Telegram Web Link
Happy hellowen 🧟‍♀️🧟🧟‍♂️🧛🏼‍♂️

#SM #NCT #Hechan
Happy hellowen 🧟‍♀️🧟🧟‍♂️🧛🏼‍♂️

#SM #NCT #Yuta
Happy hellowen 🧟‍♀️🧟🧟‍♂️🧛🏼‍♂️

#SM #NCT #Siwon
Happy hellowen 🧟‍♀️🧟🧟‍♂️🧛🏼‍♂️

#SM #NCT #Shotaro
Happy hellowen 🧟‍♀️🧟🧟‍♂️🧛🏼‍♂️

#SM #Karina #Aespa
Happy hellowen 🧟‍♀️🧟🧟‍♂️🧛🏼‍♂️

#SM #Raiden
Happy hellowen 🧟‍♀️🧟🧟‍♂️🧛🏼‍♂️

SMNing Hellowen bazmiga xush kebsiz 😍😍
Happy hellowen 🧟‍♀️🧟🧟‍♂️🧛🏼‍♂️

#SM #2021
* ᴍᴇɴɢᴀ ᴇɴᴅɪ ʙᴀʀɪʙɪʀ *

{ 6️⃣🌚 }

* Pov avtor *
Soone indamasdan uyiga qaytdi. Bir tomondan bu ham yaxshi deb o'yladi u. Ertasiga uyqudan turar ekan, Sonining allaqachon o'qishga ketganini bildi. Nonushta qilib bo'lgach, biroz o'ziga oro berdiyu uydan chiqib to'g'ri Sonini univeri tomon shoshdi

- mana pullar !
Soone direktorni stoli ustiga ma'lum bir miqdorda pul tashladi
- lekin o'qish puli allaqachon to'langan
direktor unga qarab jilmaydi va pullarni stol ustidan Soone tomon surdi
- qanaqasiga?
Soone xayron , ko'zlari kattarib ketdi
- Park Jimin ! Sizning qarindoshingiz edimi?😁 o'sha yigit kecha o'tkazdi pullarni. Qolaversa, Soning guruhida ular birga o'qishadi.
- nima..?
- bu pullarni olib ketishingiz mumkin
Soone pullarni jaxl bn yulqilanib oldida xonadan chiqib ketdi
Jiminga qo'ng'iroq qilib chaqirdi. O'zi esa univer ichidagi bitta kresloga borib o'tirdi, Jiminni kelishini kutdi
- Salom Soone
Jimin uning yoniga joylashdi
- bu nima qilganing? sendan kimdir yordam so'raganmidi? o'zingcha xohlagan ishingni qilasan ..
- to'g'risi gaplaringga tushunmadim
Jiminning qoshlari chimirildi, keyin uning Soonening qo'liga ko'zi tushdi. U qo'lidagi pullarni g'ijimlab o'tirardi
- ikkinchi bunday qilma. Menga hech kimni yordami kerak emas uqdingmi?
- men faqat do'st sifatida..
- istamayman.. yaxshisi meni ishlarimga aralashma. Bularni ol menga birovni pullari kerakmas
Soone Jiminning qo'liga pulni tutqazdi
- kechir
- kechirdim lekin bir safarga xolos
- pullaringni ol
- ular meniki emas, seniki ! shu bois gapni ko'paytirma
- yana Sonini xafa qildingmi?
- nima..? ustimdan shikoyat tushdimi?😂
- ertalabdan beri kayfiyati yo'q, jiddiy hech narsa bo'lmadimi o'zi?
- yo'q hammasi joyida. O'zi keyingi paytlarda arazlashni odat qilib olgan, ahamiyat berma
- men undan qattiq havotirlanaman..
Jimin nigohini uzoqlarga tikib jiddiy ohangda gapirdi
- bilaman..
- sendan ham
U Soonega kulib qarab sochidan silab qo'ydi
- ey, qo'lingni tort tentak
- sening jaxldor ko'rinishing menga ko'proq yoqadi
Soonening eti birdan junjikib ketdi. Nima deyishni bilmay hayajonlandi. Nafasi orqaga qaytib ketdi. U ko'zlarini uzoq vaqt Jimindan uza olmasdan tikilib qolgandi

* Pov Soone *
Jimin... u menga yoqadi shekilli. Uning aytgan har bir so'zlari, qilgan har bir harakatlari meni o'ziga jalb qilardi. Kulishi, sochlarini qo'llari bn ortga tarab qo'yishi, hayajonlanganda labini tishlashi.. kichkina ko'zlarini qisib qo'yishi.. men anchadan buyon uni juda yaxshi bilaman. Nimani yoqtirishini, nimalarga xushi yo'qligini.. ammo bu menimcha sevgi emas.. nazarimda hislarim menga bo'ysinmayotgandek.. oldin menda sira bunaqa hayajonlanishlar sodir bo'lmagan. Ammo Jimin toboro meni o'ziga bog'lab borardi.
Lekin uni sevishga jurat qilolmayman, chunki.. oldingidek sof emasman.. bu vaziyat meni chuqur qayg'uga solar, kelajagim qanday kechishi haqida o'ylab siqilardim. Jimin meni ishim haqida bilsa mendek do'stdan osonlikcha voz kechib ketish qiyinmas. Undan ayrilishni istamayman
- nima haqida xayol surib ketding?
- men.. ketishim kerak
- ko'rishguncha
Jimin unga qarab qo'lini yurakcha shaklida ko'rsatdi
- yosh bola
Soone kulgancha ortiga qayrilib ketdi

*

- o'zi nima xarid qilmoqchisan? Boyadan beri jinniga o'xshab do'kon aylanamiz🤦🏻‍♀️
- hali o'zim ham bilmayman, bir nima topilib qolar
Jimin oldinlab yurib ketdi. Soone bazo'r uning ketidan ergashdi. Jimin bitta zargarlik do'koniga kirdi, har bir taqinchoqlar, uzuklarga diqqat bn nazar soldi
- menga bunisini ko'rsating
U shisha ustidan chiroyli, yaltiragan, kumush rangli sepochkani ishora qildi. Soone indamasdan u ham taqinchoqlarga ko'z yugurtirdi
- mana janob
- raxmat , ko'zgu ham bering
- hozir
Xodim uning qarshisiga ko'zguni qo'ydi
- Soone buyoqqa kel
Jimin unga qo'l siltab chaqirdi
- nima tanlading?
- ko'zgu qarshisiga tur
Soone xuddi u aytgandek qildi. Jimin uning bo'yniga nozik, chiroyli sepochkani taqib qo'ydi
- xo'sh qalay senga yoqdimi?
Jimin uning orqasidan oynaga qaradi. Uning boshi Soonening bo'yniga tegar-tegmas juda yaqin turardi. Va birdan Soonega qaradi, jilmayib savoliga javob kutardi
- xo'sh?
- j.. juda chiroyli
- demak senga yoqdi.. unga ham yoqishi aniq
Jimin uning bo'ynidan sekin sepochka ni yechib oldi. Uning qo'llari Soonega har tekkanida uning tanasi titrardi

* Pov Soone *
tentak qanday xayol olamiga cho'kib ketding? taqinchoqni sen uchun olyapti deb o'yladingmi? esing aynib qolgan sen axmoqni.
Albatta senga emas, sevgan qiziga oladida. Seni nima qilsin! Ammo Nega ? nega.. u bunday qildi?

#Menga_endi_baribir
Fikr kutaman 😘 kommentda qoldirila
GO ! 😉
2025/07/13 13:32:20
Back to Top
HTML Embed Code: