Telegram Web Link
“O’tmish - yo’limizni yoritgan mash’aladir. Bizga yo’lni otalarimiz ko’rsatadi. Biz ular ortidan boramiz. Ishonchimiz - dushmanlarimizni eng qo’rqitgan narsamiz!”…


The Gangs of New York Buyuk Martin Scorsesening shedevri
4-oktyabr kunida(n keyin ham) ko’rish uchun aynibop film.

Bizning jonajon filmchilarimiz shimolli bosmachilar zulmi ostida o’tgan yillar, ularning xalqimiz, Vatanimiz, bobolarimizga qilgan fashistlarcha vahshiyliklari haqida biror ko’rgulik film olmaguncha, (Otamdan qolgan dalalar xorij) shu mavzuga mos keladigan boshqalarning kinolarni ko’ramiz.

(To’g’ri, bu yerda Vataniga kelgan “begonalar”dan yurtini “himoya qilganlar” va o’z huquqini talab qilayotgan xorijliklar jangi dersiz. Ammo filmning asl mohiyatini anglagan odam syujetdagi moslikni nazarda tutmaganimni yaxshi bilib oladi) Xullas, tomosha qiling.

O’tganlarning oxiratlari obod bo’lsin! Turkda tiz cho’kmaydigan avlodlar tug’ilsin iloyo qiyomatga qadar! Vatan omon bo’lsin!

@FeruzaXayrullayeva
👍4🔥2
Diqqat, e’lon!

Xabaringiz bor, kanalda qadim asotirlar haqidagi tanlovni e’lon qilgandik. Ko’pchilik tomonidan iliq kutib olingan tanlovga homiylik qilinadigan bo’ldi. Shuning uchun tanlov mukofotlarining miqdori oshib, shartlarimiz o’zgardi.
Keyingi postda tanlov haqidagi e’lonni tahrirlab, qayta joylayman. Shartlar va mukofotlar sizga yoqishi aniq. Endiyam qatnashmasangiz, bo’lmaydi)

P/s: Tanlovni shaxsiyda va kanalida ulashgan barchadan minnatdorman. Imkoni bo’lsa, yangi e’lonni qayta ulashib yoki o’zgargani haqda kichik bildirish yozib qo’ysangiz ham xursand bo’lardim va o’zingiz ham albatta qatnashing! Chunki bu qadim yurt va uning kechmishi hammamizniki!

@FeruzaXayrullayeva
👍10👀3
“Qanot” loyihasi hamkorligida “Qadim yurt” tanlovini e’lon qilamiz!

Tanlovda ishtirok etish uchun keksa yoshdagi hamqishloqlaringiz, qarindoshlaringiz, bobo-buvingiz yoki ota-onangizdan eshitgan rivoyatlar, ertaklar, xalq qo’shiqlari, topishmoq, maqollar yoki yashash hududingiz nomi haqidagi afsonalarni maqola, videokontent, post shaklida ijtimoiy tarmoqlarning istalgan biriga #qadimyurt heshtegi bilan joylaysiz.

Shuningdek, maqola, videokontent, postingiz (havolasi)ni @nurmatqizi telegram profiliga ism-familiyangiz, hududingiz, telefon raqamingizni yozgan holda yuborishingiz kerak.

G’oliblarni quyidagicha taqdirlaymiz:

1-o’rin - 2 mln so’m;
2-o’rin - 1,5 mln so’m;
3-o’rin - 1 mln so’m;
4-o’rin - O’zbek tilining izohli lug’ati, Akademnasr to’plami;
5-o’rin - O’zbek tilining izohli lug’ati, o’zbek xalq og’zaki ijodi to’plami;
6-o’rin - O’zbek tilining izohli lug’ati, Nazar Eshonqulning ikki saylanmasidan iborat to’plam.


Shuningdek, 10 ta rag’batlantiruvchi o’ringa 10 tadan kitoblar to’plami!

G’oliblar maqola, videokontent, postlarda rivoyat, qo’shiq, afsonalarning qanchalik professional, ijodkorona ochib berilganiga ko’ra aniqlanadi.

❗️Ogohlantirish: Iltimos, o’zingiz to’qimang, baribir sezilib qoladi bu.

Tanlovga qabul 10-noyabrgacha davom etadi. Va 15-noyabrda g’oliblar nomi e’lon qilinadi.

Tanlov bahona yurtning qadim asotirlariga mushtoqmiz!

@FeruzaXayrullayeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥87👍2🍾2👎1
Nomozshom. Toriqdim, qaqshaydi ruhim,
asabiy bukaman barmoqlarimni
Titroq ko’chib kirar tomirlarimga.

Xudoyim, bunchalar zoriqdim
Bo’g’zimda to’nglagan so’zliklarimga.

Toriqdim, qaqshaydi tomirlarimda
Qotgan qonlarimning yig’indilari.
Huvildoq kechalar simirib borar
Dashtidan haydalgan quvg’indilarni.

Maydalab sepaman baliq misoli
Tutqich bermaydigan savolga jonni.
Xudoyim, qaytib ber chimdimgina
so’z,
Qaqroq ko’kayimning hovurin bosay
Toliqdim opichib unsiz Vatanni...

Nomozshom. Toriqdim, qaqshaydi ruhim…

@FeruzaXayrullayeva
👍6💔63
Ba’zan yaralaringga malham bo’lgani hamma kerak va ayni yaralaringni ko’rsatmaslik uchun hech kim kerak bo’lmaydi. Chunki inson aslan yolg’iz va bu o’zgarmas haqiqat.
💔7🔥2😢21
Forwarded from DARVESHONA
МУҲАББАТГА ВАҚТИНГИЗ БОРМИ

... Тошкент. "city mall" дўконларидан
кийим саралайди кимнинг хаёли.
Кимнинг жони ошхонага қилинган тортиқ,
ватан қарзи эзар киминг юрагин.
Дунёдан узилган телбадай
менинг эса келар сўрагим:
Муҳаббатга вақтингиз борми?

Борми ялпиз терган қўллар — ўпаман,
таранг энсаларга кулгичим кели.
Танга отар биров — тўпаланг,
топтаб кетар оломон сели.
Ҳайқириқ, сўкиниш, тирбанд кўчалар,
ахир муҳаббатни ҳуркитар шовиқин.
Овқат, овқат, ёлғон кучанар
ва пуфак қарсаклар улашган шавқи.

Тўхтанг!
Соянгизга боғланган ўлим,
Ҳаёт шамол баданига қилинган чормих.
Бир бурда нонимни бераман бўлиб,
муҳаббатга вақтингиз борми?

Кўклам ўтди, ёз ўтди ва куз шошилинч
ижара пулидай келди бостириб.
Севгисизлик, меҳрсизликдан
қуритдик неча юз дарахт ёстиғин.
Ҳозироқ қучоқланг, анави чинор
Баргларига югурсин титроқ.
Инига айлансин дайди кафтарлар
Совуқ идоралар, автобус, метро.

Мен ҳозир чилторман, тўлғанииб куйланг,
шаробман, ҳўплаб шўх қўшиқлар айтинг.
Нафрат, ғазаб, қахрингиз йўлланг —
қабрман, ютаман, чиқармам қайтиб.

Шунда туш кўради сизни капалак,
ваҳм парчаламас чоррахаларда.
Очкўз истакларни савалаб
хушҳол яшанг Хизр ёрлақагандай.

Йўқ. Шовқин. Шовқин!

Оломон югурар довшим тепкилаб,
дўконни ўмариб келар хаёллар.
Бадтар қарз кўтарар ватан инқиллаб,
бақироқ гўдаклар, чоллар, аёллар...

Яна уй чироғин ёқар ёлғизлик,
Яна севилмаган оғоч жувонмарг.
Яна деразамиз чертар кабутар —
ҳеч ким пайқамас,
чўқиган гўзаллик тилини калхат.
Наҳот Тангри чўккан қалбни чайқамай
ташлаб кетаверса бизни муҳаббат?

Йўқ, ҳеч ким эшитмас, темир матодан
тикилган руҳларни аллалар шовқин.
Дунёдан узилган далли гадодай
оёқлар остида топталган, хордил —
Минғирлаб, олислаб бораверар сас
муҳаббатга вақтингиз борми?
Муҳаббатга вақтингиз борми?!

Жонтемир
@Jontemir_t
👍92🔥2😁2
Evrilish

Ko’zlarimdan yumalab tushar
Taroshlanmagan,
Qolipsiz, uquvsiz so’zlar.
Aylana-aylana, siyohdek tunni opichlab
Gunohlarimga yuzma-yuz keltirar.
Tavbalarimdek sarg’aya boshlaydi ruhim,
Yillarimga mahkumlik yozilgan
(Bobom qamalgan yillardek),
Yozilmagan na ism, na yil,
Na sana,
(Quloq bobomning yo’q qabri misol).
Nomsiz liboslarimni kiygancha
Raqsga tushaman begona kuyga.
O’zimniki deyman aldab o’zimni,
Seniki deyishadi aldab o’zlarin.
Kulaman, kulaman -
qolmagan bardoshim.
Ko’zimdan oqadi tizginsiz so’zlar.
Qaydadir yechintirilgan ayoldek
Hanuz titrog’im bosilmas,
Hurkak nigohim,
Bo’ynimga o’rmalayotgan nigohlar aro
Yuraman, etagimga ilashar
Uch-to’rt juft ilon.
(Ochlikdan o’lishin sezmaydi balki)
Tunni yutib yuborar yovvoyi atirgul isi,
Tezroq tugatgim kelar hammasin-
Shu she’rni,
Shu tunni,
Shu umrni,
Va o’zim sezmayman
Bobomga aylanib borayotganim.
Endi yuragimdan to’kilib ketar
Taroshlanmagan, qolipsiz,
Qo’rquvsiz so’zlar…

@FeruzaXayrullayeva
10🔥3
👍21😢1
BAXT

“Avesto”dan chimildiq tikdim.
“Ming bir kecha” bulbul bisoti.
“Alpomish”ga boshimni qo‘ysam,
Haqqush bo‘ldi Go‘ro‘g‘li oti.

Qamchilardan qo‘shnay yasadim,
Dubulg‘adan oyga soyabon.
“Shoxnoma”ni qushga o‘qitsam,
Suvyalpizlar chiqardir zabon.

Bitta g‘azal bir bog‘ga yetar,
“Xamsa”dan toj yasadi shamshod.
Tun, Sakkokiy she’rini shimsam,
Gul sutidan ko‘kardi hayot.

Peshko‘daryo ishq tomon og‘di,
Poykentqal’a Tangri dilbari.
Mohonko‘lda yuzimni yuvsam,
Menga tushdi borliq nazari.

Belbog‘, mehrob, mahsi, yaktaklar,
Tuzdon bo‘lgach kun dostonida,
Vahiy xatin bag‘rimga bosdim,
Buxoroning Registonida…

Ibodat Rajabova

Ko’proq rasmlar

@FeruzaXayrullayeva
11🔥11👍6
Ушбу шеърлар таржимаси опам Феруза Хайруллаевага бағишланади. Китоб учун раҳмат!

Нозим Ҳикмат

* * *
Инсонларнинг туркулари ўзларидан гўзалдир,
          ўзларидан умидли,
          ўзларидан қайғули,
    ҳатто узун умрлидир ўзларидан ҳам.

Севдим инсонлардан кўра кўпроқ туркуларини.
Инсонларсиз яшай олдим,
       бироқ туркуларсиз ҳеч қачон.

Туркуларни англадим қайси тилда янграганда ҳам.

Бу дунёда еган ва ичганларимнинг,
               кезган ва тўздирганларимнинг,
               кўрган ва эшитганларимнинг,
               тегинганларим ва англаганларимнинг,
      ҳеч бири, ҳеч бири,
мени бахтиёр этмади туркулар каби...

20 сентябр, 1960


ШАҲАР, ОҚШОМ ВА СЕН

Қўйнимда ивидингиз
     шаҳар, оқшом ва сен
ойдинлигингиз юзимга урилар
           ҳамда сочларингиз ифори.

Бу чирпинган юрак кимнинг
овозлари нафасимиз устига тарс-тарс отилаётган
        сенингми, шаҳарнинг ёҳуд оқшомнинг,
        балки, меникидир?

Оқшом қайда эврилар, қайда бошлайди шаҳар,
шаҳар қайда битади, сен қайда бошланасан,
          менчи, мен қаерда тугаб, қаерда бошланарман?

9 июл, 1959.


«Сўнгги шеърлар» тўпламидан.

Турк тилидан Раҳмат Бобожон ўгирмаси

#таржима_дафтаридан | @Rahmat_Bobojon
4👍2🔥2
Feruza Xayrullayeva
“Qanot” loyihasi hamkorligida “Qadim yurt” tanlovini e’lon qilamiz! Tanlovda ishtirok etish uchun keksa yoshdagi hamqishloqlaringiz, qarindoshlaringiz, bobo-buvingiz yoki ota-onangizdan eshitgan rivoyatlar, ertaklar, xalq qo’shiqlari, topishmoq, maqollar…
Xayrli kech, tanlov borasida juda ko'p anglashilmovchiliklar, savollar paydo bo'lyapti qatnashchilarda. Tanlov shartlari oddiy, tushunarli deb o'ylagandim, lekin baribir mavzuga aloqador bo'lmagan turli kontentlar kelyapti. Ba'zilar tanlov maqsadini anglamagan ham, afsuski. Shunga balki kanalda audio-chat qilamizmi yoki audio tushuntirish joylaymi? Savollarni qoldirsangiz, shunga ko'ra ikkisidan birini tanlaymiz.
👀31
2025/11/01 04:20:17
Back to Top
HTML Embed Code: