Telegram Web Link
📌 U-17 Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi

🇺🇿 Oʻzbekiston 0:0 Turkiya 🇹🇷

90+4' | Uchrashuv yakunlandi!

💳 Uzcard | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ www.tg-me.com/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Intervyu 🎙️

Turkiyaga qarshi uchrashuvlar Jahon chempionati oldidan foydali bo‘ldi

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov bugungi bahs xususida fikr bildirdi.

💳 Uzcard | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ www.tg-me.com/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ayollar futboli
📋 Oʻyin kuni #AFC_U17WT

2026-yilgi U-17 ayollar Osiyo kubogi "G" guruhi saralash uchrashuvi

🇺🇿 Oʻzbekiston 🆚 Qirg'iz Respublikasi🇰🇬
🗓 15-oktyabr | 18:00
🏟 “Dolen Omurzakov” stadioni

💳 Uzcard | ❤️ Uzum karta | ⚡️@ayollar_futboli
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📋 2026-yilgi Jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Osiyo jamoalari

💳 Uzcard | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ www.tg-me.com/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
EXPERT loyihasining navbatdagi sonida — O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov mehmon bo‘ldi!

Murabbiylikdagi ilk qadamlar?

Chempionlik yoʻlida qanday “hiylalar” ishlatilgan?

Chet ellik mutaxassislardan nimalarni o‘rganishimiz kerak?

Jahon chempionatida jamoa oldiga qanday maqsad qoʻygan?

Shu va boshqa ko‘plab savollarga javob olamiz!

Ushbu dasturni OʻFA YouTube sahifasida 14:00 da tomosha qilishingiz mumkin.

📹 https://youtu.be/E9MsQ73QzgU

💳 Uzcard | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ www.tg-me.com/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘tkir Yusupovning operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupov Avstriyada tizzasida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli tarzda yakunladi.

Bugun futbolchimiz davolanish olib borilgan klinikadan chiqadi va reabilitatsiya jarayonini “Armonia” nomli maxsus tibbiy markazda davom ettiradi. Tiklanish jarayoni malakali mutaxassislar nazorati ostida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi O‘tkir Yusupovga tez orada to‘liq sog‘ayib, yana maydonga qaytishini tilab qoladi.

💳 Uzcard | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ www.tg-me.com/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buyuk Britaniyaning “The Guardian” nashri jahon futbolidagi eng iqtidorli 60 nafar yosh futbolchi nomini e'lon qildi. Ushbu ro‘yxatdan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisi Sadriddin Hasanov ham o‘rin olgan.

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi aprel oyida o‘tkazilgan U-17 Osiyo kubogi finalida Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda tanaffusga 0:0 hisobi bilan yo‘l oldi. Biroq jamoa ikkita qizil kartochka tufayli to‘qqiz kishi bo‘lib qolgan edi. Shu payt katta sahnaga Xasanov chiqdi. U jamoani ilhomlantira oldi, ajoyib solo yurish orqali gol urgan holda 2:0 hisobidagi g‘alabani ta’minladi. Turnir davomida to‘rtta gol urgan Hasanov musobaqaning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

Chap qanotdan ichkariga yorib kirishni yoqtiradigan, tez, kuchli va gol sezgisi yuqori bo‘lgan Xasanovda g‘oliblik ruhiyati ham bor. Hasanov Osiyoda “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” bo‘lishga da'vogar, deyiladi maqolada.


Eslatib o‘tamiz, ushbu ro‘yxatdan 2019-yilda Jasurbek Jaloliddinov, 2024-yilda Azizbek To‘lqinbekov ham o‘rin olgan edi.

💳 Uzcard | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ www.tg-me.com/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroning yordamchi murabbiylari haqida ma'lumot.

Eujenio Albarella
— jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy. 1965-yilda Italiyaning Neapol shahrida tug‘ilgan. 2010-yilda “Yuventus” klubida faoliyat olib borgan. Bir yil o‘tib, Alberto Zakkeronining murabbiylar shtabiga qo‘shilgan va Yaponiya milliy terma jamoasi bilan birgalikda 2011-yilgi Osiyo kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Albarella 2016-yilda Xitoyning “Beijing Goan” klubida ishlagan. O‘sha paytda klub safida o‘zbekistonlik sobiq futbolchi Yegor Krimets ham to‘p surgan.

2023–2024-yillarda u Fabio Kannavaroning murabbiylar shtabi tarkibida Italiyaning “Udineze” klubida faoliyat yuritgan, shuningdek, keyinchalik Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb” jamoasida ham ishlagan.

💳 Uzcard | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ www.tg-me.com/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Antonio Kimenti darvozabonlar murabbiyi. 1970-yil 30-iyun kuni Italiyaning Bari shahrida tug‘ilgan. Sobiq professional darvozabon bo‘lib, “Sambenedettese”, “Monza”, “Salernitana”, “Roma”, “Lechche”, “Kalyari”, “Udineze” va “Yuventus” klublarida o‘ynagan. “Yuventus” safida u Jianluiji Buffondan keyingi ikkinchi darvozabon sifatida tanilgan.

Murabbiylik faoliyatini “Yuventus” yoshlar jamoasida boshlagan. Keyinchalik “SPAL”, “Sampdoriya” va Italiya U-21 terma jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.

💳 Uzcard | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ www.tg-me.com/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Franchesko Troise — yordamchi murabbiy. U 1972-yil 5-fevral kuni Italiyaning Neapol shahrida tug‘ilgan.

UEFAning A toifadagi murabbiylik litsenziyasiga ega. Futbolchilik faoliyatini 1990–1994-yillarda “Napoli” yoshlar jamoasi, shuningdek, “Kasele” va “Potensa” klublarida o‘tkazgan.

2013-yildan murabbiylik faoliyatini boshlagan. Faoliyatini "Kyevo" va "Uotford" klublarida Juzeppe Sanninoning yordamchisi sifatida boshlagan.

Keyinchalik, "Kataniya", "Al-Nasr", "Guanjou Evergrand", "Benevento", "Udineze", "Dinamo Zagreb" kabi jamoalarda ishlagan. 2016-yildan beri Fabio Kannavaro bilan bir shtabda ishlab kelmoqda.

💳 Uzcard | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ www.tg-me.com/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏟 Oʻzbekiston U-17 qizlar terma jamoasi bugungi oʻyinda ishtirok etish uchun “Dolen Omurzakov” stadioniga yetib keldi

💳 Uzcard | ❤️ Uzum karta | ⚡️@ayollar_futboli
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/25 07:58:06
Back to Top
HTML Embed Code: