Telegram Web Link
Energetika obyektlarida mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganilmoqda

O‘zenergoinspeksiya Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan “Navoiy Magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli energetika obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining holati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Zarafshon shahri hududida joylashgan “Zarafshon podstansiyasi”da kuch transformatorlaridagi (TS-160) turdagi harorat koʻrsatkichlari qiyoslov koʻrigidan oʻtkazilmaganligi hamda ochiq taqsimlash qurilmasii 220 kVli qismi himoya toʻsiqlari qulflanmagan aniqlandi.


Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
#nazorat

Xavfsizlik texnikasi qoidalariga zid ravishda ishlayotgan brigada ish joyidan chetlatildi

O‘zenergoinspeksiya Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.

Xususan, Guliston shahrida 121-sonli transformator punktida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan brigada tashkiliy va texnik tadbirlarni bajarmagan holda xafsizlik texnikasi qoida talablariga rioya qilmasdan ishlayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi.


✈️ Unitmang! Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan ishlarni tashkil etish baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Isteʼmolchilardan kelib tushgan har bir murojaat tezkorlik bilan o‘rganilmoqda

Bugun, Qarshi shahrida joylashgan "N. O." MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida sifatsiz Ai-80 markali avtobenzin sotilayotgani haqida fuqaro M. J. tomonidan qilingan murojaat O‘zenergoinspeksiya Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan tezkorlik bilan o‘rganildi.

Ushbu holat bo‘yicha mazkur AYOQSHda sotilayotgan Ai-80 markali avtobenzinlardan namunalar olinib, tahlildan o‘tkazish uchun O‘zenergoinspeksiyaning kimyo-laboratoriyasiga yuborildi.

Tahlil natijalari ko‘ra sotilayotgan Ai-80 markali avtobenzin davlat standart talablariga javob berishi ma’lum bo‘ldi.


Mazkur o‘rganish jarayonida ishtirok etgan fuqaro o‘z murojaatini o‘rganish natijalari yuzasidan e’tirozi yo‘qligini va holat yuzasidan minnatdorligini bildirdi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
#nazorat

Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan
brigada ish joyidan chetlatildi

O‘zenergoinspeksiya Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.

Xususan, Termiz shahrida 35 kV yangi havo tarmog‘i uchun o‘rnatilgan metall tayanchni montaj ishlarini olib borayotgan brigada tashkiliy va texnik tadbirlarni bajarmasdan, xafsizlik texnikasi qoida talablariga zid ravishda ishlayotganligi aniqlandi.


1️⃣Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir

Buxoro shahrida 480 mln so‘mlik
tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Oʻzenergoinspeksiya Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Buxoro shahrida joylashgan "X. J. D." oilaviy korxonasiga qarashli mexmonxona hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 480 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi energetika obyektlarida o‘rganishlar o‘tkazilmoqda

O‘zenergoinspeksiya Respublika ishchi guruhi “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” AJ faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Unda korxonada energetika xavfsizligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar, bu boradagi vazifalar ijrosi va elektr ta’minotining ishlash rejimi hamda sohaga doir boshqa masalalarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, stansiyada asosiy va yordamchi uskunalar, qozon agregatlari, transformatorlar hamda ularga bog‘liq tizimlar texnik reglamentlarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

"Qoraqalpog‘iston Milliy elektr tarmoqlari" tasarrufidagi 110/35/6 kV "Orayliq" podstansiyada qurilmalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish hamda tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarni zudlik bilan bartaraf qilish jarayonlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida podstansiyada 6 kVli taqsimlash yacheykalarida moy chiqish holatlari mavjudligi, dispetcherlik raqamlari yangilanmaganligi, ochiq taqsimlash qurilmalarining texnik holati qoniqarsizligi hamda akkumulyator xonasida zarur jihozlar bilan ta’minlanmaganligi va beton plitalar ochiq joylari mavjudligi aniqlandi.


Ishchi guruh tomonidan o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni qisqa vaqt ichida bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
#nazorat

Elektr energiyasidan nooqilona foydalanib kelgan MChJga nisbatan chora ko‘rildi


O‘zenergoinspeksiya Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Rishton tumanida joylashgan “M. S. G‘.” MChJ elektr qurilmalarida reaktiv quvvatni kompensatsiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etmasdan, elektr energiyasidan samarasiz va nooqilona foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 45-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 46,8 mln so‘m miqdorida moliyaviy sanksiya qo‘llanildi.


✈️ Ma’lumot o‘rnida: Reaktiv quvvat kompensatsiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibini buzish yoki unga rioya etmaslik – isrof bo‘lgan elektr energiyasi miqdori qiymatining 50 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

Elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan ruxsat etilgan quvvati 50 kW va undan ortiqni tashkil etgan barcha iste’molchilar reaktiv quvvatni kompensatsiya qilishi lozim

Ma’lumot o’rnida: Reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalarni qo‘llash – isteʼmolchilarni elektr energiyasi uchun xarajatlarni sezilarli darajada tejalishiga va elektr qurilmalarni bir me’yorda ishlashiga sabab bo‘ladi.


Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalarda texnik ko‘riklar o‘tkazilmoqda

O‘zenergoinspeksiyaning Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan korxonalardagi elektr uskunalarining ishonchliligi, hisobga olish vositalarining to‘g‘ri faoliyat yuritishi, elektr xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar holati atroflicha o‘rganilmoqda.

Xususan, Buxoro viloyatining Olot, Qorako‘l, Jondor, Vobkent hamda boshqa tumanlarida joylashgan iste’molchilarni elektr energiyasi ta’minlovchi “Aksa Enerji Bukhara” MCHJ XKga qarashli quvvati 270 MVt bo’lgan “Gazaporshenli elektr stansiyasi”ni texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ko‘rik natijalariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish, uskunalarni yangilash hamda hisobga olish tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Mazkur o‘rganishlar elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash hamda energiya samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
#nazorat

Xavfsizlik texnikasi qoidalariga zid ravishda ishlayotgan brigada ish joyidan chetlatildi

O‘zenergoinspeksiya Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.

Xususan, Buloqboshi tumanida yangi o‘rnatilayotgan transformator punktida qurilish ishlarini olib borayotgan brigada tashkiliy va texnik tadbirlarni bajarmagan holda xafsizlik texnikasi qoida talablariga rioya qilmasdan ishlayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi.


✈️ Unitmang! Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan ishlarni tashkil etish baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/22 16:44:25
Back to Top
HTML Embed Code: