Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAR KIM OʻZ ISHINI QILISHI KERAK!
Bir necha yil oldin Turkiyada bir dahriysifat odam masjid imomiga soʻz qotibdi: «Boshqa xalqlar Oyga uchib, yer boyliklaridan qanday foydalanishni qoyillatib, taraqqiyotga erishmoqda. Sizlar boʻlsa haliyam besh mahal masjidga qatnab, roʻza tutib, oʻralashib yuribsizlar».
Imom domla unga sokingina shunday debdi:
- Necha yoshga kirdingiz?
- 65 ga
- Namoz oʻqiysizmi?
- Yoʻq, shu paytgacha oʻqimadim, bundan keyin ham oʻqimasam kerak.
- Oyga chiqdingizmi yoki biror kashfiyot qildingizmi?
- Yoʻq, nimaydi?
- Biz namoz-u roʻza bilan band boʻlib oyga ucha olmagan boʻlsak, siz nima qilib yerda qolib ketdingiz?
- Ha, endi...
- Biz-ku namoz oʻqib, roʻza tutib hech yoʻq oʻzimizni, oilamizni tarbiya qildik, farzandlarimizni jamiyatga yaxshilik qiladigan kishilar etib yetishtirdik. Siz oʻzingiz nimani qoyillatdingiz? Biz qozonning bir tarafini koʻtarib turibmiz, narigi tomonini siz koʻtarishingiz kerak edi. Oʻzingiz koʻtarmagan taraf tushib ketib qolsa, nega bizni malomat qilasiz? Har kim oʻz ishini qilishi kerak-da, birodar!
Aslida poklik, ibodat hayotda eng muhim ish va bu, ayrimlar oʻylagandek, hayotdagi boshqa yumushlarga, taraqqqiyotga hech qanday xalal bermaydi, aksincha, yordam beradi, undiradi. Ammo ibodatdan yiroq kishilarga shayton oʻz ishlarini haspoʻslashga turli bahonalar topib berganidan ular har xil mantiqsiz gaplar aytib turishadi.
Muammo poklanishda ham emas, ibodat qilishda ham emas, balki undan boshqa kerakli ishlarni beparvo tashlab qoʻyishdadir. Allohning ibodatga oid buyrugʻiga amal qilish bilan birga, sababiyat qonuniyatiga ham rioya etish darkor.
Yana bir gap. Baʼzilar, shu tozalanishni oʻrgataverasizlar ensani qotirib, uning oʻrniga katta masalalarni gapirish kerak, deydi. Toʻgʻri, jiddiy masalalarni ham muhokama qilish darkor, biroq unday mavzularga hammaning ham ehtiyoji, qobiliyati boʻlmaydi, ammo tozalanishga hamma muhtoj va u hammaning qoʻlidan keladi. Mana bu jihatni ham unutmaslik kerak.
Xullas, har narsaga dinni, dindorni aybdor qilishga urunish dahriycha va noxolis yondashuv. Har bir ishning oʻz sababini joriy qilish, har kim oʻz ishini qilishi kerak. Oʻz vazifasini bajarmaganlar aybni boshqaga yuklamay, oʻz burchlarini ado etishlari lozim. Ana shunda hamma narsa maromiga keladi.
Hasanxon Yahyo Abdulmajid
@hasanhusayn

Juma kunining fazilatlari, bu kunning odoblari
Husaynxon Yahyo Abdulmajid
🌐 Suhbatni tinglang: https://www.youtube.com/watch?v=ZCu_sLvazMs
@hasanhusayn
Husaynxon Yahyo Abdulmajid
@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
🎉 «Arbaʼin Navaviyya» tanlovining gʻoliblariga hadyalar topshirildi!
Xabaringiz bor, Husaynxon Yahyo Abdulmajid tomonlaridan Imom Navaviyning «Arbaʼin» asarlari sharh qilingan. Sahifamizda ushbu suhbatlar asosida tanlov eʼlon qilgan edik.
✔️ Mart oyining boshida 10 oy davom etgan tanlov oʻz nihoyasiga yetdi va eng koʻp ball toʻplagan 3 ta ishtirokchi mutlaq gʻolib deb topildi.
Bugun gʻoliblarimizga tanlovning asosiy hadyalari topshirildi!😊
🥇 Sarvarbek Gʻanijonov: «Hadis va hayot» toʻplami, noutbuk (Lenovo, Intel idepad slim 3), gʻolibimizning ismlari suls xatida yozilgan surat;
🥈 Kamola Abdullayeva: «Oltin silsila» — «Sahihul Buxoriy» toʻplami, telefon (Samsung A35), gʻolibamizning ismlari suls xatida yozilgan surat;
🥉 Maftuna Ergasheva: «Oltin silsila» — «Sahihi Muslim» toʻplami, telefon (Samsung A35), gʻolibamizning ismlari suls xatida yozilgan surat;
Alloh taolo tanlovga homiylik qilgan, ehson qilgan barcha azizlardan rozi boʻlsin! Gʻolib-u gʻolibalarimizga yana bir bor oliy shohsupa muborak boʻlsin!🤲
@hasanhusayn
Xabaringiz bor, Husaynxon Yahyo Abdulmajid tomonlaridan Imom Navaviyning «Arbaʼin» asarlari sharh qilingan. Sahifamizda ushbu suhbatlar asosida tanlov eʼlon qilgan edik.
Bugun gʻoliblarimizga tanlovning asosiy hadyalari topshirildi!
Alloh taolo tanlovga homiylik qilgan, ehson qilgan barcha azizlardan rozi boʻlsin! Gʻolib-u gʻolibalarimizga yana bir bor oliy shohsupa muborak boʻlsin!
@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
«Dream park» bogʻida oʻtkazilgan kitob koʻrgazmasidan lavha
@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
«Kitobxonlik maktabi» loyihasining 162-sonida Muhammad Zarif Muhammad Olim tomonlaridan nashrga tayyorlangan ikki kitob taqdimoti boʻlib oʻtadi.
🗓 Tadbir ertaga 13-may kuni 14:00 da «Hilol nashr» nashriyotining majlislar zalida boshlanadi.
Marhamat, yana bir kitob taqdimotiga, ota-onalar haqida yozilgan moʻjaz risolalar haqidagi suhbatga tashrif buyuring!
@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ahzob, 70-73
Husaynxon Yahyo Abdulmajid
Ahzob surasi, 70-73-oyatlar
📆 09.05.2025
@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
@hasanhusayn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM