Telegram Web Link
#maʼlumot

📖 «Oʻtkan kunlar» romani haqida suhbat boʻlib oʻtdi

Kecha «Hilol Nashr» nashriyotida Abdulloh Qodiriyning qalamlariga mansub «Oʻtkan kunlar» romani haqida suhbat oʻtkazildi. Tadbirga Hasanxon Yahyo Abdulmajid tashrif buyurib, Islomda badiiyat, sheʼriyatning oʻrni, xossatan, oʻzbek adabiyotidagi ilk roman haqida fikrlar bildirdilar.

✔️ Kitobni har bir oʻzbek oʻqishi kerakligi, kitobni shunchaki emas, unda yashiringan hikmatlarni izlashi, unda tasvirlangan oʻzbek xalqining haqiqiy axloq-odobi, madaniyatini oʻqib, oʻrganib, hayotga tatbiq qilish kerakligi haqida ham kerakli mulohazalarini aytib oʻtdilar.

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

8-bosqich gʻolibiga «Tafsiri Hilol» toʻplami va musʼhafi sharif hadya qilinadi!

🎉 Goʻzal anʼanamiz davom etadi! Homiylarimizning navbatdagi ehsonlaridan keyin «Arbaʼin Navaviyya» tanlovining 8-bosqich gʻolibiga yana «Tafsiri Hilol» toʻplami va musʼhafi sharif hadya qilinadi.

✔️ Maʼlumot uchun, tanlovning 8-bosqichi 9-fevral kuni boʻlib oʻtadi. Bu bosqichda suhbatlarning 34, 35, 36 va 37-qismlari vazifa qilib beriladi. Suhbatlarni @husaynbuxoriybot dan va YouTubedagi ushbu havoladan tinglashingiz mumkin.

Alloh taolo ehsonlarining oʻrnini toʻldirib bersin! 🤲

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/05 15:56:08
Back to Top
HTML Embed Code: