Telegram Web Link
Umar roziyallohu anhu shomdagi qo‘shin holidan xabar olish maqsadida ulovlariga minib, yo‘lga otlandilar. Shom chegarasiga yetib kelib, dam olish uchun qo‘shinlar qo‘mondoni Abu Ubayda al-Jarrohning chodiriga tushdilar. Tushlik payti bo‘lganida xodimlar: "Askarlarning ovqatidan keltiraylikmi yoki qo‘mondonning ovqatidanmi?" deb aytishgan edi, Umar roziyallohu anhu: "Ikkisidan ham keltiringlar", dedilar. Xodimlar askarlarning ovqatini keltirishdi. Unda go‘sht, sho‘rva va sariyd nomli ovqatlar bor edi. Umar roziyallohu anhu: "Bu askarlarning taomimi?" degandilar, ular: "Ha shunday, mo‘minlar amiri", deyishdi. Umar roziyallohu anhu: "Qo‘mondonning taomini keltiring", degandilar, ular qotgan non va biroz sut keltirishdi. Buni ko‘rgan Umar roziyallohu anhu o‘zlarini to‘xtata olmay yig‘lab yubordilar va: "Bu ummatning eng ishonchli kishisi, deb seni nomlagan zot naqadar rost gapirganlar!" dedilar.
Biz haqiqiy ummat bo‘lganimizda mana shunday mustahkam tog‘ edik!

©arabicuz

@falsafasi_hayot 🍃
86👍21😢11🔥8👏2🕊21
🌿 Qo‘ng‘iroq ovozi jiringladi. Ayolimning telefonidan chiqayotgan ovoz edi. Shubxa aralash qo‘limga olsam, uyg‘otgich ekan.

"Taxajjudda eringni duo qil" degan yozuvlarni ekranida ko‘rdim. Ovozini o‘chirdim. Ayolim sezmadi. Charchoqdan telefon ovozini xam eshitmadi bechora. Miriqib uxlayabdi.

Unga biroz tikildim. Negadir raxmim keldi. U:

Ota uyida bekami-ko‘st ulg‘aygan, o‘ynab-kulib o‘sgan bir muslima qiz edi.

Bechora qiz aslo tanimagan, bilmagan insoni bilan bir umr yashash maqsadida ota uyidan chiqib kelgan.

Umri davomida degani degan, aytgani aytgan xolda o‘sgan qiz endi bir erning uyida, erning degani degan, aytgani aytgan xolda yashaydi.

Xamma ko‘ngliga qarab katta bo‘lgan qiz endi erining ko‘ngliga qarab yashardi.

Erining barcha achchiq-chuchuk gaplari, kinoyayu-ovozalariga sukut ila sabr qilar, aslo gap qaytarishga botinmasdi.

Tun-u kun qaynona-qaynotaning xizmatida yelib-yuguradigan ayol.
Kamiga erining qarindosh-urug‘lariga xurmat-extirom ko‘rsatib, ularning kesatiq gaplariga parvo qilmaslikka intiladigan bir muslima ayol.

Kun davomida tinimsiz mexnat qilib, yana tun yarmida o‘sha jahldor va qo‘pol eri uchun shirin uyqusidan kechib, uning uchun Alloxga duo qiladigan ayol.

Shuncha qiyinchiligu-mashaqqatlarga sabr qiladigan ayol.

Ust-boshidan nolimaydigan, och qolsa sabr qiladigan, eri olib kelgan bir luqmaga sevinib, Alloxga shukurlar aytadigan ayol.

Eridan barvaqt turib, obdastaga suv ilitib, erini namozga uyg‘otadigan ayol.
Barcha ishlarini yakunlab, Qur’on o‘qibgina yostiqqa bosh qo‘yadigan ayol...

Unga tikilganim sari o‘zimdan nafratlanib ketardim. U esa biron marta nolimagandi.

Bu esa meni vijdonimni yanchardi. Naqadar joxil va beparvo bo‘lgan ekanmana?

Rasulullox sollalloxu alayxi vasallamdan ayollarga qanday muomalada bo‘lish merosiga amal qilmay, kunduzi esa yaqinlarimni sunnatga amal qilishga chorlagan mendayin notavon bormikin?

Yana o‘zimni ummat deya kerilib xam yurardima?!

Ayolim shirin uyquda uxlardi. Uni bezovta qilmadim. Taxorat oldim va Taxajjud o‘qishni boshladim.

Biroz vaqt o‘tmay xonada qadam tovushlari eshitilardi. Shoshilib bosilgan qadamlar taxoratxona tomon bordi.

Birozdan so‘ng esa ayolim orqamda turgan xolda namozda menga iqtido qildi.

Xo‘ngrab yig‘lagan xolda namozni arang yakunladim...

- Begim, nega meni uyg‘otmadingiz?dedi u xijolat ovozda.

Bu esa meni battar qiyin axvolga soldi. Uni bag‘rimga bosgancha, yetkazgan jabr-zulumlarim uchun kechirim so‘rardim.

Bechora ayolim mening jabrimga o‘rganib xam qolibdi, menga hayratomuz boqardi. U nima bo‘lganini tushunmasdi. Men esa namlangan ko‘zda yoshim bilan:

- Menga qanday chidayabsan, bilmadim?! Allox sendan rozi bo‘lsin, dedim...

Shu tundan boshlab xayotim o‘zgardi. Yo‘q, xayotim emas, men o‘zgardim. Ayolim xam avvalgidanda quvnoq va baxtiyor bo‘ldi.

"Xizmatingizni qilib to‘ymayman" derdi tabassum bilan. Ishonasizmi, u qizlik uyidagidanda baxtiyor edi...
Uni ko‘rib esa mening ko‘zlarim quvnardi...

Xurmatli erkaklar!
AYOLINGIZNI SEVIN
G...

@falsafasi_hayot 🍃
116😢28👍10❤‍🔥5🕊4🐳1
💚 Er-xotin orasidagi muhabbatni mustahkamlash, mehr-muhabbatni oshirish va o‘zaro hurmatni kuchaytirish uchun duo va zikrlar juda foydalidir. Quyida ba’zi tavsiya etilgan duo va zikrlar keltirilgan:

1. Qur’ondan duo:

Robbanaa hab lanaa min azwaajinaa wa zurriyyatina qurrata a'yunin waj'alnaa lil muttaqina imaamaa.
(Furqon surasi, 74)


Ma’nosi: “Ey Rabbimiz, bizga juftlarimiz va zurriyotimizdan ko‘z quvonchini ato et va bizni taqvodorlar uchun peshvo qilgin.”

Bu duo er-xotin orasidagi mehrni mustahkamlash,sog‘lom va baxtli oila qurish uchun juda muhimdir. Har kuni ertalab yoki kechqurun o‘qish tavsiya qilinadi

2. Zikrlar:

a) “Yaa Waduud” asmosi

Bu Allohning ismi er-xotin orasidagi muhabbatni oshirishga yordam beradi.

Har kuni 100 marta “Yaa Waduud” deb zikr qiling. Yaxshi niyat bilan, pokiza holatda.

b) “Astaghfirullah” (Allohdan magʻfirat soʻrayman)

Har kuni 100 yoki 300 marta istig‘for aytish qalblarni yumshatadi, muammolarni yengillashtiradi.

🤲 Yaqinlaringizga yuborib qoʻying.

@falsafasi_hayot 🍃
63👍7😢2😇1
Bola to‘ygunicha ONASIni emadi. Tishlari bilan ozorlar beradi. Onaning suyaklarida kalsiy kamayib, mo‘rtlashadi. Ulg‘aygunicha bolasini ko‘z qorachig‘idek avaylaydi. Bu dunyodan o‘tgunicha tashvishini qiladi. Doim undan XAVOTIR oladi. Jonini so‘rasa, berishga tayyor bo‘ladi...

Farzandi ulg‘ayib ERKAK bo‘lganida, oliy talim yerlarini bitirib oladida oyoqlarini chalishtirib, o‘tirvolib, ~ «Ayol zoti - kalta fahm....!»- deydi...

Ho‘-o‘-o‘y aqlli..! Qanday qilib bunaqa aqlga, nimalar evaziga erishganningni hech o‘zingdan so‘rab ko‘rganmisan..?

Sen o‘sha aqli noqisning jonidan - jon, qonidan - qon, tanasidan ozuqa olib shu darajaga yetmadingmi..?!
Ayol zotini kalta fahm deyishingdan oldin, onai zoringni SEN sabab chekkan mashaqqatlarini esla!
Axir u - ona...

┄┅┅•🌸•═•⊰🌼⊱•═•🌸•┅┅┄

@falsafasi_hayot 🍃
76😢28💯24👏9💔3👍1
🌿 Diniy ilmlardan xabardor bir ayol universitetda ayollarga dars berar edi. Bir kuni u ta’lim berayotgan ayollarga shunday dedi:
- Taqvodor ayol Payg‘ambar s.a.v ga ergashgan holda o‘z eriga ko‘pxotinlik sunnatini tiriltirishida yordam berishi va erining istagini rad qilmasligi kerak.
Keyin u ko‘pxotinlikning zarurati haqida sabablar keltira boshladi.
Dars tugaganidan so‘ng uning oldiga Fathiya ismli bir ayol keldi va:

- Alloh sizga yordam bersin. Oldin qanday qilib ushbu masala bo‘yicha yoningizga kelishni bilmay yurardim. Ammo, alhamdulillah, siz buni juda yaxshi tushunarkansiz. Men 4 yildan beri sizning eringiz bilan yashayapman va buni sizga qanday aytishni bilmayotgandim.

O‘qituvchi hushsiz yerga yiqildi va uni kasalxonaga olib ketishdi. Fathiya ham ular bilan ketdi. Ayol hushiga kelganda, unga:

- Allohga qasamki, men sizning eringizni tanimayman va ko‘rmaganman. Keling, keyingi safar ibodat, ro‘za, ota-onaga yaxshilik haqida gapiring, o‘zingiz ko‘tara olmaydigan narsalarni emas

@falsafasi_hayot 🍃
🔥67😁5837👍23👏10🤣101
🌿 DIL OGʻRIGʻI

Qizlik uy bozor. Shoh ham keladi, gado ham. Noila bo‘y yetganda ham "ostonani supuruvchilar" soni bis’yor bo‘ldi. Sabab ham har doimgi sabab: Noila oqila, chaqqon, boz ustiga chiroyli ham edi.
Ota-ona bunaqa vaqtda shoshilib qolar ekan. Bir qarorga kelish juda ma’suliyatli. Umr savdosi axir. Sovchilar esa har turfa kishilar.
Bir kuni esa... Bir kuni qo‘shni mahallalik Soli soqovning o‘g‘liga so‘rab sovchilar keldi. Ota tomonidan dangal "Yo‘q!" javobi aytildi. Sovchilar ham bittada bo‘sh keladigan xilidan emas ekan. Ikkinchi marta yana kelishdi... va kelganlariga ming pushaymon yeyishdi. Garchi kuyovlikka nomzod yigit o‘qimishli, yaxshi kasbni egallagan bo‘lsa-da, bu tarozining og‘ir pallasini bosa olmadi:
- Mening soqov xonadoniga beradigan qizim yo‘q, - gapni shart kesdi ota.
Ota so‘zida turdi. Qizini tagli-tugli oilaga kelinlikka berdi.
Ota bir umr pushaymon bo‘lib yashadi. Uch nabiralik bo‘lgan ota, nabiralarini xar bag‘riga bosib suyganda ich-ichidan eziladi. U nabiralarining hech biri "Bobojon" deb erkalanmasligidan kuyadi.
Qanday erkalansin? Uchchovi ham bezabon bo‘lsa...

Astaxfirulloh.... Tilga extiyot bo‘ling. Goxida nohaq ayblov yoki nohaq aytilgan so‘z, qarg‘ish va duoibad kabi o‘zingizga qaytishi mumkin...

@falsafasi_hayot 🍃
😢7831🔥12👍7🕊32
Бир ўзбек акамиз Москвада бехаё аёллар яшайдиган уйга борибди
-Ким мен билан бирга болса 5000рубл бераман фақат ҳаммаси ўзбекча бўлади дебди
Ҳеч қайси қиз Ўзбекча қандай бўлар экан деб қўрқиб рози бўлишмабди шунда акамиз пулни 50000 рублгача ошириб фақат Ўзбекча бўлади деса Наташа исмли қиз 50000 рублни эшитиб бир амаллаб эрталабгача чидайман деб рози бўлибди иккаласи бир хонага кириб кетибди эрталаб Наташа хонадан чиқса бошқа қизлар атрофини ураб олиб
-айтчи Наташа Ўзбекчаси қанақа бўларкан қийналмадингми деса🙈👇
😁5🌚21
💰 Boylik va baraka uchun zikrlar!

Boylik nafaqat mol-mulk, balki rizqning barakasi va qalbning xotirjamligidir. Quyidagi zikrlar halol rizqning kengayishi va baraka uchun tavsiya etiladi:

🔹 1. "Ya Razzaq" – Ya’ni, "Ey rizq beruvchi Alloh!" Har kuni 308 marta aytish tavsiya etiladi.


🔹 2. "Hasbunallahu wa ni’mal wakeel" – Har qanday moliyaviy qiyinchilikda 450 marta o‘qish tavsiya etiladi.


🔹 3. "La hawla wa la quwwata illa billah" – Rizqning ko‘payishi va qiyinchiliklardan qutulish uchun ko‘p takrorlash foydalidir.


🔹 4. "Astaghfirullah" – Tavba qilish rizq eshiklarini ochadi. Har kuni 100 marta aytish tavsiya etiladi.


🔹 5. "Voqea surasi" – Bu surani har kecha o‘qish moliyaviy barakaga sabab bo‘ladi.

Halol mehnat bilan birga Allohga tavakkul qilish eng muhim kalitdir!

@falsafasi_hayot 🍃
58👍12

🌷​​ Ayol kim?

🍃 Birinchi bo‘lib diktator fir’avnga butun iymoni, kuch-quvvati va shijoati ila yuzma-yuz ro‘para turgan shaxs erkak emas, Ayol bo‘lgan. U Sayyida Osiyodir.

🍃 Birinch bo‘lib Ka’batullohning vujudga kelishi va Makka shahrining gullab-yashnashiga sababchi bo‘lgan shaxs erkak emas, Ayol bo‘lgan. U Hojar onamizdir.

🍃 Birinchi bo‘lib yer yuzidagi eng pok suv Zamzamni ichishga erishgan shaxs erkak emas, Ayol bo‘lgan. U Hojar onamizdir.

🍃 Birinchi bo‘lib Muhammad alayhissalomga iymon keltirgan shaxs erkak emas, Ayol bo‘lgan. U Xadicha onamizdir.

🍃 Birinchi bo‘lib Islom uchun jonini fido qilgan shaxs erkak emas, Ayol bo‘lgan. U Sumayya roziyallohu anhodir.

🍃 Birinchi bo‘lib Islom uchun mol-mulkini hech ikkilanmasdan fido qilgan shaxs erkak emas, Ayol bo‘lgan. U Xadicha onamizdir.

Bilmagan har kimsa bilib olsinki, ayol Islom uchun faxrdir. Ayollarni hurmat qilgan va ularning qadr-qimmatini bilgan ummatga Allohning salomlari bo‘lsin..!


@falsafasi_hayot 🕊️
69🔥19🕊6👏5💯4
🌿 Mevalarni iste’mol qilayotganingizda urug‘larini 🥑🍒🍑 tashlab yubormang, qog‘oz paketga soling va mashinangizga joylab qo‘ying.

Yo‘lingiz tushib, shaxar chetiga chiqqanda dala joylardan o‘tayotganda, to‘xtab, ularni daraxtlar bo‘lmagan joylarga sepib keting. Uning o‘sib daraxt bo‘lib ketishiga g‘am yeguvchi Zot bor va qolaversa buni tabiatga qo‘yib bering.
Tailand va Malayziya kabi Osiyo mamlakatlarida bu usul bilan ular yillar davomida shug‘ullanib kelmoqdalar va natijasi - mevalar hamma joyda bemalol.
Shunday ekan, keling, urug‘larni Yerga tashlaylik, axlat qutisiga emas!

@falsafasi_hayot 🍃
103👍34🔥18👏3🤣2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Ishonmang...

Yaxshi o‘g‘lim bor deya, ishonmang: uylantirmasdan...

Yaxshi qo‘shnim bor deya ishonmang: katta dardga yo‘liqmasdan...

Yaxshi tanishim bor deya ishonmang: boshing baloga kirmasdan...

Yaxshi ishim bor deya ishonmang: xastalanib, to‘shakka mixlanmasdan...

Yaxshi aka-ukam bor deya ishonmang: oraga moddiyat kirmasdan...

Yaxshi hosilim bor deya ishonmang: omboring bug‘doyga to‘lmasdan...

Yaxshi do‘stim bor deya ishonmang: oraga do‘st ko‘ringan birisi kirmasdan...

Raxmattulloh Doniyor

@falsafasi_hayot 🍃
👍7026💯13😢12👏4🔥2
🌙 Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom Sofiyya onamizning oldilariga kirsalar yig‘lab o‘tirgan ekanlar.
-Nega yig‘layabsan? deb so‘radilar. Onamiz roziyallohu anho javob berdilar:
-Hafsa bintu Umar meni yahudiyning qizisan dedi..
Shunda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam ahliyalaring o‘zaro rashkini bilganlari uchun uni tinchlantirib shunday dedilar:
-Unga aytmadingmi ey Sofiyya, sen payg‘ambarning qizisan (yani Horun alayhissalomga ishora qilyabdilar), amaking payg‘ambar (Muso alayhissalomga ishora) va yana sen payg‘ambarning xotinisan (O‘zlariga ishora bu).
Shunday bo‘lgach kim ham seni pasga ura olardi...!?

@falsafasi_hayot 🍃
👍5838❤‍🔥8🕊5😢1
🌿 Shayx Ihson Utaybining o‘n uch o‘g‘li bo‘lib, ularning hammasi hofizi Qur’on ekan.

Bir kishi shayxdan: Bu yutug‘ingiz va bu muvaffaqiyatingizning siri nimada?, deb so‘rabdi.

Shayx shunday javob beribdi:

▫️1. Ahdu paymon qilish bilan;
▪️2. Soliha ona tanlash bilan; chunki bu ishda onaning o‘rni juda katta.
▫️3. Duo bilan; Allohdan doim menga jufti halollarimdan va zurriyotlarimdan ko‘zimni quvontiradiganini ato et, deya so‘rardim.
▪️4. Turli xil to‘siq bo‘ladigan narsalarga parvo qilmaslik bilan;
▫️5. Ta’sir ko‘rsatuvchilardan uzoq bo‘lish bilan; chunki eng ko‘p ta’sir ko‘rsatuvchilar er va xotinning yaqinlari tomonidan bo‘ladi. Shuning uchun biroz ulardan yiroqda yashashga qaror qildim.

Qolganini Allohga topshirdim. U Zot O‘zi eng yaxshi kafildir...

@falsafasi_hayot 🍃
72🔥9😇3

Tushkunlikka tushmang, mahzun bo'lmang!

Allohni zikr qiling, zero, zikr qiluvchi uchun dunyoda nur bo'lgay, Qalblar Alloh zikri bilan yorishganday boshqa hech narsa bilan yorishmaydi!

الَّذِينَ آمَنُواْ وَتَطْمَئِنُّ قُلُوبُهُم بِذِكْرِ اللّهِ أَلاَ بِذِكْرِ اللّهِ تَطْمَئِنُّ الْقُلُوبُ

Iymon keltirganlar va Allohning zikri ila qalblari orom topganlar. Ayo, Allohning zikri ila qalblar orom topmasmi?!

13:28


@falsafasi_hayot 🍃
45😢43👍9💯7🔥3
🌿 Ibrat...

Bu Xindistonlik milliarder Xoji Sartaj. U ko‘plab miskinlarga salmoqli zakot berib oyoqqa turishlariga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari bolalar uylarini xam doimiy exsonlar bilan ta’minlaydi. Bu ishlarni Xoji Xindistondagi yordamchisiga yuklagan. O‘zi esa Rasululloh(s.a.v)ga muhabbati sabab 26 yildan beri Madinada Masjid-ul-Nabaviyada farroshlik qiladi, tahoratxonalarni tozalaydi.

@falsafasi_hayot 🍃
74👍22😢11👏6
🌿 Yillik daromadi 12 million dollar bo‘lgan Sadio Mane telefonining singan ekranini masxara qilgan muxlislarga afsonaviy javob berdi:
"Menga 20 ta mashina, 10 ta telefon, 2 ta reaktiv samolyot kerakmi? Bu matohlar bu dunyoda shunchalik zarurmi? Yoshligimda ochlik bilan kurashardim, dalada ishladim, yalangoyoq futbol o‘ynardim, maktabga ham bora olmadim.
Ammo hozir menda bularning barchasi bor va men odamlarga yordam bera olaman. Men maktablar quraman, kambag‘allarga oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan yordam beraman. Yurtimda futbol kurslari ochaman, yoshlarni sport bilan shug‘ullanishga chorlayman. Menga hashamatli avtomobillar va uylarni ko‘rsatishning hojati yo‘q. Undan ko‘ra, Alloh taoloning menga bergan ne’matlaridan xalqim oz bo‘lsada foyda olishini afzal ko‘raman.”

@falsafasi_hayot 🍃
103👍31🔥20👏11😢2🐳1
Ozgina tabassum 🙃

— Qizim, besh qoshiq shakar solding, kimnidir sevib qolmadingmi?- debdi onasi.
–Yoʻq, oyijon, men shirin choyni yaxshi koʻraman.
– Besh qoshiq solding, deyapman!
– Men judayam shirin choyni yaxshi koʻraman oyijoon...
– Qizim, shakarni shoʻrvaga solyapsan, choyga emas 🤦‍♀

🤭😜🤪

@falsafasi_hayot 🍃
😁78🤣329👏3🔥2😢2
🌿 Boʻlgan voqea…

U xufton namozini o‘qib, ayolining oldiga kirdi. Farzandlari uxlab yotgan edi. Ayolidan so‘radi:
— Bolalar namoz o‘qishdimi?
— Yo‘q, uyda biron yegulik qolmagan, ozgina ovutay desam, namoz o‘qimay uxlab qolishdi, dedi ayoli.
— Uyg‘ot, namozlarini o‘qib olishsin.
— Begim, o‘yg‘otsam, ochlikdan yig‘lashadi, yegani biron narsa yo‘q axir.
— Menga ularni namozga buyurishim amr etilgan, rizqlariga kafil emasman. Uyg‘ot, rizqlari Allohning zimmasida. Buni O‘zi aytgan:
«Ahlingni namozga amr et va o‘zing unga sabr qil. Biz sendan rizq so‘ramasmiz. Biz senga rizq berurmiz. Oqibat taqvonikidir».
(To ho surasi 132-oyat)

Ayoli tushunib, farzandlarini uyg‘otdi. Ular namozlarini o‘qib bo‘lishgan edi ham, eshik taqilladi.
Qarashsa, ostonada bir badavlat odam qo‘lida anvoi ne’matlar ko‘tarib turibdi. — Mana bularni olib, oila ahlingiz bilan yesangiz, deb, qo‘lidagilarni uzatdi.
— Uzr, siz kim bo‘lasiz, bular nima? — deb so‘radi uy egasi.
— Uyimga shaharning boobro‘ bir kishisi kelgan edi. Bu yeguliklarni u uchun hozirlagan edim. Lekin taomni boshlashdan oldin u bilan tortishib qoldik. Keyin u hech narsa yemaslikka qasam ichib, chiqib ketdi. Men bularni qo‘limga oldim-da, kimning eshigi oldida to‘xtasam, o‘shanga beraman, dedim. Alloh nomiga qasamki, ko‘p uylardan o‘tib, sizning ostonangizda to‘xtab qoldim. Qasam ichaman, bu yerga qanday kelganimni ham bilmayman, dedi.

«Ey Robbim, meni va zurriyotlarimni namozni to‘kis ado etadiganlardan qilgin. Ey Robbimiz, duoni qabul etgin».

(Ibrohim surasi 40-oyat)

@falsafasi_hayot 🍃
95😢16👍93🐳3❤‍🔥1🔥1
🌿 Mehr

U ovqat suzayotganida qattiq charchaganini his qildi. «Qornim ochdi, shekilli»,-deb o‘yladi.
Taomni suzib keldi. Qaynotasi «Tuzi past bo‘libdi», desa, qaynonasi «Yaxshi qaynamabdi», -dedi. Dili og‘ridi. Bir ko‘ngli «Dasturxonga qo‘yilgan ovqatni maqtab yeyish sunnat», deb aytay dedi-yu, tiliga chiqarmadi
-Uzr, oyijon, uzr adajon,-dedi.

Indamay, bolalarini ovqatlantirdi. Idish-tovoqlarni yuvdi. O‘g‘illari yoyib tashlagan o‘yinchoqlarini yig‘ishtirdi. Qoni kamayganmi, holsizlandi. Ertaga 6 soat darsi bor. Bir talay daftar tekshirishi kerak hali. Bolalarini ertak aytib uxlatdi.

Daftarlarni tekshirayotib, ko‘zi yumilib-yumilib keta boshladi...
Kimdir yelkasiga yengil ko‘rpa tashlaganini his qildi. Ko‘zini ochdi. Eri kelibdi.
-Assalomu alaykum, qachon keldingiz? Ovqat tayyorlaymi- so‘radi u
-Charchabsan-a? O‘zim suzib yeyman. Sen biroz dam ol.
-Yo‘g‘-ye, o‘zim, - oshxonaga yurdi u.

-Qo‘ling shirin, ovaqtlaring biram mazaliki. Hech qaysi restoranda bu mazani topolmayman.

Ayolning ko‘ngli yorishdi. Ishtaha bilan ovqatlanayotgan turmush o‘rtog‘iga tikilib, charchoqlari ham tarqab ketganini his qildi.

Kun bo‘yi tinmagan, horigan vujudiga bir chimdim mehr orqali bir dunyo quvvat kirib kelgandi...

Feruza Salxodjayeva

@falsafasi_hayot 🍃
81😢16❤‍🔥9👏4💔2🔥1💯1
Siz chin erkak bo‘lsangiz, u haqiqiy ayol bo‘ladi!

Siz chin er bo‘lsangiz, u haqiqiy xotin bo‘ladi!

Siz podshoh bo‘lsangiz, u malika bo‘ladi!

Siz oshiq bo‘lsangiz, u sevadi!

O‘zingoz «hech narsa» bo‘la turib, undan har narsa kutmang!

Hoy erkak, sizga jon berilgan vaqtda ayol qornida edingiz, yig‘laganingizda, ayol bag‘rida edingiz, oshiq bo‘lganingizda esa ayol qalbida edingiz..!

Ayol omonatdir. Uni xorlamang!

Yaqinlarga ulashing 😍

@falsafasi_hayot 🍃
71👍17💯16👏51
2025/10/26 14:15:38
Back to Top
HTML Embed Code: