Telegram Web Link
Ёлғизлик бу - якка ўзинг бир хонада ўтириш эмас. Ёлғизлик бу - жамиятнинг сенга бўлган эҳтиёжларидан ва сенинг жамиятга бўлган эҳтиёжларингдан кесилишдир.

Агар ушбу ёлғизлик сенга боғлиқ бўлмаган холда вужудга келса - азоблайди, беҳаловат бўласан ва типирчилаб "жамиятга" мени қабул қилинглар дейсан ва тирқишлар излайсан.

Агар юқорида таърифи келтирилган ёлғизликни ўзинг бошқарсанг, яъни муносабатлар муҳимлигига қараб, қайта тиклаш имконини сақлаган холда - кесиб, ёлғиз қола билсанг - бу ёлғизлик қадриятга айланади.

Ёлғизликдан кучли бўлиб чиқиш - муҳим!

@Hamid_Sodiq
Forwarded from Fikrat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔖 3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan sammit ishida:
🇰🇿Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev,
🇰🇬 Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov,
🇹🇯 Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon,
🇹🇲 Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov,
🇪🇺 Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta,
🇪🇺 Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen ishtirok etadi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Что будет, когда начнут сходит с ума субъекты международного права, большие страны, которым внезапно скажут, что они - «никто и звать их никак»?
А вот, когда правительство США действительно «слетит с катушек», это будет по-настоящему интересно. 

Гейдар Джемаль. Из лекции 20 сентября 2015 г.
#finished

“Buyuklarning bolaligi”

Ba’zida biz buyuk insonlarning hayoti haqida gapirganda, ularning yutuqlari, kashfiyotlari yoki dunyoni o‘zgartirgan g‘oyalari haqida to‘xtalamiz. Lekin ularga bu darajaga yetish yo‘lida yo‘ldosh bo‘lgan bolalik yillari haqida kamdan-kam o‘ylaymiz. “Buyuklarning bolaligi” nomli kitob esa aynan shu jihatga urg‘u beradi. Kitobni o‘qib shunday xulosaga kelasizki, har bir buyuklik – orzu, beg‘uborlik va oddiy bolalikdan boshlanadi.

Faxriddin Sodiq tomonidan tuzilgan ushbu 440 betlik kitobni Info Capital Books nashriyoti chop etgan. Asar qadimgi Misr malikasi Nefertitidan boshlab, zamonaviy ixtirochi va milliarder Ilon Maskgacha bo‘lgan 70 nafar buyuk insonning bolalik portretlarini chizib beradi. Sahifalarda Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Amir Temur, Leonardo da Vinchi, Nikola Tesla, Mahatma Gandi, Valt Disney, Koko Shanel, Jeff Bezos kabi tarixda iz qoldirgan siymolarning ilk qadamlari, orzulari va qiziqishlari haqida o‘qiysiz.

Menga kitobning olgʻa surgan eng gʻoyasi yoqdi. Bu gʻoyani bir gap bilan mana bunday ta’riflash mumkin: “Buyuklar tug‘ilmaydi – ular tarbiyalanadi.” Har bir bolada buyuklik urug‘i bor, faqat uni vaqti-soati bilan parvarishlash kerak. Bu fikr ayniqsa, ota-onalar, ustozlar, tarbiyachilar va yoshlar uchun juda muhim. Chunki har bir hikoya — real misol, har bir sahifa — saboq.

Kitob nafaqat tarixiy, balki tarbiyaviy ahamiyatga ega. Unda har bir buyuk shaxs hikoyasi o‘ziga xos mini-biografiya tarzida yozilgan: bolaning oila muhiti, ilk qiziqishlari, duch kelgan qiyinchiliklari, muvaffaqiyatsizliklar va ularni yengib o‘tgan sabr-toqatlari haqida qisqa, ammo(ayniqsa bolalar koʻnglida) chuqur taassurot qoldiradi.

Kitob bizga bolalik — hayotning shunchaki bir bosqichi emas, balki kelajakni belgilovchi asosiy poydevor ekanini eslatadi. O‘qirkanman hayollar olib qochadi: ehtimol, bu kitobni ayni damda siz o‘qiyotgan bo‘lsangiz, siz ham kelajakdagi buyuklardan birini tarbiyalayotgandirsiz?!

Agar siz ham farzandingiz yoki o‘quvchingizga “buyuklik” tushunchasini tushunarli, qiziqarli va hayotiy misollar bilan yetkazmoqchi bo‘lsangiz — bu kitob sizga katta yordam beradi.

Kitobdan keyin oʻquvchi o‘ziga savol beradi: “Men ham buyuk odam bo‘lishni orzu qilgan edim… balki hali ham kech emasdir?”
Ha, bu kitob orzu qilishga undaydi. Va har bir orzuga yetaklaydigan yo‘l bolalikdagi ishonchdan boshlanishini yana bir bor yodimizga soladi.

➡️@qora_yigit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Джон Локк қаламига мансуб "Бошқарув ҳақида иккита рисола" асарининг таҳририни асосан сафарда, поездда қилаяпман.(Хоразм ва Андижон сафари)

Асарни Иномжон Қўчқоров таржима қилган.
Ушбу трактат Либерализм ғоясини тушунишда марказий аҳамиятга эга асарлардан бири ҳисобланади.

@Hamid_Sodiq
Hamid Sodiq | Rasmiy kanal pinned «Китоб таржимаси, ва канал фаолиятига моддий ёрдам кўрсатишни истаганлар учун: 8600510380192299 — UZKARD (Sadikov Hamid) 5614688700373805 - UZKARD (Sadikov Hamid) @Hamid_Sodiq»
2025/07/05 22:36:15
Back to Top
HTML Embed Code: