Telegram Web Link
🌿 Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni masjidga kirsalar, Abu Umoma degan ansoriy sahoba o‘tirgan edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abu Umoma, namoz vaqtidan boshqa paytda masjidda o‘tirganing boisi nima?» deb so‘radilar. «Ey Rasululloh, meni g‘am va qarz shu ahvolga solib qo‘ydi», dedilar. Shunda u zot: «Senga bir duoni o‘rgataymi? Ularni aytib yursang, Alloh g‘amingni ketkazib, qarzingdan xalos etadi. Agar tong otsa va kech kirsa:

اللهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنَ الْهَمِّ وَالحَزَنِ وَأَعُوذُ بِكَ مِنَ العَجْزِ وَالكَسَلِ وَأَعُوذُ بِكَ مِنَ الْجُبْنِ وَالْبُخْلِ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ غَلَبَةِ الدَّيْنِ وَقَهْرِ الرِّجَالِ

«Allohumma inniy a’uzu bika minal hammi val hazani va a’uzu bika minal ’ajzi val kasali va a’uzu bika minal jubni val buxli va a’uzu bika min g‘olabatid dayni va qohrir rijal»ni ayt»


(Allohim, Sening noming ila g‘am-tashvishdan, ojizlik va dangasalikdan, qo‘rqoqlik va baxillikdan, qarz ezib qo‘yishi va kishilarning qahridan panoh tilayman), deb buyurdilar. Abu Umoma: «So‘ng Nabiy sollallohu alayhi vasallamning aytganlariga amal qildim. Alloh mening g‘am-g‘ussamni ketkazib, qarzdan xalos etdi», deb aytadilar».

Abu Dovud rivoyatlari.


@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Nolimang...

O‘limi aniq bo‘lsa ham hayotga tashna xastalarni ko‘rdim...

Ko‘zi ojiz bo‘lsa ham qalb ko‘zi ochiqlarni ko‘rdim...

Puli kam bo‘lsa ham shukri ko‘plarni ko‘rdim...

Dardi og‘ir bo‘lsa ham umidi borlarni ko‘rdim...

Hali uzoq davom etishim mumkin edi...

Tinch va xotirjammisiz, tanangiz sog‘ - omonmi nolimang, ne’matlarga nonko‘rlik qilmang...


@falsafasi_hayot 🍃
🌱💰 Rizqni keng qiluvchi zikrlar...

1) لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ المَلِكُ الحَقُّ المُبِينِ مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللهِ صَادِقُ الوَعْدِ الأَمِينِ

"Laa Ilaha Illallohul Malikul haqqul mubiyn" 100 ta. 100 ta "Muhammadur Rasulullohi sodiqul va’dil amiyn" qo‘shiladi.

2) سبحان الله وبحمده ،سبحان الله العظيم أستغفر الله.

"Subhanallohi va bihamdihi subhanallohil aziym, astag‘firulloh" 100 marta o‘qiladi.

Reaksiyalaringizni qoldiring va yaqinlaringizga yuboring ))

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Sabr....

Ularning turmush qurganiga o'n bir yil bo'ldi. Ularning oilasi juda ham ahil! Lekin olloh ularga farzand bermadi... Bir kuni er ishdan chiqib ulfatlari bilan ichdi. Ulfatlar unga mast holda juda ko'p gaplarni aytdilar.
-Qo'y u xotiningni, sen ham bizlarga o'xshab farzand o'stirishni xoxlaysanmi o'zi?
Bu gaplardan qattiq jahli chiqqan er uyiga keldi. Ayoli ham uning kelishini intizorlik bilan kutayotgan edi. Er uyiga kelishi bilan umrida bir marta ham qo'l ko'tarmagan ayoliga qo'l ko'tarib, qattiq do'pposladi. Uydagi shovqinni eshitgan qo'shnilar kelishdi. Ayolning ahvolini ko'rgan qo'shnilar tez yordam chaqirishdi. Ertasi kuni tongda bo'lib o'tgan ishlardan xabar topib er ayolini ko'rish uchun shifohonaga keldi. Ayoli ma'yus kulimsirab ko'zida yosh bilan eriga qaradi.
- Kecha siz ishdaligingizda doktorga borgandim. Sizga bir yangilik aytish uchun ishdan kelishingizni intizorlik bilan kutgandim. Kechagi yangilik endi yo'q! Afsus....
Ayol tinmasdan yig'lardi...

@falsafasi_hayot 🍃
Yoshim oltmishdan oshdi. Bugun ota-onamning oldilarida tunashga qolgandim. Ertalab tursam onam tuflimni isitgich oldiga toblab qo‘yibdilar. Ko‘zimga yosh keldi..
Alloh ota-onalarimizni yaxshilik ila mukofotlasin!

- Abdulloh Muslih Murih

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Ko‘rinishidan boy bo‘lgan yigit keksa yoshli bir MISKIN kishidan:
—- Tuxumingiz necha pul..? - deb so‘radi.
U:
—- Bir donasi besh yuz so‘m, - dedi.
Yigit:
—- 2000 so‘mga 6 ta berasizmi..? Yoki ketaveraymi...? - dedi.
Qariya:
—- Olavering, men bugun hali hech narsa sotganim yo‘q. Mayli, bugun shunday bo‘lsa ham savdoyimni boshlab olay. Oxirgi vaqtlarda judayam kam sota olyapman, - dedi...
... Yigit 1000 so‘m FOYDA qilganidan xuddi katta sovg‘ani qo‘lga kiritgandek xursand bo‘ldi...
Sal nariroqdagi qimmatbaho mashinasiga o‘tirdi. Do‘stlari bilan choyxonaga borishga kelishishdi...
Har doimgidek go‘sht ortidan osh buyurtirishdi. Ulardan yeyilmay qolib ketgani ham bo‘ldi (har galgidek).
Choyxona xodimlari buyurtma hisobini keltirishdi. Hammaga taqsimlanganda 45 ming so‘mdan to‘g‘ri keldi.
Yigit 50 ming berib, qaytimi kerakmasligini aytdi...
Bu voqea choyxona uchun oddiy hol bo‘lsa - da, FAQIR keksa kishi uchun alamlidir...
U yigit qariyadan 1000 so‘mni qizg‘ondi... Yeb - yemagan, yeb tugata olmagan taomi uchun 50 ming so‘mni shundoq berib yubordi...

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Kel... (Ozgina tabassum 🙃)

Menga napalyonlar, medoviklar, shirin manti-xonimlar pishirib berish uchun kel. (Fast foodlar me'damga urib ketdi)

Har kuni "Kelyapsizmi, nechida kelasiz, nima ovqat qilay" deb telefon qilishing uchun kel. (Bezor qilib yuborsang ham mayli)

Uchlik pampers obkeling, kasha kerak, non tugadi, pul tashlab bering deb sms yozish uchun kel. (Uzundan uzun sevgi maktublari shart emas, shular o'zi kifoya)

Ishdan kelishimni intizor kutib, ketishimda "Yaxshi borib keling" deyishing uchun kel. (Shu nigohlarni ko'rish, mana shu gaplarni eshitish uchun har kuni ishga borishga tayyorman)

Ko'ylak olaman pul bering, salonga boraman pul bering, oyoq kiyim oldim pul bering... Shu seni xursand qilsa, berganim bo'lsin, faqat kel... (So'z beraman, bir so'm ham qoldirmay ishlatsang ham baqirmayman)

✍️ Hubbuna


@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Qog‘ozdagi yozuv:

"Aziz birodarim, agar puling bo‘lmasa, aslo xijolat bo‘lma, oilangni yeguliksiz qoldirma. Marhamat, narsalarimdan farzandlaring uchun qancha ehtiyojing bo‘lsa, o‘shancha olaver. Zero, mening rizqim ham, sening rizqing ham Allohning zimmasida!"

@falsafasi_hayot 🕊
🌿 Usmoniylar davrida qishning sovuq kunlarining birida, bir kishi derazadan tashqarini tamosha qilayotib, sut-qatiq sotuvchining ovozini eshitib, xotiniga debdi:
- Sut-qatiq olaylikmi onasi?
- Xamma narsa bor, sut-qatiqqa extiyojimiz yo‘q.
- Bizni extiyojimiz bo‘lmasa, sut-qatiqchining extiyoji bor. Bu sovuqda bu ko‘chadan uchinchi bor o‘tishi...

@falsafasi_hayot 🍃
🍂 Hiyonat...
Ahmoqgarchilik! 

Arzimas narsa uchun qimmatli qurbonlik berish desa ham boʻladi. Choʻntagingizda olmosingiz boru xayolingizni koʻmir oʻgʻirlagandek (aslida ikkisining ham asliyati bir uglerod va vodorod, faqat avvalgisini qiymatini sizdan boʻlak hamma biladi)
   
Vaqtlar kelib anglaysiz: xiyonat bu yaqiningizga qilgan sotqinligingiz  emas, bu aslida oʻz- oʻzingizga qilgan eng yomon ishingiz...
   
Shu xatodan - Oʻzi bizni asrasin!

©️Azizaxon Ismoilova

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Bu qo‘l – ochlikdan adoyi tamom bo‘lgan afrikalik bolakayning qo‘li...

Nonlarni mog‘orlatib, axlatga otadiganlar; “ikki kundan beri bir xil ovqat yediryapsan”, deya xotiniga baqiradigan erkaklar; eri topib kelgan rizqni yoqtirmay, burun jiyiradigan xotinlar; oldiga qo‘yilgan ovqatni yemay, injiqlik qiladigan bolalar; hashamatli restoranlarda bir kosa ovqat uchun o‘n kosa ovqatning pulini to‘laydigan «badavlat»lar; ko‘rayotgan kuniga shukr etmay, isyon etadiganlar; o‘ziga berilganidan yanayam ko‘prog‘ini istaydiganlar shu suratga boqsinlar-da, o‘zlarining naqadar noshukr ekanlarini anglasinlar.
Bu qo‘l – barcha insonlarga bir dars, bir ibratdir...

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Bu odam dunyoning eng buyuk shaxslaridan biri!

Bu insonning qilgan xayrli ishlarining hisobini yolg‘iz Alloh biladi. Ammo biz ulardan ba’zi namunalarni keltiramiz:

🍃 Afrika qit’asida Islom dinini yoyish uchun qilgan 29 yillik davomli xizmatlari natijasida qo‘lida 11.200.000 dan ortiq odam musulmon bo‘lgan.

🍃 Xayoti davomida 5700 ga yaqin masjd bino qilgan.

🍃 U odam 15000 yetimni o‘z qaramog‘iga olgan.

🍃 Afrika bo‘ylab 9500ga yaqin artizan qudug‘i qazdirgan.

🍃 860 madrasa qurdirgan.

🍃 4 ta universitet ochgan.

🍃 204 ta islomiy markaz ochgan.

🍃 124 ta shifoxona, tibbiy markaz qurgan.

🍃 840 ta qorixona barpo qilgan.

🍃 95000 tolibi ilmni maosh bilan taminlagan.
🍃 6.000.000 nusxa Qur’oni Karimni chop qildirib, yangi musulmon bo‘lganlarga tarqatgan.

🍃40 qa yaqin davlatda iftorliklar uyushtirib, milliondan ortiq ro‘zadorlarga xizmat ko‘rsatgan.

Bilasizmi bu odam kim?
U kuvaytlik Abdurrahmon Sumayt! Alloh u kishining xayrli amallari savobini ziyoda qilsin!

@falsafasi_hayot 🍃

🌿 Goʻzal gumon...

Bir ayol dedi:
“Xudo xohlasa, men albatta solih insonga turmushga chiqaman! U bilan baxtli hayot kechiraman”. Aytgani boʻldi.

Dedi:
“Men universitetda oʻqishga qabul qilinishimga ishonaman va shunga intilaman! Oʻzim istagan mutaxassislikga kiraman!” Aytgani boʻldi.

Unga dedilar:
“Yetar shuncha tuqqaning! Bolalar charchatishdan boshqasiga yarashmaydi”.
Dedi:
“Alloh yordam beradi. Farzandalarim qobil, koʻzimning quvonchi boʻlishadi”. Aytgani boʻldi.

Eri katta tuhmatga qolib qamaldi. Dedilar:
“Ering tuhmatga qolib qamaldi. Yaqin orada chiqmasa kerak. Uning faqat oʻligi chiqadi”.
Dedi:
“Yoʻq, Xudo xohlasa, albatta chiqadilar. Men ularni juda ham chiroyli kutib olaman”. Aytgani boʻldi. Erining qanday chiqqani hammani hayratda qoldirdi...!

Bir kishi dedi:
“Men ishdan haydalishdan qoʻrqaman. Shuning uchun ishsiz qoladigan kunlarimga ham pul yigʻmogʻim kerak!” Aytgani boʻldi. Ishdan boʻshatildi.

🌿 Nimaga bizning aytganlarimiz roʻyobga chiqadi?

Chunki Alloh taolo: “Bandam Meni qanday oʻylasa, shundayman!” deydi. Agar Alloh haqida chiroyli gumon qilsa, oʻziga yaxshi. Yomon oʻylasa, oʻziga yomon.

Shuning uchun ham Muso alayhissalom Nil daryosiga kelib, qochishga yoʻl qolmaganda ham Robbilari haqida chiroyli gumon qildilar. Qavmlari: “Endi qoʻlga tushdik” deyishsa ham, ular: “Yoʻq! Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur” dedilar. Alloh ularning aytganlarini roʻyobga chiqardi. Aql bovar qilmas holda daryo qoq ikkiga boʻlindi. Yoʻl ochildi...!

Hatto arzimas narsalar haqida gapirish, oʻylashda ham diqqat qiling!

Doim nekbin (optimist) boʻling! Alloh haqida chiroyli gumon qiling! U - Kariym, U Rohiym!

Yomonlik haqida oʻylamang! Agar qiyin vaziyatga tushib qolsangiz, Muso alayhissalom aytganlaridek:

U (Muso) “Yoʻq! Albatta, Robbim Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur”, dedi, deb ayting...!

Inshaalloh hali hammasi yaxshi boʻladi 🙂

@falsafasi_hayot 🕊
Yil onasi. yoxud uzrga to‘la 200 paket.
Seuldan Kaliforniyaga uchayotgan Koreyalik ayol 4 oylik chaqalog‘i bilan yo‘lovchilarga xalaqit qilmaslik uchun noodatiy yo‘l tutdi.U xar bir yo‘lovchiga shovqinga qarshi quloq tiqinlari, shirinliklar bilan birga quydagi so‘zlar yozilgan 200 ta paket tarqatib chiqti.

Salom mening ismim Jun Vi men 4 oylikman, bugun onam va buvim bilan Aqshga xolamni ko‘rgani ketyapman.Bu mening birinchi parvozim bo‘lgani uchun biroz asabiylashib yig‘lab yuborishim mumkin.

Men xotirjam bo‘lishga xarakat qilaman lekin xech narsa vada qila olmayman.Iltimos meni kechiring, onam siz uchun bu paketchada shirinliklar va quloq tiqini solib qo‘ygan.Agar juda shovqin qilsam ulardan foydalaning. Sayoxatingiz xayrli kechsin.Raxmat!

Biroq ona bexuda tashvish qilgan ekan.Jun Vi o‘zini namunali yo‘lovchi kabi tutdi va parvozining butun 10 soatini uxlab o‘tkazdi.

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Tarvuz qovun mahali keldi. Rossa organizmni bu ne’matlarga to‘ydirib oladigan vaqt.

Bugun bir ximik olim kishi bilan shu tarvuzdan zaxarlanib qolish masalasida gaplashib qoldim.
Tarvuzni istemoldan oldin, suvga solib qo‘yishni maslahat berdilar. Aynan suvni oqizib qo‘ymasa ham, biror idishdagi suvga bir pas solib qo‘yish kerak ekan. Tarkibidagi selitra suvga qarab xarakatlanarkan. Shu bilan zaxarlanib qolish ehtimoli kamayarkan.
Foydasi tegib qolar deb bo‘lishyapman.

@falsafasi_hayot 🍃
✍️ Bir ukamiz ayolidan ayrildi, beshta bolasi qaqshab qoldi

👁 Judayam-judayam ajoyib, yosh yigit. Xotini vafot etdi, rak degan balo yengdi vanihoyat.

Besh yil ayolini davolatdi, ko‘ziga qarab o‘tdi. Hech narsasi qolmadi, ezilmagan kuni bo‘lmadi. Ilojsiz ekan, hayot davom etadi-da. Besh nafar bolani parvarishlash, tarbiyalashning o‘zi bo‘ladimi?!

Yaqinlari, biz ham uylanmasa bo‘lmasligini aytdik. Bolalarini o‘ylab “yo‘q” dedi, bolalarini o‘ylab “ha” dedi. Rozilik bilan o‘zi bitmas ekan. Kelishgan, sog‘lom yigit. Lekin kimga borsa, andisha qiladi, besh bolani o‘ylab hadiksiraydi.

Bir qizni topishdi. Onasi erta o‘tgan, to‘rt nafar uka-singlisiga qarab qolgan ekan. Jigarlari deb turmush qilmabdi, hammasini uy-joyli qilibdi.

Ancha ko‘nmadi. “Bolalarga onasining o‘rnini bosolmayman” debdi. Ukamiz bir chora qilibdi: uchrashuvga chaqirib, esini tanib qolgan katta qizini yetaklab olib boribdi. Onaga tashna bo‘lib turgan qizi quchoqlab olibdi. Bolaga ko‘zlari mehri to‘lib turgan qiz yig‘lab bag‘riga bosibdi.

Kecha ukamiz bir ish bilan kirgandi. Yangilikka qiziqdim. “O‘zi oldingizga xabar aytgani keldim. Ertaga "ZAGS"dan o‘tyapmiz...” – dedi.

🤲 Ketdi. Yig‘ladim. Xursand bo‘ldim...

Abror Zohidov

@falsafasi_hayot 🍃
Кунлар исиши билан қуёшга чиққанимда терим қорайиб кетарди. Энг ёмони – шундан кейин эримга ҳам ёқмай қолардим, ҳар куни уруш-жанжал бошланарди

Вазиятнинг жиддийлигини тушунган овсиним менга ажойиб рецепт ўргатди. Атиги бир ҳафтада терим сутдек оқариб камига 10 ёшга ёшарибман. (Эрим айтди ☺️)

Атиги 9 минг сўм эвазига юзингиз жонланади!

Рецептни ёзиб олинг:
• 0,5 чой қошиқ метилурацил;
• 1 томчи
Батафсил 👇
🌿...

-Onasi, ertaga qizimiz kelarkanmi?! Ee, baraka topsin, axiyri keladigan bo'libdi-da! Juda sog'ingandim... Nabiralarim ham koʻz oldimdan oʻtib turgandi... Kelishiga o'zim bir qo'lbola
palov qilib beray! Qizing o'choqda pishgan oshni yaxshi ko'radi... Ro'yxat
qil, onasi! Nima kaming bor?! Yoz, hammasini. Sahar turib, bozorga boraman. Qovun-tarvuz, mevalarning sarxilidan olaman. Patir non bilan qaymoq ham qo'shib qo'y, ro'yxatga...

***
Otaning quvonchi ichiga sig'mas, yosh boladay oʻzini qo'yarga joy topolmasdi...

@falsafasi_hayot 🍃
Диққат савол:

1 Қуръонда зикри келган, жаҳаннамга аниқ тушиши зикр қилинган, аммо шундай бўлсада, исломни қабул қилмасдан яшаб ўтган киши ким?


2 Охиратда кофирлардан ҳам қаттиқроқ азобга дучор бўладиган тоифа қайси?


3 Охиратда жаннатга ҳам, дўзахга ҳам кирмай, жаннатийларга қараб ҳавас қиладиган, дўзахийларга қараб, Аллоҳдан паноҳ сўрайдиганлар кимлар?
Ko‘pchilikni qiynayotgan savolga javob berib o‘tsak.
ﺃﺑﻮﻫﺎ ﻧﺒﻲ ﻭﺃﺧﻮﻫﺎ ﻧﺒﻲ ﻭﺯﻭﺟﻬﺎ ﻧﺒﻲ ﻭﺍﺑﻨﻬﺎ ﻧﺒﻲ .. ﻣﻦ ﻫﻲ؟
Tarixda bir muslima ayol o‘tgan.
U ayolning otasi ham payg‘ambar bo‘lgan.
U ayolning ukasi ham payg‘ambar bo‘lgan.
U ayolning eri ham payg‘ambar bo‘lgan.
U ayolning o‘g‘li ham payg‘ambar bo‘lgan.
Savol: U muslima ayol kim???

Hayotiy saboqlar guruhidan javob:
ﺍﻟﺴﻴﺪﺓ ﻟﻴﺎ ﺑﻨﺖ ﻳﻌﻘﻮﺏ ﺯﻭﺟﺔ ﺳﻴﺪﻧﺎ ﺃﻳﻮﺏ - ﻋﻠﻴﻪ ﺍﻟﺴﻼﻡ  ﺣﻴﺚ ﺍﻥ :
ﺃﺑﺎﻫﺎ ﻫﻮ ﺳﻴﺪﻧﺎ ﻳﻌﻘﻮﺏ ﻋﻠﻴﻪ ﺍﻟﺴﻼﻡ
ﻭﺃﺧﻮﻫﺎ ﻫﻮ ﺳﻴﺪﻧﺎ ﻳﻮﺳﻒ ﻋﻠﻴﻪ ﺍﻟﺴﻼﻡ
ﻭﺯﻭﺟﻬﺎ ﺳﻴﺪﻧﺎ ﺃﻳﻮﺏ ﻋﻠﻴﻪ ﺍﻟﺴﻼﻡ
ﻭﺍﺑﻨﻬﺎ ﻭ ﺳﻴﺪﻧﺎ ﺫﻭ ﺍﻟﻜﻔﻞ ﻋﻠﻴﻪ ﺍﻟﺴﻼﻡ
LAYYA binti Ya’qub alayhimussalam.

U ayolning otasi Ya’qub alayhissalom,
U ayolning ukasi Yusuf alayhissalom,
U ayolning eri Ayyub alayhissalom.
U ayolning o‘g‘li Zul kifl alayhissalom.

U ayolning ismi LAYYA binti Ya’qub alayhimussalom.

🖤 E’tiborlaring uchun rahmat.
Yaqinlaringizga ham ulashib qoʻying))

@falsafasi_hayot 🍃
2025/06/29 17:22:21
Back to Top
HTML Embed Code: