Telegram Web Link
#qadimyurt
#rivoyat
3-ishtirokchi: Ro’zi Himmatov

GULDURSUNQAL'A HAQIDA RIVOYAT.

Qadim zamonda Guldursunqal'a o'rnida yirik shahar bo'lgan ekan. Shahar Guliston deb atalar unda Qari hokim va uning go'zal va Sohibjamol qizi Guldursun hukmronlik qilar ekan. XIII asrda yurtimizga bostirib kirgan mo'g'ullar bu shaharga ham hujum qilishibdi. Shaharliklar bir necha oy davomida o'z shaharlarini himoya qilishibdi. Lekin tez orada shaharga yangi bir dushman- ochlik xavf sola boshlabdi. Shaharliklar yig'ib qo'ygan oziq-ovqat tugabdi. Shaharda qattiq ocharchilik boshlanibdi. Ochlikdan sillasi qurigan shaharliklar o'z vatanini himoya qilishni so'nggi chorasini qo'llashga qaror qilishibdi. Bu juda ayyorona reja edi. Rejaga koʻra shahardagi barcha qolgan ho'kizlarga ombordagi qolgan-qutgan donlar yedirilibdi va ho'kizlar shahardan tashqariga qo'yib yuborilibdi. Ochlik nafaqat shahar aholisini balki dushman askarlarini ham holdan toydirgan ekan. Dushman shahardan tashqariga chiqqan ho'kizlarni ko'rib ularni qo'lga olishibdi va so'yishibdi. Ichini so'yib qarashsaki ho'kizlarning qornidan endigina yeyilgan sara bug'doy chiqibdi. Buni ko'rgan mo'g'ullar orasida g'ala-g'ovur boshlanibdi. Mo'g'ullar " Agar shahar aholisi ho'kizlarini shunday bug'doy bilan boqayotgan bo'lsa demak hali oziq-ovqati ko'p ekanda, shaharni ololmaymiz, ochdan o'lishimizdan avval shahardan ketishimiz kerak" deb vahima qila boshlashibdi. Natijada mo'g'ul sarkardalari qo'shinni olib ketishga qaror qilishibdi. Mo'g'ullar o'tovlarini, chodirlarini yig'ib ketishga tayyorgarlik koʻra boshlashibdi. Lekin afsuski voqealar rivoji tez orada o'zgarib ketibdi. Shahar hokimining qizi Guldursun bir kelishgan sarkardasini yoqtirib qolibdi. U qanday bo'lsada sevgilisiga yetishish yo'lini izlay boshlabdi. Shaharliklarni rejasi ish berganini, mo'g'ullar ketishga tayyorgarlik koʻrayotganini ko'rgan, endi mo'g'ul sarkardasini ko'ra olmasligini bilgan Guldursun kechqurun o'sha mo'g'ul sarkardasiga kanizagi orqali ehtiros to'la xat yozib yuboribdi. Xatda shaharliklar hiyla ishlayotganini, agar yana ikki-uch kun kutsa shahar taslim bo'lishini yozibdi
Natijada mo'g'ullar o'tovlarini, chodirlarini qayta tiklab, shaharni avvalgidanda kuchliroq qamalga olishibdi. Shaharliklar rejasi ish bermaganligini ko'rib, aholi ochlikdan qirilib ketmasligi uchun dushmanga taslim bo'lishga majbur bo'lishibdi. Mo'g'ullar shaharga kirib, aholisini qilichdan oʻtkaza boshlashibdi. Koʻp aholi o'ldirilibdi. Shahar vayronaga aylantirilibdi. Haligi mo'g'ul sarkardasi malika Guldursunni huzuriga olib kelishni buyuribdi. Guldursun kelgach, sarkarda unga bir qarabdida, "Menga bo'lgan hirsi tufayli shahrini va otasini sotgan ekan, demak kun kelib menga ham xiyonat qiladi" deb O'tkan malikani sochini otni dumiga bog'lashni va otni cho'lga qo'yib yuborishni buyuribdi. Ot malikani tanasini cho'lga tortib ketib, parcha-parcha qilib tashlabdi. Ana shunday qilib, xoinning umri ana shunday ayanchli yakun topibdi. Shaharning tirik qolgan aholisi keyinchalik aholi bu yerda xoinning qoni oqqan, bu yer la'natlangan joy deb bu yerdan ko'chib ketishibdi. Vayrona aylantirilgan shahar huvillab qolibdi. Vayrona bo'lgan shahar keyinchalik Guldursun deb atala boshlashibdi. Bu shaharni haligacha xarobalari saqlanib qolgan.

@FeruzaXayrullayeva
8👍1🤔1
Sevgilingizni mahkamroq quching,
Chunki bir kuz kechasi
Kulib turgancha
Xushdan ketib yiqilar
Va uyg‘onmas abadga.
Xayrlasharkansiz,
Uning sovuq lablaridan
Yig‘iga to‘la ko‘zlarining
Ta'mi kelar:
Kuzak yaproqlarining mazasidek
Achqimtil,
Namchil
Va
Nim yoqar negadir.

Sevgilingiz kunlarida baxtli yashar,
Orzulari mo‘l.
Uy, mashina,  sayohatlar,
Har kunlik shopping.
Ammo ishoning bir kun u
Yo‘lda ketarkan,
Baridan voz kechar
Va qayg‘uni quchgancha
Yig‘lay boshlar yosh bola misol.
Bu uning emas
Armonli hayotning yoshlari bo‘lar,
Hech qachon boqiyga do‘nmas hayotning,
qismatiga bir umr fanolik yozilgan Va
Yerga mahkum qilingan hayotning.

Titrab turar mag‘lub bo‘lgan kurashchi misol
Sochlari moviy Sevgilingiz,
Siz uni "sochlari dengizim" deysiz,
U esa o‘zini atar:
"Osmonrang maysa".
Va bir kuni quvray boshlar
Shafaq rangida.

Mahkamroq quching Sevgilingizni
Kuz yaproqlarin shitirlatib o‘tar kechada...

@FeruzaXayrullayeva
15👍2😢2
O‘zbek tili, adabiyoti va folklari instituti ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilar, talabalar – barcha qiziquvchilarni ilmiy seminarga chorlaydi
Ma’ruzachi: O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Folklor bo'limi boshlig'i, filologiya fanlari doktori, professor, SHOMIRZA TURDIMOV.
Mavzu: “O'ZBEK XALQ QO'SHIQLARIDA RAMZLAR POETIKASI"
Sana: 2025-yil 29-oktyabr
Vaqt: 11:00 – 12:00
Til: O‘zbek tili
Platforma: ZOOM
Havola: https://us06web.zoom.us/j/2655826207...
Идентификатор конференции: 265 582 6207
Код: 123

@FeruzaXayrullayeva
4
Yurtim, ado bo’lmas…🤦‍♀️
😁7😡3👎1
Forwarded from Jadid.uz

YOMG‘IRLI SATRLAR

Yomg‘ir – shoirlar qalbida sog‘inch va sokinlik, yangilanish va poklanish timsoli sifatida gavdalanadi. Ushbu to‘plamda turli davr o‘zbek shoirlarining yomg‘ir haqidagi she’rlari jamlanib, o‘quvchini tabiat va inson ruhiyati o‘rtasidagi nozik uyg‘unlikni his etishga chorlaydi.

✍️ Abdulla ORIPOV
✍️ Rauf PARFI
✍️ Tilak JO‘RA
✍️ Matnazar ABDULHAKIM
✍️ Usmon AZIM
✍️ Shukur QURBON
✍️ Xurshid DAVRON
✍️ Baxtiyor GENJAMUROD
✍️ Aziz SAID
✍️ Salim ASHUR
✍️ Iqbol MIRZO
✍️ Xosiyat RUSTAMOVA
✍️ Ikrom ISKANDAR
✍️ Muhayyo RUSTAMOVA
✍️ Zuhra BEGIM
✍️ Guljamol ASQAROVA
✍️ Faxriddin HAYIT
✍️ Shodmonqul SALOM
✍️ Nargiza ASADOVA
✍️ Dilmurod DO‘ST
✍️ Dadaxon MUHAMMADIYEV
✍️ Bahodir BAHROM
✍️ Mansur JUMAYEV
✍️ Saodat FAYZIYEVA
✍️ Najmiddin ERMATOV
✍️ Abdumannon MUHAMMAD
✍️ Suhrob ZIYO
✍️ Islomjon QO‘CHQOROV
✍️ Mehrinoz ABBOSOVA
✍️ Madina NORCHAYEVA
✍️ Xurshid ABDURASHID
✍️ Shahriyor SHAVKAT
✍️ Nozima HABIBULLAYEVA
✍️ Gulhayo ANOROVA
✍️ Muhammad SIDDIQ
✍️ Ahmadali SHERNAZAROV
✍️ Parizoda RO‘ZIBOYEVA
✍️ Shahzoda ORIFJONOVA


🔗 Batafsil: jadid.uz/?p=6811

Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4
Forwarded from Adabiy klub
Do‘stlaringizga darrov ulashadigan qaynoq xabar!

Adabiy davrada ishtirok etish uchun talabalarga 50 % lik chegirma e'lon qilamiz!

Chegirmali to‘lovni 5614 6830 0823 8115 (F.Jabborov) karta raqamiga o'tkazib, @adabiy_club_bot ga yuboring va talabalik guvohnomasini ilova qiling! Biz esa sizni mehmonlar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yamiz🤗

Shoshiling, chunki chegirmali joylar soni bor-yo'g'i 10 ta.

31-oktabr soat 19:00 da “Oltin Manas” restoranida ko‘rishamiz!
 
@adabiy_klub
7👍2
Uning suratlaridan hayot isi keladi.

Ulanib oling: @Xolida_Musulmon
10👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nega O‘zbekistonda hali unicorn yo‘q? Yoki startapga yurist kerakmi, degan savol sizni ham qiziqtiradimi?

Anchagina qiiziq podkast. Ko'rish: https://www.youtube.com/watch?v=SpjxDL09srQ&t=3344s

@FeruzaXayrullayeva
👍2
#Qadimyurt
#ibora

So‘yay desang pichoqqa yaramaydi.

@FeruzaXayrullayeva
😁52
Mirzohid yozgan kechimlar asli bizning avlodning har birining ichidagi gap, minnatdorchilik va sevgining o’zi. Har doim ham tilga chiqarolmaydigan mehrimizning aksi. Xurshid Davron Kutubxonasi chindan ham jimligimizdan chiqish va adabiyotga kirish bo’lgan.

Ustozga “Oʻzimizdan chiqqanini berdik. Siqdik, sidirdik, eladik, quritdik…. berdik. Va Xurshid Davron ham bizga bir imkon berdi…

…Qalamkashlar Xurshid Davronga bolaliklarini tashlab oʻtishadi. Xurshid aka esa xuddi Kanadadagi nabiralari kabi bu bolalarni ham tillo tabarruk qilib olib oʻtiradi”. Biz chindan ham baxtli avlodmiz. Ustoz, umringiz uzoq bo’lsin! Sizni yaxshi ko’ramiz!

https://oyina.uz/uz/article/4187

@FeruzaXayrullayeva
3👍2
Odam deb muomala qilsang, o’zini shoh deb his qiladiganlar bor)

Bunaqa qilmanglar, ichingizdagi ishonchsizlik sezilib qoladi🌝
10👍4😁1
Yana sovutimni topshirdi Xudo
Yana so’zlarimga taqildi tushov.
Yana bahor elab berdi yomg’irni
Tuyg’ular ustidan yonganda olov.

Yana qismatimning o’yini go’zal:
Arzon ko’chalarning boshida taqiq.
Osmoni pasaygan zamin ustida
Qo’rquv egallagan boshlar ko’ksida
Buloqlar ko’milgan dashtlar qo’ynida
Chechak o’sarmidi?!
Savollar uvol!

Yana sovutimni topshirdi Xudo,
Yelkamga tashladim eski choriqni.
Tilimda aylanib yolg’iz “Yo, Xudo”
Yo’ldan chiqib ketdim
Yo’lsiz ketgani!
Sendan chiqib ketdim
Senga yetgani!

@FeruzaXayrullayeva
7👍3😢2
2025/10/31 08:47:23
Back to Top
HTML Embed Code: