Telegram Web Link
📱 Android 16 yangi ish stoli rejimi bilan smartfoningizni kompyuterga aylantiring!

ℹ️ Bu funksiya yordamida smartfoningizni USB-C orqali monitorga ulab, kompyuterga o'xshash interfeysda ishlashingiz mumkin.

🔧 Asosiy xususiyatlar:
- Vazifalar paneli. Pinned va so'nggi ilovalar uchun qulay kirish.
- Ilovalar oynalari. Ilovalarni erkin o'lchamda ochish va joylashtirish imkoniyati.
- "Start" menyusiga o'xshash ilovalar tortmasi: Barcha ilovalarga tezkor kirish.
- Ko'p oynali ishlash. Bir nechta ilovani bir vaqtning o'zida ishlatish.
- Kursorni boshqarish. Tashqi klaviatura va sichqoncha bilan to'liq boshqaruv.
- Tashqi displeylarni qo'llab-quvvatlash. Bir nechta monitor bilan ishlash imkoniyati.

📅 Bu funksiya Android 16 ning asosiy chiqarilishida mavjud bo'lmasligi mumkin, ammo keyingi yangilanishlarda yoki Android 17 versiyasida to'liq joriy etilishi kutilmoqda.

👉 #android | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🗿116🎄2👾1
📱 Rasman bugundan boshlab Skype ishlamaydi — butun bir davr yakunlandi

ℹ️ 2011-yilda Microsoft ushbu messenjerni 8,5 milliard dollarga xarid qilgandi. Shu paytgacha Skype foydaga chiqa olmadi — 15 yil davomida zarar bilan ishlaganidan so‘ng, u nihoyat yopilmoqda.

💻 Barcha akkauntlar Microsoft Teams tizimiga ko‘chiriladi.

👉 #microsoft #skype | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫡58🤩10👍8👻3👾3
All skype sounds
RG19971
😢 Yoqimli xotiralarni esa shu yerda qoldiraman...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢28🆒6🗿5🤣4👾2
🚗 Rossiyada GAZ va Bugatti aralashmasi – Volgatti!

🛠 Ustalar guruhi klassik GAZ-21 "Volga" va zamonaviy Bugatti Chiron dizaynlarini birlashtirib, yangi superkar yaratdi. Modelning nomi ham ijodiy: Volgatti!

ℹ️ Texnik jihatlar:
Platforma: BMW 6 Series (E63) asosida
Dvigatel: 4.4L V8, 333 HP
G‘ildiraklar: oldi — 20", orqa — 21"
Spoiler: 100 km/soatda avtomatik ko‘tariladi

🪄 Tashqi ko‘rinish:
Old oynasi tor, hot-rod uslubida
Eshiklar: alyuminiy, bezramkali
Kapotda GAZ-21 dan qolgan olmaxon haykali

💵 Unga $120,000 va 3 yil mehnat ketgan. Hozircha rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilmagan. Ammo cheklangan seriyali ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda.

👉 #avto | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣68🔥26👎6🗿5👾1
🔐 Android 16’da “Super himoya rejimi”

📱 Google yangi Android 16’da xavfsizlikni maksimal darajaga olib chiqadigan Advanced Protection Mode funksiyasini taqdim etadi.

🛡 Asosiy imkoniyatlar:
- Ilovalarni faqat Google Play orqali o‘rnatish
- 2G tarmoqlarini avtomatik bloklash
- USB ma’lumot almashinuvini qulflangan holatda o‘chirib qo‘yish
- Xavfli saytlarga kirishni avtomatik cheklash
- Qurilmani masofadan qulflash yoki o‘chirish.

💡 Ushbu rejim Android 16 sozlamalari orqali yoqiladi va xavfsizlikni sezilarli darajada oshiradi.

👉 #android | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19167🤣5👾3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎮 GTA6️⃣ - 2-treylerini qarshi oling!

📅 O'yinning 2026-yilning 26-mayida kuting.

👉 #game #gta | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤‍🔥30👍17👎3👾21
🎮 GTA VI o‘yinning narxi Burj-Xalifani qurishdan ham qimmatga tushdi!

🎮 O‘yin ustida ish taxminan 7 yil davom etdi va xarajatlar $2 milliardni tashkil etdi — bu esa dunyoning eng baland binosi Burj-Xalifaning qurilishidan ($1,5 mlrd) ham qimmatroq!

🎮 Ha, osmono‘par bino 6 yilda qurilgan, bu o‘yin esa 7 yilda tayyorlanyapti.
Endi Vice City’da nimalar bo'lishini sabrsizlik bilan kutyapmiz!

📆 Rasmiy reliz — 2026-yil 26-may, o‘yin PS5 va Xbox uchun chiqadi.

👉 #game #gta | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4133🤣12👾4🗿2
🍏 Apple: 10 yildan keyin siz iPhone’ni unutib yuborasiz...

🍏 Hozirda iPhone kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangandek tuyulsa-da, hatto Apple ham tan olmoqda: uning davri tugash arafasida.

🇺🇸 Google va AQSh Adliya vazirligi o‘rtasidagi monopoliya ishi doirasida Apple’ning servislar bo‘yicha rahbari Eddi Kyu hayratlantiruvchi bayonot berdi: kompaniya yaqin kelajakda smartfonlar, jumladan iPhone ham, dolzarbligini yo‘qotadi degan ssenariyni jiddiy ko‘rib chiqmoqda (MacRumors xabariga ko‘ra).

💬 “10 yildan keyin sizga iPhone kerak bo‘lmasligi mumkin — bu qanchalik g‘alati eshitilmasin,” — dedi Kyu sudda.

ℹ️ Uning so‘zlariga ko‘ra, texnologiyalar shu darajada tez rivojlanmoqda-ki, yaqin o‘n yillikda smartfonlar aqlli va ixcham AI gadjetlar bilan almashib ketadi. Bunday urinishlar allaqachon bo‘lgan — masalan, Humane AI Pin va Rabbit R1 kabi qurilmalar. Ammo birinchisi bir yildan ham ko‘p yashamadi, ikkinchisi esa kuchsiz va xom holatda chiqqan.

🍎 Shunga qaramay, Apple ishonch bilan aytmoqda: muammo g‘oyada emas, texnologiyalar hali ambitsiyalarga yetib bormaganida. Sun’iy intellekt va taqiladigan gadjetlar kerakli bosqichga yetganda, smartfonlar o‘tmishga aylanadi — va iPhone ham xuddi tugmachali telefonlar singari hayotdan chiqib ketadi.

👀 Siz iPhone’siz hayotga tayyormisiz?

👉 #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍58🤣27😐215💯5
2025/07/12 10:46:17
Back to Top
HTML Embed Code: