Telegram Web Link
📌 Ta'lim shaklini o'zgartirish tartibi haqida

🗄Oliygoh ichida faqat ta'lim shaklini o'zini o'zgartirish – OTM komissiyasi hal qiladi;
🗄Bir davlat oliygohidan boshqasiga ta'lim shaklini o'zgartirib ko'chirish – vazirlik xulosasiga ko'ra amalga oshadi (bir davlat OTMdan boshqasiga perevod uchun uzrli sabab kerak);
🗄Xorijiy, nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga ta'lim shaklini o'zgatirib ko'chirishda – testdan yetarli ball to'plab o'qishi ko'chirilsa, ta'lim shakli bo'yicha xulosani ko'chirayotgan OTM moddiy texnik bazaga qarab o'zgartirishi mumkin;
🗄Nodavlat oliygohlardan boshqasi – ko'chirayotgan OTM hal qiladi;
🗄Nodavlat oliygohning o'zida ta'lim shaklini o'zgartirish – OTM komissiyasi xulosasiga asosan amalga oshiriladi.

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1
❗️Kontrakt toʻlovining 12%ni qaytarib olishda 26 yosh chegarasi bekor qilindi

Professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

Avvalgi tartibda, ota-onalar oʻzlarining 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining kontraktlari uchun pul toʻlaganda, toʻlangan qismidan 12 foizlik daromad soligʻi hisoblanmasdi va qaytarib berilar edi. Endi bu yosh bu yosh chegarasi bekor qilindi.

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
📌Nega davlat va nodavlat OTM diplomlari muhrida farq bor?

Ko‘p hollarda “ikkalasining diplomi bir xil” degan gaplarni eshitamiz. Aslida, diplomning yuridik kuchi va shakli teng — farqi yo‘q.

Lekin bitta muhim farq mavjud.

⚫️Davlat OTM diplomlari — davlat gerbi tushirilgan muhr bilan tasdiqlanadi.
⚫️ Nodavlat OTM diplomlari — o‘z logotipi tushirilgan muhr bilan rasmiylashtiriladi.

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga ko‘ra, davlat gerbi faqat davlat organlari va muassasalarining hujjatlarida qo‘llanadi (masalan, pasport, tug‘ilganlik guvohnomasi, davlat OTM diplomi).


👉 Shu sabab, nodavlat OTMlar diplomida davlat gerbi emas, balki o‘z muhridan foydalanadi

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Seoul Munda yangilik! 🎉

Qamar kitob doʻkonining yangi filiali Seoul Munda ochildi — bu kitobsevarlar uchun yaxshi xabar! 🍁

Juda ham chiroyli muhitga ega, 2 qavatli doʻkonda koʻplab kitoblarni topasiz, bular haqida batafsil videoda gapirganman 👆🏼

🗺 Manzil: Seoul Mun | Aniq joylashuvi
📍 Moʻljal: “Moscow ice cream” yonida

Telegram sahifa: @qamarbooks 📖

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2
#qabul2025 #imkoniyat

Abituriyentlar uchun oliy taʼlimga kirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar belgilandi


Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoni tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida vakant qolgan oʻrinlar uchun tanlov oʻtkaziladi. Bunda 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlarga ham imkoniyat yaratiladi;

kirish imtihonlari natijalariga koʻra abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirish imkoniyati yaratiladi;

respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmalari tasdiqlandi;

Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qo‘shimcha grant va to‘lov-kontrakt oʻrinlari ajratildi.

Shuningdek, Prezident granti uchun ajratilgan kvotalarning taʼlim sohalari boʻyicha taqsimoti hamda davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga tanlov natijalari tasdiqlandi.

Mazkur qaror abituriyentlar uchun oliy taʼlimga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirishga xizmat qiladi.

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari vakant o‘rinlariga qo‘shimcha qabul 25-sentabrdan 3-oktabrga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida vakant qolgan o‘rinlarga qo‘shimcha qabul amalga oshiriladi.

Unga ko‘ra, 2025-yilgi kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

🟢davlat oliy ta’lim tashkilotlarida qolgan vakant bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yil 25-sentabrdan 3-oktabrga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi;

🟢roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi;

🟢ro‘yxatdan o‘tish jarayonida fanlar majmuasi mos bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi;

🟢tanlov natijalari boʻyicha qaydnomalar 2025-yil 8-oktabrga qadar chop etilib, tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.

Umumiy qabul parametrlarida vakant oʻrinlar qolgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha maʼlumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
#qabul2025 #super_kontrakt

Joriy yil tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori OTM rektorlari (direktorlari) tomonidan belgilanadi


Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qoʻshimcha qabul qilishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorini rektor (direktor) tomonidan mustaqil belgilash quyidagi tartibda amaliyotga joriy etiladi:

qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari (1-ilova 73-band)ga asosan belgilanadi;

qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari oliy taʼlim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy toʻlov-kontraktning 3,0 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

Barcha oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan 2025-yil 25-sentabrga qadar 2025/2026-oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va taʼlim shakllari kesimida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlanadi va rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yilning 31-oktabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashga ruxsat beriladi.

Shuningdek, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga oʻz xohishlariga koʻra ustuvorligi boʻyicha tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi (maqsadli qabul asosida talabalikka tavsiya qilinganlar bundan mustasno).

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32👍1
Forwarded from Yoshlar media klubi
📌 “Media va Yoshlar” to‘garagi doirasida navbatdagi dars

Mazkur dars dizayn yo‘nalishiga bag‘ishlanib, talabalar:
🟢zamonaviy dasturlar bilan ishlash,
🟢 vizual kontent yaratish,
🟢 dizaynda kreativ yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Ijodiy o‘sish sari birgalikda!
🕊@Yoshlar_media_klubi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥3
— Bolam, namuncha ust-boshing chang, daladan kelayapsanmi?
— Yoʻq, Toshkentdan kelayapman Ona.

@Gulomov_Diyorbek
😁18😢8🤔541👍1😡11
Grand taqimosti bo'yicha IJTIMOIY FAOLLIK.pdf
705.2 KB
Hurmatli talabalar!

Yil yakunida grant taqsimoti quyidagi baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi:

Baholash mezonlari (jami 100 ball):


1. Kitobxonlik – 0–20 ball
2. 5 tashabbus to‘garaklari – 0–20 ball
3. Akademik o‘zlashtirish (GPA) – 0–10 ball
4. Ichki tartib va odob-axloq– 0–5 ball
5. Tanlov, olimpiada, musobaqalar – 0–10 ball
6. Davomat – 0–5 ball
7. Ma’rifat darsi ishtiroki – 0–10 ball
8. Volontyorlik va jamoat ishlari – 0–5 ball
9. Teatr, muzey, sayohatlar – 0–5 ball
10. Sport va sog‘lom turmush – 0–5 ball
11. Ma’naviy-ma’rifiy faollik – 0–5 ball

Jami: 100 ball

Talabalardan ushbu yo‘nalishlarda faol bo‘lish hamda yil davomida ballarni yig‘ib borishlari so‘raladi.

Ayniqsa, "akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari (GPA)"ga alohida e’tibor qaratishlari lozim.

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2
🎓 Magistr xotin-qizlar kontrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha ariza berish muddati uzaytirildi

📂 Magistraturaga tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2025/2026-oʻquv yili uchun kontrakt toʻlovini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha ariza berishning soʻnggi muddatini 2025-yil 30-sentyabrga qadar uzaytirishga ruxsat berildi.

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1
Insonlar faqat o‘zlariga yetishmaydigan narsalar to‘g‘risida gapirishadi:

Och odam ovqat haqida, kambagʻal odam, pul haqida... Bizning oligarx va bankirlarimiz esa ma’naviyat haqida gapirishadi.

© Lev Tolstoy

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥82👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O‘zbekistonda ajoyib yangiliklar!

ICT Week Uzbekistan 2025 start oldi — kelajak texnologiyalari, sun’iy intellekt va startaplar sizni kutmoqda!

🚌Bepul avtobuslar: metro «Buyuk Ipak Yo‘li», «O‘zbekiston» mehmonxonasi, IT Park.

👉Ro‘yhatdan o‘tish: https://ictweek.uz/oz/register/visitor

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2👍1
Shukrki, baxtimga SUYANADIGAN ota-onam bor. Ulg’aydim, endi yanayam ko'proq mehnat qilishim kerak. Chunki, yaqinda ular bilan o'rin ALMASHAMIZ.

❤️ Reaksiya qoldiring
17👍8🔥2😍2😡1
😉 Hey, yaqinroq keling, sizga aytmay bir ish boshlab qo'ydik!

📌 "Ibrat haftaligi: Ustozlar marafoni" da siz 7 kun davomida 7 ta o'z sohasida eng kuchli ustozlardan bo'lgan TOP ekspertlar bilan suhbatlarda qatnashib, savollaringizga javob olasiz:

• Bekzod Jalilov – Target school asoschisi;
• Barno Muqimova – IELTS 8.5 sohibi va ustoz;
• Shahzod Bahodirov – Thompson school asoschisi;
• Umidjon Ishmuhammedov – "Millat umidi" universiteti asoschisi;
• Rustam Qoriyev – "Ibrat Farzandlari" loyiha rahbari;
• Barno Asqarova – IELTS instruktor;
• Davron Turdiyev – Eslab qolish bo'yicha Rossiya rekordchisi, ustoz

🤩 Bundan tashqari, eng faol targ'ibotchi sifatida 12.000.000 so'mgacha pul mukofotlari, shuningdek, 100 dan ortiq 3 oylik premium til kurslarini yutib olish imkoniga ega bo'lasiz.

🫱🏻‍🫲🏻 Qatnashish – mutlaqo BEPUL.

https://www.tg-me.com/ibratmarafon_bot?start=02XO2NWM
🏞Telegramni o‘zidan o‘zingiz istagan rasmni topshishni hohlaysizmi…?

Ha 👍
Yoq👎

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👎742
#TelegramFoydali | O‘zbek tilida qulay rasm topish usuli!

📱Telegramdan o‘zingiz istagan rasmni tez va oson topmoqchimisiz?

Demak, quyidagi oddiy usulni sinab ko‘ring:
1. Xabar oynasiga @pic deb yozing
2. Bo‘sh joy (probel) bosib, rasm nomini kiriting

📱Misol uchun: @pic mashina
Shundan so‘ng sizga kerakli rasm variantlari chiqadi!

Ushbu imkoniyatni sinab ko‘ring va do‘stlaringizga ham ulashing!

@Gulomov_Diyorbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥11
2025/10/25 17:16:11
Back to Top
HTML Embed Code: