiya Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida energetika obyektlarida ta’mirlash ishlarida kamchiliklar aniqlanmoqda


Unga ko‘ra ko‘plab izolyatorlari singanligi va qush inlariga qarshi qurilmalar standartlar bo‘yicha o‘rnatilmaganligi sababli qush inlari tarmoqda ko‘plab uchramoqda. Buning natijasida tarmoqda rejasiz o‘chishlarga, istemolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berishda muammolarga sabab bo‘ladi.


🔴 Quyidagi lavhamizda bu haqda yaqindan tanishishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nazorat tadbirlari 1️⃣ Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

🔴 Bu haqda batafsil "O'zbekiston 24" telekanalining "Vaziyat 24" dasturi orqali efirga uzatilgan reportajda tanishishingiz mumkin

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir

Qashqadaryo viloyatida
2,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Oʻzenergoinspeksiya Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida G'uzor tumanida “O. D.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 2 milliard 477 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
#nazorat

Energetika obyektlarida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlarida qoniqarsiz holatlar aniqlanmoqda


O‘zenergoinspeksiya Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida elektr hamda gaz qurilmalarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan bajarilgan mukammal ta’mirlash ishlarining sifati va amaldagi qoida talablariga muvofiqligi o‘rganilmoqda.

Xususan, Qo‘shko‘pir tumanida 23 transformator punktini o‘rganish davomida 8 tasida ta’mirlash ishlarining sifati va amaldagi qoida talablariga javob bermasligi ma’lum.

O‘rganish davomida elektr qurilmalari elektrotexnik laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilmaganligi, taqsimlash qurilmalarida saqlagichlar o‘rniga qo‘lbola nostandart sim tortilganligi hamda ayrim transformatorlarda moy sizish holati mavjudligi aniqlandi.

Shuningdek, gaz quvurlarida tayanchlari o‘rnatilmasdan texnik holati belgilangan meyorlarga javob bermasligi aniqlandi.


Mazkur taʼmirlash ishlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hududdagi masʼullarga ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NO COMMENT 1️⃣Nazorat tadbirlarida gaz taqsimlash qurilmalarining qoniqarsiz texnik holatda tabiiy gazning belgilangan normadan ortiqcha texnologik yo‘qotishlar aniqlanmoqda

📌 Qarshi shahri

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qoidaga_muvofiq

Yoqilg‘i-energetika sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish talab etiladigan faoliyat turlaridan xabardorimisiz


O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘RQ-701-son Qonunining 5-ilovasiga asosan Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turlari belgilab qo‘yilgan.


✈️ Unga ko‘ra bir yilda 100 ming kub metr va undan ko‘p tabiiy gazdan foydalanadigan korxonalar va texnologik neft-gaz obyektlari (qurilmalari)da qo‘llaniladigan yangidan qurilgan, rekonstruksiya qilingan yoki texnik jihatdan qayta jihozlangan gazdan foydalanish uskunasini, gaz quvurlarini va ulardagi uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqligi hamda yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanish to‘g‘risida xulosa olinishi lozim.

✈️ Mazkur xulosa (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat) O‘zenergoinspeksiya hududiy boshqarmalari tomonidan beriladi.

🚫 Ushbu ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz faoliyatni (harakatni) amalga oshirganlik yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olganlik uchun yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida jarima solinishga sabab bo‘ladi.

1️⃣ Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi!

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan
brigada ish joyidan chetlatildi

O‘zenergoinspeksiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.

Xususan, Xo‘jayli tumanidagi 16-sonli transformator punktida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan brigada tashkiliy va texnik tadbirlarni bajarmasdan, ko‘chma yerlagich o‘rnatilmagan holda xafsizlik texnikasi qoida talablariga rioya qilmasdan ishlayotganligi aniqlandi.


1️⃣Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi.

Ma’lumot o‘rnida: Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan ishlarni tashkil etish baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/18 21:36:34
Back to Top
HTML Embed Code: