Telegram Web Link
Vatandosh.tv da "Jamiyat va avtoritarizm" masalasida suhbatlashdik.

@Hamid_Sodiq
Forwarded from Ilyos Safarov
Nuqtalar: Milliy taffakurdagi avtoritarizmning ildizlari qayerda yotadi?

O‘zbek xalq maqollaridan bir nechtasini o‘qiymiz:
Och qornim – tinch qulog‘im.
***
Otangni o‘ldirganga – onangni ber.
***
Royish o‘g‘il – eng yaxshi o‘g‘il.
***
O‘ynashmagin arbob bilan, arbob urar har bob bilan.

Maqollar – xalq og‘zaki ijodidagi qiziq janr. U qisqa, lo‘nda iboralar orqali chuqur ma’no anglatadi. Maqollarda xalqning turmush tarzi, dunyoqarashi, odob-axloq qoidalari, aqidalari hamda hayotiy tajribasi mujassamlashadi.

Maqollarda xalqning ijtimoiy hayot bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos bilimlari va tushunchalarini ko‘rish mumkin.

Bas, shunday ekan, yuqorida keltirilgan maqollarda ham o‘zbek milliy zehniyatida yashab kelayotgan avtoritarizmga moyillik, demokratiya tanqisligi o‘zini oshkor qiladigandek. Demak, bu moyillikning ildizi chuqur, demak, ming yillardan beri me’ros bizga bu tafakkur. Bu maqollardan yo‘q, o‘zgacha ma’no ko‘rsangiz, marhamat, izohlar qismida siz yozing.

Biz esa “Nuqtalar” dasturining navbatdagi sonida xalq og‘zaki ijodi oshkor qiladigan, ko‘p yillik me’ros – milliy zehniyatdagi avtoritarizmga moyillik yoki boshqacha aytganda, demokratiya tanqisligi haqida gaplashamiz.

Dastur mehmonlari – yozuvchi Ulug‘bek Hamdam, etnopsixolog Ziyoda Rasulova va siyosatshunos Hamid Sodiq.


📹👉 https://www.youtube.com/watch?v=MLHX4juoEtc

@haqiqatdaIlyos
Ибн Халдуннинг "Муқаддима" асари иккинчи қисми чоп этилибди.
Энди бу асар бўйича дарслар ташкил этилиши керак.
Қолган қисмларини ҳам кутиб қоламиз.

@Hamid_Sodiq
Online KING loyihasining bu galgi mehmoni siyosatshunos Hamid Sodiq.

Mavzular:
- Inson necha yoshdan siyosatni tushuna boshlashi kerak?
- Servis sohasida o'zbek tili qanchalik muhim?
- Sun'iy intellektga qaramlik qanday sotsiologik jarayon?
- Raqamli olamda baxt illyuziyasini tovarga aylantirayotgan blogerlar...
- Feminizm nega islomga sig'maydi?
- Mustaqillik jarayonda parvarish qilinadi, qanday qilib?
- Isroil qachon qulaydi?
- Odamlarning odamlarga bosimi nega kuchli?


Havola:
https://youtu.be/-xZVro-ru1k?si=lrfrflM7R7dKdWpG
Talon-toroj boshqa birov huquqli bo‘lgan hokimiyatni amalga oshirish bo‘lsa, zulm (teraniya) – huquqdan tashqari hokimiyatni amalga oshirishdir, bunga hech kim huquqli bo‘la olmaydi. Teraniya - birovning qo‘lidagi hokimiyatni unga bo‘ysunganlarning farovonligi uchun emas, balki o‘zining shaxsiy, alohida manfaati uchun ishlatishidir.

Jon Lokk "Boshqaruv haqida ikki risola"

@Hamid_Sodiq
Нуқталар кўрсатувида яна бир долзарб масала бўйича суҳбатлашдик.

@Hamid_Sodiq
Nuqtalar: Nega o‘zbekistonliklarning qotillik, terakt va urushlardagi ishtiroki ko‘paymoqda?


2024-yil, 26-noyabr.
Birlashgan Arab Amirliklarida yahudiy ruhoniysi Svi Kogan o‘ldirildi.

BAA politsiyasi ravvin o‘limida gumon qilib, 3 nafar o‘zbekistonlik: 28 yoshli Olimboy Tohirovich, 28 yoshli Mahmudjon Abdurahim va 33 yoshli Azizbek Komilovichni qo‘lga oldi. Bir muddat o‘tib, sud ularni o‘lim jazosiga hukm qildi.

2024-yil, 17-dekabr. Rossiyalik general Igor Kirillov va uning yordamchisini o‘ldirganlikda gumonlanib, 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Ahmad Qurbonov qo‘lga olindi. Tergov natijasida Qurbonov bu ishni 100 ming dollar va Yevropa passporti uchun qilganini tan oldi.

2024-yil, dekabr.
Suriyada 11 kunda prezident Bashar Asadni hokimiyatdan ag‘dargan qurolli islomiy muxolifat yurishida o‘zbek tilida so‘zlashuvchi o‘nlab (kamida) jangarilar ko‘rinish berdi.

2025-yil, 20-aprel. Dubaydagi ikki o‘zbek jinoiy guruhi (asosan yoshlardan iborat) o‘rtasida yirik pichoqbozlik. Politsiya 40 kishini ushlagan, janjalda bir kishi vafot etgani aytildi.

2025-yil, 30-aprel. Ukraina hukumatining “Yashashni istayman” loyihasi Rossiya-Ukraina urushida qatnashayotgan o‘zbeklar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatda O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilib, Rossiya qurolli kuchlari safida Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etish uchun shartnoma imzolagan jami 1 ming 110 nafar shaxs ma’lumotlari keltirilgan.

Bugun axborotni chegaralab bo‘lmaydi. Shunday zamonda endi qayerda-ki, qotillik, terakt, sodir etilar, urush holatlari kuzatilarkan, bu haqda soniyalarda dunyoning turli nuqtalaridan turib xabar topish mumkin. Yuqorida eslaganimiz, oxirgi bir necha oy voqealari esa xalqaro matbuotda o‘zbek nomi bilan bog‘lab yozilgan salbiy holatlar.

Xo‘sh, nega so‘nggi yillarda aynan o‘zbekistonlik, o‘zbek yoshlarini dunyo matbuotida urushlar, qotillik va teraktlar ishtirokchisi sifatida tez-tez va tobora ko‘proq o‘qimoqdamiz? Bu tizimli muammolar natijasimi yoki “katta shaharlarda uchrab turadigan kichik ko‘ngilsizlik?”. Muammolar agar tizimli bo‘lsa, bu qanday xatolar natijasi, kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi uchun nimalar qilish, nimalarni o‘zgartirish kerak?

“Nuqtalar”ning bu galgi soni ana shunday muhim, havotirli savollar tahliliga bag‘ishlandi. Dastur mehmonlari – sotsiolog Abdug‘ani Xolbekov, siyosatshunos Hamid Sodiq va sobiq “Kamolot” YIH Markaziy Kengashi raisi Bahodir G‘aniyev bo‘ldi.

📹👉 https://youtu.be/B4AM-rGOJrQ

@haqiqatdaIlyos
Mavzu: Oltin pasport kimlar uchun

Ekspertimiz: Fikrat tahlilchisi, siyosatshunos Hamid Sodiq

Tomosha qiling 📱 https://youtube.com/live/_zYmNDKeOi0?feature=share

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
telegram |instagram | facebook | youtube | fikratonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mavzu: Suriya: vaziyat o'zgardimi?

Ekspertimiz: Fikrat tahlilchisi, siyosatshunos Hamid Sodiq

Tomosha qiling 📱 https://youtu.be/VGncCwZ-v9Q

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
telegram |instagram | facebook | youtube | fikratonline
Tiraniya monarxiyalarga xos deb o‘ylash xatodir. Boshqa boshqaruv shakllari ham bunga monarxiya kabi moyildir.

Chunki qayerda xalqni boshqarish va ularning mulklarini saqlash uchun birovning qo‘liga berilgan hokimiyat boshqa maqsadlarga yo‘naltirilsa va uni qo‘lga olganlarning o‘zboshimcha va tartibsiz buyruqlariga xalqni bo‘ysundirish, ularni qashshoqlashtirish va qiynash uchun ishlatilsa, u yerda, bu hokimiyatni shunday ishlatuvchilar bitta odammi yoki ko‘pmi, bundan qat’i nazar, u darhol tiraniyaga aylanadi.

Shunday qilib, biz Afinada o‘ttizta zolim haqida ham, Sirakuzada bitta zolim haqida ham, shuningdek, Rimdagi Detsemvirlarning chidab bo‘lmas hukmronligi haqida ham o‘qiganmiz , bularning barchasi bir xil darajada yomon edi.

Jon Lokk "Boshqaruv haqida ikki risola"

@Hamid_Sodiq
Qachonki hukmdor, u qanday unvonga ega bo‘lishidan qat’i nazar, qonunni emas, balki o‘z irodasini qoida qilib olsa va uning buyruqlari hamda harakatlari o‘z fuqarolarining mulklarini saqlashga emas, balki o‘zining shuhratparastligi, qasos, ochko‘zlik yoki boshqa g‘ayritabiiy ehtiroslarini qondirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, bu tiraniyadir.

Jon Lokk "Boshqaruv haqida ikki risola"

@Hamid_Sodiq
Китоб таржимаси, ва канал фаолиятига моддий ёрдам кўрсатишни истаганлар учун:

8600510380192299 — UZKARD (Sadikov Hamid)

5614681402898872 - UZKARD
(Sadikov Hamid)

@Hamid_Sodiq
Xalqqa, ularning amaldagi qonun chiqaruvchi hokimiyati zulm, hiyla yoki chet el hokimiyatiga topshirish tufayli barbod bo‘lgandagina, yangi qonun chiqaruvchi hokimiyat o‘rnatish orqali o‘z taqdirlarini o‘zlari hal qilishlari mumkinligini uqtirish  – bu ularga najotdan umidni uzib, yovuzlik davolab bo‘lmas darajaga yetganda yordam kutishlari mumkinligini aytish bilan barobardir.

Bu, amalda, ularga avval qul bo‘linglar, so‘ng erkinligingiz haqida qayg‘uringlar va kishanda bo‘lganingizda ozod insonlardek harakat qilishingiz mumkin, deyishdan boshqa narsa emas.

Jon Lokk "Boshqaruv haqida ikki risola"

Tarjimon: Inomjon Qo‘chqorov

@Hamid_Sodiq
Ж. Локкнинг "Бошқарув ҳақидаги икки трактат" асарининг таҳрири тугади.
Яна бир муҳим китоб
Г. Киссинжернинг "Дунё тартиботи" асарининг таҳририни бошладик.

Бу асар бугунги кунимиз муаммолари занжирини англашда аҳамиятли халқа ҳисобланади.

@Hamid_Sodiq
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
Mavzu: Simulyakr versiyalar

Ekspertimiz: Fikrat tahlilchisi, siyosatshunos Hamid Sodiq va Avazbek Isaboyev

Tomosha qiling 📱 https://youtube.com/live/B8thVIGlA_M?feature=share

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
telegram |instagram | facebook | youtube | fikratonline
2025/07/05 08:34:15
Back to Top
HTML Embed Code: