🌿 Qizi o'qishga kirdi. Kontrakt! Maylida, endi uning ham qizi ilmli, ziyoli bo'ladi. Unga o'xshab, birovlarning uyini tozalamaydi, chang, polini artmaydi... Qishning sovug'ida, yozning jazirama issig'ida bozorda qiynalib narsa sotmaydi...
Kechalari xamir qorib, tog'ora-tog'ora somsa yopmaydi... Pul topaman, deb o'zini o'tga-cho'qqa urmaydi... Shinam bir ishxonada ozoda bir xonada ishlab o'tiradi... Faqat shartnoma pulini to'lab olsa edi...
Ertalab qat'iy bir qarorga kelib, bozor tomon yo'l oldi... Onasidan yodgor qolgan katta oybaldoqni yaxshigina narxga pulladi. Qizining shartnoma pulini to'ladi, o'qishda foydalanishi uchun qiziga telefon sotib oldi... U bugun juda baxtli edi... Yangi uyga ko'chgan yoki chet elga sayohatga ketayotgan odam ham uning qadar baxtni his qololmasa kerak... Shu bugun onaizor xotirjam uyquga ketdi. Endi uning qizi ham talaba!
- Shodiyona Omon
@falsafasi_hayot 🍃

😢84❤56🔥11🕊3
🌿 Tortishib qolishsa ham, bir muddat vaqt o‘tgandan keyin hech narsa bo‘lmaganday muomala qiladigan insonlarni qadrlayman. Mehrni hirs, kibr va g‘ururdan ustun qo‘yadiganlarni sevaman...
Bormi sizning shunday qadrdonlaringiz? Bo‘lsa ularni ehtiyot qiling. Sizdan ranjigan bo‘lsa-da, yosh to‘la ko‘zlariga soxta g‘azab tusi berib, nigohlari orqali: "Asabimga tegsang ham seni yaxshi ko‘raman!" deydigan kishilaringizni ko‘nglingizning to‘rida asrang!..
Bundaylar tobora kamayib boryapti...
— Umida Aziz

❤72👍10🔥7🕊6⚡1💔1
🌙 Tahajjud namoziga qiynalmay
turishingiz uchun 5 maslahat
✅ Kechki ovqatni kamroq isteʼmol qiling;
✅ Uxlashdan oldin tahorat oling;
✅ Allohdan yordam soʻrab
duo qiling;
✅ Budilnik qoʻying;
✅ Ertaroq yotib uhlashga
harakat qiling!
🌟 Tuningiz osuda oʻtsin qadrligim ))

❤50👍14🔥4💯1
🌿 Yillik daromadi 12 million dollar bo‘lgan Sadio Mane telefonining singan ekranini masxara qilgan muxlislarga afsonaviy javob berdi:
"Menga 20 ta mashina, 10 ta telefon, 2 ta reaktiv samolyot kerakmi? Bu matohlar bu dunyoda shunchalik zarurmi? Yoshligimda ochlik bilan kurashardim, dalada ishladim, yalangoyoq futbol o‘ynardim, maktabga ham bora olmadim.
Ammo hozir menda bularning barchasi bor va men odamlarga yordam bera olaman. Men maktablar quraman, kambag‘allarga oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan yordam beraman. Yurtimda futbol kurslari ochaman, yoshlarni sport bilan shug‘ullanishga chorlayman. Menga hashamatli avtomobillar va uylarni ko‘rsatishning hojati yo‘q. Undan ko‘ra, Alloh taoloning menga bergan ne’matlaridan xalqim oz bo‘lsada foyda olishini afzal ko‘raman.”

❤78👏32😢11🔥7👍1
🌿 Hurmatli erkaklar!
Nega doim telefonizdan SMSlarni tozalab tashlaysiz? Xotiningiz *111*180*2# raqamini terib siz yuborgan va sizga kelgan SMSlarning rezerv kopiyalarini ochib o‘qiy olmaydi deb o‘ylaysizmi?..
😁 Axa, negadir hamma asabiylasha boshladimi?... Hazillashdik... tinch-omon bo‘lsin hamma! ))
#ozgina_tabassum 🙃

😁76❤13😢3👏2❤🔥1
🤲🏻 Biz har namozda oʻqiydigan Attahiyatu duosining siz bilmagan sirlari. Foydalaning va yaqinlaringizga ham ulashib qoʻying 💚
👉🏻 Oʻzbek tilida oʻqilishi:
👉🏻 Oʻzbek tilida oʻqilishi:
Attahiyyatu lillahi vassolavatu vattoyyibat. Assalamu ‘alayka ayyuhan-nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis-solihin. Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh.@falsafasi_hayot 🍃
❤48👍13🐳3🔥2🌚2
🌿🌙....
Alhamdulillah hotirjamlikda yana bir kunni kuzatib qo‘ydik.
Tong otganidan to tun kirib kelguncha nimalar bilandir ovvora bo‘ldingiz.
Balki ro‘zg‘or, balki kasbiy majburiyatlaringiz, balki o‘z burchlaringizni bajargandirsiz.
Gʻimirlagan har jon borki, rizqi Alloh taolodan kelib turibdi...
Umrimiz aqlimizni hikmatlariga to‘ldirib, bizdan bir kunni oldi-yu, ketdi.
Ketgani-da yaxshilikka bo‘lsin!
Yomonlikka bo‘ladiganini esa hali uchratmadik.
Keladigani mutlaqo yangi bir kun, uni siz o‘z hohishingizcha o‘tkazasiz...
Tundan yurib, tong safariga chiqarkansiz- O‘zi sizga mehribon bo‘lsin!
Hayrli va osuda tun tilayman!
Omon bo‘ling!

❤47👍4😍4
🌿 Makkaliklardan bir kishi, Masjidul Haramda namoz va zikrdan so‘ng, o‘sha yerda ishlovchi farroshga sadaqa bermoqchi bo‘ldi.
Bunga javoban farrosh, tabassumla bank cheklari bilan to‘la hamyonini ko‘rsatib, muhtoj emasligini aytdi va o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Bu javobni eshitgach ajablangan musulmon, farroshga qarab:
- Sen kimsan, bu yerda nima qilib yuribsan? dedi.
- Men Hindistonning har xil shaharlaridagi mehmonxonalar boshqaruvi egasiman - vaqti vaqti bilan olti oylik ishchi vizasi sotib olaman va Allohdan boshqa hech kimsadan biror narsa tama’ qilmagan holda,xizmatlarimni qabul qilishini tilab, Uning roziligi uchun chin dildan astoydil xizmat qilaman, deb javob berdi.
Bu javobdan hayron bo‘lgan Makkalik masjidning boshqa xizmatchilaridan ham bu odam to‘g‘risida so‘ray boshladi. Xizmatchilar:
- Bu Hindistonlik musulmon aslida multimillioner bo‘lib, vaqti vaqti bilan Makkaga keladi va 6 oy Masjidul Haramda Allohning roziligi uchun xizmat qilib ketadi, deb javob berishdi...

❤62👍16😢11🔥7❤🔥2
🌿 Ayol duosi...
Bir ayol har kuni duosida Allohga shukr qiladi. U o‘tgan kecha ham uyqudan oldin shunday shukr duosini qildi:
— Allohim! Shukrlar bo‘lsin, tongga qadar erimning xurragini eshitaman. Demak, u yashayapti!
Allohim! Shukrki, qizim har kuni yuviqsiz idishlarni yuvgani va uy tozalagani uchun shikoyat qiladi. Demak, u uyda, ko‘cha-kuyda sang‘imaydi.
Allohim! Shukrlar bo‘lsinki, soliq to‘layman. Demak, kasbu-korim bor va ishsiz emasman.
Allohim! Shukrki, kiyimlarim menga tor kelayapti. Demak, oziq-ovqatim yetarli.
Allohim, shukrlar bo‘lsinki, kun oxirida qattiq charchab qolayapman. Demak, og‘ir ishlarni bajarishga kuch-quvvatim bor.
Allohim! Shukrlar bo‘lsinki, hovli supuraman va derazalarni artaman.
Demak, uyim-joyim bor.
Allohim! Shukrlar bo‘lsinki, ba’zan betob bo‘lib qolaman. Demak, ko‘p vaqt sog‘lom bo‘laman.
Allohim! Shukrlar bo‘lsinki, hadyalarga pul sarflayman.
Demak, hadya ulashadigan yaqinlarim va do‘stlarim bor!

❤116👍20🔥13😢9⚡1
Ozgina tabassum🙃
Islomiy tarbiya oʻqituvchisi oʻquvchidan:
— Isming nima? — deb soʻradi.
— Ismim Yasin — deb javob berdi oʻquvchi.
— Unda bizga Yasin surasini oʻqib ber ey Yasin.
Oʻquvchi surani yoddan bilishini aytib,oʻqib berdi.
Soʻngra ustoz boshqa bir oʻquvchidan:
— Seni isming nima? — deb soʻradi.
— Ismim Yusuf, lekin doʻstlarim meni Kavsar deb chaqirishadi— deb javob berdi oʻquvchi 🤭😅
@falsafasi_hayot 🕊
🤗39😁34❤14🔥6👏2
Goʻzal bir duo, sizga ham ilindim... Duolaringiz ijobat boʻlsin qadrligim, bizni ham eslab ketishni unutmang...
🌿💚...
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Ya Hannan, Ya Mannan, ey nihoyatda mehribon va beadad ne’mat beruvchi Zotim!
Ya Latif, Ya Karim, Ya Razzaq, ey latofatli, karamli va rizq beruvchi Rabbim!
Menga va oilamga hayrli, eng yaxshi taqdirlarni osonlik va yengillik bilan ato et.
Qalbimizga sokinlik, uyimizga tinchlik, badanlarimizga sog‘lik va ofiyat ber.
Rizqimizni keng qil, boylik va baraka ber, qalbimizni shukrga to‘ldir.
Ya Aziz, Ya Jalil, boshimizni aziz qil, bandalaring orasida qadrimizni baland qil.
Ya Wadud, Ya Rauf, bizni odamlar orasida suyukli, Alloh huzurida esa eng mahbub bandalardan qil.
Qalblarimizni imon va taqvo bilan bezat, dunyo va oxiratimizni obod qil.
Amin, ya Rabbal ‘alamin. 🤲

❤87🐳3👍2🔥1
Yahshi niyat ila, islom ummatlariga foydali boʻlsin deya yangi kanal ochdik, qoʻshilib oling 💚👇🏻
👉🏻 @duolarning_kuchi 🤲🏻
👉🏻 @duolarning_kuchi 🤲🏻
👉🏻 @duolarning_kuchi 🤲🏻
👉🏻 @duolarning_kuchi 🤲🏻
👉🏻 @duolarning_kuchi 🤲🏻
👉🏻 @duolarning_kuchi 🤲🏻
❤8🤗2
🌿 Otalar Jannatdan umidvor boʻlib duo qilsa, Alloh ularga “ Jannat” ning kalitini tuhfa qilar ekan....
Oxiratda faqatgina qiz farzandgina - "Otamni jannatga kirgizmaguningcha, men xam kirmayman" - der ekan...
Uyingizdagi gul-rayxonlaringizni avaylang....

❤64❤🔥14👍10⚡6💔4
🌿 Turmush qurishi kechikayotgan kishilar har kuni bomdod va xufton namozlaridan keyin "Jum’a" surasini o‘qishlari tavsiya etiladi.
🕊️ Shuningdek, "Fotiha" va "Baqara" suralari ham turmush qurishi kechikayotgan, farzand ko‘rishi kechikayotgan, biror xastalikdan aziyat chekayotganlar uchun shifo manbaidir.
📿 Tahajjud namozlarida, xususan, bomdod vaqti kirishidan 1-2 soat oldingi istig‘for, zikr va duolar rad etilmaydi. Ayniqsa, Alloh taoloning go‘zal ismlari: al-Vadud, al-Jome’, ash-Shofe’, ar-Razzoq va mutlaqo ar-Rahmon, ar-Rahim sifatlarini zikr qilib, avval istig‘for, so‘ng hamdu sano, salovat va siniqlik, muhtojlik, taslimiyat bilan duo qilinib, yana hamdu sano, salovat va Istig‘for bilan duolar yakunlansa, Allohning izni.bilan tez fursatda duosi qabul bo‘ladi. (Tajribada sinalgan!!!)
Shuningdek, 📿 "La ilaha illa anta subhanaka inni kuntu minazzolimiyn" va 📿 "Robbi inni Lima anzalta illaya min xoyrun faqir" duolarini takrorlab yurish ham Allohning izni bilan yorug‘likka chiqish uchun yordam beradi.
🤲🏻 Alloh har bir mo‘min va mo‘minaning mushkuliga O‘zi Vakil bo‘lsin!
🌱 Zotan, bizga Allohning O‘zi yetadi. U eng yaxshi Vakildir..!

❤61❤🔥11😢5🕊4
🌿 Bir kishi uyida un qolmaganligi sabab bug‘doyni eshagiga ortib, tegirmon tarafga qarab yo‘l olibdi. Yetib borgach, bug‘doyni tushirib olishi bilan eshagi qochib ketibdi. Bug‘doyini tegirmonchiga topshirib, eshagini qidirishga chog‘lanibdi. Eshagini ortidan qidirib borib topa olmabdi. Bu orada juma namozi yaqinlashganini ko‘rib: “Sen qayerga borsang boraver, men Rabbimni huzuriga boraman” deb, masjidga qarab yo‘l olibdi.
Juma namozini ado etgach, o‘ylanib qolibdi, tegirmondan unni olib ketay desa, eshagi yo‘q, noiloj uyga qaytibdi.
Uyiga yaqinlashgach, eshakning ovozi eshitilibdi, hayron bo‘lib xotinidan so‘rasa, eshakning o‘zi uyga qaytib kelgan ekan.
Xotini unga: “Qorningiz och bo‘lsa kerak, yangi undan non yopdim, keltiraymi?” – debdi. U yana xayron qolibdi. Un tegirmonda qolgan, uyda un qolmagan bo‘lsa, xotini qaysi yangi undan non yopganini so‘rabdi. Xotini: “Qo‘shnimiz ham tegirmonga borgan ekan, tegirmonchi bizning unimizni ham qo‘shib bervoribdi. Unimiz ham, eshagimiz ham o‘z oyog‘i bilan kirib keldi”, - debdi kulib.
Kishi xotinidan bo‘lgan ishlarni eshitib: “Allohim men sening bir amringni ojizlik bilan bajardim, evaziga shuncha ehtiyojimni qondirding. Senga qanchalar shukr qilsak ham kam, O‘zingga behisob shukrlar bo‘lsin!” – debdi.

❤78🔥28👍17😇8😢4❤🔥2💔1
🌿 Diqqat: hovli sotiladi!
• Darvozalari: sakkizta.
• Kaliti: «Laa ilaaha illalloh».
• Oltin va kumush g‘ishtdan qurilgan.
• Maydoni: Yer va osmon oralig‘icha.
• Narxi: Allohga hech narsani sherik qilmaslik.
• Xarid sanasi: Qiyomat kuni.
• Xususiy egasi: taqvodorlar.
• Manzili: Firdavs.
• Nomi: Jannat.
Alloh taolo barchamizni ana shu makon ahlidan qilsin!

❤108🔥14👍6😇5😘4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Sukunat ostidagi mehr...
Koʻring, faqat yigʻlamang...
Dunyoda mukammal otalar boʻlmasligi mumkin... Lekin farzandlari uchun jonini fido qiladigan otalar bisyor...!
Tailand ijodkorlaridan yana bir betakror videorolik. Yanada tushunarli boʻlishi uchun subtitrlarni oʻzbek qiliga tarjima qilishga harakat qildim... 🙂
Bebaholaringizni qadrlang... Tuningiz osuda oʻtsin 🌙
@falsafasi_hayot 🕊
😢62❤16❤🔥7🔥1
#PSIXOLOGIK_TEST
❓BIRINCHI BO'LIB QAYSI ISHNI BAJARAR EDINGIZ ?
O'z variyantingizni tanlang va nozik tabiatingiz haqida bilib oling

❤5