Telegram Web Link
10 metrlik yo'lining chekkasidagi holat.

@Fwriter
«Umr bir marta berilsayu, shuni ham sensiz o'tkazsam...»
(с)

@Fwriter
Xotini oshxonada tuxum pishirayotsa eri kirib keladi. U tuxum pishirayotgan xotinini koʻrib, daxshatga tushib, “EHTIYOT BOʻL” deb baqiradi. “Sariyogʻdan sol, uncha koʻp solma, tuxumni chaq, hazir boʻl!”

Erining vahimasidan qoʻrqqan ayol hovliqib tovada sariyogʻni eritib, unga tuxum chaqadi. “Hozir hammasi yopishib ketadi, tez, yana sariyogʻ sol!” Xotin shoshib oʻzini sovutgichga uradi. “Yoʻq, bunchalik koʻp solib yuborma. Ha, endi tuxumlarni oʻgirmaysanmi tezroq? Yoʻ-oʻ-oʻq, bunaqa tez oʻgirma-da”, davom etadi er.

“Buncha vahima qilasan, men tuxum pishirishni bilaman axir” desa xotini, er bamaylixotir, muloyim jilmayib, “ok, men shunchaki mashina haydayotganimda sen oʻzingni qanday tutishingni koʻrsatbermoqchi edim” deydi.

#Amerikancha_latifa
@Fwriter
Jahon tillari universitetida 3 yildan beri o'qiyman. Atigi 3 yil ichida 8 ta tilda jim turishni o'rgandim.
@Fwriter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jahon tillarida o'g'il bollaram o'qiydi🤦‍♂️😂

@Fwriter
Tuproqdan juda ko'p narsa unib chiqadi. Tuproq shuncha o'simliklarga jon beradi. Odamzod ham yaratuvchanlik jihatidan tuproqqa yaqinlashayapti. O'xshashlikni qara. Shunda ham tuproqdan yaratilganingga ishonmaysanmi?!

O'lganingdan keyin tuproqqa aylanasan. Tuproqdan yaralib yana u bilan bitta bo'lasan. Shunda ham tuproqdan yaralganingga ishonmaysanmi?!

Tirikligingda tuproqli imoratda yoki tuproq yetishtirgan daraxtdan yasalgan uyda yashaysan. O'lganingdan keyin ham yotar joying tuproqdan bo'ladi. Tuproq yashash vositang...

Tuproqsiz mevalar bo'lmaydi. Tuproqsiz o'tlar bo'lmaydi. O'tlarsiz o'txo'r hayvonlar bo'lmaydi. O'txo'r hayvonlar yo'q bo'lsa, go'shtxo'r hayvonlar ham yo'q. Mevasiz, o'tsiz, go'shtsiz sen ham yo'qsan. Tuproq yashash vositang. Shunda ham tuproqdan yaralganingga ishonmaysanmi?!
@Fwriter
Va nihoyat, Loki serialining 1-qismi premiyera qilindi.
#Mazaqiling

Yulab olish - https://www.tg-me.com/YesUzbMedia/46
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
The reaction of cap Rogers to the conversation of the Eternals
_____________________________
Kapitan Rojersning Abadiylar suhbatiga munosabati:

Abadiylardan biri: - Kapitan Rojers va Temir odam o'lgan bo'lsa, Qasoskorlarga kim bosh bo'ladi.

Rojers: Nima deding?..

- Men bo'la olaman...

Rojers: - Juda o'zingdan ketyapsan. Yaxshi, yaxshi. Hamma kuldi...
Episode 2 of the Loki series will be premiered tomorrow

_____________________________

Ertaga Loki serialining 2-qismi premiyera qilinadi
OTA-ONAM

Yonimga kelishgan edi tunov kun,
Qarasam, ikkisi ancha xoribdi.
Mahzun ko‘zlaridan sezib qoldim men,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

Dardlarim ko‘p edi serob, to‘kinli,
Dardlarki, yurakka qadar boribdi.
O‘rtadan bo‘lishib olgan, shekilli,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

Ko‘zda yosh yiltillar nogoh kularkan,
Anordek yuzlarni ajin yoribdi.
Yolg‘iz o‘g‘il dardi og‘ir bo‘larkan,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

Qarilik dardini berkitolmas zeb,
Atrofdan serjilo yoshlik aribdi.
Tavba, bir-biridan qolishmayin deb,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

Yillarni yamlaydi bittagina g‘am,
Bitta dard sochlarga qorlar qoribdi.
Besh kunlik ekan-da dunyo rostan ham -
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

... Yonimga kelishgan edi tunov kun,
Boqsam, bus-butunlay soch oqaribdi.
Nogoh bir qo‘rqinchdan cho‘chib ketdim men -
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

© Xayrulla Hamidov
Original version of "Fast and Furious 9" came out to the internet. This film is full of action scene. Main part of the action scenes isn't computer graphics. These scenes are performed live by stuntmen and car crashes are also real. This is the success of the film.
Fast and Furious 9
——————————————-
Forsaj 9 filmining orginal versiyasi internetda tarqaldi. Shu paytgacha kinoteatrlarda qo'lda olingani bor edi. Bu film ekshn sahnalarga juda boy. Ekshn sahnalarning asosiy qismi esa kompyuter grafikasi emas. Bu sahnalarni kaskadiyorlar haqiqatda jonli bajarishgan va mashina to'qnashuvlariyam haqiqiydir.
Fast and Furious 9

@Fwriter
Today is "Spider-Man day". So let's watch some Spider-Man movies today. In 21st century there are best 3 Spider-Man World. In the first world Tobey Maguire acted as Spider-Man. In this world there are 3 movies The movies released in 2002, 2004 and 2007.
In the second world Andrew Garfield performed the main role. You can find 2 movies in the second world of Spider-Man movies. The movies released in 2012 and 2014. These movies named Amazing Spider-Man.
In the third world Tom Holland acted as Spider-Man. Up to now 2 films have been released in this world and the 3rd film will be premiered in 17th December in 2021. In this movie all three worlds of Spider-Man will be connected and I hope we can see all three actors.

Here these movies. Watch them and relax. I think you can find these movies yourselves.
_____________________________________________

Bugun "O'rgimchak odam kuni". Shunday ekan, keling, bugun o'rgimchak odam filmlarini ko'ramiz. 21-asrda o'rgimchak odamning eng yaxshi uchta Kino Olami mavjud. Birinchi olamda Tobi Maguayr o'rgimchak odam rolini o'ynagan. Bu Kino olamdagi kinolar 2002, 2004 va 2007 yillarda chiqarilgan.
Ikkinchi Olamda Endryu Garfild asosiy rolni o'ynagan. O'rgimchak odam filmlarining ikkinchi dunyosida 2 ta filmni topishingiz mumkin. Bular 2012 va 2014-yillarda chiqarilgan filmlar.
Uchinchi olamda Tom Holland o'rgimchak odam rolini o'ynaydi. Hozircha bu dunyoda 2 ta film mavjud va 3 -filmining premyerasi 2021-yil 17 -dekabrda bo'lib o'tadi. Bu filmda O'rgimchak odamning har uchala olami birlashadi va umid qilamanki, biz har uchala aktyorni ham ko'ramiz.

Mana sizga filmlar. Tomosha qiling va dam oling. Menimcha, bu filmlarni o'zingiz topa olasiz

@Fwriter
Freedom writers
#hayotiy Facebook degan narsa zo'r-da. Butun dunyo foydalanadi. Men uning uning zo'rligini oxirgi bir hafta ichida his qildim😁. Bir qancha chet ellik tanishlar orttirdim. Bugun bir hindistonlik bola bilan tanishib qoldim. 9-sinf ekan. U ham musulmon ekan.…
Endi facebook zo'rmas. Hozir twitter zo'r men uchun. Bir yil oldin twitterga kirib boshladim. O'shandan boshlab feysbukka umuman kirmay qo'yganman. Parolim ham esimda yo'q. Asosan twitterda yozaman. Telegramda ham kamdan kam yozib boshladim.
Yana bir gap. O'ta shaxsiy va aytmasligim kerak bo'lgan ma'lumot. Bu o'zim uchun (kundalik sifatida). Yuqoridagi postda dinni o'rganishni umuman namozni o'zim yozda boshlayman degan ekanman. Yozda emas, aynan o'sha (2019) yili kuzda boshlaganman. Boshida faqat bomdod va juma namozlarini o'qib yurdim. 2020-yil yanvar oyidan besh vaqt namoz o'qib boshladim. O'shandan beri kanda qilganim yo'q, Alhamdulillah. Faqat orada 2-2.5 oy ba'zi sabablarga ko'ra o'qiy olmadim.
Hozircha shu...
__________________________________________
Facebook isn't best anymore. Now twitter is perfect for me. I started to use twitter a year ago. Since then, I haven’t logged in to Facebook at all. I don't even remember my password. I mostly write on twitter. I also rarely started writing in the telegram.
One more thing. Very personal and information I shouldn’t say. This is for myself (as a diary). In the post above I said that I will start studying my religion in the summer myself. Not in the summer, but in the fall of the same year (2019). At first, I only prayed the morning and Friday prayers. From January 2020, I started praying five times a day. I haven’t left it since, Alhamdulillah. Only 2-2.5 months I couldn’t pray according to some reasons.
That's all now...
@Fwriter
Forwarded from Deleted Account
Muxlisa PARDABOYEVA
Audio
Tolibon urush tugaganini e'lon qilibdi

@burxonov_lite
At last, The trailer of the movie "Spiderman: No Way Home" came out. This is amazing. The premiere date is December 17th.


Va nihoyat, "O'rgimchak odam: Uyga yo'l yo'q" kinosining treyleri chiqdi. Ajoyib. Premiyera sanasi 17-Dekabr

Watch now👇
https://youtu.be/rt-2cxAiPJk
"Game of thrones" (Taxtlar o'yini) serialining 3-sezonini tugatdim.

Serial nimasi bilan zo'r? Serialdagi voqealarni oldindan taxmin qilolmaysiz va keyingi qismda nima sodir bo'lishiga qiziqib boraverasiz. Bundan tashqari serial O'rta asrlardagi muhitni real holatda sizga ko'rsatib beroladi. Bu serial O'rta asrlardagi voqealar haqidamas. Muhit o'sha davrniki. Bunda siz sehrgarlar, ajdarholar va odamlar bir paytda yashaganini ko'rasiz. O'sha paytdagi voqealar ishonarli chiqishi uchun qonli sahnalarga boy qilingan. Misol uchun kimdirni kallasini olib tashlash sahnasini to'liq ko'rishiz mumkin. Shuning uchun ham serial 18 yoshdan kattalarga tavsiya qilinadi. Bu serialni allaqachon ko'pchilik ko'rib bo'lgan. Ko'rmaganlarga esa tavsiya qilaman.

❗️Diqqat: Serial 18 yoshdan kattalarga tavsiya qilinadi.
@Fwriter
I have just finished season 3 of the Game of Thrones series.

What makes the series great? You can’t predict the events in the series and keep wondering what will happen in the next episode. In addition, the series will show you the medieval environment in real time. This series is not about medieval events. The environment is from that period. In it, you see that wizards, dragons, and humans lived at the same time. The events of that time were enriched with bloody scenes to make it convincing. For example, you can see the whole scene of someone being beheaded. That is why the series is recommended for people over 18 years of age. This series has already been seen by many. I recommend to those who have not seen.

❗️Attention: The series is recommended for adults over 18 years old.
@Fwriter
Vaksinaning har uchala dozasini olib bo'ldim.

I have been vaccinated all 3 doses.
Oxirgi paytlarda kinoxo'r, serialxo'r bo'b ketyapman. Bu yil ko'rgan seriallarim:

1. WandaVision (1 ta fasl, 9 qism)
2. Messiah (1 ta fasl, 10 qism)
3. Queen's Gambit (1 ta fasl, 7 qism)
4. Sherlock (3 ta fasl, umumiy 9+1 qism)
5. The Falcon and The Winter Soldier (1 ta fasl, 6 qism)
6. Loki (1 ta fasl, 6 qism)
7. Dark (3 ta fasl, umumiy 26 qism).
8. Game of Thrones (uchinchi fasl, 10 ta qism)

Hozir ko'rayotgan seriallarim:

1. Game of Thrones (4-fasl)
2. What if...?

Endi ko'rmoqchi bo'lgan seriallarim:

1. Game of Thrones (5-6-7-8-fasllar)
2. Money heist (4 ta fasl)
3. The Mentalist
4. Dark serialini qayta ko'rish
5. Doktor Xaus

Mana shunaqa... Har kuni 1 tadan qism ko'rsam ham anchagina serial ko'rib qo'yarkanman. Bu Turk seriallarining "o'ldim-kuydim"laridan ancha yaxshi seriallar. Bu seriallarning ba'zilari fikrlashizniyam o'stiradi.

Ro'yhatdagilar orasidan siz qaysi seriallarni ko'rgansiz?
___________________

I've been a movie buff lately. Series I've seen this year:

1. WandaVision (1 season, 9 parts)
2. Messiah (1 season, 10 parts)
3. Queen's Gambit (1 season, 7 parts)
4. Sherlock (3 seasons, total 9 + 1 episode)
5. The Falcon and The Winter Soldier (Season 1, Episode 6)
6. Loki (1 season, 6 parts)
7. Dark (3 seasons, total 26 episodes).
8. Game of Thrones (third season, part 10)

The series I'm watching now:

1. Game of Thrones (Season 4)
2. What if ...?

The series I want to watch now:

1. Game of Thrones (seasons 5-6-7-8)
2. Money heist (4 seasons)
3. The Mentalist
4. the Dark Series
5. Doctor MD (Doctor House)

That's it ... Even though I watch one episode every day, I watch a lot of TV series. These are much better series than the "dead-and-burned" series of Turkish series. Some of these series also make you think.

Which series have you seen on the list?
2024/05/23 18:45:15
Back to Top
HTML Embed Code: