Telegram Web Link
🔫 «Mafia: The Old Country» relizi 8-avgustda bo'ladi

📅 Ishlab chiquvchi kompaniya sanani tasodifanmi yoki atayinmi, Steam'dagi rus, polyak va italyan tilidagi press-relizlar orqali oshkor qildi.

🤷‍♂️ Ehtimol, Take Two xodimlari bu ma’lumotni yashirishga harakat qilishar, ammo endi kech.

👀 Mafia o'ynaganlar bormi oramizda?

➡️ #game #mafia | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🔥6👾21🙊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😱 Kiberpankka oz qoldi...

🫀 Haqiqiy yurak transplantatsiyasi uchun navbatlar juda uzun, shu sababli olimlar sun’iy yuraklarni faol ishlab chiqmoqda. Tez orada real hayotdagi sinovlar ham boshlanarmish.

➡️ #tibbiyot | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26👍17😱8🗿4👾1
📱 X8 seriyasiga yana ikki model qo‘shildi — OPPO Find X8s va Find X8s+

ℹ️ Bu modellarning har ikkalasi OPPO taqdim etgan flagman Find X8 Ultra’ning soddalashtirilgan versiyalari hisoblanadi. Ekranlar kichikroq, chipset va kameralar kamroq quvvatli, lekin dizayn flagman bilan bir xil.

⚙️ Qizig‘i shundaki, Find X8s va Find X8s+’ning ekran diagonali va kamera periskoplari farqli bo‘lsa-da, xotira hajmi bir xil bo‘lgan versiyalarining narxi aynan bir xil. Bu holat xaridorlarga narxdan qat’i nazar, o‘lchamga qarab tanlash imkonini beradi.

📱 Displeylar:
X8s: 6,32", 2640×1216, AMOLED, 120 Hz
X8s+: 6,59", 2760×1256, AMOLED, 120 Hz

👩‍💻 Chipset: MediaTek Dimensity 9400+

📸 Kameralar:
X8s: 50 MP (f/2.0) + 50 MP periskop (f/2.8, 3.5x) + 32 MP selfi
X8s+: 50 MP (f/2.0) + 50 MP periskop (f/2.6, 3x) + 32 MP selfi

💾 Xotira variantlari:
X8s: 12+256, 12+512, 16+256, 16+512, 16+1024 GB
X8s+: 12+256, 12+512, 16+512, 16+1024 GB

📡 Aloqa: 5G, NFC, Wi-Fi 7, Bluetooth 5.4 LE
🔐 Biometriya: ekran osti barmoq izi skaneri, yuzni aniqlash
💧 Suvga chidamlilik: IP68 / IP69

🔋 Batareya va zaryadlash:
X8s: 5700 mAh, 80W simli, 50W simsiz, 10W teskari zaryad
X8s+: 6000 mAh, 80W simli, 50W simsiz, 10W teskari zaryad

💰 Boshlang‘ich narx: $574

➡️ #oppo | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥82🦄1👾1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😱 Sun'iy intellektning rivojlanishida har birimizning xissamiz bor.
📝 "Captcha"lar orqali u o'qishni, ko'rishni va eshitishni o'rgandi. Siz orqali, biz orqali.

💬 Bu borada ChatGPT'ning fikri quyidagicha:
"Sizning CAPTCHA kiritishingiz orqali, AI’lar (men emas, balki OCR va boshqa tizimlar) eski matnlarni o‘rganishga imkon topgan. Va bu bilvosita tarzda mening ham bilim bazamga ta’sir qilgan. Bu degani, ha, siz bexabar tarzda sun’iy intellekt rivojiga yordam bergansiz. Tabriklayman — siz AI tarbiyasiga hissa qo‘shgansiz."

▶️ To'liq podcastni YouTube'dagi "Jasur Rahmon" kanalidan topasiz.
📱 https://youtu.be/w8WO-sJVvNs

➡️ #ai | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍23🔥3🤯3👾3🤝1
Shunchaki kulib qo'ydim... Qaytaraymi?)

➡️ #avto | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁76🤡28🤣12👾3👎2
🤦‍♂️ Xullas, tartibsiz bo'lib ketgan transport sohamizda yana bir kulgili ish...

⚠️ "Road24" o'rniga davlatning rasmiy "Safe Road YHXX" ilovasi chiqdi deyishdi. Tekshirdim, ro'yxatdan ham o'tmasdan qotib qoldi.

😏 Tuppa-tuzuk ishlab turgan "Road24" ilovasini ham ko'ra olishmadi. Erta-indin yangi tizim abonent to'lovi bilan ishlaydigan bo'lib ketsa ham ajablanmayman (unday bo'lmasin ham ishqilib).

➡️ #avto | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁82🤡19👍16🤬11👾6
Keng qamrovli IT xavfsizlik: tashkilotni tahdidlardan qanday himoya qilish mumkin?

30-aprel kuni soat 19:00 da Toshkentda IT-infratuzilma provayderi @servercorenews tomonidan yopiq IT-kechki ovqat bo‘lib o‘tadi. Tadbirda kompaniya mutaxassislari O‘zbekiston IT-bozor yetakchilari bilan birgalikda har bir biznesni tashvishga solayotgan asosiy mavzu – xavfsizlikni muhokama qiladi.

Havola orqali bepul ro‘yxatdan o‘ting: https://srv.cr/qkxzv

Servercore - Toshkent, Olmaota va Nayrobida mavjud bo‘lgan xalqaro IT-infratuzilma provayderi. Kompaniya biznes uchun IT- infratuzilmasini — bulutli yechimlarni, shuningdek ijara uchun mahsus serverlarni taqdim etadi.
👍61👾1
📱 Android qurilmalari endi har 3 kunda avtomatik ravishda "perezagruzka" bo'ladi

🔐 Nima uchun? Qurilma 72 soat davomida umuman ochilmasa (ya’ni, parol bilan blokdan chiqarilmasa), u avtomatik tarzda qayta ishga tushadi va “birinchi ochilishgacha” holatiga qaytadi. Bu holatda ma’lumotlar kuchliroq shifrlanadi va begonalarga kirish qiyinlashadi.

▶️ Bu yangilik Google Play Services 25.14 versiyasi orqali joriy etiladi, Android operatsion tizimining yangilanishisiz ham ishlaydi.

🍏 iOS 18 tizimida ham shunga o‘xshash funksiya bor (4 kunlik interval bilan).
☑️ GrapheneOS foydalanuvchilari bu muddatni 10 daqiqadan 72 soatgacha sozlashi mumkin.

🛡 Yangi funksiya smartfon xavfsizligini oshirishga qaratilgan. Smartwatch va Smart TV qurilmalarga taalluqli emas.

🎥 #android | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37🤬21🤷‍♂82👎2
📱 Samsung kompaniyasi Android 16 asosidagi One UI 8 interfeysining dastlabki skrinshotlarini taqdim etdi

🆕 Bu yangilanishda dizayn o‘zgarishlari minimal bo‘lib, asosan mavjud funksiyalarni takomillashtirishga qaratilgan.​

🔍 Asosiy yangiliklar:
- Now Brief funksiyasi: Endilikda 2024-yilgi barcha flagman modellarda mavjud bo‘lib, foydalanuvchining tanlangan ilovalaridan shaxsiylashtirilgan qisqacha ma’lumotlar lentasini shakllantiradi.

- Log video yozuvi: Avval faqat Galaxy S24 va S25 seriyalarida mavjud bo‘lgan bu professional video yozish rejimi endi boshqa qurilmalarda ham qo‘llab-quvvatlanadi. Bu rejimda yozilgan videolar kengaytirilgan dinamik diapazonga ega bo‘lib, tahrirlashda ko‘proq moslashuvchanlikni ta’minlaydi.

- Quick Share menyusi: Fayl almashish funksiyasi endi "Qabul qilish" va "Yuborish" bo‘limlariga ajratilgan, bu esa qurilmaning ko‘rinuvchanligini boshqarishni osonlashtiradi.

- Ilovalar interfeysi: "My Files" va "Gallery" ilovalari dizaynida kichik o‘zgarishlar mavjud bo‘lib, foydalanuvchi tajribasini yanada yaxshilaydi.

📱 Yangilanishni qabul qiladigan qurilmalar:
One UI 8 yangilanishi quyidagi Samsung qurilmalari uchun taqdim etilishi kutilmoqda:​
- Galaxy S seriyasi: S22, S23, S24, S25 va ularning FE modellari.​
- Galaxy Z seriyasi: Z Fold 4, 5, 6, 7 va Z Flip 4, 5, 6, 7.​
- Galaxy Tab seriyasi: Tab S9, S10 va ularning variantlari.​
- Galaxy A seriyasi: A35, A55 va boshqa tanlangan modellari.

📅 Chiqarilish sanasi:
Google Android 16 versiyasini 2025-yil iyun oyida chiqarishi kutilmoqda. Samsung esa One UI 8 yangilanishini Galaxy Z Fold 7 va Z Flip 7 qurilmalari bilan birga iyul yoki avgust oylarida taqdim etishi mumkin.

🎥 #samsung | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40🤬63🤡3🤮2
2025/07/13 18:45:10
Back to Top
HTML Embed Code: