Negadir dasturxonda kamroq taom qolsa, onalarning qorni hamisha «to‘q» bo‘ladi...🥘
Negadir yangi kiyim olish navbati onalarga yetsa, ularning kiyimlari hamisha «but» bo‘ladi...🧣
Negadir onalar aksirsa, yo‘tal tutsa, shunchaki «tomog‘i qichishgan» bo‘ladi...🦠
Negadir oilaga tashvish tushsa, bor mas’uliyat onalar zimmasiga tushadi... O‘zlarini qurbon qilishga tayyor turadilar...🩸
Negadir onalar hech yig‘laganini ko‘rsatmaydilar, agar ko‘zida namlik ko‘rsak, shunchaki ko‘zlari «og‘riyotgan» bo‘ladilar...🥲
Biz mana shu «rost»larga o‘zimizni ishontirishga urinamiz, negadir?!...🥹
Hotamun
@falsafasi_hayot 🍃

😢48❤27💯12🕊3❤🔥2👍1💔1
🌿 Kel... (Ozgina tabassum 🙃)
Menga napalyonlar, medoviklar, shirin manti-xonimlar pishirib berish uchun kel. (Fast foodlar me'damga urib ketdi)
Har kuni "Kelyapsizmi, nechida kelasiz, nima ovqat qilay" deb telefon qilishing uchun kel. (Bezor qilib yuborsang ham mayli)
Uchlik pampers obkeling, kasha kerak, non tugadi, pul tashlab bering deb sms yozish uchun kel. (Uzundan uzun sevgi maktublari shart emas, shular o'zi kifoya)
Ishdan kelishimni intizor kutib, ketishimda "Yaxshi borib keling" deyishing uchun kel. (Shu nigohlarni ko'rish, mana shu gaplarni eshitish uchun har kuni ishga borishga tayyorman)
Ko'ylak olaman pul bering, salonga boraman pul bering, oyoq kiyim oldim pul bering... Shu seni xursand qilsa, berganim bo'lsin, faqat kel... (So'z beraman, bir so'm ham qoldirmay ishlatsang ham baqirmayman)
✍️ Hubbuna

❤91🔥12😢7🕊4😁3💔2⚡1😇1
🌿 Joynamoz uzrasiz...
Kimdir sizga achinadi, xayotning qaysidir tor ko‘chasida yiqilgan siz edingiz...
Cho‘k tushgan siz edingiz...
Yig‘lashgada uyalib, jim ketgan siz edingiz...
"Uning ko‘rgan kuni qursin" desalar ham, siz aslida yomon kun ko‘rmadingiz, shunchaki u kunlarda yomonlar kimligini ko‘rdingiz holos...
🌿 Joynamoz uzrasiz...
Qalbida Alloh ulug‘vor turganlar mag‘lub bo‘lmaydi, yutqazmaydi, ming birovlar achingan taqdir zahmatini cheksa ham qulamaydi...
Chunki ularning qulashi oldinga, faqat sajdaga!
O‘ziga yiqilganlarni u Zot yiqitmaydi...
Huv yiqilganingizda esa sizga saboq bor edi!
🌿 Joynamoz uzrasiz...
Kim nima desa ham-siz o‘z qalbingiz amrini bajarmoqdasiz...
Siz yolg‘iz emassiz-do‘stingiz bor.
Kimlardir suyangan devorlar nuraydi, orqadoshlar ketadi, tog‘lar kukun bo‘ladi.
Siz suyangan Zot esa Boqiydir!
🌿 Joynamoz uzrasiz...
©️ Ummu Zaynab Ummu

❤76👍10🔥8😢4⚡3🕊2
HAQIQIY MUHABBAT
Bir kuni Rasululloh sallollohu alayhi va sallam Bilol roziyallohu anhuni orqa tarafidan sezdirmasdan mahkam quchoqlab oldilar.
Shunda Bilol roziyallohu anhu:
— Kim bu? Abu Bakr, sizmi? Umar, yoki sizmisiz?
Ha, bildim, Usmon, sizmi bu? — dedilar.
Shundan so‘ng Rasululloh sallollohu alayhi vasallam:
— Ey Bilol, bu men ekanligimni nahot bilmadingmi? — dedilar.
Bu savolga esa Bilol roziyallohu anhu:
— Yo Rasululloh sallollohu alayhi vasallam, bu siz ekanligingizni boshidayoq bilgandim, lekin biroz ko‘proq quchoqlab turishingizni xohladim, — deb javob berdilar.

🤗79😢53❤41🔥22👏6🕊3😇2
🌿 Yirtiq kalish...
– Bu tilla uzukni men sovg‘a qilganman, e’tiboringiz uchun! Men opketaman!
– Mana bu paltoni men obergandim, tug‘ilgan kunlariga eslasalaring!
– Tilla zanjirim senga qoladi derdilar!
Uch qiz kampiridan qolgan latta putta buyumlarni uch yoqqa tortqilay tortqilay ahiri bo‘lishib olishdi.
Chol ularga birpas tikilib turdi-yu, zinada to‘nkarilib yotgan, kampiri kiya-kiya ado qilgan orqasi yirtiq kalishni bir chetga olib qo‘ydi.
– Shu menga qola qolsin, yo‘q demasalaring... onangni eslatib turadi...
Nursiz ko‘zlardan ikki tomchi yosh sizib, behisob ajinlar orasiga singib ketdi.

😢66❤28🕊4😭2
🌿 Erkaklar, uyda bo'lmaganingizda ayolingizdan hol so'rab turing: xabar yozing yoki qo'ng'iroq qiling. Uyga ogohlantirib keling. Ishda juda kechgacha qolib ketmang, oila uchun ham vaqt ajratish kerak.
Kechgacha qolib ishlaydigan erkaklar oilasiga kunduzi vaqt ajratishga harakat qilsin. Masalan, ishga kechroq ketish, tushlikka uyga kelish bilan.
Ko'p vaqtingiz ko'chada o'tsa, oilangizni ham birga olib chiqishga harakat qiling. Ayniqsa, ko'p safarda yuradigan erkaklar bunga amal qilsin.
✍ Hubbuna

🔥27❤13👏7🕊6😢5⚡1
🌿 Duolar ijobati beriladigan kun - JUMA muborak - Qadrliklarim!
Sizlarning orangizda qalbiga Allohning nazari tushgan pokiza qalblilar bor...
Duosi mustajoblar bor...
So‘ragani qaytarilmaydiganlar bor...
Ochiq kafti - Ochiq Qur’onga hamroh insonlar bor...
DUO QILING:
Umid bilan qalban Allohga yolvorayotganlar...
Shifosini kutayotganlar...
Ko‘nglini dunyoda qoldirib ketayotganlaridan uzilishni istamayotganlar...
Shu duoyingiz sababli- yengillik topsin, huzur, shifo, osoyishtalik, sokin qalb, rozi-rizolik ularning qalbiga orom bersin...
Mahzun kishini ko‘rsangiz unga ham Allohdan baxt-saodat tilab duo qiling!
Tanigan va tanimagan kishining haqqiga duo qilavering!
Farishtalar xar duongizda
"Senga ham bo‘lsin" deb aytadi...
Mo‘min-mo‘minning duoi-jonini qiladi, qilsa-savob oladi...
O‘zi ham shu duodan unib-o‘sadi...
➥ @falsafasi_hayot 🍃

❤35🕊5👍4🔥2
🌿 "Hali kechki payt opangiznikida yig'in. Bir pantis Napoleon qilib qo'ying. Meni uyaltirib qo'ymang. Nozik joyga olib boraman-a!"
Yuragi shuvillab ketdi. "Napoleon qilishni yaxshi bilmayman", desa malomat qoladi. To'g'ri, pishir-kuydir kursida o'qigan. Ammo bu shirinlikni mustaqil tayyorlab ko'rmagandi. Qaynonasi ishga ketgandan keyin tavakkal qilib ish boshladi. Internetni ham bir titkilab chiqdi. Xamir qavatlari pishib chiqquncha hayajon va qo'rquvdan qaro terga tushib ketdi. Biroq... Shuncha harakat qilsa ham, negadir xamiri o'xshamabdi-da! O'tirib olib rosa yig'ladi. Endi qaynonasiga nima deydi, nima qiladi? Gap eshitmaskin?.. Kuyovi qo'ng'iroq qilib qolmaganida, kim biladi yana qancha yig'lardi?.. ...«Qaynonasi ishdan kelib, xavotir bilan oshxonaga mo'raladi. Stol ustidagi ko'rkam Napoleonga ko'zi tushib, quvonib ketdi, kelinini rosa alqadi. Xushkayfiyatda qizinikiga yo'l oldi... - To'g'ri ish qildikmikin-a? Oyijon sezmadilar, do'kondan olib kelganingizni...
- Shunday qilmasak, bo'lmasdi. Onamning dili xufton bo'lib, yig'inda yozilib o'tirolmasdilar. Kamiga sen ham gap eshitib olarding. Bir kun mavridi kelsa, o'zim yotig'i bilan tushuntiraman. Sen bundan xavotir olma, gulim...
— Shodiyona Omon

👍40❤24💔5🔥2
“Kimning rizqi kechiksa, bas, “Laa havla va laa quvvata illaa billah”ni koʼp aytsin!”
Аbu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Аlloh kimga bir neʼmat bergan boʼlsa, bas, Аllohga hamd aytishni koʼpaytirsin! Kimning gunohlari koʼpayib ketsa, Аllohga istigʼfor aytsin! Kimning rizqi kechiksa, bas, “Laa havla va laa quvvata illaa billah”ni koʼp aytsin!”
(Imom Tabaroniy “Kabiyr”da rivoyat qilgan).
@falsafasi_hayot 🕊️

❤38👍13
🌿 Eski ko‘ylak
Bayram yaqin edi. Bozordan onamga atab chiroyli ko‘ylak sotib oldim. Hayitda ham tikuvchi qo‘shnimizga bir ko‘ylak tiktirib olib borgandim...
Ammo egnida hali ham o‘sha uvada ko‘ylak edi... Yuvilaverib yupqalashib ketgan, rangi uniqib, bir ahvol bo‘lib qolgan o‘sha “ming yillik” ko‘ylak. Uni yechib olib, yangi ko‘ylakni kiydirdim.
– Onajon, endi almisoqdan qolgan shu ko‘ylagingizni kiymang, pollatta qilamiz uni, – dedim.
Onam bechora beozorgina jilmayib:
– Bolam, mato eskirgani sari yumshaydi, yoqimli bo‘ladi. Eskilarni kiysam, tanam yayraydi. Mana bu sen keltirgan ko‘ylak zo‘r, chiroyli... Lekin uni kiysam, yuragim siqilyapti. Shu eskim durust, – dedi.
Birpasdan keyin qarasam, yana o‘sha qadrdon ko‘ylagini kiyib olibdi. Menga qarab: “Yangi tursin, bolam, u yoq-bu yoqqa chiqqanimda to‘ylarga kiyib borarman”, dedi.
Mana, Chorsuni rosa qidirib, o‘sha eski ko‘ylakka o‘xshashini topdim. Paxtadan bo‘lgan matodan odmigina tikilgan. Rangi ham o‘shanga o‘xshaydi.
Hovliga kirayotib, onamga ko‘zim tushdi. Ikki bukilibgina, nimadir yumush bilan band edi. Ustida yana o‘sha ko‘ylak...
Aylanib-o‘rgilib bizni uyga kiritdi. Ajin bosgan yuziga, ozg‘in qo‘l-oyoqlariga, bizni ko‘rib quvonchdan porlayotgan nursiz ko‘zlariga boqaman... Onaginam qariyotir.
– Onajon, mana sizga xuddi egningizdagidek ko‘ylak olib keldim... Endi u eskini kiymaysiz! Keling, shu yangisini kiyib oling! – dedim.
– Hozir... hozir, shu... kelasizlar, deb erta tongda tut qoqtirib qo‘yganman. Shuni olib kelay, – deb ortiga burildi-yu, ko‘ylagini nimadir ilib qoldi.
Uvada ko‘ylak “shirr...r” etdiyu yirtilib ketdi.
– Ana bo‘ldi, endi kiymaysiz shu savilni! – deb ham quvonib ketdim, ham onamni xijolatpazlikdan chiqarmoqchi bo‘ldim.
Onam uyalganidan qizarib ketdi, ko‘ylagiga ham achindi.
– Oxiri yirtildi-ya, attang... – deb qo‘ydi.
Yangi ko‘ylakni kiygizdim. Juda ham yarashdi, hatto yosharib ketgandek bo‘ldi.
Yillarning shafqatsiz shamollari onaginamni yiqitdi. Ko‘rgani borsam, tildan qolgan edi. Ammo ko‘zlari “Xayriyat, yana seni ko‘rdim!” degan kabi minnatdor boqardi. Shunda birdan nigohlarini olib qochdi. Qo‘llari bilan egnidagi o‘sha eski ko‘ylagini ko‘rpa ostiga yashirishga urindi.
Opamdan iltimos qilib, kelin yuvib, tikib qo‘ygan shu ko‘ylakni toptirib, kiyib olibdi. “Ana shu ko‘ylagimni dadang olib bergandi. U eskirdi, biz keksaydik. Ko‘ylagim o‘zimga o‘xshaydi”, deganmish.
Oh... onajonim! O‘zingizni ayblamang! Endi o‘ylab qarasam, rostdan ham ko‘ylagingiz o‘zingizga o‘xsharkan. Yoshligingizda go‘zal, dilbar bo‘lgansiz. Keyin qaridingiz... nurli ko‘zlaringiz nursiz, sarvdek qomatingiz yoy misoli egildi, tarang yuzlaringiz ajinlarga to‘ldi.
Rost aytdingiz, ko‘ylagingiz o‘zingizga o‘xsharkan... Eskirgani sari aziz bo‘ldi, yuvilgani, yupqalashgani sari muloyim, yoqimli bo‘ldi. Ammo hamma narsaning ibtidosi bo‘lgani kabi intihosi ham bor. Sizning ko‘ylagingiz va umringiz intihosi bizga saboq bo‘ldi.
Otam – eringiz sovg‘a qilgan bir mato siz uchun shunchalik aziz va qimmatli bo‘lsa, o‘sha insonning o‘ziga bo‘lgan mehru muhabbat, sadoqatingiz qanchalik ulug‘ bo‘lgan ekan?!
Menimcha, bugungi qizlarimiz va kelinlarimizga shu yanglig‘ o‘z juftiga hurmat va sadoqatdan so‘zlamoq kerak. Shoyad, foydasi tegsa. Har tugul har kun bir yangi moda, yangi bir ko‘ylak uchun oilasida janjal chiqarayotgan noshukr ayol-qizu kelinlarimiz uchun ushbu hikoya bir ibrat bo‘lar, degan umiddaman.
Dilorom KARIMOVA

😢38❤21💯3💔3⚡2👍2🕊2
🌿 Har bir holatiga shukr qilib, Rabbiga hamd aytgan bandasiga Alloh taolo yanada yaxshiliklaridan ziyoda qilib beradi.
🌿 Alloh taolo sizdan ba’zi narsalarni tortib oladi, u bo‘shliqni undan go‘zal va undan yaxshirog‘i bilan to‘ldirish uchun. Shunday ekan, bersa ham, olsa ham O‘ziga hamd aytavering!
🌿 Unutmang! Uzoq deb o‘ylagan narsangizni ko‘z ochib yumguningizcha yaqin qilib qo‘yuvchi Alloh bor. Shunday ekan, duoda bardavom bo‘ling va aslo umidsizlikka tushmang!
🌙 Tuningiz osuda oʻtsin qadrligim ))

❤58🔥11👍8⚡2
🌿 Bizni dardimiz ichimizga to‘lsa ham dardimizni doston qilguvchilardan emasmiz...Aksincha bir kulib qo‘yib dardlarni yengib o‘tamiz...
Bizga zulm qilishsa ham javob qaytarguvchilardan emasmiz. Jimgina Allohga havola qilib ketaveramiz. Bilamizki Alloh javobsiz qo‘ymaydi...
Bizni haqqimizni yeb ketsalar ham indamay qolaveramiz. Alloh ajrsiz qo‘ymasligini bilamiz...
Bizga tuxmat, bo‘xtonlarni yog‘dirishsa ham tortishmaymiz, gap talashmaymiz...
Bizni g‘iybatimiz bo‘lsa ham gunohlarimiz to‘kilganiga suyunib ketaveramiz...
Bizga bir musibat kelsa dod faryod qilmaymiz. Alloh meni unutmabdi-da deb taskin topamiz...
Maqsadimiz Allohga yoqish bandasiga emas...
Biz shundayin sokin Muslimalarmiz!

❤49👍12😢3🕊1
👑 Sultonimga...
💞 Ey qalbimning sultoni 👑
Meni, xato qilsam hadeb ularni yuzimga solib, mulzam qilavermang, xatolarimni unuting, o‘zimni emas...
Oila a’zolaringizga yomonlamang, ularni mendan ko‘nglilarini qoldirmang...
👑 Ey umrimning podshohi,.
Menga qo‘l ostingizdagi qulingizdek, cho‘ringizdek qaramang, malikangizdek qarang... Boshqa ayollarni menga maqtamang, fazilatlarini aytmang, meni boshqalarga qiyoslamang.
Men — qizg‘onsa, begonasirab, o‘zini ortiqcha his qilib, uzoqlashadigan, yuragi muzlaydigan, nafrati qo‘ziydigan hilidanman... 💔
👑 Ey hayotimning homiysi..
Ishga ketayotganingizda, ko‘chaga shoshayotganingizda, men bilan quyuq xayrlashing. Baqirib-chaqirib uyni tark etmang. Chunki siz kun davomidagi kayfiyatimning omilisiz. Siz ko‘chada insonlar bilan ovora bo‘lib, meni unutishingiz mumkin, ammo mening sizdan boshqa ko‘nglimni hushlaguvchi yo‘q...
👑 Ey ko‘nglimning ko‘chasini yashil bog‘chasi... Men ko‘chadan kelishingizni to‘rt ko‘z bilan kutaman, ko‘chadan kelib meni e’tiborsiz qoldirmang. Kichkinagina bo‘lsa ham shirinlik qistirib keling qo‘ltig‘ingizga. Chunki men muhabbatni hadyalar bilan his qiladigan fitratda yaratilganman.
👑 Ey jannatimning rahbari...
Menga so‘kinishlar bilan, haqoratlar bilan, yomon hulqli ayollarga ishlatiladigan so‘zlar bilan tanbeh bermang, chunki men muslimaman, farzandlaringizni onasiman, qalbim so‘kishlarga o‘rganib, beparda so‘zlardan iymanmaydigan, hulqi buzuq ayolga aylanib qolmay. Quloqlarimni fahshdan qutqaring, unga o‘rgatib qo‘ymang. Siz menga qilayotgan muomalani men farzandlarimga qilaman.
Men sizning, farzandlarimiz esa mening takrorimdir...👨👩👦👦
✨ Post sizga yoqqan boʻlsa, reaksiyalaringizni kutaman 🤗

👍39❤23😢4❤🔥3🔥3👏2⚡1
🌿 Siz suratda ko‘rib turgan kishi -- yer yuzida yashagan eng yaxshi odamlardan biri.
U hayoti davomida hammadan ko‘ra ko‘proq odamlarga yordam bergani bilan nom qoldirgan. Ehtimol siz u haqida hech qachon eshitmagan bo‘lsangiz kerak. Abdul Sattor Edhi 1928-yilda Gujarat (Britaniya Hindistoni) da tug‘ilgan. 11 yoshida uning onasi insultdan so‘ng falaj bo‘lib qoldi va u volidasiga g‘amxo‘rlik qila boshladi. 19 yoshida onasi vafot etgach, Abdul Sattor hayotining qolgan qismini kasallarga, qariyalarga va muhtojlarga g‘amxo‘rlik qilishga bag‘ishlashga qaror qildi. Pokistonga kambag‘allar uchun ijtimoiy ta’minot yo‘q edi. Edhi bepul kasalxona qurishga pul yig‘ish uchun ko‘chalarda odamlardan pul yig‘a boshladi.
O‘shandan beri uning jamg‘armasi 20 ming ko‘chadagi bolalarni qutqardi, 50 ming yetim bolalarga yordam berdi va 40 ming hamshirani o‘qitdi. Edhi dunyodagi ko‘ngillilardan iborat eng katta tez tibbiy yordam xizmatini, bepul qariyalar uylari va bolalar uylari, kasalxonalar, ayollar boshpanalari va giyohvandlarni reabilitasiya qilish markazlarini yaratdi. Uni pokistonliklar "Tereza ota" deb atashgan. U butun umri davomida atigi ikkita kostyum kiygan va hech qachon fondidan maosh olmagan. Edhi: "Siz hashamatli yashashni to‘xtatganingizdagina, hayotning ma’nosini tushuna boshlaysiz," degan. 2009-yilda bag‘rikenglik va zo‘ravonlikka qarshi g‘oyalarni ilgari surgani uchun u YUNESKO ning mukofoti bilan taqdirlangan.
Abdul Sattor Edhi 2016-yil 8-iyulda 88 yoshida vafot etdi. Uning hayotdagi oxirgi orzusi muhtojlarga o‘z tana a’zolarini berish edi. Hatto o‘lim to‘shagida ham, u boshqalarga yordam berish haqida o‘ylardi. Bu ajoyib odamning tarixi hatto birgina odam ham dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirishi mumkinligidan dalolat beradi.
© ️ Birlashgan Millatlar Tashkiloti

❤61😢15👍5🔥2👏2❤🔥1
🌿 "Hayotdan hursandman" derdi u baxtiyor jilmayib, kampiridan keyin ancha cho‘kib qolgan bo‘lsa-da...
Rostdanam hayotdan roziga o‘xshardi...
Chunki uning telefoniga "tring" etib xabarlar kelardi. Noma’lum kimlardandir...
Ko‘chada kim bilandir quyuq so‘rashardi, xuddi yaqin tanishidek uyiga chorlardi...
Hiyobonga chiqib yam-yashil maysaga termulib, baxtiyor jilmayib kimnidir o‘ylardi. Balki xotiralarni eslar...
Kechalari esa uyidan xira yog‘du taralardi.
Vafot etdi. Uzoqdagi "qizi" keldi. O‘g‘li kela olmadi...
"Otangiz juda xursand yashardi, kimlar bilandir xabarlashib turardi" deyishdi.
Qiz yelka qisdi. Telefonini topib qarashdi.
Maysaning suratlari, MCHS xabarlari yana tinmay terilgan lekin gaplashishning iloji bo‘lmagan raqamlar bor ekan...
©️Azizaxon Ismoilova

😢47❤24👍2🕊2
🌿 Dorisiz uxlab, dardsiz uyg‘onsangiz. Va hech narsa sizni bezovta qilmasa, xohlagan har xil taomlaringizdan yeb, xohlagan ichimliklarni ichsangiz, ishoning, siz dunyodagi eng boy insonlardan ham badavlatliroqsiz. Hamd ayting, shukr qiling!
🌙 Tuningiz osuda oʻtsin qadrligim ))
@falsafasi_hayot 🍃
🌙 Tuningiz osuda oʻtsin qadrligim ))
@falsafasi_hayot 🍃
❤116🕊13❤🔥7😢7👍5🔥5💯1🤗1
🌿 Bir kishi uyida un qolmaganligi sabab bug‘doyni eshagiga ortib, tegirmon tarafga qarab yo‘l olibdi. Yetib borgach, bug‘doyni tushirib olishi bilan eshagi qochib ketibdi. Bug‘doyini tegirmonchiga topshirib, eshagini qidirishga chog‘lanibdi. Eshagini ortidan qidirib borib topa olmabdi. Bu orada juma namozi yaqinlashganini ko‘rib: “Sen qayerga borsang boraver, men Rabbimni huzuriga boraman” deb, masjidga qarab yo‘l olibdi.
Juma namozini ado etgach, o‘ylanib qolibdi, tegirmondan unni olib ketay desa, eshagi yo‘q, noiloj uyga qaytibdi.
Uyiga yaqinlashgach, eshakning ovozi eshitilibdi, hayron bo‘lib xotinidan so‘rasa, eshakning o‘zi uyga qaytib kelgan ekan.
Xotini unga: “Qorningiz och bo‘lsa kerak, yangi undan non yopdim, keltiraymi?” – debdi. U yana xayron qolibdi. Un tegirmonda qolgan, uyda un qolmagan bo‘lsa, xotini qaysi yangi undan non yopganini so‘rabdi. Xotini: “Qo‘shnimiz ham tegirmonga borgan ekan, tegirmonchi bizning unimizni ham qo‘shib bervoribdi. Unimiz ham, eshagimiz ham o‘z oyog‘i bilan kirib keldi”, - debdi kulib.
Kishi xotinidan bo‘lgan ishlarni eshitib: “Allohim men sening bir amringni ojizlik bilan bajardim, evaziga shuncha ehtiyojimni qondirding. Senga qanchalar shukr qilsak ham kam, O‘zingga behisob shukrlar bo‘lsin!” – debdi.

❤97😢14🔥3🕊2💔1
🌿 Mehr
U ovqat suzayotganida qattiq charchaganini his qildi. «Qornim ochdi, shekilli»,-deb o‘yladi.
Taomni suzib keldi. Qaynotasi «Tuzi past bo‘libdi», desa, qaynonasi «Yaxshi qaynamabdi», -dedi. Dili og‘ridi. Bir ko‘ngli «Dasturxonga qo‘yilgan ovqatni maqtab yeyish sunnat», deb aytay dedi-yu, tiliga chiqarmadi
-Uzr, oyijon, uzr adajon,-dedi.
Indamay, bolalarini ovqatlantirdi. Idish-tovoqlarni yuvdi. O‘g‘illari yoyib tashlagan o‘yinchoqlarini yig‘ishtirdi. Qoni kamayganmi, holsizlandi. Ertaga 6 soat darsi bor. Bir talay daftar tekshirishi kerak hali. Bolalarini ertak aytib uxlatdi.
Daftarlarni tekshirayotib, ko‘zi yumilib-yumilib keta boshladi...
Kimdir yelkasiga yengil ko‘rpa tashlaganini his qildi. Ko‘zini ochdi. Eri kelibdi.
-Assalomu alaykum, qachon keldingiz? Ovqat tayyorlaymi- so‘radi u
-Charchabsan-a? O‘zim suzib yeyman. Sen biroz dam ol.
-Yo‘g‘-ye, o‘zim, - oshxonaga yurdi u.
-Qo‘ling shirin, ovaqtlaring biram mazaliki. Hech qaysi restoranda bu mazani topolmayman.
Ayolning ko‘ngli yorishdi. Ishtaha bilan ovqatlanayotgan turmush o‘rtog‘iga tikilib, charchoqlari ham tarqab ketganini his qildi.
Kun bo‘yi tinmagan, horigan vujudiga bir chimdim mehr orqali bir dunyo quvvat kirib kelgandi...
Feruza Salxodjayeva

❤68👍16🔥4😢2
🍂 Hiyonat...
Ahmoqgarchilik!
Arzimas narsa uchun qimmatli qurbonlik berish desa ham boʻladi. Choʻntagingizda olmosingiz boru xayolingizni koʻmir oʻgʻirlagandek (aslida ikkisining ham asliyati bir uglerod va vodorod, faqat avvalgisini qiymatini sizdan boʻlak hamma biladi)
Vaqtlar kelib anglaysiz: xiyonat bu yaqiningizga qilgan sotqinligingiz emas, bu aslida oʻz- oʻzingizga qilgan eng yomon ishingiz...
Shu xatodan - Oʻzi bizni asrasin!

👍31❤17😢3🔥2💔2
🌿Tilak...
🤱🏻Bola onasidan so'rardi:
-Oyi, sehrgar kelib sizdan tila tilagingni desa nima tilardingiz?
-Bolalarimning baxtini, kamolini, sog' salomat hayotingizni tilardim.
-Oyi, o'zingizga nima so'rardingiz?
-Hozir o'zimga so'radim-ku...

❤56😢33👍3⚡1🔥1