👑 Sultonimga...
💞 Ey qalbimning sultoni 👑
Meni, xato qilsam hadeb ularni yuzimga solib, mulzam qilavermang, xatolarimni unuting, o‘zimni emas...
Oila a’zolaringizga yomonlamang, ularni mendan ko‘nglilarini qoldirmang...
👑 Ey umrimning podshohi,.
Menga qo‘l ostingizdagi qulingizdek, cho‘ringizdek qaramang, malikangizdek qarang... Boshqa ayollarni menga maqtamang, fazilatlarini aytmang, meni boshqalarga qiyoslamang.
Men — qizg‘onsa, begonasirab, o‘zini ortiqcha his qilib, uzoqlashadigan, yuragi muzlaydigan, nafrati qo‘ziydigan hilidanman... 💔
👑 Ey hayotimning homiysi..
Ishga ketayotganingizda, ko‘chaga shoshayotganingizda, men bilan quyuq xayrlashing. Baqirib-chaqirib uyni tark etmang. Chunki siz kun davomidagi kayfiyatimning omilisiz. Siz ko‘chada insonlar bilan ovora bo‘lib, meni unutishingiz mumkin, ammo mening sizdan boshqa ko‘nglimni hushlaguvchi yo‘q...
👑 Ey ko‘nglimning ko‘chasini yashil bog‘chasi... Men ko‘chadan kelishingizni to‘rt ko‘z bilan kutaman, ko‘chadan kelib meni e’tiborsiz qoldirmang. Kichkinagina bo‘lsa ham shirinlik qistirib keling qo‘ltig‘ingizga. Chunki men muhabbatni hadyalar bilan his qiladigan fitratda yaratilganman.
👑 Ey jannatimning rahbari...
Menga so‘kinishlar bilan, haqoratlar bilan, yomon hulqli ayollarga ishlatiladigan so‘zlar bilan tanbeh bermang, chunki men muslimaman, farzandlaringizni onasiman, qalbim so‘kishlarga o‘rganib, beparda so‘zlardan iymanmaydigan, hulqi buzuq ayolga aylanib qolmay. Quloqlarimni fahshdan qutqaring, unga o‘rgatib qo‘ymang. Siz menga qilayotgan muomalani men farzandlarimga qilaman.
Men sizning, farzandlarimiz esa mening takrorimdir...👨👩👦👦
✨ Post sizga yoqqan boʻlsa, reaksiyalaringizni kutaman 🤗
@falsafasi_hayot 🍃

👍39❤23😢4❤🔥3🔥3👏2⚡1
🌿 Siz suratda ko‘rib turgan kishi -- yer yuzida yashagan eng yaxshi odamlardan biri.
U hayoti davomida hammadan ko‘ra ko‘proq odamlarga yordam bergani bilan nom qoldirgan. Ehtimol siz u haqida hech qachon eshitmagan bo‘lsangiz kerak. Abdul Sattor Edhi 1928-yilda Gujarat (Britaniya Hindistoni) da tug‘ilgan. 11 yoshida uning onasi insultdan so‘ng falaj bo‘lib qoldi va u volidasiga g‘amxo‘rlik qila boshladi. 19 yoshida onasi vafot etgach, Abdul Sattor hayotining qolgan qismini kasallarga, qariyalarga va muhtojlarga g‘amxo‘rlik qilishga bag‘ishlashga qaror qildi. Pokistonga kambag‘allar uchun ijtimoiy ta’minot yo‘q edi. Edhi bepul kasalxona qurishga pul yig‘ish uchun ko‘chalarda odamlardan pul yig‘a boshladi.
O‘shandan beri uning jamg‘armasi 20 ming ko‘chadagi bolalarni qutqardi, 50 ming yetim bolalarga yordam berdi va 40 ming hamshirani o‘qitdi. Edhi dunyodagi ko‘ngillilardan iborat eng katta tez tibbiy yordam xizmatini, bepul qariyalar uylari va bolalar uylari, kasalxonalar, ayollar boshpanalari va giyohvandlarni reabilitasiya qilish markazlarini yaratdi. Uni pokistonliklar "Tereza ota" deb atashgan. U butun umri davomida atigi ikkita kostyum kiygan va hech qachon fondidan maosh olmagan. Edhi: "Siz hashamatli yashashni to‘xtatganingizdagina, hayotning ma’nosini tushuna boshlaysiz," degan. 2009-yilda bag‘rikenglik va zo‘ravonlikka qarshi g‘oyalarni ilgari surgani uchun u YUNESKO ning mukofoti bilan taqdirlangan.
Abdul Sattor Edhi 2016-yil 8-iyulda 88 yoshida vafot etdi. Uning hayotdagi oxirgi orzusi muhtojlarga o‘z tana a’zolarini berish edi. Hatto o‘lim to‘shagida ham, u boshqalarga yordam berish haqida o‘ylardi. Bu ajoyib odamning tarixi hatto birgina odam ham dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirishi mumkinligidan dalolat beradi.
© ️ Birlashgan Millatlar Tashkiloti

❤61😢15👍5🔥2👏2❤🔥1
🌿 "Hayotdan hursandman" derdi u baxtiyor jilmayib, kampiridan keyin ancha cho‘kib qolgan bo‘lsa-da...
Rostdanam hayotdan roziga o‘xshardi...
Chunki uning telefoniga "tring" etib xabarlar kelardi. Noma’lum kimlardandir...
Ko‘chada kim bilandir quyuq so‘rashardi, xuddi yaqin tanishidek uyiga chorlardi...
Hiyobonga chiqib yam-yashil maysaga termulib, baxtiyor jilmayib kimnidir o‘ylardi. Balki xotiralarni eslar...
Kechalari esa uyidan xira yog‘du taralardi.
Vafot etdi. Uzoqdagi "qizi" keldi. O‘g‘li kela olmadi...
"Otangiz juda xursand yashardi, kimlar bilandir xabarlashib turardi" deyishdi.
Qiz yelka qisdi. Telefonini topib qarashdi.
Maysaning suratlari, MCHS xabarlari yana tinmay terilgan lekin gaplashishning iloji bo‘lmagan raqamlar bor ekan...
©️Azizaxon Ismoilova

😢47❤24👍2🕊2
🌿 Dorisiz uxlab, dardsiz uyg‘onsangiz. Va hech narsa sizni bezovta qilmasa, xohlagan har xil taomlaringizdan yeb, xohlagan ichimliklarni ichsangiz, ishoning, siz dunyodagi eng boy insonlardan ham badavlatliroqsiz. Hamd ayting, shukr qiling!
🌙 Tuningiz osuda oʻtsin qadrligim ))
@falsafasi_hayot 🍃
🌙 Tuningiz osuda oʻtsin qadrligim ))
@falsafasi_hayot 🍃
❤116🕊13❤🔥7😢7👍5🔥5💯1🤗1
🌿 Bir kishi uyida un qolmaganligi sabab bug‘doyni eshagiga ortib, tegirmon tarafga qarab yo‘l olibdi. Yetib borgach, bug‘doyni tushirib olishi bilan eshagi qochib ketibdi. Bug‘doyini tegirmonchiga topshirib, eshagini qidirishga chog‘lanibdi. Eshagini ortidan qidirib borib topa olmabdi. Bu orada juma namozi yaqinlashganini ko‘rib: “Sen qayerga borsang boraver, men Rabbimni huzuriga boraman” deb, masjidga qarab yo‘l olibdi.
Juma namozini ado etgach, o‘ylanib qolibdi, tegirmondan unni olib ketay desa, eshagi yo‘q, noiloj uyga qaytibdi.
Uyiga yaqinlashgach, eshakning ovozi eshitilibdi, hayron bo‘lib xotinidan so‘rasa, eshakning o‘zi uyga qaytib kelgan ekan.
Xotini unga: “Qorningiz och bo‘lsa kerak, yangi undan non yopdim, keltiraymi?” – debdi. U yana xayron qolibdi. Un tegirmonda qolgan, uyda un qolmagan bo‘lsa, xotini qaysi yangi undan non yopganini so‘rabdi. Xotini: “Qo‘shnimiz ham tegirmonga borgan ekan, tegirmonchi bizning unimizni ham qo‘shib bervoribdi. Unimiz ham, eshagimiz ham o‘z oyog‘i bilan kirib keldi”, - debdi kulib.
Kishi xotinidan bo‘lgan ishlarni eshitib: “Allohim men sening bir amringni ojizlik bilan bajardim, evaziga shuncha ehtiyojimni qondirding. Senga qanchalar shukr qilsak ham kam, O‘zingga behisob shukrlar bo‘lsin!” – debdi.

❤97😢14🔥3🕊2💔1
🌿 Mehr
U ovqat suzayotganida qattiq charchaganini his qildi. «Qornim ochdi, shekilli»,-deb o‘yladi.
Taomni suzib keldi. Qaynotasi «Tuzi past bo‘libdi», desa, qaynonasi «Yaxshi qaynamabdi», -dedi. Dili og‘ridi. Bir ko‘ngli «Dasturxonga qo‘yilgan ovqatni maqtab yeyish sunnat», deb aytay dedi-yu, tiliga chiqarmadi
-Uzr, oyijon, uzr adajon,-dedi.
Indamay, bolalarini ovqatlantirdi. Idish-tovoqlarni yuvdi. O‘g‘illari yoyib tashlagan o‘yinchoqlarini yig‘ishtirdi. Qoni kamayganmi, holsizlandi. Ertaga 6 soat darsi bor. Bir talay daftar tekshirishi kerak hali. Bolalarini ertak aytib uxlatdi.
Daftarlarni tekshirayotib, ko‘zi yumilib-yumilib keta boshladi...
Kimdir yelkasiga yengil ko‘rpa tashlaganini his qildi. Ko‘zini ochdi. Eri kelibdi.
-Assalomu alaykum, qachon keldingiz? Ovqat tayyorlaymi- so‘radi u
-Charchabsan-a? O‘zim suzib yeyman. Sen biroz dam ol.
-Yo‘g‘-ye, o‘zim, - oshxonaga yurdi u.
-Qo‘ling shirin, ovaqtlaring biram mazaliki. Hech qaysi restoranda bu mazani topolmayman.
Ayolning ko‘ngli yorishdi. Ishtaha bilan ovqatlanayotgan turmush o‘rtog‘iga tikilib, charchoqlari ham tarqab ketganini his qildi.
Kun bo‘yi tinmagan, horigan vujudiga bir chimdim mehr orqali bir dunyo quvvat kirib kelgandi...
Feruza Salxodjayeva

❤68👍16🔥4😢2
🍂 Hiyonat...
Ahmoqgarchilik!
Arzimas narsa uchun qimmatli qurbonlik berish desa ham boʻladi. Choʻntagingizda olmosingiz boru xayolingizni koʻmir oʻgʻirlagandek (aslida ikkisining ham asliyati bir uglerod va vodorod, faqat avvalgisini qiymatini sizdan boʻlak hamma biladi)
Vaqtlar kelib anglaysiz: xiyonat bu yaqiningizga qilgan sotqinligingiz emas, bu aslida oʻz- oʻzingizga qilgan eng yomon ishingiz...
Shu xatodan - Oʻzi bizni asrasin!

👍31❤17😢3🔥2💔2
🌿Tilak...
🤱🏻Bola onasidan so'rardi:
-Oyi, sehrgar kelib sizdan tila tilagingni desa nima tilardingiz?
-Bolalarimning baxtini, kamolini, sog' salomat hayotingizni tilardim.
-Oyi, o'zingizga nima so'rardingiz?
-Hozir o'zimga so'radim-ku...

❤56😢33👍3⚡1🔥1
🔸 "Fotiha" surasi - Allohning qahridan saqlaydi.
🔸 "Yasin" surasi - Oxiratda chanqog‘ingizni qondiradi.
🔸 "Voqea" surasi - Kambag‘allikdan, ochlikdan saqlaydi.
🔸 "Mulk" surasi - Qabr azobidan saqlaydi.
🔸 "Ixlos" surasi - Ikkiyuzlamachi, yomonlardan saqlaydi.
🔸 "Falaq" surasi - Kulfatdan saqlaydi.
🔸 "Nas" surasi - Yomon hayollardan saqlaydi.
🔸 "Yusuf" surasi - Yurak siqilishi, mazlumlik, g‘am qayg‘uda foyda In Shaa Allah

👍46❤33🔥4💯2
🪴✿Agar uyqungiz kelmayotgan bo‘lsa, istig‘for ayting... ko‘p-ko‘p ayting. Istasangiz sanang, istamasangiz yo‘q..
Oradan bir soat o‘tsa ham aytavering, baribir uxlab qolasiz. Ajr olganingiz qoladi...
Bu har holda qo‘zichoq yoki yulduz sanab yotishdan ming chandon afzal ish..)
Tushingizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kirsinlar...
🌙 Tuningiz hayrli oʻtsin qadrligim )) ✿

❤72👍17🔥8💯3
✉️ "Shukrona yozib niyatimga yetdim"
✏️ Sizdan kelgan maktublardan biri:
Asalomu alaykum xurmatli
@falsafasi_hayot kanali yaratuvchilari. Mening shukronalik laxzalarim judayam ko'p bo'lgan chunki xayotda yosh bo'lishimga qaramay qiynalganman lekin Allohimga bexisob shukur bo'lsinki bir birni o'rnini to'ldrib ketdi! Men qaynona qaynotam bilan birga turardim ayrim sabablarga ko'ra aloxida chiqdik. Yeyishga nonimiz yo'q kunlari bo'ldi, yosh bolarim bor, qornimda kichik farzandim xar safar ovqatlanib bo'lardik va tinimsiz "Hasbi Robi Jallolloh La ilaha illalloh" deb qaytarardik, istigʻfor, zikr aytardik. Bular biz uchun serquyoshdek jaranglardi. Bir toʻrgʻam non, shirin choy edi yeganimiz. Shu vaqtlar xo'jaynim Rossiya migranti edilar. Kunlar kunlarga, oylar yillarga ulandi. Shirin choy bilan qattiq non asal va yogʻli nonga aylandi. Qolgan aka ukalarimizga xam silayii rahm qilib, yordam bera boshladik. Shundan keyin xulosa qildimki xar qanday kunimiz yo'qchilikmi borchlikmi shukur qilib yashasak, nolimasak, sabr qilsak, hammasiga Allohim yetkazae ekan. Shu orada o'g'il farzandlik bo'ldik, ismini Yusufjon qo'ydik. Yana bir xayratlanarli tarafi 2 yoshar bolam xar doim bomdod nomozimga biz bilan birga turadi va meni tinglab yotadi! Shu kunlarga yetkazganinga behisob shukronalarim boʻlsin!
— Muhlisa
(Qadrligim, ishtirokchilarimizdan kelgan maktublarni reaksiyalaringiz bilan baholab borishingizni soʻrab qolamiz ))

❤114👏31😢15🏆6💔5👍4❤🔥3🕊1
🦅 Burgut qoyalar bag‘riga to‘rtta tuxum qo‘ydi. Qattiq zilzila bo‘lib, ulardan bittasi indan dumalab, tovuq katagigacha bordi. Kurk tovuq o‘zinikilar qatori burgut tuxumini ham bag‘riga oldi.
Vaqti kelib tuxum yorildi, undan burgutcha chiqdi. Tovuqlarning tarbiyasini olib katta bo‘ldi va tabiiyki, o‘zini tovuq deb bildi. Bir kuni burgutcha osmonda uchib o‘tayotgan burgutlarni ko‘rdi. Ular kabi samoda parvoz qilishni xohladi. Biroq urinishlari zoye ketib, kulgiga qoldi. Hamkataklari unga: “Sen tovuqsan! Burgutlardek ucholmaysan!” deyishdi. Kichik burgutning umidlari puchga chiqdi va yer titkilashda davom etdi...
P.S.: Sizni buyuk ishlardan to‘sib qoladigan "tovuq"larning so‘zlariga taslim bo‘lmang. Doimo yuksalish payida bo‘ling!

👍59❤19🔥6😁1
🌿 Meni yaxshi ko'rmaysiz
Shu gapni ko'p aytasan, men sevaman demasam, bu seni sevmaydi degani emas. Shunchaki buni aytishdan, isbotlash men uchun muhim.
Seni sevaman, sensiz o'laman, voy-dod demasam ham....
Ertalab uyg'onganimda yonimda bo'lmasang, seni izlab qolaman.
Ishdan qaytayotganimda senga talpinib uyga shoshaman.
Restoranda yeydigan steyklarim, sening men uchun tayyorlagan "Pentuza"ngga teng kelmaydi.
Sen bilan sirlashib, hangoma qilib, gaplashib o'tirish esa menga rosa yoqadi.
Sening hidingni esa milliontaning ichidan ham ajrata olaman.
Shundayam endi meni yaxshi ko'rmaysiz desang ayb bo'ladi!

❤49👏16😢9🔥3🐳3😭3
🌿 Har qanday dardning, har qanday yoʻqchilikning, har qanday qiyinchilikning davosi Istigʻfor! Juda koʻp olim-u ulamolar bir niyat uchun 40 ming istigʻfor aytishlik, oʻsha niyat ijobati uchun vasila boʻlishini takidlashgan.
Keling birgalikda boshlaymiz, yurakdan bir niyat qilamiz va Alloh nomi bilan har kuni 5000 ta istigʻfor aytamiz. Inshaalloh 8 kunda tugatamiz. Qolganini esa Allohning marhamatiga havola qilamiz ☺️
Siz ham biz bilanmi? 🥰

❤97🕊7💯6👍5🔥4😍2
💚 Qalb xotirjamligi uchun...
Baʼzan qalbimiz hech bir sababsiz mahzun boʻladi, tushkunlikka tushadi. Aslida esa, Alloh bizni oʻziga qaytishimizni istayotgan boʻladi. Qalb esa faqat Allohning zikri bilan taskin topadi.
Alloh taolo Qur’onda aytadi:
> "Agarda eslasangiz, qalblaringiz tinch bo‘ladi."
(Ra’d surasi, 28-oyat)
🕊 Tavsiya etilgan zikrlar:
“Alloh” — 66 marta
“Yo Salam” — 131 marta
“Astag‘firulloh” — 100 marta
🤲 Duo:
Ma’nosi:
Ey Rabbim, qalbimni zikring, roziliging va rahmating bilan xotirjam qilgin, ey Rahmon, ey Rahim.
💬 Esingizda bo‘lsin: Hech bir siqilish bekorga emas — Alloh unga sabr qilgan banda uchun yangi eshiklar ochadi. Sizning qalbingizni tinchlantirish ham Uning qo‘lida.
📌 Har kuni bomdoddan keyin yoki yotishdan oldin shu zikr va duolarni bajaring — qalbingiz yengillik va osoyishtalik topadi.

Allohumma ij‘al qalbī mutma’inna, bi-zikrika va rizoʻyinga va rahmatingga, yo Rahmon, yo Rahim.
Ma’nosi:
Ey Rabbim, qalbimni zikring, roziliging va rahmating bilan xotirjam qilgin, ey Rahmon, ey Rahim.
💬 Esingizda bo‘lsin: Hech bir siqilish bekorga emas — Alloh unga sabr qilgan banda uchun yangi eshiklar ochadi. Sizning qalbingizni tinchlantirish ham Uning qo‘lida.
📌 Har kuni bomdoddan keyin yoki yotishdan oldin shu zikr va duolarni bajaring — qalbingiz yengillik va osoyishtalik topadi.
@falsafasi_hayot 🍃
❤59👍1🕊1
✔️Ba’zan ko‘nglim holdan toyadi.
''La havla vala quvvata illa billahil aliyul azim" deyman. O‘zimni kuchli his qilaman.
✔️Ba’zan aqlim qalbim bilan tortishadi. ''HasbunAllohi va ni’mal Vakil" deyman. Yengil tortaman.
✔️Ba’zan sukut qilishimni bilsam ham ko‘p narsalarni aytib tashlashni xohlayman. ''Meni Alloh bilsin, yetar!" deyman. Sassiz qolaman.
✔️Ba’zan haddan ortiq asablarim tarang tortiladi. "Albatta, bir qiyinchilik bilan yengillik bordir" deyman. Har qanday muammo bu jumladan keyin o‘tadi.
✔️Ba’zan mahzun bo‘laman, yig‘layman. "Men siniq qalblardaman!" deydi Robbim. Yana biroz yig‘layman. Ki Allohim mudom qalbimda qolsin deya...

💔29❤27😢7🕊3👍2🐳2
🌿 Bir kun hammasi nihoyasiga yetadi...
Qiynalganlaringiz, yaralar, og‘riqlar, iztirob, yuragingizdagi olovlar...
Tugamaydi deb bilgan xasratlaringiz bitadi, sabrim tugadi deganlaringiz o‘tib ketadi...
Barini yengganingizda, ko‘nikkaningizda, endi ahamiyati qolmaganida, kimlarningdir dilida pushaymoni, kimlarningdir esa umidi bo‘lasiz..! Sabr qiling...O‘sha kun keladi...

❤66😢14👍9🕊5💔4🐳1
🌿...
-Onasi, ertaga qizimiz kelarkanmi?! Ee, baraka topsin, axiyri keladigan bo'libdi-da! Juda sog'ingandim... Nabiralarim ham koʻz oldimdan oʻtib turgandi... Kelishiga o'zim bir qo'lbola
palov qilib beray! Qizing o'choqda pishgan oshni yaxshi ko'radi... Ro'yxat
qil, onasi! Nima kaming bor?! Yoz, hammasini. Sahar turib, bozorga boraman. Qovun-tarvuz, mevalarning sarxilidan olaman. Patir non bilan qaymoq ham qo'shib qo'y, ro'yxatga...
***
Otaning quvonchi ichiga sig'mas, yosh boladay oʻzini qo'yarga joy topolmasdi...

❤62😢26😭17🔥1
🌿 Uzoq turing...
Nimani xohlayotganini va nimani his qilayotganini bilmaydigan, faqat o'zi haqida o'ylaydigan xudbin odamlardan uzoqroq turing...
🌿 Baxtsizlik bilan oziqlanadigan, muhabbat bilan go'zallashmaydigan va eng mayda bir sababda ketishga moyil boʻlgan odamlardan uzoq turing....
🌿 Koʻngil olishni bilmaydigan, siz tiklashga harakat qilarkansiz, u buzadigan, sizni o'zgartirishga harakat qiladigan va fidokorlik qilmaydigan odamlardan uzoq turing...
🌿 Hayvonlarni yoqtirmaydigan, aytganlari va amallari zid bo'lgan, sizni qadrlamaydigan va siz muntazam o'zingizni tushuntirishingizga toʻgʻri keladigan odamlardan uzoq turing...
🌿 O'z istaklarini sizga yuklamoqchi bo'lgan, sevgisini his qildirmaydigan, kechirim so'rashni bilmaydigan va hammaga past nazar bilan qaraydigan odamlardan uzoq turing...
🌿 Sizga ishonmaydigan, ishonch bermaydigan va siz ustuvor bo'lmagan odamlardan uzoqroq turing...
🌿 Agar siz bu xususiyatlardan biriga ega bo'lgan kishiga duch kelsangiz, undan uzoqroq turing... Hech bo'lmaganda osonlikcha xafa bo'lmaysiz. Bu sanab o'tgan xususiyatlarga ega bo'lgan odamlar uchun harakat qilish, toshni sug'orib, gullashini kutishdan farq qilmaydi...
— Aisyah Sultan tarjimasi

❤30👍12😢5🕊3💔1
🌿 Tushkunlik paytida qalbga taskin beruvchi duo va zikrlar 🌿
Hayotda ba’zan g‘am, iztirob va tushkunlik payti bo‘ladi. Shunday onlarda Allohga yuzlanish qalbimizni yengillatadi 🤲✨
📖 Qur’oniy duo:
رَبِّ لَا تَذَرْنِي فَرْدًا وَأَنتَ خَيْرُ الْوَارِثِينَ
“Robbim, meni yolgʻiz qoldirma. Sen eng yaxshi merosxoʻrlardirsan.” (Anbiyo, 89)
💫 Zikrlar:
Hasbunallohu wa ni’mal wakeel 🌸
(“Alloh bizga yetarli, U eng yaxshi vakildir.”)
La hawla wa la quwwata illa billah 🌿
(“Hech qanday kuch va quvvat yo‘q, faqat Allohdandir.”)
Astaghfirulloh 🌺
(Istig‘for qalbni yengillashtiradi)
💖 Qalbni yengillatadigan duo:
“Allohim, qalbimdagi g‘am va iztiroblarni ketkazgin, uni xotirjamlik va farah bilan to‘ldirgin.”
✨ Esda tuting:
Qur’on tilovati va zikr qalbga shifo beradi.
Namoz va duo ruhni mustahkamlaydi.
Sabr — eng buyuk quvvatdir.

❤49👍9👏3