Telegram Web Link
🌿 Kecha uzoq Surxondaryoning uzoq Jarqo‘rg‘onidan bir mehmon keldi.

40 yil maktabda ingliz,fransuz tillaridan dars bergan.Yoshi 72 da ekan. Islom diniga oid eng birlamchi ma’lumotlarni to‘plab kitob qilibdi.

Ammo meni hayratlantirgani boshqa narsa bo‘ldi: bobo har kuni 12 kunlik qazo namozini (240 rakat) o‘qirkan.
Katta bitta daftar tutib, o‘qigan har kunini belgilab borarkan.

45 yillik qazoning 14 yilidan uzilibdi.
“Bir ishni mehr bilan qilsa,qiyin tuyulmas ekan.Qaytanga, odam zavq oladigan bo‘p qolarkan”, deydi. Qarzlaridan tezroq uzilish uchun bir kuni 20 kunlik qazoni,ya’ni 400 rakat namoz o‘qibdi.
Ammo charchab qolibdi. “12 kunligi menga norma ekan”,deydi.
“31 yillik qazolarim bor hali, Alloh umr bersa,2 yarim – 3 yillarda barchasidan uzilaman”,deydi.
Tilimga “mashaalloh”dan boshqa so‘z kelmay qoldi.

Allohning yaxshi, solih bandalari juda ko‘p.

— Ustoz Abdugafur Iskandar

@falsafasi_hayot 🍃
🔥50😢3414👏9🕊6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☝🏻Oʻzim ixlos bilan bajarib, tajribalarimdan qoʻllab, juda chiroyli natijalarga erishgan eng kuchli duo, 7kunlik ibodatni siz bilan boʻlishmoqchiman.

Har qanday niyatingiz amalga oshishi uchun ushbu amalni 7 kun ixlos bilan bajaring, Inshaalloh juda tez fursatda niyatlaringizga yetasiz.

Tartibi:
100 marotaba istigʻfor
7 marotaba Fotiha surasi
100 marotaba salovot
79 marotaba Alam Nashroh surasi
100 marotaba Ihlos surasi
7 marotaba Fotiha surasi
100 marotaba salovot oʻqiladi

Duo tartibi pok holatda, ihlos bilan 7 kun davomida oʻqiladi va Inshaalloh Robbim izni bilan 3-4 kunda natija boʻladi!


(Instagramdan olindi)

@falsafasi_hayot 🍃
35
🪴✿Agar uyqungiz kelmayotgan bo‘lsa, istig‘for ayting... ko‘p-ko‘p ayting. Istasangiz sanang, istamasangiz yo‘q..

Oradan bir soat o‘tsa ham aytavering, baribir uxlab qolasiz. Ajr olganingiz qoladi...
Bu har holda qo‘zichoq yoki yulduz sanab yotishdan ming chandon afzal ish..)

Tushingizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kirsinlar...

🌙 Tuningiz hayrli oʻtsin qadrligim )) ✿

@falsafasi_hayot 🍃
51❤‍🔥9👏2
🌿 Saodat uyi haqida nimalarni bilasiz qadrligim?

1.Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning qabrlari.

2. Abu bakr roziyallohu anhuning qabri.

3. Umar roziyallohu anhuning qabri.

4. Oisha roziyallohu anho bu pardani Umar roziyallohu anhu koʻmilgandan keyin qoʻydi, Umar roziyallohu anhudan hayo qilib, chunki Umar roziyallohu anhu Oisha roziyallohu anhoga begona edi.

5. Boshqa Moʻminlar onalarining (paygʻambar sollallohu alayhi vasallam ayollarining) xonasiga chiqish eshigi.

6. Xonadan chiqish eshigi.

7. Oisha roziyallohu anhoning xonasi va yotadigan choyshablari (paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning vafotidan keyin).

8. Masjidga chiqadigan eshik.

9. Masjid nabiyni ziyorat qiladiganlar bu derazadan Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam, Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumlarga salom beradilar.

Reaksiyalaringizni kutaman ))

@falsafasi_hayot 🍃
😢4935🕊14👍7🔥1
🌿 ISTIGʻFORNI KO‘P AYTING!

Abul Faraj Gʻoys ibn Ali aytadi: "Qori Abul Hasan Oquliyni tushimda ko‘rdim. U juda yaxshi holatda edi.
— Ahvolingiz qanday? — deb so‘radim,
— Ahvolim yaxshi, — dedi. Men undan so‘radim:
— Siz vafot etmaganmidingiz?
— Vafot etgandim.
— O‘lim qanaqa ekan?
— Yaxshi — dedi u xursand bo‘lib.
— Gunohingiz kechirilib jannatga kirdingizmi?
— Ha.
— Qaysi amal manfaatliroq ekan?
— Hech narsaning manfaati istig‘forchalik emas ekan. Istig‘forni ko‘p aytinglar.

@falsafasi_hayot 🍃
😢4627💯13
🌿 Malayziyalik 11 yoshli Raden Nabil ismli bolakay maktabdagi darslari tugaganidan so‘ng har kuni otasining oldiga oshiqadi. Boisi, otasi bundan 3 yil muqaddam avtohalokat tufayli o‘rnidan qimirlamay, faqat yotishga majbur bo‘lib qolgan.

Raden uch yildan beri har kuni otasining oldiga kelib, azon aytadi, Qur’oni karim tilovat qiladi, ko‘zida yosh ila Allohdan shifo berishini so‘rab duo qiladi.

“Otam bilan masjidga borgan, birga namoz o‘qigan kunlarimizni juda sog‘indim. Otam tuzalib ketguniga qadar har kuni otamning oldiga kelib duo qilishda davom etaman”, deydi Raden Nabil.

Bolakay har bir mo‘min-musulmondan otasining haqiga shifo so‘rab duo qilishingizni iltimos qiladi.

Tafakkur, shukr qiling, ibrat oling! Bugun dunyoda necha minglab farzandlar sog‘-salomat ota-onasini qadriga yetmay, qariyalar uyiga tashlab ketmoqda.

Duo qiling! Zero, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar: “Musulmon kishining birodari haqqiga qilgan g‘oyibona duosi ijobat qilinuvchidir, uning boshi ustida bir farishta turadi, qachon birodariga yaxshilik tilab duo qilsa, farishta: “Amiyn... senga ham o‘shancha bo‘lsin”, deydi (Imom Muslim rivoyati).

Minglab o‘rin-to‘shakka “mixlanib” qolgan bemor, boshiga musibat tushganlar SIZning duoingizga muhtoj...

@falsafasi_hayot 🍃
57😢18💯8🕊5💔2
🌿 Dorisiz uxlab, dardsiz uyg‘onsangiz. Va hech narsa sizni bezovta qilmasa, xohlagan har xil taomlaringizdan yeb, xohlagan ichimliklarni ichsangiz, ishoning, siz dunyodagi eng boy insonlardan ham badavlatliroqsiz. Hamd ayting, shukr qiling!

🌙 Tuningiz osuda oʻtsin qadrligim ))

@falsafasi_hayot 🍃
94💯28👍11🕊7
Bir kuni er va xotin janjallashib qolishdi va er qattiq g'azablanganligi sababli, xotini bilan ajrashishga qaror qildi.

Ammo, ularning bir-biriga bo'lgan muhabbatlari bunga to'sqinlik qildi.

Er ayoliga: - Men xozir berkinaman. Agar meni topa olsang, sen bilan ajrashmayman-dedi.
Ayol: - Qalbim quvonchi agar topa olmasamchi?
Er kulimsirab: - Ikki ko’zimning chechegi shkafning ichida bo'laman…


@falsafasi_hayot 🍃
70😁24
Ozgina tabassum 🙃

Ayol shu rasmni tarmoqqa qo‘yib, quyidagicha yozibdi:
— Kimdir yurishni o‘rganib olibdi, mana oqibat. 🙂

Bunga qaynonasi izoh yozibdi:
— Kimdir uy polini anchadan beri artmagan koʻrinadi... 🙄

🤭🤭🤭

@falsafasi_hayot 🍃
🤣73😁268❤‍🔥3
🍀 Shirmon non...

Er va xotin oʻttiz yil birga xayot kechirdi. Oʻttiz yillik xayoti davomida ayol xar kuni ertalab shirmon non yopar edi. Bu ish anʼanadek boʻlib qolgan edi. Nonushta vaqti ayol shirmoy nonni oʻrtasidan kesib, ikki qismiga xam sariyogʻ surtdi-da, odatdagidek nonning tepa qismini eriga berayotganda birdaniga toʻxtab qoldi...
U oʻyladi: “Birga yashaganimga oʻttiz yil toʻlgan bu kunda, shirmoy nonning men yaxshi koʻradigan sedanali, qizarib pishgan tepa qismini oʻzim yeyishni xoxlayman. Oʻttiz yil mobaynida yegim kelsa-da, bundan voz kechdim. Shu kungacha erim uchun namunali ayol boʻldim, solix farzandlarni tarbiya qildim, qarindoshlarni izzat, doʻstlarini xurmat qilib keldim. Vafodor, yaxshi beka boʻlib, uy-xoʻjalik ishlariga qaradim, oilamiz uchun qancha-qancha kuch va sogʻligʻimni sarf qildim. Xozir esimga kelmayotgan boʻlsa xam, yana koʻplab yaxshi ishlarni qilgan edim. Shunday ekan, shirmoy nonning tepa qismini mening xam yeyishga xaqqim bor”.
Oʻz fikrini maʼqullab, oʻttiz yillik anʼanani buzib, shirmoy nonning past qismini eriga uzatdi. Kutilmagan oʻzgarishdan er quvonib, ayoliga tabassum ila, shunday dedi:
- Azizam! Bugun menga qimmatbaxo sovgʻa taqdim etding. Buni qaragin, shirmoy nonning men uchun shirini boʻlgan past qismini yemaganimga xam oʻttiz yil boʻldi. Bu qismini xar erta yeyishni xoxlar edim, lekin shirmoy nonning shirin boʻlgan past qismi sening xaqqing boʻlganligi va men senga xar doim yaxshisini ilinganim uchun buni aytishga, soʻrashga botina olmadim.
Ayol aslida yaxshilik egasi kim ekanini tushundi. Tabassum bilan qalb tubidan shukr qildi.


@falsafasi_hayot 🕊
62👏6
🌿 Teshilgan qozon...

2006 yillar edi. Yangi oila qurgan paytlarimiz. Toshkentda ijarada yashar edik. Ishlarim ham birida bor birida yo‘q edi. Qiynalib yashar edik. Qambag‘alni tuyani ustida it qopar deganday, bisotimizdagi bittayu bitta kichkina qozoncha ham moshday bo‘lib, teshilib qolibdi.
Teshik qozonni tashlab yuborib, yangi qozon sotib olishga, cho‘ntak kasal. Qozonsiz o‘tirishga, tomoq qurg‘ur ham teshik. Yeyman deydi. Oxiri, o‘ylab o‘ylab, svarchik topib, qozonni yamatishga qaror qildim. Mashinalarni ta’mir qiladigan joyga bordim. Usta qozonni ko‘rib,- uka, biz bu qozonni svarka qilib, yamay olmaymiz dedi. Kayfiyatim tushib ketdi. Endi nima qilaman?
Usta menga, bu qozonni yamasa kemping yoki argon svarka qiladiganlar yamaydi dedi. Ko‘chama ko‘cha yurib, kemping qidirishga tushdim. Faqirlik fitnasidan o‘zing saqla yo Allohim deb, ichimda duo qilib, xorligim kelib, ezilib ketardim.
Va nihoyat, kemping degan svarkani ham topdim. Ikki ming so‘m berib yamatdim.
Juda xursand bo‘ldim. Usta akani ham duo qilib ketdim.
Uyga kelib, og‘zim qulog‘imda, yamalgan qozonni turmush o‘rtog‘imga ko‘rsatdim. Ikkimiz ham faqirlarcha xursand edik.
O‘sha kechasi tush ko‘rdim. Muysafid bir kishi yaqinimga kelib, atrofimdagi odamlarga eshitdirmay, o‘zim eshitadigan qilib past ovozda, - o‘g‘lim, faqirlik ko‘rmay desang, Voqea surasini o‘qib yurgin,--dedida mendan uzoqlashib ketib qoldi.
Uyqudan uyg‘onib, tushimni xotinimga aytdim. Qur’onda bu nomdagi sura bor yoki yo‘qligini ham bilmasdim. Qur’oni karimni olib izlashga tushdim. Voqea surasi bor ekan. Topdimu o‘qishga tushdim.
Har kuni bir marta bo‘lsa ham o‘qib qo‘yardim. Allohning inoyati bilan ishlarim iziga tushib ketdi.
Yangi qozon ham sotib oldik. Teshik qozonni tashlab yubormadim. Uzoq yillar saqlab yurdim. Voqea surasi bilan bog‘liq bu sinoatni unutibman. Kecha bir do‘stim kelib, kompyuteringizda bo‘lsa, menga Voqea surasini ko‘chirib bering dedi va voqea surasi xaqida va o‘qib yurgan kishiga Allohning ne’matlari kesilmasligi xaqida aytib qoldi...
Unutilgan xotiralar esimga tushdi. Voqea surasi fazilatlari xaqida topib o‘qidim.
Allohning kalomi Qur’on karimda biz bilmagan sir-sinoat qancha?
Har qanday holatda ham, Allohning rahmatidan umid uzmasligimiz kerak ekan.


@falsafasi_hayot 🍃
76😢9👍4🕊3🐳1
🌿 O'ynab gapirsang ham o'ylab gapir...

Bir yoshi katta odam o’z o’gli bilan poezdga chiqib joylashishdi. Poezd yurishga otlanayotgan edi. Hamma yo’lovchilar o’z joylarini eggallashi bilanoq sekinlik bilan poezd yura boshladi.Qariyaning o’gli poezd yurishi bilan hursand bo’la boshladi. Uning yoshi 25 da bo'lib oyna tarafga yaqin joyda o’tirgan edi. Ularning ro’parasida bir oila ham bor edi. O’gil Poezd xarakatga tushishi bilan qo’lini oynadan chiqarib , atrofni kuzatib o’z otasiga:
“Otajon qarang, hamma daraxtlar ortda qolib ketyapti”-deb baland ovozda otasini e’tiborini torta boshladi. Ota judayam hursand bo’ldi va kulib qo’ydi.
Ularning oldidagi oila hayron bo’ldi, chunki 25 yoshli yigit huddi bolalarcha hursand bo’layotgan edi…
To’satdan yigit :
“Otajon, qarang hayvonlar va bulutlar poezd bilan birga yuryapti”-deb, yana o’z otasini e’tiborini tortdi.
Bir ozdan so’ng yomg’ir tomchilay boshladi, oyna ochiqligi sababli yigitning qo’liga yomg’ir tomchilari tushdi. Shunda u hursand bo’lib otasiga:
“Otajon, qarang yomg’ir tomchilay boshladi”-deya, baqirdi. Otasi yanada hursand bo’lib kulib qo’ydi.
Yana ro’paradagi oila yigitga hayron bo’lib qarashdi va yigitning otasiga :
“Nima uchun o’glingizni doktorga ko’rsatmagansiz, u huddi yosh bolaga o’xshar ekan, bizningcha siz o’z o’glingizni doktorga ko’rsatib uni davolatishingiz kerak”-deya, maslahat bera boshlashdi.
Shunda ota:
“Ha albatta, biz xozirgina doktordan kelyapmiz, mening o’glim 25 yildan so'ng, faqat bugundan boshlab ko’zi ko’ra boshladi”-deb, javob berdi.

@falsafasi_hayot 🍃
😢9234👍7🕊7
🌿 Sizga og‘riq berayotgan narsalarni Allohdan hadyalar, deb qabul qiling... Yodingizda tuting, albatta, Alloh sizni yaxshi ko‘radi. Shu sababli gunohlardan sizni poklash va O‘ziga yaqinlashtirish maqsadida imtihon qilyapti. Bas, Alhamdulillah, deb ayting...

@falsafasi_hayot 🍃
51😢19😇9
🌿 Bu kunlar hayotimdagi eng og‘ir, eng shafqatsiz kunlarim, demang! Balki, bu kunlar meni Rabbimga yaqinlashtirgan va duo ila yuzlanib, Unga qaytishimga chorlagan eng serajr kunlarimdir, deya o‘zingizga eslating va tasalli bering!

@falsafasi_hayot 🍃
32😢24🔥7👏1
🌿 Rizq istasang - Ya Rozzaq de!
Ilm talab etsang - Ya Aliym de!
Sharaf orzu etsang - Ya Mu’izz de!
Shavqat so‘rasang - Ya Gʻoffar , yaRohman de!
Sevgi muhabbatga ehtiyojing bo‘lsa- Ya Vadud de!
Avf qilinish xohlasang - Ya Afuv de!
Duolaring ijobat bo‘lishini xohlasang - Ya Somad de!

🌿 U Zot beruvchilarning eng hotami, eng badavlatidir, so‘rashni bilsang bas seni quruq qaytarmas…

- Osiyo Abdulazim qizi

Reaksiyalaringizni kutaman ☺️

@falsafasi_hayot 🍃
685😢5🕊2
❄️🌨️Sovuq va sinovli kunlarda insonlarga yordam berayotgan insonlardan Alloh rozi boʻlsin ilohim... Qiyomat kuni insonlar piyoda qolgan dam, shunday insonlarni ulovda qilsin, Omiyn...

@falsafasi_hayot 🍃
47👍9👏5🔥3
Koʼp istigʼfor aytsangiz:
1. G'amingiz ketadi.
2. Qarzingiz uzilishi oson boʼladi.
3. Xatolaringiz kechiriladi.
4. Barcha yaxshilikga muyassar boʼlasiz.
5. Samo eshiklari sizga ochilgay, duolaringiz qaytarilmaydi – ijobat boʼladi Inshaalloh.
Istigʼforni qanday aytasiz?
Istigʼfor lafzlaridan baʼzilari:
1. "Аstagʼfirulloh" (Аllohdan magʼfirat soʼrayman).
2. "Аstagʼfirulloha va atubu ilayhi" (Аllohdan magʼfirat soʼrayman va Unga tavba qilaman).

@falsafasi_hayot 🕊️
32💯4❤‍🔥1
Ramazon shukuhi bu - kimdandir “Soat nechi boʻldi?” deb soʻrasangiz, “Hali 15 daqiqa bor” deb javob berishidir....!

@falsafasi_hayot 🍃
39😍4
🌿 Kecha bir haydovchi (kirakash) yigit aytadi...
Bundan qarib 3 yoki 4 yil avval, uyim yonib ketdi. O‘sha vaqtda o‘zim talaba bo‘lib o‘qib yurgan kezlarim edi, oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lganim uchun dadamlarga yordam bo‘lishi uchun ishlar edim. Bir kun nimayam bo‘ldiyu uyimizda olov chiqib yonib ketdi. Hamma narsamizdan ayrildik. Ustiga-ustak dadamlar ham bo‘lib o‘tgan ishdan so‘ng qattiq siqilib infarkt ortirib oldilar. Oila masuliyati endi rosmana o‘zimga tushdi. Bir yog‘da dadam og‘ir ahvoldalar, bir yog‘da uyimiz haligi ahvolda qayoqqa borishni bilmay qoldim. Bir odam deputatlarga murojat qilishimni aytib qoldi. O‘sha kezlari bir ayol deputat edi. O‘sha ayolni yoniga yordam so‘rab bordim. U ayol esa (huddi ustimdan kulgandek) prezidentni yo‘liga chiqib turinglar u sizlarni ko‘rib yordam beradi, deb qoldi. Men esa :«Siz hazilashyapsiz shekilik a? Ahir hechkim prezident uyoqda tursin hatto u o‘tadigan yo‘liga yaqinlasha olmidiku» deb javob qildim u ayol esa bundan boshqa yordam qila olmasligini aytib meni qaytarib yubordi. Oxiri Allohdan o‘zga najotkorim yo‘qligini bilgach, o‘zim pul topishga harakat qila boshladim. Aka, ishonsangiz yonib ketgan uyimda oilamiz bilan birga yotdik, qora kuyani ustida.

Avvaliga rosa ho‘rligim kelib yig‘lagudek bo‘lib qoldim hechkim na yordam, na biron bir ko‘mak bermasdi. Allohim dedim boshqa hech nima deyaolmasdim. Bir kuni uyda devorlarni suvab, qaytatdan ko‘tarish uchun loy aralashtirayotganimda eshik taqilatib qoldi. Yonimda 5-6 yoshlik jiyanim borligi uchun unga: «Bor qarachi, kim ekan?!» dedim. Bir oz vaqtdan so‘ng esa jiyanim ikkiala qo‘lida qora salafan paketni zo‘rg‘a ko‘tarib kirayotganini ko‘rib unga yordamlashgani bordim.

«Kim ekan? Kim eshikni taqirlatibdi?» deb so‘rasam :« Bilmayman. Bir amaki uyda kattalar bormi deb so‘ragan edi sizni chaqirmoqchi bo‘lib qaytib kirmoqchi edim u amaki meni to‘htatib mana bularni o‘sha odamga berib qo‘y, deb qo‘limga tutqazganicha ketib qoldi» dedi.

Aka, xoh ishoning, xoh ishonmang ikkala salafan paketning ichida to‘la pul ekan, (chamasi 100 milloncha ediyov). Salfan paketlarni kim bergan, kim tashlab ketgan haligachan nomalum bo‘lib qoldi. Lekin salafani bittasini ochib qarasam ichida bir parcha qog‘ozga: «Meni haqqimga duo qilinglar, farzandim yo‘q, Alloh menga farzand ato etsin!!!» degan yozuv turar edi.

Mana shuncha yil o‘tsahamkim biror nomozim yo‘qki, o‘sha odamni haqqiga duo qilmasam.

Allohni mehribonchiligini qarang aka?

Naqadar chevar Zot-a?!

Deb haydovchi o‘z hikoyasini tugatdi, men juda qattiq tasirlandim uning bu hikoyasiga. Alloh ana shunday sohibi ehsonlarga o‘zi g‘oyibi hazinasidan beraversinkim ular sabab boshqa muhtojmad bandalar bahramand bo‘laversinlar!!!

Ehsoning mukofati albatta ehsondir!

@falsafasi_hayot 🍃
43😢13👍5🔥4
🌿 -Boʻladimi yo boʻlmaydimi, keladimi yo kelmaydimi, lutf etiladimi yoki yoʻqmi, beriladimi yo olinadimi gʻam chekma.
Koʻngil ham Allohning mulkidir, omonatidir.
Charchatma, pok saqla, ezma, sindirma, ogʻir gʻamlaringni yuklayverma.
Omonatga koʻz qorachigʻingdek qara, mulkni Allohga qoʻyib ber.
Koʻngil goʻzal boʻlsin..

@falsafasi_hayot 🍃
52👍12🔥2
2025/10/22 21:12:51
Back to Top
HTML Embed Code: