Telegram Web Link
Forwarded from NAZOKAT
🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠🔠🔠

🔠🔠 🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

      ❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️

😊👍 🥰😗😌 😒😜😆🙂

❤️‍🔥𝗕𝗨𝗡𝗔𝗤𝗔 𝗡𝗔𝗥𝗫 𝗛𝗔𝗟𝗜 𝗛𝗜𝗖𝗛 𝗤𝗔𝗬𝗦𝗜 𝗞𝗔𝗡𝗔𝗟𝗗𝗔 𝗕𝗢ʻ𝗠𝗔𝗚𝗔𝗡😱

📢𝑩𝑰𝒁𝑫𝑨 𝑵𝑨𝑹𝑿𝑳𝑨𝑹 𝑶𝑷𝑻𝑶𝑴 𝑵𝑨𝑹𝑿𝑳𝑨𝑹𝑫𝑨𝑵𝑨𝑴 𝑨𝑹𝒁𝑶𝑵🌹

https://www.tg-me.com/+vtBJQoZ5IuAwNjk6
https://www.tg-me.com/+vtBJQoZ5IuAwNjk6
https://www.tg-me.com/+vtBJQoZ5IuAwNjk6

🤩𝔹𝕌ℕ𝔸ℚ𝔸𝕊𝕀 ℍ𝔸𝕃𝕀 𝔹𝕆ʻ𝕃𝕄𝔸𝔾𝔸ℕ🤩
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🌿 Tasodifiy ish bo‘lmaydi...

2010-yili ikki sotih yer uchastkamizni sotdik va u pulga singlimni to‘yini o‘tkazdik, qolgan 10 000$ pulni dadam shaxarga ish bilan borib barsetka bn birga yo‘qotib qo‘ydilar.
Qayerda qoldirganlarini eslolmadilar borgan joylaridan topilmadi, taqdirga tan berdik.

Oradan 10 yil o‘tdi, dadam xar galgiday shaxarga ish bn borib oshxonada tushlik qilib yonlaridagi notanish kishilar bilan suxbatlashib yo‘qolgan buyumlar xaqida gap ochilib, pulimiz topilib qolibdi.

Pulimizni topgan kishi savdogar ekan, ular ikki yil e’lon berib surishtirib bizni topolmagach pulni biz bilan sheriklikka ishlatib bizga ajratgan foydani xam savdoga qo‘shib 10 000$ ni aqlimiz bovar qilmas darajada ko‘paytirib qo‘yibdi.
Savdogar aka dadamni o‘zi bn birga uyiga oborib pullarni qo‘liga tutqazgan ekan dadamni mazasi qochib o‘zini tashlab yuboribdi.

Menga qo‘ng‘iroq qilishdi shaxarga bordim, xavotir bo‘lib dadamdan xol so‘raganimda dadam faqat ko‘z yosh to‘kdi gapirolmadi, xolatni keyin tushunib men xam xursand bo‘lganimdan ko‘z yoshimni tiyolmadim sababi bu pullar oilamizga suv va xavodek zarur edi.

Dadam 10 000 pulni olib zo‘rlashlariga qaramay minatdorchilik bildirib qolganini olmadi, u aka xam qattiq turib olib xech bo‘lmasa manabu moshinani olasizlar deb bizni jentra moshinasiga o‘tqizib moshinani xam bizni xam uyimizga tashlab ketdi.

Ertakka o‘xshaydi a, lekin ertak emas dadam o‘qituvchi agar pulimizni qaytargan savdogar aka bizga qattiq tayinlab, biror joyda nomimni aytib duo qilsanglar ham xafa bo‘laman demaganda dadam u kishini televideniyagacha olib chiqardi.
Savdogar aka nima uchun ismini tilga olishimizni xoxlamadi tushuna olmadik deb so‘zini yakunladi Suxbatdoshim.

Albatta u savdogar kishi xolislik qilib mukofotini Alloxdan olishni niyat qilgani kunday ravshan.
Barcha chin ma’nodagi xolis moʻminlarni Robbimni o‘zi mukofotlasin.

Aliy Safarov sahifasidan

@falsafasi_hayot 🍃
77🔥15😢13
Қизини хурсанд қилмоқчи бўлган ота, бугун афсусда😢

Зулхумор бугун 17 ёшга тўлгани муносабати билан синфдошларини айтиб туғилган кун тадбири қиладиган бўлди.
Биламизки тугилган кунни файзи торт билан.
Қизини хурсанд қилиш илинжида унга бежиримгина торт ҳадя қилган ота аслида адашган эди😢

Туғилган кун авжида кетаётган бир вақтда ичкаридан эшитилган қий чув овозлари ота билан онани хавотирга солди ва югуриб боришганда қизи ерда беҳуш ётарди, ҳамма ёқ эса қон эди.
Қизини бағрига босганча уни ўзига келтиришга уринаётган онаси нима бўлди ўзи деб синфдошларига юзланди.
Шунда бошини эгган куйи бир дугонаси бўлган воқеани айтиб берганда ота ва она ҳушини йўқотай деди.
Синфдошининг айтишича.........
👉 Давоми👇👇👇👇👇👇👇👇
5🔥1😢1
🌸 Semizlikdan qutulish, tanani sogʻlom qilish uchun duo.

Duo matni (arabcha):
اللَّهُمَّ أَعِنِّي عَلَى صِحَّةِ جَسَدِي، وَقُوَّةِ إِرَادَتِي، وَبَارِكْ لِي فِي مَا أَكُلُ وَأَشْرَبُ، وَاصْرِفْ عَنِّي كُلَّ مَا يَضُرُّنِي. اللَّهُمَّ اجْعَلْ جَسَدِي سَلِيمًا، وَقَلْبِي قَوِيًّا، وَنَفْسِي رَاضِيَةً.

Allohumma a‘inniy ‘alā sihhati jasadiy, va quwwati irādatī, va bārik lī fī mā akulu va ashrabu, vasrif ‘annī kulla mā yadurunī. Allohumma-j‘al jasadiya salīman, va qalbī qawiyyan, va nafsī rāḍiyatan.


Oʻzbekcha maʼnosi:
«Allohim, tanamning sogʻlom boʻlishiga, irodamning kuchli boʻlishiga yordam ber. Yeb-ichadigan narsalarimda baraka ber va menga zarar keltiradigan narsalardan uzoqlashtir. Allohim, tanamni sogʻlom, qalbimni mustahkam, nafsimni rozi qil.»

Bu duoni har kuni nonushtadan oldin yoki kechasi yotishdan avval ixlos bilan oʻqisangiz, qalbingiz mustahkamlanadi va ozishga irodangiz yanada kuchayadi in shaa Alloh 🤲.

@falsafasi_hayot 🍃
36🔥2😘1
Учта кампир гаплашиб ўтиришибди.😁

Биринчи кампир: ⠀
— Ёшим 60 га чиқди, биттаям тишим тушмаган, туф-туф кўз тегмасин, - дебди.
Иккинчи кампир:⠀
— Ёшим 65 га чиқди. Сочларим ҳудди ёшлигимдагидай қалин, қора. Туф-туф кўз тегмасин, - дебди.
Учинчи кампир:
— Мақтанишга бошқа нарса тополмадиларми? Тўғри ёшим силарникидан анча катта. 70 даман, тишларим аллақачон тўкилиб, сочларим ҳам оқариб ётибди. Лекин ман...
😅 Давом
5
«Tuz haqi»

Shimoliy Afrikadagi ba’zi davlatlarda Hayit kuni ertalab ajoyib odat bor ekan.

Ayol uylarni tozalab, hamma narsalarni tartibga keltirib, xushbo‘yliklarni tutatib, so‘ng o‘ziga oro berib, hayit namozini ado etib uyga qaytgan erini kutib olar ekan.

Qo‘lida shirinliklar solingan tovoq va bir finjon qahva bo‘lar ekan.

Er qahvani ichadi. Ammo finjonni bo‘sh qaytarmay, ichiga imkoniyatiga qarab tilla yoki kumushdan ishlangan taqinchoq solib qaytarar ekan.

Hadyaning turi erning imkoniga qarab o‘zgarishi mumkin. Hino yoki bir parcha mato yoki tilla taqinchoq bo‘lar ekan.

Mana shu hadyani «Tuz haqi» deyishadi.

Ma’lumki, uyda tayyorlanadigan har bir taom ortida ayol turadi. Ayolning uy ichidagi «jang maydoni» oshxona bo‘ladi. Ramazon oyida ayollar o‘zlari ro‘za tutish bilan birga ro‘zador oila a’zolari uchun iftorlik va saharlik dasturxoni hozirlaydilar.

Bu odat ayolning Ramazon oyidagi sabri va chekkan mashaqqatlarini taqdirlash va e’tirof etish uchun joriy bo‘lgan.

@falsafasi_hayot 🍃
👍4828😍13❤‍🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Диккат_Савол

Мусулмонларга савол расимдаги кайси жонзотни олдирса 7та гунох учирилади, бу жавобни билмасангиз блиб олинг.

Тугри жавоб...🔎
2
🌿 Qo‘ng‘iroq ovozi jiringladi. Ayolimning telefonidan chiqayotgan ovoz edi. Shubxa aralash qo‘limga olsam, uyg‘otgich ekan.

"Taxajjudda eringni duo qil" degan yozuvlarni ekranida ko‘rdim. Ovozini o‘chirdim. Ayolim sezmadi. Charchoqdan telefon ovozini xam eshitmadi bechora. Miriqib uxlayabdi.

Unga biroz tikildim. Negadir raxmim keldi. U:

Ota uyida bekami-ko‘st ulg‘aygan, o‘ynab-kulib o‘sgan bir muslima qiz edi.

Bechora qiz aslo tanimagan, bilmagan insoni bilan bir umr yashash maqsadida ota uyidan chiqib kelgan.

Umri davomida degani degan, aytgani aytgan xolda o‘sgan qiz endi bir erning uyida, erning degani degan, aytgani aytgan xolda yashaydi.

Xamma ko‘ngliga qarab katta bo‘lgan qiz endi erining ko‘ngliga qarab yashardi.

Erining barcha achchiq-chuchuk gaplari, kinoyayu-ovozalariga sukut ila sabr qilar, aslo gap qaytarishga botinmasdi.

Tun-u kun qaynona-qaynotaning xizmatida yelib-yuguradigan ayol.
Kamiga erining qarindosh-urug‘lariga xurmat-extirom ko‘rsatib, ularning kesatiq gaplariga parvo qilmaslikka intiladigan bir muslima ayol.

Kun davomida tinimsiz mexnat qilib, yana tun yarmida o‘sha jahldor va qo‘pol eri uchun shirin uyqusidan kechib, uning uchun Alloxga duo qiladigan ayol.

Shuncha qiyinchiligu-mashaqqatlarga sabr qiladigan ayol.

Ust-boshidan nolimaydigan, och qolsa sabr qiladigan, eri olib kelgan bir luqmaga sevinib, Alloxga shukurlar aytadigan ayol.

Eridan barvaqt turib, obdastaga suv ilitib, erini namozga uyg‘otadigan ayol.
Barcha ishlarini yakunlab, Qur’on o‘qibgina yostiqqa bosh qo‘yadigan ayol...

Unga tikilganim sari o‘zimdan nafratlanib ketardim. U esa biron marta nolimagandi.

Bu esa meni vijdonimni yanchardi. Naqadar joxil va beparvo bo‘lgan ekanmana?

Rasulullox sollalloxu alayxi vasallamdan ayollarga qanday muomalada bo‘lish merosiga amal qilmay, kunduzi esa yaqinlarimni sunnatga amal qilishga chorlagan mendayin notavon bormikin?

Yana o‘zimni ummat deya kerilib xam yurardima?!

Ayolim shirin uyquda uxlardi. Uni bezovta qilmadim. Taxorat oldim va Taxajjud o‘qishni boshladim.

Biroz vaqt o‘tmay xonada qadam tovushlari eshitilardi. Shoshilib bosilgan qadamlar taxoratxona tomon bordi.

Birozdan so‘ng esa ayolim orqamda turgan xolda namozda menga iqtido qildi.

Xo‘ngrab yig‘lagan xolda namozni arang yakunladim...

- Begim, nega meni uyg‘otmadingiz?dedi u xijolat ovozda.

Bu esa meni battar qiyin axvolga soldi. Uni bag‘rimga bosgancha, yetkazgan jabr-zulumlarim uchun kechirim so‘rardim.

Bechora ayolim mening jabrimga o‘rganib xam qolibdi, menga hayratomuz boqardi. U nima bo‘lganini tushunmasdi. Men esa namlangan ko‘zda yoshim bilan:

- Menga qanday chidayabsan, bilmadim?! Allox sendan rozi bo‘lsin, dedim...

Shu tundan boshlab xayotim o‘zgardi. Yo‘q, xayotim emas, men o‘zgardim. Ayolim xam avvalgidanda quvnoq va baxtiyor bo‘ldi.

"Xizmatingizni qilib to‘ymayman" derdi tabassum bilan. Ishonasizmi, u qizlik uyidagidanda baxtiyor edi...
Uni ko‘rib esa mening ko‘zlarim quvnardi...

Xurmatli erkaklar!
AYOLINGIZNI SEVIN
G...

@falsafasi_hayot 🍃
77😢15🕊9🔥1🐳1🤣1

Yoʻllar tutash boʻlmagan makonda qalblar tutash boʻlgani ogʻriqli...

@falsafasi_hayot 🕊
💯31😭234👍2

Biz aytdik...
Esimda ham yo'q dedik...
Unutganman deb oʻyladik...
Unutganman deb ishondik...
Ammo bir kun kimdir yonimizdan o'tib ketayotganida, u kabi yurganida...
Unga o'xshab kulganida...
Barcha unutganlarimiz, barcha unutdim deganlarimiz behuda boʻlganini anglab qoldik...

@falsafasi_hayot 🕊
😭4817💔75
🌿 Quyidagi rasmda: "Bilmasdan, velosipedingizni urib olib, jingir-jingirini sindirib qo‘ydim. Ming bor uzr" deb yozilgan.
• Hech kim ko‘rmadiku. E velosipedinga ham, velosipedingning jingir-jingiriga ham deb sekin juftakni rostlamadi. O‘sha zararni qoplashga yetadigan miqdorda pulni solib, kechirim so‘rab ketdi.
• Yaponlarni yuksak madaniyatidan o‘rnak olishimiz va keyin o‘zimiz ham kelajak avlodga o‘rnak bo‘lishimiz shart.

© Bahodir Iskandarov

@falsafasi_hayot 🍃
59👏20🔥19
🌿 – Ketyabman... - dedi erkak. Ayol yig'ladi.
Xojasining bo'ynidan quchdi.
– Qaramang!.. - dedi qat'iy, ammo past tovushda.
– Kimga, jonim? - deya so'radi erkak. Titroq ovozda ohista shivirladi ayol:
– Jannatdagi hurlarga!
Er tishini-tishiga qo'yib chuqur "uh" tortdi.
Og'ir-og'ir so'zladi:
– Sen mening jufti halolimsan. Boshqalar birodarim!.. Seni jannatda kutaman!

©️seni jannatda kutaman, kitobidan.

Nomahram uchun olingan postdan rozi emasman!

@falsafasi_hayot 🍃
😢6030👏12
...Sizlar ham, uylarni qirtishlab tozalanadigan;

kir yuvib, dazmol bosiladigan;

orada biron tansiq taom tayyorlab, dasturxon tuzaladigan;

hafta ichi yigʻilib qolgan uy ishlarini bajarib olish uchun oʻlib-tirilib harakat qilinadigan;

koʻchaga chiqib, bozor-oʻchar ham qilib kelinadigan;

ertangi kungi ishlar yoki darslar uchun tayyorgarlik koʻriladigan;

kechqurunga borganda charchoqdan choʻzilib qolib, “ehh, qaniydi ertaga dam olganimdaaa...” deb orzu qilinadigan kunni...
dam olish kuni deb ataysizlarmi?.. 🙃

© Dilfuza Komil


@falsafasi_hayot 🍃
😁8616😭13😢3💯3
🌿 Qaynona...

✒️Qarindoshlar hayrlashgan, birov ketgan, birov kuzatgan "hay-hay" bo‘lib turgan hovlida birov-birovni tanimaydigan darajada gavjumlik xukmron...

Mahalla boshida do‘kon ochib o‘tiradigan Bahri hola to‘y boshi- kuyovning onasi Ra’noxonni odamlar ichidan qidirib topdi.
-Aylanay, charchameygina, tugatvoooldiz, o‘rgiley sizdan, Ra’noposhsha, birinchi o‘g‘il uylashiz, "bilmasez kere" dib o‘ylab yonizga keldim.
O‘g‘lizam kuyovmisan-kuyov bo‘ptida o‘ziyam, o‘rgilib ketey, hali kelin-qizimni oldilariga kirib ketmadilarmi?!

Ra’noxon hayron bo‘lib "yo‘o‘o‘q" deb bosh silkidi.
-Ha vaqtida kepman unda. Shu bolezchi- endi kelinni oldiga kirib ketayotganida uch marta chaqiring, ismini aytib xo‘pmi?!
-Nimaga tinchlikmi?!
-Hay soddasizda aylaney, irim-dirimi shu, ko‘ngli- sizdan bo‘linmasin diyman. Shu uch marta "Masrurjo‘o‘o‘n, Masrurjo‘o‘o‘n, Masrurjo‘o‘o‘o‘n" diysiz bo‘ldi, o‘rgilib "onam" dib bir-ikki qarasin, xo‘pmi?!
-Voy man o‘g‘limni xijolat qilib, bunaqa qilolmiyman, qo‘ying, bolamni qandoq chaqiraman, uyalaman-yey...
-Hay, hay qayoqqa ketdiz endi, obbo, yaxshilik qilaman desam...
Eshik oldida o‘g‘li ko‘ringani sabab Ra’noxon qizarib, ichkari uyga zing‘illab kirib ketgan edi...
O‘rtog‘i bilan kuyov liboslari yarashib turgan Masrurjon ko‘zi bilan kimnidir qidirib hovli o‘rtasigacha keldi.
Hizmatda idish tashib yurganlardan birini to‘xtatib, onasini so‘radi.
-Voy bo‘ylaringdan holeng aylansin, azamatdek kuyov bo‘psan-a?! Onang o‘sha- iiiichkari uyga kirib ketdilar, boraqol- uning oldiga pishillab yetib borgan Bahri hola kuyovning yelkasiga qoqib, ichkari uyni ko‘rsatib yubordi.
-Oyi, kiraveraymi?!- eshik oldidan ovoz berdi Masrurjon.
Ichkari uyda Ra’noxon o‘zicha nimanidir qidirib turgan bo‘ldi.
O‘g‘li kirib kelib, engashib oyoqlarini quchdi.
-Qo‘y, o‘g‘lim, tur o‘rningdan- beihtiyor Ra’noxonning yuzlaridan yosh dumaladi.
-Yig‘layapsizmi?! Oyi?!
-Yo‘q, hursandchilikdan bu, qara, mana katta bo‘lib uylanadigan payting ham kelibdi. Kechasi ukang bilan yonimda yotishni talashardinglar. "Manga qarab yoting, yo‘q manga" deb... Ahiyri "hich qaysininggamas, osmonga qarab yotaman" dirdim. O‘g‘lim shunaqa vaqt tez o‘tarkan-da"...
Masrurjon o‘rnidan turib, jilmayib onasini quchoqladi.
-Boraqol o‘g‘lim, kelin kutib qolmasin, baxtli bo‘linglar, hamisha ikki qo‘lim haqqilaringizga duoda bo‘ladi!
-Ho‘p oyi, faqat sizga mana bu narsani berishim kerak.
-Nimani?!
Masrurjon qo‘ynidan bir juft bilak uzuk chiqardi.
-O‘g‘lim bu nima qilganing?!
-Sizga, mani ko‘tarib katta qilgan qo‘llaringizga- arzimas sovg‘a! Bu hali boshlanishi, Alloh nasib etsa Hajlarga yuboraman, inshaalloh...
Masrurjon ikki yuzidan o‘pib, chiqib ketdi.
Ra’noxon yig‘i aralash jilmayib, o‘g‘lining to‘ydan oldin ko‘p chiqimlarini hohlamay kamaytirganini sababini endi tushungandek bo‘ldi...

@falsafasi_hayot 🍃
60😢27🔥11❤‍🔥6👏3
🌿 Meni yaxshi ko'rmaysiz

Shu gapni ko'p aytasan, men sevaman demasam, bu seni sevmaydi degani emas. Shunchaki buni aytishdan, isbotlash men uchun muhim.

Seni sevaman, sensiz o'laman, voy-dod demasam ham....

Ertalab uyg'onganimda yonimda bo'lmasang, seni izlab qolaman.

Ishdan qaytayotganimda senga talpinib uyga shoshaman.

Restoranda yeydigan steyklarim, sening men uchun tayyorlagan "Pentuza"ngga teng kelmaydi.

Sen bilan sirlashib, hangoma qilib, gaplashib o'tirish esa menga rosa yoqadi.

Sening hidingni esa milliontaning ichidan ham ajrata olaman.

Shundayam endi meni yaxshi ko'rmaysiz desang ayb bo'ladi!


@falsafasi_hayot 🍃
47🔥11
🌿 Ajoyib bir nonvoy bor edi. Haridorlar kalbaki pul berishayotganini bila turib ham ularning pulini olar va so‘ragan nonlarini berardi. Yon-atrofidagilar uning bu odatini bilishar va hayron bo‘lishardi. Uning nima uchun bunday kilayotganini sababini hech kim bilmasdi... Nihoyat omonatini topshiradigan fursat yetganda nonvoy qo‘llarini ochdi va Yaratganga: "Ey Robbim, yillar davomida odamlarning menga soxta pul berganini va ularning ranjitmay istaklarini bajarganimga O‘zing shohidsan. Men ham bugun Huzuringga soxta toat-ibodat bilan bormoqdaman, meni xam ranjitmagin!!!"- deya iltijo qildi...

@falsafasi_hayot 🍃
38😢28❤‍🔥9🔥3💔3
🌿 Tasavvur qil?
Mahshar maydoni...
Yuz milionlab insonlar, ularning ichida 124.000 ta payg’ambarlar...
Ularning ichida Habibimiz alayhissalom...
Milionlab avliyolar...
Ulardan bir necha barobar ko’proq jinlar...
Milionlab hayvonlar, baliqlar, qushlar va 1-7 osmon qavatini o’rab turgan hisobi yo’q farishtalar...
Ulardan keyin qanchaligi noma’lum katta farishtalar...

Va hammani oldida seni qilgan ishlaring birma-bir aytilyabdi. Huddi televizorda ko’rsatilgandek hamma tomosha qilyabdi...
Gunohlar, xaromlar, xatolar...

@falsafasi_hayot 🍃
😢60😭5016
2025/10/21 22:57:30
Back to Top
HTML Embed Code: