Telegram Web Link
Buyuk Britaniyaning “The Guardian” nashri jahon futbolidagi eng iqtidorli 60 nafar yosh futbolchi nomini e'lon qildi. Ushbu ro‘yxatdan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisi Sadriddin Hasanov ham o‘rin olgan.

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi aprel oyida o‘tkazilgan U-17 Osiyo kubogi finalida Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda tanaffusga 0:0 hisobi bilan yo‘l oldi. Biroq jamoa ikkita qizil kartochka tufayli to‘qqiz kishi bo‘lib qolgan edi. Shu payt katta sahnaga Xasanov chiqdi. U jamoani ilhomlantira oldi, ajoyib solo yurish orqali gol urgan holda 2:0 hisobidagi g‘alabani ta’minladi. Turnir davomida to‘rtta gol urgan Hasanov musobaqaning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

Chap qanotdan ichkariga yorib kirishni yoqtiradigan, tez, kuchli va gol sezgisi yuqori bo‘lgan Xasanovda g‘oliblik ruhiyati ham bor. Hasanov Osiyoda “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” bo‘lishga da'vogar, deyiladi maqolada.


Eslatib o‘tamiz, ushbu ro‘yxatdan 2019-yilda Jasurbek Jaloliddinov, 2024-yilda Azizbek To‘lqinbekov ham o‘rin olgan edi.

💳 Uzcard | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ www.tg-me.com/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroning yordamchi murabbiylari haqida ma'lumot.

Eujenio Albarella
— jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy. 1965-yilda Italiyaning Neapol shahrida tug‘ilgan. 2010-yilda “Yuventus” klubida faoliyat olib borgan. Bir yil o‘tib, Alberto Zakkeronining murabbiylar shtabiga qo‘shilgan va Yaponiya milliy terma jamoasi bilan birgalikda 2011-yilgi Osiyo kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Albarella 2016-yilda Xitoyning “Beijing Goan” klubida ishlagan. O‘sha paytda klub safida o‘zbekistonlik sobiq futbolchi Yegor Krimets ham to‘p surgan.

2023–2024-yillarda u Fabio Kannavaroning murabbiylar shtabi tarkibida Italiyaning “Udineze” klubida faoliyat yuritgan, shuningdek, keyinchalik Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb” jamoasida ham ishlagan.

💳 Uzcard | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ www.tg-me.com/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Antonio Kimenti darvozabonlar murabbiyi. 1970-yil 30-iyun kuni Italiyaning Bari shahrida tug‘ilgan. Sobiq professional darvozabon bo‘lib, “Sambenedettese”, “Monza”, “Salernitana”, “Roma”, “Lechche”, “Kalyari”, “Udineze” va “Yuventus” klublarida o‘ynagan. “Yuventus” safida u Jianluiji Buffondan keyingi ikkinchi darvozabon sifatida tanilgan.

Murabbiylik faoliyatini “Yuventus” yoshlar jamoasida boshlagan. Keyinchalik “SPAL”, “Sampdoriya” va Italiya U-21 terma jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.

💳 Uzcard | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ www.tg-me.com/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Franchesko Troise — yordamchi murabbiy. U 1972-yil 5-fevral kuni Italiyaning Neapol shahrida tug‘ilgan.

UEFAning A toifadagi murabbiylik litsenziyasiga ega. Futbolchilik faoliyatini 1990–1994-yillarda “Napoli” yoshlar jamoasi, shuningdek, “Kasele” va “Potensa” klublarida o‘tkazgan.

2013-yildan murabbiylik faoliyatini boshlagan. Faoliyatini "Kyevo" va "Uotford" klublarida Juzeppe Sanninoning yordamchisi sifatida boshlagan.

Keyinchalik, "Kataniya", "Al-Nasr", "Guanjou Evergrand", "Benevento", "Udineze", "Dinamo Zagreb" kabi jamoalarda ishlagan. 2016-yildan beri Fabio Kannavaro bilan bir shtabda ishlab kelmoqda.

💳 Uzcard | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ www.tg-me.com/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏟 Oʻzbekiston U-17 qizlar terma jamoasi bugungi oʻyinda ishtirok etish uchun “Dolen Omurzakov” stadioniga yetib keldi

💳 Uzcard | ❤️ Uzum karta | ⚡️@ayollar_futboli
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📋O‘zbekiston U-17 qizlar terma jamoasining Qirg'iz Respublikasiga qarshi uchrashuv uchun boshlangʻich tarkibi

💳 Uzcard | ❤️ Uzum karta | ⚡️@ayollar_futboli
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📋 2026-yilgi U-17 ayollar Osiyo kubogi "G" guruhi saralash uchrashuvi

90+6' | Uchrashuv yakunlandi.

🇺🇿 Oʻzbekiston 1:2 Qirg'iz Respublikasi🇰🇬

Gollar: Shahzoda Alixonova 52’,-Sumaya Mahammadsaliyeva 35’, Akmaral Sayakbayeva 49’

💳 Uzcard | 🍇 Uzum | ⚡️@ayollar_futboli
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📋 Bugun futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi Islom birdamlik o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida Qozog’istonga qarshi o’rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

🇺🇿 Oʻzbekiston 🆚 Qozog’iston 🇰🇿
📆 16-oktyabr | 17:00
🏟 “Yunusobod” sport majmuasi
🎫 Kirish bepul

💳 Uzcard | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ www.tg-me.com/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍: — 28 ta mamlakat Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritib boʻldi #FIFAWorldCup! 🏆

Mundialgacha esa 250 kun qoldi ⌛️

⚡️ www.tg-me.com/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MatchDay Bugun Sergey Chigodayev boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi Yaponiyaga qarshi ikkinchi uchrashuvda maydonga tushadi.

🇺🇿 Oʻzbekiston — Yaponiya 🇯🇵
🗓 16-oktyabr 13:00
🏟  “Qibray” stadioni

💳 Uzcard | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ www.tg-me.com/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎂 Jamshid Iskanderov 32 yoshda!

Bugun O‘zbekiston MTJ futbolchisi va “Neftchi” jamoasi yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Futbolchimizni samimiy tabriklab, faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

💳 Uzcard | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ www.tg-me.com/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/23 04:22:10
Back to Top
HTML Embed Code: