Yig‘ilishda hududlarda ham yaxshi misollar borligi qayd etildi.
Masalan, Urganch shahrida sun’iy intellekt asosida “Aqlli shahar tizimi” ishga tushirildi.
Situatsion markaz tashkil qilinib, elektr, gaz, suv, issiqlik ta’minoti, boshqaruv-servis kompaniyalari, transport, yo‘l, obodonlashtirish, chiqindi korxonalari yagona tizimga ulangan.
Har bir yo‘nalishdan kelib tushayotgan murojaatlarni sun’iy intellekt asosida tahlil qilib, tezkor kompleks yechim berish yo‘lga qo‘yilgan. Bularning hisobidan yiliga 16 milliard so‘m tejalmoqda.
Viloyat markazlari va poytaxt tumanlarining barcha hokimlariga Urganchdagi yangi tajribani o‘rganib, yil yakunigacha o‘zida joriy qilish topshirildi.
Boshqa vazirlik va idoralar rahbarlariga ham sohaning ichiga kirib, sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Facebook|Instagram|X

Endilikda vazirlar va tarmoq rahbarlarining raqamlashtirishga mas’ul o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida sohada sun’iy intellektni rivojlantirishga ham javobgar bo‘lishi belgilandi.
Shahar va tumanlarda ham hokimlarning raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi lavozimi kiritiladi.
Barcha vazirlik va hokimliklarga o‘z tuzilmasida sun’iy intellektni rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan alohida bo‘linma tashkil qilish va ularning oldiga, eng avvalo, ish samaradorligi va xizmat sifatini oshirish, ortiqcha xarajat, “yashirin” iqtisodiyot va byurokratiyani qisqartirish kabi masalalarga sun’iy intellekt orqali yechim topish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berish topshirildi.
Yuqori ko‘rsatkichga erishgan, xorijiy til biladigan, texnologik bilimi kuchli 100 nafar mutaxassis AQSH, Yevropa, Singapur, Yaponiya kabi davlatlarga olti oylik kurslarga yuboriladi.
Kelgusi yildan vazirlik va hududlarda sun’iy intellektni joriy etish holatini baholaydigan reyting tizimi ishga tushiriladi.

Prezidentimiz dunyoda sun’iy intellektga talab ortib borayotgan hozirgi davrda raqobatdosh bo‘lish uchun 3 ta eng asosiy masala – infratuzilma, ochiq ma’lumotlar va kadrlar tayyorlashga e’tiborni kuchaytirish zarurligini qayd etdi.
Sakkiz yilda 300 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurildi, aholi punktlarining 99 foizi mobil aloqa bilan qamrab olindi. Katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash uchun 7 ta data-markaz ishga tushirildi.
Keyingi yil sog‘liqni saqlash, energetika, bank-moliya, bojxona-soliq, transport, tog‘-kon va qishloq xo‘jaligi sohalarida sun’iy intellekt bo‘yicha 100 ta loyiha rejalashtirilgan.
Bularni amalga oshirish uchun shunga mos quvvatlar, zamonaviy super-kompyuterlar kerak. Lekin hozirgi mavjud quvvatlar faqat kichik loyihalarni ishga tushirish uchun yetadi.
Oqibatda tadbirkorlar o‘z loyihasi uchun chet eldagi infratuzilmadan foydalanib, bunga millionlab dollar sarflayapti.
Shu bois, joriy yil 16 ta super-kompyuter sotib olish uchun 50 million dollar ajratildi. Keyingi yil bu mablag‘ 2 karra oshirilishi e’lon qilindi.

“Bir narsani tushunish kerak: tarmoq va hududlarda sun’iy intellekt infratuzilmasiga oshib borayotgan talabni faqat davlat hisobidan qoplab bo‘lmaydi”,
– dedi Prezident.
Bugun start berilgan "IT-Park" loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida Saudiyaning “Data Volt” kompaniyasi bilan 150 million dollar hisobiga 12 megavattli data-markaz ishga tushiriladi. Keyingi bosqichda yana 3 milliard dollar sarmoya hisobiga quvvatlar 500 megavattga olib chiqiladi.
Umuman, investorlar uchun yanada jozibador muhit yaratib, zamonaviy super-kompyuter klasterlari va data-markazlarni ko‘paytirish zarurligi qayd etildi.
Bunday markazlar xarajatining 70 foizi elektr energiyasiga to‘g‘ri kelgani uchun investorlar jozibador elektr tariflari masalasini ko‘targan.
Bu boradagi ishlar Qoraqalpog‘istondan boshlanishi belgilandi. Sun’iy intellekt infratuzilmasiga 100 million dollardan ko‘p sarmoya kiritgan investorlarga elektr energiyasi narxi 5 sent etib belgilanadi, IT-park imtiyozlari tatbiq etiladi, import uskunalari bojxona to‘lovidan ozod etiladi.
“Bu sohada katta sakrash qilish bilan birga, Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti rivojiga ham munosib hissa qo‘shadi”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Shu bilan birga, olis hududlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash uchun keyingi yildan yo‘ldoshli internet operatorlarining faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ular 5 yilga yer, mol-mulk, foyda va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.
Facebook|Instagram|X
Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil bo‘ldi.
Prezidentimiz fursatdan foydalanib, butun O‘zbekiston xalqini ushbu bayram bilan samimiy tabrikladi.
– dedi davlat rahbari.
Lekin o‘zbek tilidagi adabiyotlar, ma’lumotlar, maqolalar, hisobotlar, ilmiy ishlarning aksariyati raqamlashmagani, elektron shaklga o‘tkazilganlari ham har xil manbalarda saqlanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Vazirlar Mahkamasiga barcha vazirlik va idoralarning o‘zidagi ma’lumotlarni elektron formatga o‘tkazish grafigini tasdiqlatish, Raqamli texnologiyalar vazirligiga esa sun’iy intellekt milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizni o‘zida ifodalay olishi uchun “O‘zbek tili korpusi”ni yaratish topshirildi.
2026-yil yakuniga qadar katta hajmdagi raqamli ma’lumotlarni bir joyga jamlab, ularni qayta ishlash, tahlil qilish, foydalanish imkonini beradigan “Data Lake” platformasini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.
Facebook|Instagram|X
Prezidentimiz fursatdan foydalanib, butun O‘zbekiston xalqini ushbu bayram bilan samimiy tabrikladi.
“Bir narsani bilinglar – sun’iy intellekt dasturlari samarali ishlashi uchun ular, avvalo, o‘zbek tilini mukammal darajada tushunishi zarur”,
– dedi davlat rahbari.
Lekin o‘zbek tilidagi adabiyotlar, ma’lumotlar, maqolalar, hisobotlar, ilmiy ishlarning aksariyati raqamlashmagani, elektron shaklga o‘tkazilganlari ham har xil manbalarda saqlanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Vazirlar Mahkamasiga barcha vazirlik va idoralarning o‘zidagi ma’lumotlarni elektron formatga o‘tkazish grafigini tasdiqlatish, Raqamli texnologiyalar vazirligiga esa sun’iy intellekt milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizni o‘zida ifodalay olishi uchun “O‘zbek tili korpusi”ni yaratish topshirildi.
2026-yil yakuniga qadar katta hajmdagi raqamli ma’lumotlarni bir joyga jamlab, ularni qayta ishlash, tahlil qilish, foydalanish imkonini beradigan “Data Lake” platformasini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.
Facebook|Instagram|X
“Sun’iy intellektni rivojlantirish faqat zamonaviy infratuzilma va algoritmlarga emas, balki malakali kadrlarga ham bog‘liq. Bu sohaning asosi – matematika va informatika. Shu bois, kadrlar tayyorlashni, eng avvalo, maktabdan boshlash kerak”,
– dedi Prezident.
Keyingi o‘quv yilidan “Informatika” fani o‘quv dasturlariga sun’iy intellektga oid mavzular kiritiladi. Buning uchun Massachusets texnologiyalar instituti bilan hamkorlikda maxsus darslik ishlab chiqiladi.
“Yangi O‘zbekiston” universitetida sun’iy intellekt bo‘yicha bu yil 100 nafar, keyingi yil 1 ming 300 nafar trener-o‘qituvchi tayyorlanadi. Ular esa kaskad tartibida maktab va oliygohlardagi informatika o‘qituvchilarini o‘qitadi. Har yili eng yaxshi 100 nafar informatika o‘qituvchisi xuddi vazirlik va hokimliklarning salohiyatli mutaxassislari kabi sun’iy intellekt rivojlangan davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.
“Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Bir million sun’iy intellekt yetakchisi” loyihasi ham boshlandi. Bu yil 100 ming, kelasi yil kamida 500 ming yoshlar o‘qitiladi.
Loyiha bilan maktab o‘quvchilarini ham qamrab olish muhimligi ta’kidlandi. Bundan buyon har yili sun’iy intellekt bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazilib, eng yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar, ularning ustozlari va ta’lim tashkilotlari munosib rag‘batlantiriladi.
Bunda 500 nafar yoshlar – noutbuk, 100 nafar o‘qituvchi – 1 ming dollardan mukofot, 2 ta ta’lim tashkiloti – elektromobil bilan taqdirlanadi.
Facebook|Instagram|X
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident soha uchun yiliga 2 ming nafar mutaxassis tayyorlayotgan oliygohlarning birortasida sun’iy intellekt laboratoriyasi yo‘qligiga e’tibor qaratdi.
Keyingi o‘quv yiliga qadar 10 ta oliy ta’lim muassasasini zamonaviy laboratoriya bilan jihozlash reja qilingan. Shu bilan birga, banklarning bittadan oliygohda, jami 9 ta shunday laboratoriya tashkil qilish tashabbusi ma’qullandi.
“Yangi O‘zbekiston” universitetida “tarmoq – oliygoh – hamkor” tamoyilida ishlaydigan “sun’iy intellekt klasteri” ishga tushiriladi. Keyingi o‘quv yilidan “TOP-300” talikka kirgan universitetlar bilan hamkorlikda sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi.
Oliygohlarda sun’iy intellekt, fintex, kiberxavfsizlik, IT muhandislik, aerokosmik va bulutli texnologiyalar kabi yo‘nalishlar uchun davlat granti kvotalari 35 foizga oshiriladi. Talabalarning sun’iy intellektga qiziqishini oshirish maqsadida oliygoh jamoalari o‘rtasida sun’iy intellekt bo‘yicha umummilliy tanlov o‘tkaziladi.
Qulay ekotizim yaratilgani uchun yil boshidan mahalliy startaplarga rekord miqdorda – 264 million dollar sarmoya kiritildi. Lekin bunda sun’iy intellekt sohasidagi startaplar ulushi hali kamligi aytildi.
Shu bois, bunday startaplarni ko‘paytirish maqsadida mukofot jamg‘armasi 1 million dollar bo‘lgan “Sun’iy intellekt sohasidagi eng yaxshi startap” tanlovini o‘tkazish taklif qilindi.

❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙#Hokimlik_radiosi
Bir savolga-bir javob
▪️Mavzu: «Ipoteka bank» omonatlari haqida
▪️Javob berdi: «Ipoteka bank» Sirdaryo fililali raqamli banking bo’yicha konsultant menejeri Hakimova Madinaxon.
➡️ Telegram | Facebook | Instagram

Forwarded from Mirzayev Manuchehr Boborahimovich
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Эркинжон Турдимов раҳбарлигида тадбиркорлар билан навбатдаги учрашув бўлиб ўтди. Унда 25 нафар бизнес вакиллари ўз савол ва таклифлари билан иштирок этди.
Учрашувда кўтарилган масалалар доираси кенг бўлиб, банк кредитлари, солиқ тўловлари, қарздорликни қоплаш, бизнесни ривожлантириш учун ер ажратиш, газ тармоқларига уланиш, инфратузилмани такомиллаштириш ва бозорларда савдони ташкил этиш каби йўналишларни ўз ичига олди. Энг кўп мурожаатлар Гулистон ва Боёвут туманларида фаолият юритаётган тадбиркорлар томонидан билдирилди.
Учрашув якунида ҳар бир мурожаат бўйича масъул идора ва раҳбарларга аниқ топшириқлар берилди.
══════ 🔹══════
Сегодня под руководством хокима области Эркинжона Турдимова состоялась очередная встреча с предпринимателями региона. В ней приняли участие 25 представителей бизнес-сообщества со своими вопросами.
Спектр озвученных проблем охватил вопросы банковского кредитования, налогообложения, погашения задолженностей, выделения земельных наделов, подключения к газораспределительным сетям, развития инфраструктуры и организации торговли на рынках. Наибольшее количество обращений поступило от предпринимателей, осуществляющих деятельность в Гулистанском и Баяутском районах.
По итогам встречи, по каждому обращению были даны конкретные поручения ответственным ведомствам и руководителям.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qadring baland bo‘lsin — ona tilim!
21-oktabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat tili — o‘zbek tili bayrami munosabati bilan Guliston shahrida “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” shiori ostida keng ko‘lamli bayram tadbiri tashkil etildi.
Dastlab, shahar Ma'naviyat bo'limi boshlig‘i I.Norbekov kirish so‘zi bilan tadbirni ochib berar ekan, ishtirokchilarni samimiy muborakbod etib, o‘zbek tilining jamiyatdagi o‘rni va xalqimizning milliy o‘zligini saqlab qolishdagi beqiyos ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Tadbirda o‘quvchilar tomonidan badiiy chiqishlar, she’rxonlik, jonli kuy va qo‘shiqlar orqali ona tilimizga bo‘lgan mehr va sadoqatlarini namoyon etishdi.
Shuningdek, sana munosabati bilan o‘tkazilgan “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” mavzusidagi ommaviy diktant va insho tanlovlari g‘oliblariga faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.