Telegram Web Link
#Diqqat

📌Qurilish muhandisligi fakulteti talabasi Ortiqboyev Ulug‘bek Sharofiddin o‘g‘lining ATTO plastik kartasi va boshqa kartalari topib olindi.

📲Murojaat uchun: @Diyorbek_Gulomov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
G'ulomov Diyorbek | Blog
#talabalar_uchun_ijara ❗️Hurmatli talabalar! 🏡 Ijara xonadonlarini qidirayotgan bo'lsangiz, quyidagi kanalda ijaraga beriladigan xonadonlarning e'lonlari joylashtirib borilmoqda. 👉 https://www.tg-me.com/ijara2022 📩Murojaat uchun: +998906202264 @Gulomov_Diyorbek
⁉️Talabalarga ijara to‘lovlarining bir qismini qoplab berish tartibi qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021-yil kungi 605-sonli qaroriga ko‘ra, ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi uchun talaba :

✔️Davlat OTMsining talabasi bo‘lishi;
✔️Yotoqxona bilan ta’minlanmagan bo‘lishi;
✔️O‘ziga yoki ota-onasiga tegishli bo‘lmagan uyda ijarada turishi;
✔️O‘zbekiston fuqarosi yoki respublikada doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
✔️Oliy ta’limning kunduzgi shaklida o‘qiyotgan bo‘lishi;
✔️Ro‘yxatga olingan doimiy yashash tuman yoki shaharidan boshqa joyda yashayotgan bo‘lishi lozim.

📌Davlat granti yoki to‘lov kontrakt asosida o‘qiyotganligining farqi yo‘q.

Har oy uchun:

✔️ Toshkent shahrida BHMning bir baravari — 412 000 so‘m;
✔️Boshqa xududlarda BHMning yarim baravari — 206 000 so‘m beriladi.

‼️Bu to‘lov 1-kurslarga sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasisiz, qolgan oylarga esa ijara shartnomasi asosida to‘lab beriladi.Qolgan kurs talabalariga faqat ijara shartnomasi asosida to‘lab beriladi.

Bo‘ to‘lovlar, komissiya xulosasiga ko‘ra:

✔️ Ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan talabalarga;
✔️O‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalarga birinchi navbatda to‘lab beriladi.

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1🔥1
📢 Python dasturlash bo‘yicha bepul o‘quv kursi

O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan “Imkon” aksiyasi doirasida yoshlar uchun 2 oylik bepul Python dasturlash kursi tashkil etilmoqda.

Kurs doirasida ishtirokchilar:
🔹 Python dasturlash asoslarini o‘rganadilar;
🔹 Amaliy mashg‘ulotlarda qatnashadilar;
🔹 Mustaqil loyihalar ustida ishlaydilar;
🔹 Kurs yakunida maxsus sertifikatga ega bo‘ladilar.

📌 Kurs mutlaqo bepul bo‘lib, IT sohasida bilim olishni istagan barcha yoshlar uchun ochiqdir.

📲 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telegram: @akhmedov_808
☎️ Telefon: +998 90 720 96 04

Shoshiling, joylar soni chegaralangan!

___
🌐XDPPOYTAXT
Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kechki ta’lim shaklida o‘qiydigan talabalarga ham yotoqxona beriladimi?

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli qaroriga ko‘ra, kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalar turar joyiga ehtiyoji bor talabalar to‘liq ta’minlanmasdan turib, boshqa ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalarni turar joyga joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Avval kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalar joylashtiriladi. Agar talabalar turar joyida bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lsa, kechki ta’limda o‘qiyotgan talabalar ham turar joy bilan ta'minlanishi mumkin.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Agar talaba kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan bo‘lsayu, unda imtiyoz bo‘lsachi?

Bu holatda kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba belgilangan imtiyozlar toifasiga kirsa, u holda ustuvorlik asosida yotoqxonaga joylashtiriladi.

Quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:

– “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;
– I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;
bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari;
– xalqaro fan olimpiadalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;
– “Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan talabalar;
– oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;
— talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo‘lgan talabalar;


Demak, kechki ta’limda o‘qiyotgan talabalar yotoqxonaga faqat quyidagi hollarda joylashtiriladi:

— kunduzgi ta’lim talabalari to‘liq joylashtirilgach, bo‘sh joy qolsa;

— talaba imtiyozli toifaga kirsa.

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥3👍21
Alloh shuncha odamga bergan san bilan manga bermaydimi do‘stim…?

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥266👍5👏3😍11
📌Taʼlim kreditini my.gov.uz orqali onlayn olish mumkin

Qonunchilikka ko'ra, 2024/2025 oʻquv yilidan oliy va professional taʼlim tashkilotlarining talaba va oʻquvchilariga taʼlim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:

oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi;

Taʼlim krediti:

oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida;

oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.

Bunda taʼlim krediti:

✔️OTM talabalari uchun – talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kontrakt.edu.uz axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud boʻlganda;

👉professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun – oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar prof.edu.uz axborot tizimida mavjud boʻlganda ajratiladi.


👉Taʼlim kredit uchun onlayn ariza yuborish

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥32
❗️Magistratura haqida ma’lumot

Magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar quyidagi hujjatlarni 8-sentabrdan boshlab 10-sentabrga qadar kechiktirmasdan, to‘liq holda mas’ullarga topshirishlari shart.

1. Fuqarolik pasporti yoki ID-karta asli (ko‘rsatiladi) va nusxasi – 4 dona.
2. Doimiy turar joy to‘g‘risidagi ma’lumotnoma nusxasi (propiska) – 2 dona.
3. Bakalavr diplomi va ilovasining asli; agar bakalavrni davlat granti asosida o‘qib tugatgan bo‘lsa, diplomdan ko‘chirma.
4. 3,5x4,5 hajmdagi 8 dona rangli fotosurat.
Fotosuratlar rasmiy hujjatlarga ishlatilishini inobatga olib, talabalarga xos kiyimda (och rangdagi yoqali ko‘ylakda), yigitlar soch-soqoli olingan holda topshirilishi lozim.
5. 086-U shakldagi tibbiy ma’lumotnoma (doimiy yashash manziliga qarashli oilaviy poliklinikadan olinadi).
6. Chet tilini bilish bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat asli (ko‘rsatiladi) va 2 nusxasi.
7. Imtiyoz bilan kirganlar (nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari) uchun: o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjatning asli va 2 nusxasi. (Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadilar.)
8. Delo (skorosshivatel) – 2 dona.
9. Konvert (A5) – 2 dona.
10. Fayl-list (multifora) – 2 dona.
11. Universitet rektori nomiga ariza (abituriyent hujjat topshirish vaqtida maxsus tayyorlangan ariza blankasi beriladi va shu yerning o‘zida to‘ldiriladi).

Hujjatlar asosiy bino, 3-qavat, 308-xonada (Qurilish muhandisligi fakulteti) soat 9:00 dan 17:00 gacha qabul qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilish uchun mas’ul: Qurilish muhandisligi fakulteti dekan o‘rinbosari Tursinaliyev Dilshodjon Murodjon o‘g‘li.

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥1
E’LON

Boboqulov Jumanazar A’zam o‘g‘liga tegishli pasport topib olindi.

Egasiga qaytarib beriladi.

Bog‘lanish uchun: ☎️ +998903601207

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏1
2025/2026 o‘quv yili o‘qish smenalari

👨‍🎓Kunduzgi ta’lim
2- va 4-kurslar — 8:00 dan (I-smena)
1- va 3-kurslar — 13:00 dan (II-smena)

Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti — barcha kurslar I-smenada o‘qiydi.

🎓Kechki ta’lim
1-kurslar — 17:30 dan (kechki smena)

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀Toshkent davlat transport universiteti Talabalar shaharchasi

🏢Talabalar uchun yangi o‘quv yilidagi joylashtirish ishlari jadval asosida bosqichma-bosqich davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring
🕊 Telegram    📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1👏11
Магистр.pdf
282.4 KB
#grantTanlovi

🎓Magistratura grantni qayta taqsimlash natijalari

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
#grant_taqsimoti


ℹ️ To‘liq ta’lim granti — bir o‘quv yili uchun berilib, o‘qitish xarajati Davlat budjetidan to‘liq qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan ta’minlanadigan ta’lim granti;

ℹ️ To‘liq bo‘lmagan ta’lim granti — bir o‘quv yili uchun berilib, to‘lov-kontrakt summasining 50 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan ta’minlanmaydigan ta’lim granti;

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1
My unversity 🥰

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25🔥7👍5😢31
Maqsad | Harakat | Sabr | Natija


Óg’lim sen bilan faxrlanaman degan sózni eshitmagunimcha tóxtamayman


@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18🔥5👍33🏆2
Diqqat, talabalar!

📌Talabalar shaharchasi yakshanba kuni ham o‘z faoliyatini davom ettiradi!

🪪Yollamasi bor talabalarni tezroq kelib, o‘z joylariga joylashib olishlarini so‘raymiz.

Sizni talabalar shaharchasida kutib qolamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4🔥1
2025/2026 o‘quv yili o‘qish smenalari

👨‍🎓Kunduzgi ta’lim
2- va 4-kurslar — 8:00 dan (I-smena)
1- va 3-kurslar — 13:00 dan (II-smena)

Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti — barcha kurslar I-smenada o‘qiydi.

🎓Kechki ta’lim
1-kurslar — 17:30 dan (kechki smena)

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Toshkent davlat transport universiteti 2025/2026 oʻquv yili dars vaqtlari

1-smena
1-para 8:00 dan 9:20 gacha (10 daqiqa tanaffus)
2-para 9:30 dan 10:50 gacha (10 daqiqa tanaffus)
3-para 11:00 dan 12:20 gacha (40 daqiqa tanaffus)

2-smena
1-para 13:00 dan 14:20 gacha (10 daqiqa tanaffus)
2-para 14:30 dan 15:50 gacha (10 daqiqa tanaffus)
3-para 16:00 dan 17:20 gacha (10 daqiqa tanaffus)

Kechki smena
1-para 17:30 dan 18:50 gacha (10 daqiqa tanaffus)
2-para 19:00 dan 20:20 gacha

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍22
Yoshlar media klubiga qo'shilmoqchi bo'lgan yoshlar quyidagi profilga murojaat qilishlari mumkin: @Diyorbek_Gulomov
6🔥2
🏓Muvaffaqiyatning yakuni yo‘q, u faqat oraliq masofalardan iborat yo‘l.

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆32👍222
2025/10/28 10:31:35
Back to Top
HTML Embed Code: