Telegram Web Link
#tanlov

«Arbaʼin Navaviyya» tanlovining 8-bosqich savollari


1-savol. Ustoz 34-suhbat sharhida qalb munkarni munkar deb bilmay qoʻyishi nimaning ofati deb aytganlar?

2-savol. Hadisda kishi musulmon birodarini past sanashi uning nimasiga kifoya qilishi haqida aytilgan edi?

3-savol. Ustoz 35-hadis sharhida hasadning eng pastkashini, eng quyisini qanday taʼriflaganlar?

4-savol. Ustoz musulmonlarning boshqa qavmlardan ilmda, fanda, taraqqiyotda ortda qolishiga eng birinchi sabab deb nimani aytadilar?

5-savol. Alloh qiyomat kuni qanday bandani yordamga muhtoj paytda yordamsiz tashlab qoʻyadi?

6-savol. Rasululloh alayhissalom qanday odamni moʻmin boʻlmaydi, deganlar?

7-savol. Ustoz 35-hadis sharhida insonning qalbida qanday illat boʻlsa, uning yomonligiga kifoya qiladi, deb aytadilar?

8-savol. Biror suhbatni eshitganimizda qalbimizga xotirjamlik kelsa, sakinatni his qilsak, bu nimaning belgisi ekanini ustoz 36-hadis sharhida aytganlar?

9-savol. Sakinat tushadi, rahmat qurshab oladi, farishtalar oʻrab oladi, Alloh oʻzining huzurida zikr qiladi. Keltirilganlarni bir-biriga nima bogʻlab turganini ayting?

10-savol. Alloh va banda oʻrtasidagi pardalar koʻtariladi, banda Allohga yaqinlashadi, amalda tavfiqi oshadi, Alloh haqidagi maʼrifati ziyodalashadi. Keltirilganlar nimani qilgan odamga beriladigan fazilatlar edi?

11-savol. «Yaxshilk qilganga yaxshilik qilish hayvonning ham qo'lidan keladi. Insongina yomonlik qilganga yaxshilik qila oladi». 36-hadis sharhida ustoz bir odamni eslab, ularning yuqoridagi gaplarini iqtibos qilib keltiradilar. Bu gapni kim aytgan edi?

12-savol. Bir odam biror yomon ishni qasd qilib, lekin uni qilmasa, ikki xil holat boʻladi. Bir holatda qilmagan yomon ishi uchun ajr oladi, bir holatda ajr olmaydi. Kishi qachon yomon ishni qasd qilib, lekin uni qilmagani uchun ajr oladi?

13-savol. «Allohdan boshqa uchun amal qilish shirk, Allohdan boshqa uchun amalni tark qilish riyo boʻladi». Ushbu gap kimga tegishli ekanini ayting?

14-savol. Odatda bir yomon ishni qalbidan oʻtkazsa, gunoh yozilmaydi. Ammo zamon va makonga qarab bu qoida oʻzgaradi. 37-hadis sharhida bir joyda oʻtirib, qalbidan gunohni oʻtkazsa, unga gunoh yoziladi, deb aytiladi. U qaysi joy ekanligini ayting?

15-savol. Zayd ibn Aslam bir savol berib, ulamolarga yuzlanganda: «Qoʻlingdan kelganicha yaxshilik qil, qoʻlingdan kelmay qolsa, niyat qil», deb javob berishgan ekan. Zayd ibn Aslam qanday savol bergan edilar?

👉 Javoblar 11:25 gacha qabul qilinadi;

👉 Ikkinchi marta yuborilgan, tahrirlangan javoblar qabul qilinmaydi.

👉 Javoblarni bitta matnda yozib yuboring.

✔️ Javoblar @hasanhusaynadmin ga yuboriladi.

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

❗️ Javoblarni qabul qilish toʻxtatildi.

👉 @hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maʼlumot #tanlov

«Arbaʼin Navaviyya» tanlovining 8-bosqichi natijalari

Quyida ushbu bosqichda ball va hadyalarga ega boʻlgan 10 ta ishtirokchini tanishtirib oʻtamiz:

1. Maftuna Ergasheva
Toʻgʻri javoblar soni:
15/15
Javob yuborgan vaqti: 11:04
Olgan balli: 5 ball (jami 15 ball)

2. Madina Rahimxoʻjayeva
Toʻgʻri javoblar soni:
15/15
Javob yuborgan vaqti: 11:05
Olgan balli: 4 ball

3. Sarvarbek Gʻanijonov
Toʻgʻri javoblar soni:
15/15
Javob yuborgan vaqti: 11:08
Olgan balli: 3 ball (jami 23 ball)

4. Bekzod Yusupov
Toʻgʻri javoblar soni:
15/15
Javob yuborgan vaqti: 11:09
Olgan balli: 2 ball (jami 6 ball)

5. Sardor Umarov
Toʻgʻri javoblar soni: 14/15
Javob yuborgan vaqti: 11:07
Olgan balli: 1 ball (jami 12 ball)

6. Ruxshona Umarova
Toʻgʻri javoblar soni: 14/15
Javob yuborgan vaqti: 11:08:28

7. Nozima Haydarova
Toʻgʻri javoblar soni: 14/15
Javob yuborgan vaqti: 11:08:38

8. Kamola Abdullayeva
Toʻgʻri javoblar soni: 14/15
Javob yuborgan vaqti: 11:12

9. Iroda Toirova
Toʻgʻri javoblar soni: 13/15
Javob yuborgan vaqti: 11:12

10. Abdulhamid Odil
Toʻgʻri javoblar soni: 13/15
Javob yuborgan vaqti: 11:23

🎉 Avval xabar berilganidek, ushbu bosqichda yuqori oʻrin olgan 10 ta ishtirokchiga esdalik sovgʻalar, eng yuqori 5 ta oʻrin egasiga hadyadan tashqari ball ham beriladi.

🔥 Quyida bugungi tanlovning savol-javoblari, ularning izohi va manbasi bilan tanishishingiz mumkin: telegra.ph/8-bosqich-savol-va-javoblari-02-09

* Birinchi rasmda bugungi tanlovda ball olganlar, ikkinchi rasmda esa tanlovning bugungacha boʻlib oʻtgan barcha bosqichlarida ball olganlar koʻrsatilgan.

👉 @hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

«Arbaʼin Navaviyya» tanlovining 8-bosqich gʻoliblariga hadyalar joʻnatilmoqda

✔️ Kecha tanlovimizning 8-bosqichi boʻlib oʻtib, gʻoliblar aniqlandi. Bugun gʻoliblarga hadyalar joʻnatilmoqda.

🔥 Eslatib oʻtamiz, ushbu bosqichning 1-oʻrin egasiga hamkorlarimiz tomonidan «Tafsiri Hilol» toʻplami va musʼhaf hadya qilindi.

Shuningdek, 4-10-oʻrin egalariga kuni kecha Hasanxon Yahyo Abdulmajid tomonlaridan nashrga tayyorlangan taroveh musʼhafi tortiq qilindi. Ushbu musʼhaf egalariga Ramazon oyi uchun oʻziga xos hadya boʻladi, degan umiddamiz. 😊

1-oʻrin: «Tafsiri Hilol» va musʼhaf
2-oʻrin: «Majolisi hakimul umma»
3-oʻrin: «Mukammal saodat yoʻli»
4-10-oʻrinlar: Taroveh musʼhafi

Gʻoliblarni tabriklaymiz! Ularga ham, boshqa ishtirokchilarga ham tanlovimizning soʻnggi bosqichida omad tilaymiz! 🎉

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

«Arbaʼin Navaviyya» tanlovining soʻnggi 9-bosqichi 2-mart kuni boʻlib oʻtadi

✔️ Ushbu bosqichda suhbatlarning 38, 39, 40, 41 va 42-qismlari vazifa qilib beriladi.

Suhbatlarni @husaynbuxoriybot dan hamda YouTubedagi ushbu havoladan tinglashingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, mazkur bosqich «Arbaʼin Navaviyya» tanlovining soʻnggi bosqichi hisoblanadi... 🤲

Marhamat, oxirgi bosqichda ishtirok eting, hadyalarga ega boʻling. 😊

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qur’on – chegaralar oshib

2025-yil 9-fevral kuni Yaponiya poytaxti Tokioda Jahon tillari universitetida «Qurʼon – chegaralar oshib» mavzusida xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi yurtimizdan Qur’oni Karim xodimi Hasanxon Yahyo Abdulmajid ham ushbu anjumanda ishtirok etib, «Markaziy Osiyoda Qurʼon taʼlimi: oʻtmish va bugun» mavzusida ma’ruza qildi. Unda yurtimizdan yetishib chiqqan qiroat ustozlari, boshqa ilmlarda mutaxassis bo‘lgan olim-u fuzalolar, amir-u umarolarning Qur’on ilmidagi darajalari haqida so‘z yuritildi.

📱 Anjumanni tomosha qiling: https://youtu.be/iS4sFLbPBZ0

✔️ Maqolani o‘qish: https://islom.uz/maqola/23253

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musofirlik...

Yaponiyada istiqomat qiluvchi Bahodir Iskandarov bilan Hasanxon Yahyo Abdulmajid suhbati.

Suhbatda musofirlar nimalarga eʼtibor berishi kerakligi, chet davlatga ilm uchun borib, ammo pul topishga oʻtib ketgan odamlar, musofirchilikda farzand tarbiyasi, chet elda maqsadsiz yashab yurgan musofirlar haqida soʻz boradi.

🌐 Suhbatni tomosha qiling: https://youtu.be/LmC6-0_M2Qc

✔️ Manba: Bahodir Iskandarov sahifasi

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ramazonga 15 kun qoldi!

Hasanxon Yahyo Abdulmajid
ijrosida taroveh tasbehlari va duosi... 😢

📍 «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi

📆 Ramazonning 7-kuni. 07.04.2022

🌐 Youtube orqali koʻring: https://youtu.be/10z0hr7Oqbw

«Oʻshal damlar, oʻshal damlar»...

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

🤩 Tanlovimizning soʻnggi bosqich gʻolibiga ham «Tafsiri Hilol» toʻplami hadya qilinadi

Maʼlumki, «Arbaʼin Navaviyya» tanlovining soʻnggi 9-bosqichi 2-mart kuni oʻtkaziladi.

Tanlovimizning 4-bosqichidan buyon chiroyli bidʼat boʻlib kelayotgan anʼanamiz — gʻolibga «Tafsiri Hilol» toʻplami hadya qilinishi soʻnggi bosqichda ham davom etadi!

Marhamat, tanlovda ishtirok eting, sovgʻalarga ega boʻling! 😊

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Hal laka sirrun indalloh»

Hasanxon Yahyo Abdulmajid ijrosida bayt.

📍 Yaponiya safaridan esdalik

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navoiy va Qurʼon

«Hayrat ul-abror» kitobi taqdimotida Hasanxon Yahyo Abdulmajid nutqi.

📆 04.02.2025

🌐 Nutqni tinglang: https://youtu.be/ffFYmIP1LQY

✔️ Manba: @irfontv

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚨 Behuda ishlarning ofati

«Raqamli epidemiya» koʻrsatuvida Hasanxon Yahyo Abdulmajid nutqi.

🌐 Nutqni tinglang: https://youtu.be/jfOvfCcoAX8

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

«Arbaʼin Navaviyya» tanlovining 9-bosqichiga 3 kun qoldi

2-mart
kuni tanlovning soʻnggi 9-bosqichi oʻtkaziladi.

✔️ Ushbu bosqichda suhbatlarning 38, 39, 40, 41 va 42-qismlaridan savollar beriladi.

🎉 Eslatib oʻtamiz, odatdagidek mazkur bosqichda eng yuqori ball toʻplagan 10 ta ishtirokchiga hadyalar beriladi, eng yuqori 5 oʻrin egalariga esa hadyadan tashqari ball ham beriladi.

🥳 1-oʻrin egasiga «Tafsiri Hilol» hadya qilinishini ham eslatib oʻtamiz.

Marhamat, tanlovda ishtirok eting. 😊

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon oyi barchamizga muborak boʻlsin!

@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/01 06:17:16
Back to Top
HTML Embed Code: