Telegram Web Link
Elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalarda texnik ko‘riklar o‘tkazilmoqda

O‘zenergoinspeksiyaning Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan korxonalardagi elektr uskunalarining ishonchliligi, hisobga olish vositalarining to‘g‘ri faoliyat yuritishi, elektr xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar holati atroflicha o‘rganilmoqda.

Xususan, Buxoro viloyatining Olot, Qorako‘l, Jondor, Vobkent hamda boshqa tumanlarida joylashgan iste’molchilarni elektr energiyasi ta’minlovchi “Aksa Enerji Bukhara” MCHJ XKga qarashli quvvati 270 MVt bo’lgan “Gazaporshenli elektr stansiyasi”ni texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ko‘rik natijalariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish, uskunalarni yangilash hamda hisobga olish tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Mazkur o‘rganishlar elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash hamda energiya samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
#nazorat

Xavfsizlik texnikasi qoidalariga zid ravishda ishlayotgan brigada ish joyidan chetlatildi

O‘zenergoinspeksiya Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.

Xususan, Buloqboshi tumanida yangi o‘rnatilayotgan transformator punktida qurilish ishlarini olib borayotgan brigada tashkiliy va texnik tadbirlarni bajarmagan holda xafsizlik texnikasi qoida talablariga rioya qilmasdan ishlayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi.


✈️ Unitmang! Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan ishlarni tashkil etish baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Iste’molchilarga gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida olib borilgan ishlarda qoniqarsiz holatlar aniqlanmoqda

O‘zenergoinspeksiya Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida viloyatdagi 1031 ta gaz taqsimlash punktlaridan 255 tasida kamchiliklar aniqlandi.

Shuningdek, joriy yilning oktabr oyida iste’molchilarga gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida Paxtaobod, Qorasuv, Qo‘rgontepa, Jalaquduq va Baliqchi tumanlaridagi 30 dan ortiq ma’nan eskirgan gaz taqsimlash qurilmalari demontaj qilindi.

Unga ko‘ra, gaz taqsimlash punktlarida boypas orqali gaz yetkazib berish, regulyator moslamalari nosoz, gaz sizib chiqish holatlari, gaz quvurlarida bo‘yoqlash ishlari bajarilmaganligi va korroziyaga uchrash holatlari mavjudligi ma’lum bo‘ldi.


Mazkur ishlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hududdagi masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
#Tezkor_tadbir

Termiz
shahrida o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Oʻzenergoinspeksiya Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Termiz shahrida fuqaro S. B. ga qarashli mebel ishlab chiqarish sexi o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 144 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
#nazorat

Texnologik jarayonlarning amaldagi meʼyor va qoidalarga muvofiqligi ta’minlanmagan shoxobcha faoliyati to‘xtatildi


Oʻzenergoinspeksiya Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan G‘allaorol tumanida joylashgan “Sh. G. O.” MChJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida belgilangan texnologik jarayonlari talab va shartlariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish oʻtkazildi.

Oʻrganish davomida texnologik, yong‘in xafvsizligi va mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishi bilan bog‘liq kamchiliklar aniqlandi.

Texnologik jarayonlarning amaldagi meʼyor va qoidalarga muvofiqligi ta’minlanmagan shoxobcha faoliyati vaqtincha (kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar) to‘xtatildi.


Ushbu kamchiliklarga yoʻl qoʻygan shoxobchalar rahbarlari belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi jamoasi vatandoshlarni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan qutlaydi!

O‘zbek tilining qadim tarixi va yorqin kelajagi Yurtimizning istiqboli bilan hamohang kamol topaversin!


Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
#Ona_Tilim_Faxrim

Tilimiz — eng ulug‘ boyligimiz!


O‘zenergoinspeksiya xodimlari 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan
#OnaTilimFaxrim shiori ostida o‘tkazilgan chellenjda faol ishtirok etdilar.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
#nazorat

Gaz qurilmalari uchun tegishli xulosalar olmasdan faoliyat olib borgan korxonaga nisbatan chora ko‘rildi

O‘zenergoinspeksiya Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Mirzacho‘l tumanida joylashgan “G. M. S.” MChJga qarashli ishlab chiqarish korxonasida rekonstruksiya qilingan hamda texnik jihatdan qayta jihozlangan gazdan foydalanish uskunalaridan foydalanish yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida ushbu korxonalar yiliga 100 ming kub metrdan ko’p gaz iste’mol qilib, texnik jihatdan qayta jihozlangan gazdan foydalanish uskunalari uchun tegishli xulosalar olmasdan faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.


1️⃣Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 701-sonli qonuniga ko‘ra, ushbu korxonaga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor_tadbir

Andijon
shahrida o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Oʻzenergoinspeksiya Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Andijon shahrida "D. M. O." MChJga qarashli mebel ishlab chiqarish sexi o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 204,9 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NO COMMENT 1️⃣ Fermer xo‘jaligi o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati

📌 Qashqadaryo viloyati

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun insoniyat yangi sivilizatsiya bosqichiga – sun’iy intellekt davriga dadil qadam qo‘ymoqda.

Bunday texnologiyalar iqtisodiyotdan tortib, ta’lim, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va boshqaruv tizimigacha chuqur kirib bormoqda.

Qaysi soha bo‘lmasin, kim bu jarayonda qattiq izlanib, aniq natija qilsa, bir qadam oldinda yursa, marra shuniki bo‘ladi
”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Yil boshida 2030-yilga borib, dunyo iqtisodiyotida sun’iy intellekt hajmi 15 trillion dollarga yetishi prognoz qilingan bo‘lsa, hozirgi tahlillar bu raqam 20 trillion dollardan ortishini ko‘rsatyapti.

Telegram | Instagram | X | Facebook | Veb-sayt
2025/10/26 09:35:29
Back to Top
HTML Embed Code: