Telegram Web Link
Ramazon shukuhi bu - kimdandir “Soat nechi boʻldi?” deb soʻrasangiz, “Hali 15 daqiqa bor” deb javob berishidir....!

@falsafasi_hayot 🍃
38😍4
🌿 Kecha bir haydovchi (kirakash) yigit aytadi...
Bundan qarib 3 yoki 4 yil avval, uyim yonib ketdi. O‘sha vaqtda o‘zim talaba bo‘lib o‘qib yurgan kezlarim edi, oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lganim uchun dadamlarga yordam bo‘lishi uchun ishlar edim. Bir kun nimayam bo‘ldiyu uyimizda olov chiqib yonib ketdi. Hamma narsamizdan ayrildik. Ustiga-ustak dadamlar ham bo‘lib o‘tgan ishdan so‘ng qattiq siqilib infarkt ortirib oldilar. Oila masuliyati endi rosmana o‘zimga tushdi. Bir yog‘da dadam og‘ir ahvoldalar, bir yog‘da uyimiz haligi ahvolda qayoqqa borishni bilmay qoldim. Bir odam deputatlarga murojat qilishimni aytib qoldi. O‘sha kezlari bir ayol deputat edi. O‘sha ayolni yoniga yordam so‘rab bordim. U ayol esa (huddi ustimdan kulgandek) prezidentni yo‘liga chiqib turinglar u sizlarni ko‘rib yordam beradi, deb qoldi. Men esa :«Siz hazilashyapsiz shekilik a? Ahir hechkim prezident uyoqda tursin hatto u o‘tadigan yo‘liga yaqinlasha olmidiku» deb javob qildim u ayol esa bundan boshqa yordam qila olmasligini aytib meni qaytarib yubordi. Oxiri Allohdan o‘zga najotkorim yo‘qligini bilgach, o‘zim pul topishga harakat qila boshladim. Aka, ishonsangiz yonib ketgan uyimda oilamiz bilan birga yotdik, qora kuyani ustida.

Avvaliga rosa ho‘rligim kelib yig‘lagudek bo‘lib qoldim hechkim na yordam, na biron bir ko‘mak bermasdi. Allohim dedim boshqa hech nima deyaolmasdim. Bir kuni uyda devorlarni suvab, qaytatdan ko‘tarish uchun loy aralashtirayotganimda eshik taqilatib qoldi. Yonimda 5-6 yoshlik jiyanim borligi uchun unga: «Bor qarachi, kim ekan?!» dedim. Bir oz vaqtdan so‘ng esa jiyanim ikkiala qo‘lida qora salafan paketni zo‘rg‘a ko‘tarib kirayotganini ko‘rib unga yordamlashgani bordim.

«Kim ekan? Kim eshikni taqirlatibdi?» deb so‘rasam :« Bilmayman. Bir amaki uyda kattalar bormi deb so‘ragan edi sizni chaqirmoqchi bo‘lib qaytib kirmoqchi edim u amaki meni to‘htatib mana bularni o‘sha odamga berib qo‘y, deb qo‘limga tutqazganicha ketib qoldi» dedi.

Aka, xoh ishoning, xoh ishonmang ikkala salafan paketning ichida to‘la pul ekan, (chamasi 100 milloncha ediyov). Salfan paketlarni kim bergan, kim tashlab ketgan haligachan nomalum bo‘lib qoldi. Lekin salafani bittasini ochib qarasam ichida bir parcha qog‘ozga: «Meni haqqimga duo qilinglar, farzandim yo‘q, Alloh menga farzand ato etsin!!!» degan yozuv turar edi.

Mana shuncha yil o‘tsahamkim biror nomozim yo‘qki, o‘sha odamni haqqiga duo qilmasam.

Allohni mehribonchiligini qarang aka?

Naqadar chevar Zot-a?!

Deb haydovchi o‘z hikoyasini tugatdi, men juda qattiq tasirlandim uning bu hikoyasiga. Alloh ana shunday sohibi ehsonlarga o‘zi g‘oyibi hazinasidan beraversinkim ular sabab boshqa muhtojmad bandalar bahramand bo‘laversinlar!!!

Ehsoning mukofati albatta ehsondir!

@falsafasi_hayot 🍃
42😢13👍5🔥4
🌿 -Boʻladimi yo boʻlmaydimi, keladimi yo kelmaydimi, lutf etiladimi yoki yoʻqmi, beriladimi yo olinadimi gʻam chekma.
Koʻngil ham Allohning mulkidir, omonatidir.
Charchatma, pok saqla, ezma, sindirma, ogʻir gʻamlaringni yuklayverma.
Omonatga koʻz qorachigʻingdek qara, mulkni Allohga qoʻyib ber.
Koʻngil goʻzal boʻlsin..

@falsafasi_hayot 🍃
52👍12🔥2
🌿 Rasmdagi - asalari. Aytishlaricha, AQSH Milliy aeronavtika va kosmik tadqiqotlar agentligi (NASA)ning ilmiy markazida asalari tasvirlangan plakat osib qo‘yilgan. Unda shunday yozuv bor:
«Asalarining aerodinamik tana tuzilishi umuman uchishga moslashmagan, biroq yaxshiyamki, asalari buni bilmaydi».
Fizika va aerodinamika qonun-tamoyillariga ko‘ra, uning qanotlari juda kichik bo‘lgani uchun qanotga nisbatan ulkan tanani parvozda ushlab turishi imkonsiz. Lekin asalarining bundan xabari yo‘q, u fizika qonunlarini bilmaydi va uchaveradi.
Xulosa shuki, qanotlar katta-kichikligidan qat’i nazar, uchishdan asalari singari to‘xtamaslik kerak.


@falsafasi_hayot 🍃
47🔥14👏9😁61👍1
🌿💚...

"Kelib ovora bo'lib yurma, qizim. Uyimiz sovuq. Ertaga ishga chiqasan. Bugun shirin bir ovqatni qilib, bolalaring bilan dam olib o'tir. Bizdan xavotir olma"...

Onasidan kelgan smsni o'qiganida ota uyi tomon yo'lga chiqib bo'lgandi. Onasi uni ehtiyotlab, avaylab shunday xabar yozganini sezdi. Hozir kirib borsa, ularning qanaqa quvonishini tasavvur qilib, yuziga tabassum yugurdi... Eshikni sezdirmay ochib, oshxonaga mo'ralasa, onasi yeng shimarib, xamir qorayotgan ekan. Mehnatning zo'ridanmi yoki hayot tashvishlaridanmi, onasi ko'ziga cho'kib, kichkina bo'lib qolganday ko'rindi. Ichidan zil ketdi. "Onajonim!" Uchib borib, hayratda qolgan onasining bag'riga otildi...

- Voy, o'zim o'rgilay, keldingmi, bolam! Ko'z oldimdan o'tib turganding... Sog'ingandim, aylanib ketay sendan! Kelibsan-da, baribir... Ona-bola bir-birini quchgancha yig'lab oldilar. Farzandining halovati uchun sog'inchini ichiga yutib yashayotgan onaizor bir kulib, bir yig'lardi...

@falsafasi_hayot 🍃
😢7322👏32🔥1
💛 Dardingizni dard hisoblaydigan insonni seving...

🍀Joningiz yonganida yolg’on ko’z yosh to’kkanni emas, siz sevinganda quvongan, xafa bo’lsangiz ezilgan, qisqasi dardingizni o’z dardi deb bilgan insonni seving... Kurashsangiz ham ular uchun kurashing... Charchasangiz ham ularni deb charchang...

☀️Unday insonlar yo’q-ku, demang.. Aslida bor, ha, ishoning, chindan sevgan go’zal qalblar mavjud. Uxlasangiz, tepangizda sizmi bergani uchun Allohga shukr aytguvchi, nima bo’lsa ham yoningizda qoladigan insonlar bor...
Si, yo’q deb o’ylaysiz, biroq ular bor... ‼️

@falsafasi_hayot 🍃
43😢12🔥6❤‍🔥5🐳3
🪴✿Agar uyqungiz kelmayotgan bo‘lsa, istig‘for ayting... ko‘p-ko‘p ayting. Istasangiz sanang, istamasangiz yo‘q..

Oradan bir soat o‘tsa ham aytavering, baribir uxlab qolasiz. Ajr olganingiz qoladi...
Bu har holda qo‘zichoq yoki yulduz sanab yotishdan ming chandon afzal ish..)

Tushingizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kirsinlar...

🌙 Tuningiz hayrli oʻtsin qadrligim )) ✿

@falsafasi_hayot 🍃
29💯16❤‍🔥33😢3
🌿 Bozor darvozasidan kirib-chiqayotganlar darvoza oldida sovuqdan junjikib o‘tirgan chamasi uch- to‘rt yoshli qizchaga befarq qarab o‘tolmasdi. Kimdir unga qand, kimdir yumshoq kulcha uzatardi.
O‘ttiz yoshlardagi ayol bozor-o‘charini qilib bo‘lgach, darvoza oldiga kelib sumkalarini yerga qo‘ydi. Shu payt yonginasida katta-katta qora ko‘zlari javdirab turgan qizaloqqa ko‘zi tushdi. Sovuqda dir-dir titrayotgan qizchaga ichi achidi. Yaqiniga keldi. Muzlagan qo‘lchalaridan tutdi, bag‘riga bosdi va:
- Aylanay qizim, sovqotibsan-ku, oying qani? Nega bir o‘zing bu yerda turibsan?
Qizaloq ko‘zlarini yumib-ochib, yig‘lab yubordi:
- Oyim... Hozir kelaman... Deb... Kelmadi...
Ayol qizchani bag‘riga bosarkan cho‘ntakchasida buklangan qog‘ozga ko‘zi tushdi. Uni ochib, o‘qiy boshladi:
"Assalomu alaykum! Kim qizimni farzandlikka olib, bag‘riga bossa, mendek bag‘ritosh onani kechirsin. Ota-onam dunyodan o‘tganiga ancha bo‘ldi. Qizim bilan har joyda, ijara uylarda yashadim. Tikuvchilik qildim. Ammo ishim oldinga yurmay, juda qiynaldim. Qizim ham men kabi qiynalishini istamayman.
Kechqurun Rossiyaga jo‘nab ketyapman. Qizimni siylaganni Xudo siylasin!"

Ayol xatni o‘qirkan, ko‘zlaridan duv-duv yosh oqardi. Qizchani bag‘riga bosgancha lablari pichirladi:
"Bechoragina..." U qizchani dast ko‘tardi. Bir qo‘lida sumkalari...
Ularning zil - zambildek og‘irligi endi ayolga sezilmasdi...😥😥😥

Ibrat uchun yaqinlarga ulashing! Reaksiyalaringizni qoldiring...

@falsafasi_hayot 🍃
53😢43👏10👍5❤‍🔥3
💰RIZQINGIZ TORMI? QALBINGIZ TINCH EMASMI?

Unda kunni butun vujudingiz, yuragingiz bilan Alloh rizq beruvchi ekaniga ishonib o‘tkazing! Mana bu kunlik ZIKR REJASIni bajaring — natijasini Allohning O‘zi sizga ko‘rsatadi, Inshaalloh...

1. Tongda uyg‘ongan zahoti:
🌿 “Ya Fattah, Ya Razzaq, Ya Wahhab” — 33 marta.

Bu Ismlar Allohning rizq eshiklarini ochuvchi eng qudratli eshiklardir.


2. Bomdod namozidan so‘ng:
🌿 “Astaghfirullāh wa atūbu ilayh” — 100 marta

Chunki gunoh qalbni ham, rizq yo‘lini ham tor qiladi. Tavba esa ochadi!


3. Ishga ketayotganda yoki kun boshida:
🌿 “Rabbi inni lima anzalta ilayya min khayrin faqir” — 7 marta

(Ey Rabbim, menga yuborajak har qanday yaxshilikka muhtojman!)
Bu duo Muso (a.s)ning duosi — Alloh bu duo orqali ularga rizq, boshpana va juft nasib qilgan edi!


4. Kun davomida:
🌿 Iloji boricha ko‘p ayting: “Ya Latif, Ya Karim"

Noziklik va karomat egasidan rizq tilang — U hech qachon rad etmaydi.


5. Shomdan keyin:

🌿 “La ilaha illallohul Malikul Haqqul Mubin” — 100 marta.

Hadisda kelgan: bu zikr orqali faqirlik ketadi, qalbga yengillik keladi.


6. Uxlashdan avval:
🌿 Qur’onning Mulk va Voqi’a suralarini o‘qing.

Ayniqsa Voqi’a surasi — baraka kaliti! Har kecha o‘qing, natija ko‘rasiz, Inshaalloh.

👆Rizqni pul deb o‘ylamang. Rizq – bu sog‘liq, totuvlik, halol non, iymonli farzand, xotirjam yurak.

Siz ham bu duolarni bajaring. Yaxshilikni birovga ulashing – balki siz sababli bir inson barakaga erishar!

🤲 Alloh rizqingizni dengizdek keng qilsin! Duolaringizda bizni ham eslab qoʻying...

@falsafasi_hayot 🍃
62👍9❤‍🔥3
Negadir...

Negadir dasturxonda kamroq taom qolsa, onalarning qorni hamisha «to‘q» bo‘ladi...

Negadir yangi kiyim olish navbati onalarga yetsa, ularning kiyimlari hamisha «but» bo‘ladi...

Negadir onalar aksirsa, yo‘tal tutsa, shunchaki «tomog‘i qichishgan» bo‘ladi...

Negadir oilaga tashvish tushsa, bor mas’uliyat onalar zimmasiga tushadi... O‘zlarini qurbon qilishga tayyor turadilar...

Negadir onalar hech yig‘laganini ko‘rsatmaydilar, agar ko‘zida namlik ko‘rsak, shunchaki ko‘zlari «og‘riyotgan» bo‘ladilar...

Biz mana shu «rost»larga o‘zimizni ishontirishga urinamiz, negadir?!...

اشرف..

@falsafasi_hayot 🕊️
😭3316😢9❤‍🔥6🔥2🕊2
🌿...

-Onasi, ertaga qizimiz kelarkanmi?! Ee, baraka topsin, axiyri keladigan bo'libdi-da! Juda sog'ingandim... Nabiralarim ham koʻz oldimdan oʻtib turgandi... Kelishiga o'zim bir qo'lbola
palov qilib beray! Qizing o'choqda pishgan oshni yaxshi ko'radi... Ro'yxat
qil, onasi! Nima kaming bor?! Yoz, hammasini. Sahar turib, bozorga boraman. Qovun-tarvuz, mevalarning sarxilidan olaman. Patir non bilan qaymoq ham qo'shib qo'y, ro'yxatga...

***
Otaning quvonchi ichiga sig'mas, yosh boladay oʻzini qo'yarga joy topolmasdi...

@falsafasi_hayot 🍃
44😢22👍6🔥2
🌙 Tahajjud namoziga qiynalmay
turishingiz uchun 5 maslahat

Kechki ovqatni kamroq isteʼmol qiling;

Uxlashdan oldin tahorat oling;

Allohdan yordam soʻrab
duo qiling;

Budilnik qoʻying;

Ertaroq yotib uhlashga
harakat qiling!

🌟 Tuningiz osuda oʻtsin qadrligim ))

@falsafasi_hayot 🍃
👍2916
🌱 “Kimning rizqi kechiksa, bas, “Laa havla va laa quvvata illaa billah”ni koʼp aytsin!”

Аbu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Аlloh kimga bir neʼmat bergan boʼlsa, bas, Аllohga hamd aytishni koʼpaytirsin! Kimning gunohlari koʼpayib ketsa, Аllohga istigʼfor aytsin! Kimning rizqi kechiksa, bas, “Laa havla va laa quvvata illaa billah”ni koʼp aytsin!”
(Imom Tabaroniy “Kabiyr”da rivoyat qilgan).

@falsafasi_hayot 🕊️
25👍12😭6❤‍🔥2

🌿 Muammolaringiz koʻpmi? Yechim nimada..?

Koʻpchilik odamlar, “ishim yurishmayapti”, “qarzim koʻp”, “omadim kelmayapti”, “kasallik arimayapti”, “muammodan boshim chiqmayapti” deb noliydi.

Vaholanki, shariatda bu borada hamma koʻrsatmalar kelgan. Masalan, boshiga tashvish tushgan odam namozlarga eʼtiborliroq boʻladi. Koʻproq nafl namozlar oʻqib, Allohdan madad soʻraydi.

Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Nabiy sollallohu alayhi va
sallam boshlariga biron yumush tushsa, darrov namoz oʻqishga chogʻlanardilar.
(Abu Dovud va Ahmad rivoyat qilgan. Rivoyat sanadi sahih).

Qolaversa, ishi yurishmayotgan odam koʻproq istigʻfor aytadi.

Zero, Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar:
“Kimda-kim koʻp istigʻfor aytsa, Alloh oʻsha (banda) uchun har qanday gʻam-tashvish va tanglikdan chiqish yoʻlini (paydo) qiladi, uni oʻzi oʻylamagan tomondan rizqlantiradi”. (Abu Dovud, Ahmad, Tabaroniy va Hokim rivoyat qilgan).

Qiyin damlarda duoga yanada koʻproq eʼtibor berilsa, maqsadga muvofiq boʻladi.

Ibn Umar roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Albatta duo tushgan va tushmagan narsalarda foyda beradi. Shunday ekan, ey, Allohning bandalari, sizlar oʻzingizga duo qilishni lozim tutinglar”

(Termiziy va Hokim rivoyat qilgan. Hadis sanadi hasan).

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallamga salavot aytilsa, boshga tushgan gʻam-gʻussa ariydi.

Siz qavm-qarindosh, yor- birodarlaringizni, eng asosiysi ota- onangizni ranjitmaganmisiz, ularga yaxshi muomalada boʻlasizmi? Yaqinlaringiz koʻnglini ogʻritganmisiz?
Mana shu jihatga ham eʼtibor bering.
Chunki ota-onasini norozi qilgan “farzand”ning zinhor biri ikki boʻlmaydi..

Xullas, siz ibodatlarga mustahkam boʻling, doim Allohni zikr qiling, Oʻzigagina suyaning. Keyin, feʼlingizni kengroq qiling, huda-behudaga jigʻibiyron boʻlavermang, har qanday ishni ogʻir-vazminlik bilan hal qiling. Hammasi Allohdan ekanligiga ishoning!

🌥 Yangi kun muborak, aziz dindoshim ))

@falsafasi_hayot 🕊
32😢16👍6❤‍🔥4👏2
Agar sizga: "Sen imkonsiz narsa haqida orzu qilyabsan" deyishsa, shunday deya javob bering:
☝️Mening Robbim hamma narsaga qodir!..

@falsafasi_hayot 🍃
37👍1110🔥5
"Bandaning kuchi tugagan joyda Allohning yordami boshlanadi, umidingizni yo'qotmang". Allohga ishoning!

@falsafasi_hayot 🍃
55😭13🔥64

Tarjima

-- Otajon!
-- Labbay?
-- Messi afsonami yoki Ronaldumi?
-- Qur’oni Karimning barchasini bir rakatda o‘qigan Usmon ibn Affon afsonadir, bolam... ☺️

@falsafasi_hayot 🕊️
85👍7😢51
Шайтон Аллоҳдан сўраган экан:
— Эй Аллоҳ! Одамлар учун уй бердинг. Менинг уйимда қаерда?
— Одам болаларига ўтирадиган жой бердинг. Менинг ўтирадиган жойим қаерда?
— Одам болаларига қироат қиладиган нарса бердинг. Менинг қироатим нима?
— Одам болаларига гапирадиган гап бердинг. Менинг гапим нима?
— Одам болаларига элчилар юбординг. Менинг элчиларим ким?
— Одам болалари учун китоб бердинг. Менинг китобим нима?
— Одам болалари учун ов қуролларини бердинг. Менинг ов қиладиган воситам нима?
— Одамлар учун тамо бердинг. Менинг таомим нима?

Бу саволларнинг жавобини сиз ҳам билиб олинг!
3
ЗИНОДАН БЎЛГАН ҲОМИЛАНИ НИМА ҚИЛИШ КЕРАК??? 😳😳

САВОЛ:
@ibrarlik🔍

Яқинда бир йигит таниш бўлган ёш қиз билан жинсий яқинлик қилиб қўйган, қиз эса ҳомиладор бўлиб қолибди. Ҳозирда ҳомила бир ойлик бўлган. Энди бу йигит ўша қизнинг уйига совчи юбориб тўйини қилиб никоҳдан ўтса бўладими? Ёки нима қилса ҳам қизнинг ичидаги бола зинодан бўлган бўлиб қолаверадими ?

👉🏻Ж А В О Б😰
2
Forwarded from Omina 2018
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🙋‍♀Статистикага кўра 10 та аёлдан 9 тасини "Бугун нима овқат қилсам экан...?" деган савол қийнайди!

Мени ҳам бу муаммо қийнар эди. Чунки уйдагиларга "Нима овқат қилай?" деб савол берсангиз бирортасидан жавоб ололмайсиз!

Лекин мен яқинда дугонам тавсияси билан "ПАЗЗАНДА БЕКАЛАР" номли каналга уланиб олдим! Энди менда қандай овқат қилиш муаммоси умуман йўқ! Сизга ҳам самимий тавсия қиламан...👇👇
https://www.tg-me.com/+NX0P759ozKc4MTM6
https://www.tg-me.com/+NX0P759ozKc4MTM6
https://www.tg-me.com/+NX0P759ozKc4MTM6
3
2025/10/21 22:58:02
Back to Top
HTML Embed Code: