Telegram Web Link
Fabio Kannavaro Qarshidagi futbol akademiyasiga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro murabbiylar shtabi bilan birgalikda Qashqadaryo viloyati futbol akademiyasiga bordi.

Ular akademiyada yosh futbolchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, mashgʻulot jarayonlarini kuzatishdi.

Fabio Kanavaro yosh futbolchilarga oʻz tajribasi asosida foydali tavsiyalar berib, tinimsiz mehnat qilish zarurligini taʼkidladi.

💳 Uzcard | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ www.tg-me.com/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏟 Oʻzbekiston U-17 qizlar terma jamoasi bugungi oʻyinda ishtirok etish uchun “Dolen Omurzakov” stadioniga yetib keldi

💳 Uzcard | ❤️ Uzum karta | ⚡️@ayollar_futboli
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📋 O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov va futbolchi Azizbek Erimbetov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Islombek Ismoilov:

Osiyo kubogidan keyin tayyorgarlik uchun oldimizda kam vaqt bor edi. Shunga qaramasdan tayyorgarlik a’lo darajada o‘tdi. Jahon chempionatiga optimal holatda yetib boramiz.

Hujumchilar haqida:
Nurbek jamoa uchun juda katta foyda keltirgan futbolchi. Hozircha bir nechta hujumchilarga imkoniyat berildi, biroq ular terma jamoa darajasida o‘yin ko‘rsata olishmadi. Bizning asosiy maqsadimiz — guruh bosqichidan chiqish. Umid qilamizki, Nurbek guruh bosqichidan keyingi uchrashuvlarda bizga yordam beradi.

Jamoa oldiga qo‘yilgan vazifa:
Biz jamoa sifatida o‘z oldimizga yuqori maqsad qo‘yganmiz. Ishonamizki, futbolchilar yaxshi o‘yin ko‘rsatib, ijobiy natijalarga erishishadi.

Kartochkalar va chetlatishlar haqida:
Osiyo Kubogidan so‘ng barcha jihatlarni, jumladan, kartochkalar masalasini ham tahlil qildik. Bu yosh o‘tish davri hisoblanadi, futbolchilar hali yosh. Biroq biz ularni doimo ogohlantirib, tushuntirib kelyapmiz. O‘ylaymanki, Jahon chempionatida bunday xatolar takrorlanmaydi.

Penaltilar seriyasi haqida:
Mashg‘ulotda penalti tepish bilan o‘yindagi holat butunlay boshqacha. Shu bois biz hozir bu borada ilmiy yondashuv asosida ishlayapmiz, raqiblarni ham tahlil qilib chiqyapmiz.

O‘rtoqlik uchrashuvlari haqida:
Ushbu o‘yinlarda asosan taktika ustida ishladik. Birinchi o‘yinda maydon markazidagi kombinatsiyalarni sinovdan o‘tkazdik, ikkinchi o‘yinda esa odatiy 4-3-3 sxemasini yana bir bor tekshirib oldik. Bu uchrashuvlar jamoaning foydasiga xizmat qildi. Oldimizda Jahon chempionati turgani uchun barcha e’tiborni tayyorgarlikka qaratganmiz.
Terma jamoa safida har bir uchrashuv Vatan sha’nini himoya qilish demakdir. Shu sababli futbolchilardan har doim maksimal darajada o‘yin ko‘rsatishlarini talab qilamiz. O‘rtoqlik uchrashuvlarida ham ijobiy natija qayd etishga intilamiz.

Jismoniy holat haqida:
Futbolchilarimizning jismoniy holati doimiy ravishda nazoratda. Osiyo Kubogida ko‘plab jamoalarda o‘yinlar davomida charchoq sezilgan bo‘lsa, bizda aksincha — o‘yindan o‘yinga jismoniy tayyorgarligimiz yaxshilanib bordi. Umid qilamanki, Jahon chempionatida ham shu holatni saqlab, ijobiy natijalarga erishamiz.

💳 Uzcard | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ www.tg-me.com/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/22 04:39:58
Back to Top
HTML Embed Code: