🌿 Diqqat, barcha qiz farzandi bor erkaklar!
Koʻzingizni bir on yuming va tasavvur qiling: kelajakda sizning farzandingiz sizga oʻxshagan bir erkakka turmushga chiqayapti...
- Tabassum qildingizmi...?!
- Rozi boʻlasizmi...?!
Agar yoʻq boʻlsa, oʻzingizni yaxshi tomonga oʻzgartiring! Islohni hozirdan boshlang!
@falsafasi_hayot 🍃

❤41🕊9😢5⚡1😁1
🌿 Hech qachon insonning oʻtmishidan unga qarshi foydalanmang.
Oʻtmishda qilgan gunohlari bilan uning yuziga uravermang!
Agar diqqat bilan yuz ifodasiga qarasangiz, koʻzlari ichida ming ogʻriq bilan oʻtgan narsalarga, qilgan xatolariga afsus nadomat qilishini koʻrasiz.
Hech qachon soʻzlardan qurol sifatida foydalanmang, chunki ular siz oʻylaganingizdanda kuchliroq yaralaydi..

👍28❤18❤🔥8👏4⚡1💔1
🍃 Sen ayni vaqtingdasan...!
Sen kechikkaning yoʻq. Ayni munosib vaqtdasan.
Bir yigit boʻydoq edi. 20 yoshda uylandi. 10 yildan soʻng farzand koʻrdi.
Boshqa bir yigit 30 yoshda uylandi. 1 yildan soʻng farzand koʻrdi.
Bir qiz 22 yoshida turmushga chiqdi. Eri uni baxtsiz qildi.
Boshqa bir qiz yoshi oʻtib 33 yoshida turmushga chiqdi. Eri uni saodatli qildi.
Bir yigit 22 yoshida universitetni bitirdi. Ammo 5 yildan soʻng ish topdi.
Boshqa bir yigit 27 yoshida bitirdi. Ammo bitirishi bilan oʻzi xohlagan ishga joylashdi.
Bir yigit 25 yoshida shirkat mudiri boʻldi. 45 yoshida vafot etdi.
Boshqa birov 50 yoshida mudir boʻlib 90 yoshida vafot etdi.
Oʻz vaqtingni qadriga yet. Baʼzan boshqalar sendan oʻzib ketgandek yoki ortda qolib ketgandek tuyuladi. Bilginki, sen hech kimdan oldin emassan. Bir vaqtning oʻzida hech kimdan ortda emassan. Sen Alloh sen uchun belgilagan vaqtda amal qilayapsan. Bemalol va xotirjam yasha.
Zamon Allohning qoʻlidagi vasiladir. Uni oʻzi xohlaganidek yurgʻizadi. Senga Oʻzi xohlagan narsani vaqti yetganida ato qiladi. Uning huzurida hamma narsa oʻlchoqlik...
@falsafasi_hayot 🕊
❤47👍14🔥6😢6❤🔥1⚡1
Bolakay ila politsiya xodimi:
-- Siz politsiya xodimimisiz ?
-- Ha
-- Onam yordam kerak bo'lgan paytda politsiyaga murojat qilishimni aytgandi.
-- Ha to'g'ri, shunday.
-- Unday bo'lsa oyoq kiyimimni ipini bog'lab qo'ya olasizmi ?
Bolakayning beg'uborligi go'zal lekin politsiya xodimining soddaligi va ochiq ko'ngilligi go'zalroq edi.
@falsafasi_hayot 🕊
❤93👍7🔥6😢3❤🔥1⚡1
🌿 SO‘LMAGAN GUL...
Kichik dilxiralik katta ko‘ngilsiyohlikka aylanib, tortishdilar, bir-birlariga ko‘ngil og‘ritadigan so‘zlar so‘zlab, vaziyatni isloh qilish mumkin bo‘lmaydigan darajaga keltirdilar. So‘ng bir-birlariga ajrashish haqida gap-so‘z ham tashlab qo‘yishdi.
— Ajrashish da’vosini sen ochgin!- dedi erkak.
— Hammasini siz boshladingizmi, o‘zingiz ochavering ajrashish da’vosini ham!- deya jerkidi ayol.
Biri “O‘n besh kundan keyin ajrashamiz” deya davom etdi so‘zlarida, ikkinchisi “bolaning imtihonlari bor. Imtihonlariga ta’sir qilmasin. Bir oydan keyin ajrashamiz” deya turib oldi.
Hatto shu ajrashish borasida ham bir-birlarini tushuna olmadilar.
Turmush qurgan kunlari ekib, o‘stirgan birga parvarish qilgan gullari bor edi. Ikkovlari ham bu gulni yaxshi ko‘rishardi. Tortishayotganlarida ko‘zlari shu gulga qadaldi. Turmush qurganlaridan beri ilk bor bu gulga mahzun tikilayotgandilar. Turmushlaridek u ham qiymatini yo‘qotgan edi.
— O‘z holiga qo‘yamiz. Gulimiz qachon so‘lsa o‘sha kuni ajrashamiz!- dedi ayol. Erkak ham xuddi shu gaplarni kutayotgandek “mayli” dedi…
Oradan bir kun, uch kun, besh kun, bir hafta o‘tdi ham gul negadir so‘lay demadi. Qanday qilib sug‘orilmaydigan, parvarish qilinmaydigan gul so‘lmasligi mumkin?
Bir kecha bolalari suv ichish uchun uyg‘ongandi, otasi qo‘lida suv idishi bilan gul atrofida kuymalanayotganini ko‘rib:
— Kechikdingiz, dadajon! Sizdan oldin onam uyg‘onib gulni sug‘ordilar. Sizlar bir-biringizni shunchalik yaxshi ko‘rar ekansizlar, bu gul aslo so‘lmaydi!
©️Suat O‘ZGE
Tarjimon: Umida Adizova

❤🔥45❤34👏9😢7😁2🕊2⚡1🔥1💔1
U uxlayotgani yo‘q😌
— Ko‘zlarini yumsa-da, u uxlamaydi.
— Uning qo‘llari noqulay holatda turibdi, ehtimol og‘riyotgandir!
— Lekin u qimirlamaydi, chunki bola uchun bu holat qulay.
— U charchagan, ko‘zlarini ocholmasa ham, bolasining har bir olgan nafasini eshitadi.
— Har kecha u shunday holatda yotadi, noqulay, g‘alati, shunday bo‘lishi ham kerak.
— Bolam uyg‘onib ketmasin deb, qimirlamaslikni ma’qul ko‘radi.
— Ham doim sergak turadi.
— Onalarning tuni - ular uchun kunning davomi xolos😊
To‘g‘rimi?🫶🏻
© Baxtli ona

❤149😢25🔥13💯4💔3👍2⚡1
🌿 Duo qilayotganingizda hech ham erinmang, noumid ham bo’lmang, eng eng eng afzalini so’rang...
Siz duolaringizni unutasiz, lekin Robbim unutmaydi...
Bir kun O’zining ijobati bilan duolaringizni sizga takror eslatadi…
@falsafasi_hayot 🍃
Siz duolaringizni unutasiz, lekin Robbim unutmaydi...
Bir kun O’zining ijobati bilan duolaringizni sizga takror eslatadi…
@falsafasi_hayot 🍃
❤143🕊11🔥9🐳4⚡1👍1
YKS imtihonida yurakni o‘rtantirgan manzara!
"Ashyolarimga tegmang, boshqa pulim yo‘q…" 💔
Joriy hafta oxiri bo‘lib o‘tgan YKS imtihonida, ehtimol, eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘ladigan va qalblarga ta’sir etgan lavhalardan biri ana shu voqea bo‘ldi.
Imtihon uchun universitet binosiga kelgan bir talabaning ashyolarini qoldirishga yaqin odami topilmagani bois, u o‘z buyumlarini maktab yonidagi yerga qo‘yishga majbur bo‘ldi.
Va ashyolar yoniga qoldirilgan yozuv hammaga ta’sir qildi: "Ashyolarimga tegmang, imtihondaman. Boshqa pulim yo‘q, juda zarur."
Bu yozuv faqat ogohlantirish emasdi — balki bir yosh yurakning og‘riqli, jim hazini so‘zsiz dod-fig‘oni edi.
Cho‘ntagida hatto yo‘l kirasi ham bo‘lmagan, orqasida himoyachisi yo‘q, ammo shunda ham orzularining izidan yugurgan minglab yoshlarni esga soldi…

😢41🔥35❤15👏13⚡2
🌿...
-Onasi, ertaga qizimiz kelarkanmi?! Ee, baraka topsin, axiyri keladigan bo'libdi-da! Juda sog'ingandim... Nabiralarim ham koʻz oldimdan oʻtib turgandi... Kelishiga o'zim bir qo'lbola
palov qilib beray! Qizing o'choqda pishgan oshni yaxshi ko'radi... Ro'yxat
qil, onasi! Nima kaming bor?! Yoz, hammasini. Sahar turib, bozorga boraman. Qovun-tarvuz, mevalarning sarxilidan olaman. Patir non bilan qaymoq ham qo'shib qo'y, ro'yxatga...
***
Otaning quvonchi ichiga sig'mas, yosh boladay oʻzini qo'yarga joy topolmasdi...

❤59🕊5😢4⚡2🔥2👍1
✍️ Bir ukamiz ayolidan ayrildi, beshta bolasi qaqshab qoldi
👁 Judayam-judayam ajoyib, yosh yigit. Xotini vafot etdi, rak degan balo yengdi vanihoyat.
Besh yil ayolini davolatdi, ko‘ziga qarab o‘tdi. Hech narsasi qolmadi, ezilmagan kuni bo‘lmadi. Ilojsiz ekan, hayot davom etadi-da. Besh nafar bolani parvarishlash, tarbiyalashning o‘zi bo‘ladimi?!
Yaqinlari, biz ham uylanmasa bo‘lmasligini aytdik. Bolalarini o‘ylab “yo‘q” dedi, bolalarini o‘ylab “ha” dedi. Rozilik bilan o‘zi bitmas ekan. Kelishgan, sog‘lom yigit. Lekin kimga borsa, andisha qiladi, besh bolani o‘ylab hadiksiraydi.
Bir qizni topishdi. Onasi erta o‘tgan, to‘rt nafar uka-singlisiga qarab qolgan ekan. Jigarlari deb turmush qilmabdi, hammasini uy-joyli qilibdi.
Ancha ko‘nmadi. “Bolalarga onasining o‘rnini bosolmayman” debdi. Ukamiz bir chora qilibdi: uchrashuvga chaqirib, esini tanib qolgan katta qizini yetaklab olib boribdi. Onaga tashna bo‘lib turgan qizi quchoqlab olibdi. Bolaga ko‘zlari mehri to‘lib turgan qiz yig‘lab bag‘riga bosibdi.
Kecha ukamiz bir ish bilan kirgandi. Yangilikka qiziqdim. “O‘zi oldingizga xabar aytgani keldim. Ertaga "ZAGS"dan o‘tyapmiz...” – dedi.
🤲 Ketdi. Yig‘ladim. Xursand bo‘ldim...
Abror Zohidov

🔥37😢25❤16👏2🕊2
🌿Shahrimiz shifoxonasi yaqinidagi dorixonalardan biridaman.
Mandan avval kirgan 4-5 xaridor dorilarini olib chiqib ketsa hamki, chekkaroqda tortinibgina turgan 18-19 yoshlardagi o‘spirin ham mendan avval kirgan bo‘lsada xarid qilmay tek turaverishi e’tiborimni tortdi.
Yuzlari so‘lg‘in, ko‘zlarida tashvish, xavotir bor edi. Nazarimda hamma chiqib ketishini kutayotgandek.
Qiziquvchanligim sabab izlagan dorimni olib bo‘lsam ham, xuddi dorilarni tomosha qilayotgandek yuzimni chetdagi dorilarga qaratib, yigitning sotuvchiga aytayotgan so‘zlariga quloq soldim.
- Ayamni mazalari yo‘q, shu yerda yotishibdi, yonimda pulim ham qolmadi, dori judayam zarur, pasportimni qoldirsam dori berib turaverasizmi aka - o‘spirin yigitni ovozida ham yalinish, ham uyalish va ishoning, ham yig‘lashdan o‘zini zo‘rg‘a tutib turgandagi holat bor edi.
Bu orada dorixonaga 35-40 yoshlardagi erkak kishi kirib keldi.
- Mayliku-ya ukam, faqat pulini tezroq beralosmi, bizda yillab qolib ketgan pasportlar ham bor - dedi aptekachi.
- Beraman aka, ishoning, xudo hohlasa 2-3 kunda sizga pulini olib kelib beraman.
O‘spirin yigit bu gaplarini sotuvchi berish fikridan qaytib qolmasin degandek shoshilib gapirdi.
Kishilarning o‘zi yoki yaqin insoni bemor bo‘lsayu doriga puli bo‘lmasa ikki tomonlama eziladi.
Bir tarafdan muxtojligi va ikkinchi tarafdan esa bemorlik.
Yigitchaga ich-ichimdan achindim.
Ularni suhbatiga xuddi mendek kuzatayotgan, navbat kutib turgan kishi aralashdi.
- Yigitchani dorilari narxini xisobladingizmi? Qancha bo‘lar ekan?
- 300 mingdan oshadi.
- Mana 400 ming. Qaytimini bu ukamga bering.- dedi aptekachi yuzlanib, keyin o‘spiringa qaradi-da - onangni ehtiyot qilgin uka. Pulni evaziga esa, juma kungi duolar ijobat bo‘ladi, inshaAlloh, mani farzandimni duo qilib qo‘ygin - dedi.
Yigitcha qo‘llarini ochdi, lekin duo qila olmadi, gapira olmadi, qo‘llari bilan yuzini berkitdi, aniqrog‘i ko‘z yoshlarini kaftlari orasiga berkitdi...

😢64❤25🕊7😭6
🌿 AYOLLARNI BAXTLI QILISH YO‘LLARI
01. Ko‘zlarini ichiga qara
02. Kelajagi uchun chiroyli rejalar o‘yla
03. Suhbatlash
04. Birinchi tongda undan oldin uyg‘onib olma
05. Dastak bo‘l
06. Restoranlarga olib bor
07. Kiyim do‘konlarga olib bor
08. Sayoxat qildir
09. Kuldir
10. Tez-tez rag‘batlantir
11. Sokinlashtir
12. Doim kechir
13. Xayratlan
14. Ishon
15. Eshikni och
16. Liftdan chiqarkan tugmani bos
17. Mashinani eshigini och
18. Isit
19. Uni devonalardek yaxshi ko‘r
20. Urishsang, qulog‘iga pichirla
...
...
28. Konsertlarga olib bor
29. Uni hamma joyda har doim kutib tur
30. Birgalikda diyeta qil
31. Birgalikda sport bilan shug‘ullan
...
...
1000. Nima xohlashini oldindan bil
1001. Bir kunda eng kami 7 marta uzr so‘ra
1002. Har doim Uni eshit
1003. Charchagan payt ovozingni ko‘tarma
1004. Adyolni tortib uyqusini buzma, qimirlatma
...
...
6789. Mashina olib ber
6790. Soat olib ber
6791. Uzuk olib ber
6792. Bilak uzuk olib ber
6793. Sochini ukladkasiga, tez-tez salonga yubor
6794. Prichyoskani tez-tez o‘zgartirsin
6795. Oddiy tekkis ko‘ylak kiy
6796. Qasam (ont) ich
6797. Chida, Sabr qil
6798. Bardoshli bo‘l
ERKAKLARNI BAXTLI QILISH YO‘LLARI
01. Qornini to‘yg‘az
02. Telefonini titma
03. Yonida jim o‘tir
#Tabassum

🤣67😁17❤13👍7
🌿 Paygʻambar (a.s) larning duolari. Sizga ham ilindim qadrligim, hayotingizga tadbiq etib, koʻp-koʻp oʻqib yuring, Inshaalloh Allohim oʻzi koʻmakchingiz boʻladi))
✨ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
@falsafasi_hayot 🍃
✨ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
@falsafasi_hayot 🍃
❤36👍18😢4🕊4🤗2
🪴✿Agar uyqungiz kelmayotgan bo‘lsa, istig‘for ayting... ko‘p-ko‘p ayting. Istasangiz sanang, istamasangiz yo‘q..
Oradan bir soat o‘tsa ham aytavering, baribir uxlab qolasiz. Ajr olganingiz qoladi...
Bu har holda qo‘zichoq yoki yulduz sanab yotishdan ming chandon afzal ish..)
Tushingizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kirsinlar...
🌙 Tuningiz hayrli oʻtsin qadrligim )) ✿

❤57🔥17👏10👍1