🌿 – Ketyabman... - dedi erkak. Ayol yig'ladi.
Xojasining bo'ynidan quchdi.
– Qaramang!.. - dedi qat'iy, ammo past tovushda.
– Kimga, jonim? - deya so'radi erkak. Titroq ovozda ohista shivirladi ayol:
– Jannatdagi hurlarga!
Er tishini-tishiga qo'yib chuqur "uh" tortdi.
Og'ir-og'ir so'zladi:
– Sen mening jufti halolimsan. Boshqalar birodarim!.. Seni jannatda kutaman!
©️seni jannatda kutaman, kitobidan.
Nomahram uchun olingan postdan rozi emasman!
@falsafasi_hayot 🍃

🌿Eslatma...
Ayolingiz sizning kiyimlaringizni yuvib, ovqatingizni pishirib, uyingizni tozalayaptimi, ota-onangizga, farzandlaringizga qarayaptimi, sizni haromdan saqlab turibdimi, endi zavjangizning uncha-muncha achchiq gaplariga sabr qilasiz. U ayolligiga borsa, siz erkaklik qiling...

🌿 Sabr....
Sabr og‘riqdir, lekin azob-uqubat emas. Uni azob-uqubatga aylantiradigan narsa esa – hech narsa qilmay, qo‘l qovushtirib kutishdir. Sabr intilishdir, kutish emas. Sabr jiddu jahdni talab qiladi, jiddu jahd esa to‘g‘ri, rejali va qat’iyatli harakatdir. Sabr guldek, ochilishni kutadi. Sabr gulini ochiradigan esa duodir. Duo bo‘lsa qat’iy talab qilishdir. Sabr guli soya ham xohlaydi, sabrning soyasi esa koʻngildan tilga koʻchgan shukrdir. Sabr qiling.. Sabr qiling, chunki sabr natijasida ochiladigan eshik rahmat eshigidir...
— Erdo‘g‘on Yildirim
Ps/ Kanal uchun maxsus buyurtma asosida tarjima qilingan, ruhsatsiz koʻchirmang ))

🌿 Subhanalloh! Har bir narsani puxta qiladigan Allohning san’atiga boqing!
U, maxluqotlariga hech qanday asbob-uskinasiz, hech qanday ta’lim-o‘quvsiz va hech qanday kasb-hunarsiz shunday mustahkam in barpo qilishni fitratiga solib, yaratib qo‘ygan Zotdir.

Men va telefonimdagi, bir kunimga yarab qolar deb, internetdan saqlab olingan suratlar ))
Kimda yana shunaqa? Reaksiyalaringizni qoldiring ☺️
@falsafasi_hayot 🍃
Kimda yana shunaqa? Reaksiyalaringizni qoldiring ☺️
@falsafasi_hayot 🍃
🌿 O‘n uch yoshlarda edim. O‘rta maktabga borardim. Otamning vafotiga ikki yil bo‘lgandi. Qashshoqlashib qolgandik. Onam tikuvchilik qilardi, arang kunimizni ko‘rardik. Katta uyning ikki xonasida o‘tirardik. Kitoblarim yetarli emas edi. Maktab portfelim ham yo‘q edi hatto.
Hayit kuni edi. Onam amal-taqal qilib menga bir poyabzal oldi. Shim va ko‘ylak tikdi. Ertalab barvaqt uyg‘onib, kiyindim. Bir kun oldindan kelishgandik, ikki o‘rtog‘im uyimizdan meni chaqirib olishardi, birga hayit saylgohiga bormoqchi edik. Otli arg‘imchoqlarga, ijara velosipedlarga minib sayr qilamiz, degandik. Paxta qandchidan shirinlik olib yemoqchi edik. Kinoga ham tushadigan edik. Onamdan pul so‘radim.
- Pulimiz yo‘q, bolajonim,-dedi onam xijolat chekib.
Xarxasha qila boshladim. O‘rtoqlarim ham hali zamon chaqirib kelishardi. Ularga nima derdim? Pulimiz yo‘qligi uchun saylga borolmasligimni qanday aytardim? Alamdan ustimdagilarni chiqarib devorga qaratib ota boshladim.
Gʻamgin nigohlarini menga tikib, uzoq termulib o‘tirdi. Javondan sumkasini olib, pul qidirdi. Izlab izlab bir lira topoldi. Boyaqish onamning faqatgina bir lirasi qolgandi, bor-yo‘q puli shu edi. Bisotidagi bir lirani menga uzatdi.
- Qani, kiyina qolgin, bolam, bir lira yetadimi? U kezlarda bir lira katta pul edi. To‘rt tarafga irg‘itgan kiyimlarim va poyabzalimni oldim. Yana kiyindim. Pulni cho‘ntagimga qo‘yib, o‘rtoqlarimni kuta boshladim. Nihoyat kelishdi. Biroz o‘tirishdi. Onam ularga qand berdilar, ikkovini ham boshini siladi.
- Endi bora qolinglar, mazza qilib o‘ynab-kulinglar, - deb bizni kuzatib qo‘ydi. Ko‘chaga chiqdik. Juda xursand edim, quvonchdan yuragim hapriqib ketayotgandi. Burilishdan katta ko‘chaga qayrilayotganda, uyimiz tomonga ko‘zim tushdi. Onam balkondan oyoq uchida turib, menga kulimsirab qo‘l siltayotgandi. Birdaniga ichimdan bo‘g‘iq o‘kirik kelib, tomog‘im achishdi. Ko‘zlarimga yosh to‘ldi. Bo‘g‘ilib qoldim. Yig‘laganimni bildirmaslikka urinib, o‘rtoqlarimga "Men bormayman" dedim. Sababini tushunishmadi.
Bir o‘rtog‘im:
- Puling yo‘qligi uchun kelmaysan!-dedi masxaraomuz. Cho‘ntagimdan bir lirani chiqarib ko‘rsatdim:
- Ana, pulim bor!
O‘sha yerda meni qoldirib ketishdi.
Ko‘chalarda sarsari kezdim. Hech kimga bildirmasdan, to‘yib-to‘yib yig‘ladim. Ko‘z yoshlarimni sildim, qo‘limdan kelgunicha quvnoq ko‘rinishga urinib,uyga qaytdim. Onam:
- Nega qaytding?- deya so‘radi.
"Borgim kelmadi" dedim va cho‘ntagimdan bir lirani chiqarib, onamga uzatdim. Onaginam hayron bo‘ldi. Pulni qo‘limdan olib, stol ustiga qo‘ydi. So‘ng meni quchib, ko‘ksiga bosdi. Ho‘ngrab-ho‘ngrab yig‘lay boshladi. Men endi yig‘lamasdim. Tashqarida to‘yib-to‘yib yig‘lab olgandi. Onamning yuzlaridan o‘pdim. Ko‘z yosh to‘kmasligini aytdim. Indamadi. Uzoq o‘yga toldi.
Men endi g‘amgin emasdim. Saylgohga borolmaslik, menday kap-katta bolaga, o‘rta maktab o‘quvchisiga yarashmasdi. Birdaniga ulg‘ayib qolgandim.
Melih Javdat Anday
Tarjimon: Umida Adizova
@umidaaziz

Ey Robbim,
Oxiri nima bo'lishini sabr qilib kutayotgan qullaringni habarlarning eng go'zali bilan sevintir.
Amiyn...

Ozgina tabassum 🙃
🧕🏻- Dadasi, menga uylanishni kim maslahat bergan sizga?
🧔🏻 - Eslolmayman onasi, oʻsha vaqtda dushmanlarim ko'p edi 🤭

🌿 Agar...
Sizni aldashsa...
Sizga xiyonat qilishsa...
Sizga ta’na yetkazishsa...
Sizni tashlab ketishsa, nadomat qilmang...
Modomiki, qalbsiz insonlar orasida qalbini ko‘tarib yurganlardan biri ekansiz bundan faxrlaning..!
Chunki yolg‘ondan, xiyonatdan, hasaddan va hudbinlikdan salomat qolgan qalbingiz eng katta yutug‘ingizdir...
Zotan, Allohning huzuriga sog‘lom qalb bilan borganlargina najot topadi..!
✨ Reaksiyalaringizni kutaman ))
@falsafasi_hayot 🕊️

🌿 Maylimi?
🌝 Semirib, ozish uchun ming bir usullarni qo'llab, oldingizda xijolat tortib turganimda "Buncha semirib ketding-e-e-e” demasdan, “Menga qanday bo'lsang, shunday yoqasan, bo'g'irsoq" deb ayting, Maylimi?
🌝 “Xotin”, "O‘", "Ey", "Hey", "Fisht" deb chaqirmang. “Erkatoyim”, “kichkintoyim”, “moychechagim”, “malikam” deb ismimni ayta qoling, Maylimi?
🌝 Kasal bo'lganimda "Kasaldan boshing chiqmaydi" deb iddao qilmang. “Shu dorilarni ichib ol”, “Allohim suygan bandalariga dard beradi" “ko'rmaganday bo'lib ketasan” deb gaplaringiz bilan tuzatib yuboring, Maylimi?
🌝 Xato qilib qo'ysam, jahlingizni chiqarsam, urib, so'kib sochlarimdan sudramang. Yaxshi gaplar bilan tushuntirib, "O'zing aqllisan-ku, onashim" deng, Maylimi?
🌝 Menga "Soching uzun, aqling kalta" demang. “O'qi, izlan, rivojlan. Oldimda olima ayol turishini xohlayman” deya menga bir uy kitoblar olib kelib bering“, Maylimi?
🌝 Yig'lasam, "Asabimini buzma uvullab" demang. "Yig'lamagin, yagonam, har bir to'kkan ko'z yoshing uchun Allohdan so'ralaman" deng, Maylimi?
🌝 Meni Alloh uchun, qariligimda ham, betobligimda ham, chiroyim ketganida ham seving, Maylimi?
©️Hubbuna

🧕🏻 Ayol eriga deyapti:
- Men qo'shninikiga ikki
daqiqaga chiqib kelaman.
🥘 Taom qozonda, har yarim
soatda kapgirni bir
aylantirib turing.! 🤭
@falsafasi_hayot 🍃
🧕🏻 Ayol eriga deyapti:
- Men qo'shninikiga ikki
daqiqaga chiqib kelaman.
🥘 Taom qozonda, har yarim
soatda kapgirni bir
aylantirib turing.! 🤭
@falsafasi_hayot 🍃
Bu dunyoning jannati qayerda deb so‘rasalar “Bir insonni hech qanday manfaatsiz, g‘arazsiz sevgan insonning qalbida derdim. Agar shunday bir "qalbning" ichida bo‘lsangiz, aslo yo‘qotib qo‘ymang jannatingizni...
@falsafasi_hayot 🍃
@falsafasi_hayot 🍃
"O‘zimga achindim..."
Ko‘p qavatli uyda turaman. Mavzemizga kiraverishda, “Shifokorlar shaxarchasi”ning kichik bozorchasi bor. O‘zi kichik bozor bo‘lsa-da, birlamchi ehtiyoj mahsulotlarining bari mavjud. Shu bozorcha kiraverishida 2 ayol “Pishgan jo‘xori” sotadi. “Oltin tepa” tarafdan har kuni 2 qop makkajo‘xori olib kelib, tirikchilik qilishadi. Oftobdan qoraygan, mehnatdan dag‘allashgan, og‘ir-og‘ir qoplarni ko‘taraverib erkaklashgan munis ayollar. Ularning biri, o‘zimizning jaydari, ikkinchisi golland navili jo‘xori sotadi. Ikkovining ham o‘ziga yarasha mijozlari bor. Kuniga 60-70 ming topmasa ham, harna qora qozonni qaynatishga ko‘mak deb qo‘yishadi...
Farzandlarim makkajo‘xorini yaxshi ko‘rishadi, kunda bo‘lmasa ham 3-4 kunda bir, uyga albatta makkajo‘xori olib kiraman. Oxirgi 10 kunlar chamasi, ayollarning birlari ko‘rinmay qoldilar. Bu orada, jaydari makkajo‘xori sotuvchi ayoldan nafaqat men, balki boshqa xaridorlar ham oldi. Ayolning daromadi ham avvalgi kunlarga nisbatan oshgani tabiiy. Bugun, eski sotuvchi ayol yana savdoga chiqibdilar, bir chetda, tirikchilik dardida, horg‘in o‘tirib savdo qilyaptilar. Salomlashib, ko‘rishib, opa bormisiz, farzandlarim “golland jo‘xorilaringiz”ni sog‘indi, nega ko‘rinmay qoldingiz deb so‘radim, kulib.
Ular ham kulib, eh uka, meni jo‘xorim “golland” navli, yumshoqroq, sal qimmat bo‘lsa-da tez sotiladi. Sherigimniki jaydari, shirin bo‘lsa ham sal qattiqroq, shunga sotilishi kamroq. Daladan qatnaymiz, qoraqozon, tirikchilik... Hammamizning dardimiz bir... Bizni uyda ikkita sigir bor, sutini sotaman, jo‘xorini yon fermadan olib, pishirib sotaman, bolalar yeyman deydi, xullas amallab yashayapmiz.
Sherigimning tirikchiligi esa faqat shu jaydari jo‘xoridan, u to‘y boshlab qo‘ygan, men-ku 10 kun sutimni sotsam kunim o‘tadi, unga boshqa yordam bera olmasam, hech bo‘lmasa shu yordam bo‘lsin, men yo‘g‘imda ko‘proq jo‘xori sotib, ko‘proq pul topsin deb chiqmadim, unga esa mazam bo‘lmadi, deb qo‘ya qoldim...
Halollikka qurilgan savdo va iymon to‘la qalbni shu ayolda ko‘rdim va o‘zimni sarhisob qilib, o‘zimga-o‘zim achindim…

🌿 Ko‘zgu...
-Oyijon, keling bir marta xola-xola o‘ynaylik.
-Mayli, qizim. Men kimni o‘ynayman.
-Men oyisi bo‘laman, siz esa mening qizim bo‘lasiz.
-Mayli, qizim, men nima qilay?
-Men ishdan kelaman, siz meni kutib olasiz?
-Mayli, qizim...
-Oyijon, ishdan keldingizmi?
- Yo‘qol, charchaganman.. Hammasi jonimga tegdi. Gapiraverma...
Ona turgan joyida o‘tirib qoldi, chunki qizcha uning doimiy gapiradigan gapini o‘ziga ko‘rsatib berdi..

🌿 Tez orada:
- Yoʻqolgan qaytadi;
- Kasal shifo topadi;
- Mahzunlik ketadi;
- Jarohat bitadi;
- Koʻzyoshi quriydi;
- Kulgi keladi;
- Hali taskin eshigingizni taqillatadi.
✨Faqat siz ojizlik qilmang... Allohdan soʻrashdan toʻxtamang, siz uchun ilojsiz boʻlgan narsalar Yaratganning birgina "Boʻl" degan buyrugʻiga muhtoj halos, shuni unutmang 🥰...

🌿 Muslima hikoya qiladi :
Bundan bir necha yil avval hayotimizda ajoyib voqea bo‘lib o‘tgan edi.
O‘sha vaqtlari akam to‘y qilayotgan, ya’ni egizak qizlarini turmushga berayotgan kezlar edi. Aksiga olib to‘y bo‘lishiga uch kun vaqt qolgan bo‘lsa- da , xo‘jayinim shu choqqacha akamning to‘y bilan qutlab , to‘yona berolmagan edilar. Endi ro‘zg‘or-g‘orda . Shunaqa kutilmagan vaziyatlar bo‘lib turar ekan. Qaramog‘imizda ona- bola sigir buzoqchasi bilan va yana bitta boquvdagi novvosimiz bor edi. Ochig‘i to‘yonaga shu novvosni moʻjallab yurgan edik. Ammo har doim ham bandaning aytgani bo‘lavermas ekan. Uni kelasi bozorga olib chiqib sotamiz degan kunimiz, novvosimiz daladagi kichkinagina ariqchada uyalab tarrakdek harom qotib qoldi. Buyam bir sabab ekan- da. Bo‘lmasa shunday gungursdek novvosning o‘limiga kengligi yarim quloch chiqmaydigan ariq sabab bo‘larmidi...
Xullas ...
"To‘yonani ana topamiz , mana topamiz " deb to‘yga ham uch kun qoldi . "O‘zingda yo‘q , olamda yo‘q" deganlari rost ekan. Kimdan qarz so‘rasak , "Jonim bilan berardim-u..." deb yelka qisib , yer chizadi. O‘zimning urug‘larimdan so‘rashga istihola qilaman, ular ham akamning ikkita qiz uzatayotganlari sababli biz kabi borini ularga to‘yona qilib berib bo‘lishgan.
Axiri xo‘jayinga "portladim" :
- Men-ku mayli , ertaga o‘zingiz "To‘yga quruqdan - quruq borolmayman" deb kuygan yuragimni battar kuydirasiz. Tili o‘n besh qarich , kekkayishining damida o‘n qozon osh pishadigan og‘aynilaringizdan qarz so‘rab ko‘rsangiz xonlikdan tushib qolmasdingiz ? Undan ko‘ra sizga bitta bahona bilan uyda o‘tirib olish oson. Menga esa to‘yning ta’timasligi bilan ishingiz yo‘q. Hech kimga qarz bermagan bo‘lsangiz ham mayliydi . Kim so‘rasa - ma ! Kim so‘rasa - ma ! So‘ramasa ham - ma ! Mana shunaqa bo‘ladi , pulni bebiliska ishlatish ...
Xo‘jayin indamadilar .
Bilib turibman ular o‘sha og‘aynilaridan allaqachon qarz so‘rab bo‘lganlarini . Ammo ... "So‘raganni bir beti qora, bo‘la turib bermaganni ikki beti qora" degan gap rost bo‘lsa , bilmadim ularning qanchasi ...
Turib - turib Xo‘jayinga achindim.
Shom namozi vaqti kirdi. Ikkovimiz namozni ado etgach , men kechki ovqatimdan xabar olish uchun oshxonaga chiqib ketdim.
Xo‘jayin esa ancha hayalladilar. Xavotir olib ichkariga mo‘ralasam ular joynamoz ustida "Voqea" surasini qiroat bilan o‘qib o‘tirganlariga guvoh bo‘ldim . "Voqea" surasi rizqqa yo‘l boshlovchi ,rizq chaqiruvchi sura ekanligidan xabardor bo‘lganligim sabab boyagina Xo‘jayinga ta’na qilganim uchun o‘zimdan uyalib ketdim. Qilmishimdan qattiq mulzam chekdim.
" Yo , Alloh , o‘zing kechir ... Men kimdan so‘rashni unutib qo‘yibman- a..."
Ohista qadamlar bilan borib xo‘jayinimning duolariga qo‘l ochdim.
Duo qilib bo‘lgach , iloji boricha muloyim ohangda so‘z qotdim :
- Ovqatni suzaveraymi ?
Dasturxonga endi kosalardagi sho‘rvalarni qo‘yishim bilan ko‘cha eshik qo‘ng‘irog‘i jiringladi.
Yo‘qlaguvchidan xabar olishga ketgan to‘ng‘ich o‘g‘lim tezda ortiga qaytdi:
- Ada , sizni bir notanish kishi so‘rayaptilar. Uyga kiring desam unamadilar .
Xo‘jayin hayron bo‘lgancha eshikka otlandilar. Oradan bir choy damlagulik fursat o‘tmasdan qo‘llarida polietilen xaltaga o‘ralgan bir necha bog‘lam pul bilan kirib keldilar :
- Muslima,esingdami ? - dedilar ular hovliqqancha ,-uch yil avval Samarqandlik bir yigit mashinamni urib, ichidagi yangi qimmatbaho chinnilaringni sindirib yuborgandi. Tavallolar qilib "Bir xaftada pulini qilib beraman" deya tilxat yozib , shu bo‘yi yo‘q bo‘lib ketgandi.
O‘shanda boshiga og‘ir savdolar tushib tuhmat bilan qamalib qolgan ekan. Endi mushkuli arib , uch oy avval qamoqdan qaytib kelibdi. Bu yerda o‘sha vaqtdagi mashinani ta’mirlash uchun ketgan harajat va chinnilarning bahosi. Hozirgi narxiga to‘g‘rilab olib kelibdi. Kerakmas desam ham qo‘yarda qo‘ymay tashlab ketdi. Xullas, bu qo‘limizdan ketgan navvosning uchtasiga teng keladigan pul ...
Men indamadim... Indashga madorim qolmagan edi...
Alloh buyuk...

🌿 Sarvari koinot alayhissalom bir kun masjidga ketayotganlarida, yo’lda azon ovozini masqara qilib aytayotgan yahudiy bolalarning ovozini eshittilar. Bolalarning orasida ovozi eng shirali bo’lgani, azonni har xil qiliqlar qilib aytayotgandi.
Biz bo’lganimizda nima qilardik?
Yoki so’kardik, ba’zilarimiz balki urardik, balki haqorat qilardik…
Alloh Rasuli esa masjidga emas, bolalar tomon yura boshladilar. Bolalarning yoniga borib avval qo’llarini ko’tarib salom berdilar va:
“Biroz avval juda shirali va go’zal ovoz eshitdim, u sizlardan keldimi?” deb so’radilar.
Haligi bolakay “chiroyli” so’zini eshitgach tabiiyki xursand bo’lib “ha, men aytdim” dedi.
“Judayam chiroyli ovozing bor ekan-ku, seni masjidga olib borsam, u yerdagi amakilarga ham aytib berasanmi?” dedilar gul yuzli payg’ambarim.
Bolakay esa: “Ha aytaman, lekin men to’g’ri aytishni bilmayman.” dedi.
“Hech qisi yo’q, men senga o’rgataman!”
So’ng Rasululloh aytdilar, orqalaridan bola ham qaytarib, azonni yodlab oldi. Payg’ambarimiz uni qo’lidan tutib masjidga borguncha sochlarini silab, erkalab ketdilar. Masjidga borgach bolani azon aytganini eshitgan sahobalar ham uni maqtay ketishdi. Bolakay esa juda xursand bo’ldi. Shunda Rasululloh:
“Men seni Makkaga jo’natsam, u yerda muazzinlik qilasanmi?” dedilar.
Bolakayni ko’zlari porlab ketdi. “Ha albatta!” deb javob berdi.
Azonni masqara qilgan yahudiy bir bolakay, yillar o’tib Rasulullohning sahobalariga aylangan Abu Mahzura edi.
Faqat boshqa sahobalardan farqi, uning sochlari nihoyatda uzun edi…
“Hoy, Abu Mahzura sochlaringni kessang bo’lmaydimi?” deganlarga
“Qanday kesaman, bu sochlarga kimning qo’li tekkanini bilasizlarmi? Qanday qilib qirqib tashlashim mumkin…” deb javob berardi.
Allohning Rasuli yahudiy bolakaydan, Makkaning gul muazzinini yetishtirganlarida, biz ba’zan o’z qonimizdan bo’lgan farzandlarimizga, jiyanlarimizga nisbatan sabrli bo’la olmaymiz…

🌿 Bir sodda bola uchrashuvga chiqishdan oldin do'stidan maslahat so'rayapti:
- O'rtoq uchrashuvga chiqib nima deyman?
- Ismini so'raysan, Layli desa Majnunman, Shirin desa Farhodman deysan.
Uchrashuvga chiqqan yigit
- Ismiz nima?
- Ibodat
- Maniki Tahorat) 😂
©️Xayrulla Hamidov

🌿 Sunnatga ergashaylik...
Asmo binti Abu Bakr roziyallohu anhodan: "Asmo sho‘rva tayyorlasalar, qaynoqligi ketguncha non to‘g‘rab qo‘yardilar, so‘ngra aytardilarki: Men Rasululloh sollalohu alayhi vasallam shunday deganlarini eshitganman: "Unda (non to‘g‘ralgan sho‘rvada) katta baraka bordir".
(Ahmad, Dorimiy, Tabaroniy rivoyati).

🌿 ....Sizni kutishmagan joyga ~ oshiqmang, bormang...
....siz uchun yopilgan eshikni ~ taqqillatmang, ochmang...
....xaqiqiylari siz bilan qoladi, soxtalari baribir ketadi..
....qichqirmang, faryod urmang, sizni tushunadiganlar ohista shiviringizni, goxo sukutingiznida tushunadilar...
....kimga siz qadrlisiz ~ ular siz uchun albatta vaqt topadilar..
....kimga kerak emassiz ~ bor vaqtinida qizgʻonadilar...
....yoningizdagi siz unga kerak boʻlgan insonlarni qadrlang...
....siz unga kerak emas odamni qoʻyib yuboring, ushlamang...
....Shoshilmang. Hamma narsani oʻz vaqti bor..
....hayot aslida juda oddiy.....Biz uni oʻz dunyoqarashlarimiz bilan oʻzimiz uchun yasab olgan muammolarimiz bilan murakkablashtiramiz xolos..!
Malika Salimova
@falsafasi_hayot 🕊