Telegram Web Link
📱 Xiaomi 16: Katta batareya, yangi chip va periskop kamera bilan

ℹ️ Xiaomi 16 flagman smartfoni 2025-yil sentabrida taqdim etilishi kutilmoqda. U quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin:

🔋 Batareya: 6800 mA·soat, 100 W tez zaryadlash bilan

⚙️ Protsessor: Snapdragon 8 Elite 2 yoki MediaTek Dimensity 9500

📸 Kamera: 50 MP asosiy, periskop teleob'yektivli triyalik kamera

📱 Ekran: 6.3" OLED, ingichka ramkalar bilan

💽 Xotira: 8/12/16 GB RAM, 256/512 GB yoki 1 TB ROM

🧠 OS: Android 16 asosida HyperOS 3.0

👉 #xiaomi | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍48🤯1063👾1
🖥 Samsung dunyodagi birinchi 500 Hz OLED monitorini taqdim etdi!

ℹ️ Yangi Odyssey OLED G6 (G60SF) modeli — bu 27 dyuymli QHD (2560×1440) o‘yin monitori bo‘lib, 500 Hz yangilanish tezligi bilan dunyoda birinchi bo‘ldi.

Asosiy xususiyatlar:
* 0.03ms javob vaqti
* QD-OLED panel – yorqin va kontrastli tasvir
* AMD FreeSync Premium Pro va NVIDIA G-Sync bilan moslik
* HDMI 2.1 va DisplayPort kirishlari
* Yaltirashga qarshi "matoviy" ekran

🛡 OLED Safeguard+ texnologiyasi bilan ekran kuyishidan himoya qilingan.

💵 Narxi hali aniqlanmagan, biroq model allaqachon ba’zi bozorlarda namoyish etildi.
Bu monitor ayniqsa e-sport ixlosmandlari uchun haqiqiy topilma.

👉 #samsung | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍45🤩9❤‍🔥3🆒1👾1
🔎 Google logotipini yangiladi

ℹ️ Aniq-tiniq ajratilgan ranglardan voz kechib, hammasini bir-biriga qo'shdi va silliq gradient hosil qildi.

🙃 Fikringizni bir tiyinlik ta'siri bo'lmasa ham, ayting, qaysi biri ma'qul?

👉 #google | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣142🔥17🤡1043
Forwarded from OVOZA | Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sun’iy intellekt tayyor dastyor, lekin uning xavfli tomonlari ham bor

Efir: 13.05.2025 | 19:00
#Toshkent
Muxbir: Dovudxon G'ulomjonov

🚀TELEGRAM | 🌐INSTAGRAM
🌐FACEBOOK | 📹YOUTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🤝1
🚘 Rossiyada 1990-yilgi “Zaporojets” 100 km yurilgan holatda sotuvda!

🇷🇺 Rossiyada noyob ZAZ-968M modeli sotuvga qo‘yildi: u 35 yil davomida garajda saqlanib, atigi 100 km yurgan. Avtomobilning zavod bo‘yoqlari, rezina qismlari va tormoz kolodkalari asl holatda saqlangan.

🔧 Texnik xususiyatlar:
Dvigatel: 1.2 litrli, 41 ot kuchiga ega, havo bilan sovutiladigan V4
Transmissiya: 4 pog‘onali mexanik uzatma

💸 Narxi: 280 000 rubl (taxminan $3,450)

Bu modelning havo bilan sovutiladigan dvigateli Porsche 911 bilan o‘xshashlikka ega, ammo “Zaporojets” ancha ixcham.


👉 #avto | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍46🔥10👾1
🔊 Edifier Huazai New Play: RGB yoritgichli shaffof mini-kalonka

ℹ️ 96 kHz/24-bit Hi-Res Audio qo‘llab-quvvatlaydigan portativ Bluetooth karnay RGB yoritgichi 7 ta rejim, 16.8 mln rangda yorishadi.

- Kuchli ovoz: 30W chiqish quvvati, TWS-stereo ulanish
- 4 rejim: Musiqa, O‘yin, Kino, Tabiiy muhit
- DIY ekvalayzer va USB audio rejimi

🔋 15 soat batareya, 1 kg vazn

🎮 Gamerlar, musiqasevarlar va estetlar uchun zo‘r variant!

💵 Narxi — 519 yuan (~$72).

👉 #texnologiya | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19👾31
🔑 Parolni almashtirish vaqti keldi!

🕸 Internetga 89 millionta Steam foydalanuvchisining ma’lumotlari sizib chiqqani aniqlandi. Ma’lumotlar bazasida login ma’lumotlari va SMS orqali yuboriladigan kodlar ham bor.

🎮 Parolingizni darhol almashtiring va ikki bosqichli himoyani (Steam Guard) yoqing!

💸 Foydalanuvchilarni shaxsiy ma'lumotlarini xakerlar $5,000 sotishayotganmish.

👉 #steam | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😱28👍81👾1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🆒12👍6👾62
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
Video message
🔥 Tadbirda ishtirok etish BEPUL ekan!
🤩 Hamma kelishi mumkin deyishdi.

🎮 GameFest 2025 — bu shunchaki festival emas, bu GLOBAL SAHNA!

🌎Bu yil dunyoning 30+ davlatidan vakillar Toshkentga tashrif buyurmoqda!
Ular orasida:
🇺🇸 AQSH
🇩🇪 Germaniya
🇯🇵 Yaponiya
🇮🇳 Hindiston
🇰🇷 Janubiy Koreya
🇨🇳 Xitoy
🇹🇷 Turkiya
…va yana ko‘plab davlatlar!

O‘zbekiston bunday miqyosdagi sahnada MEZBON bo‘lmoqda!

📆 16–17 may.
📍 IT Park Complex

📱 Batafsil ma'lumot shu yerda - Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍231🤝1👾1
Huawei MateBook Fold Ultimate Design: Birinchi bukiluvchi ekranli noutbuk

📅 Ushbu noutbuk 2025-yil 19-may kuni taqdim etilishi rejalashtirilgan.

⚙️ Asosiy xususiyatlar:
- Displey: Bukiluvchi ekran, to‘liq ochilganda planshetga o‘xshash ko‘rinish hosil qiladi.
- Protsessor: Huawei’ning o‘zida ishlab chiqilgan Kirin X90 chipi.
- Operativ xotira: 32 GB RAM.
- Doimiy xotira: 2 TB SSD.
- Operatsion tizim: Huawei’ning yangi HarmonyOS 5 tizimi.
- Dizayn: “Forged Shadow Black” nomli qora rangda, charmga o‘xshash tekstura bilan.

💻 Bu noutbuk Huawei’ning bukiluvchi qurilmalar bozoriga kirishidagi ilk qadami bo‘lib, Lenovo ThinkPad X1 Fold va ASUS ZenBook 17 Fold OLED kabi modellarga raqobatchi sifatida ko‘rilmoqda.

👉 #huawei | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍262👎1🤮1🤡1
🟦 Bluetooth 6.1: Xakerlarga xayr! Salom, maxfiylik va quvvat tejamkorlik!

📡 Yangi Bluetooth Core 6.1 standarti taqdim etildi — u nafaqat xavfsizlikni oshiradi, balki batareyani ham avvalgidan yaxshiroq tejaydi.

🛡 Avval Bluetooth manzillari har 15 daqiqada yangilanardi — bu esa kuzatuvchilar uchun oson nishon edi. Endilikda esa manzillar tasodifiy 8–15 daqiqa oralig‘ida o‘zgaradi, istasa — 1 soniyadan 1 soatgacha sozlash mumkin.

⚙️ Endi barcha maxfiy manzillarni chipning o‘zi generatsiya qiladi — markaziy protsessor aralashmaydi, bu esa batareyani tejaydi va gadjetlarning avtonomligini oshiradi.

🧬 Yangi algoritm NIST tomonidan tasdiqlangan — bu uni deyarli kuzatib bo‘lmas holga keltiradi. Ma’lumotlar havoda maksimal xavfsizlikda uzatiladi.

📅 Yangi chiplar va moslashgan dasturlar bozoriga 2026-yildan boshlab chiqishi kutilmoqda. Ammo bu texnologiya allaqachon maxfiy aloqa kelajagi sifatida e’tirof etilmoqda.

👉 #bluetooth | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍579😎6👾2🔥1
Huawei buklanadigan ekranli noutbukni taqdim etdi — MateBook Fold Ultimate Design

ℹ️ Kompaniya bu — dunyo bo‘yicha eng katta ikki qatlamli OLED panel ekanligini ta’kidlamoqda.

📱 Qurilma ochilgan holatda 18 dyuymli 4:3 formatdagi ekran, buklangan holatda esa 13 dyuymli 3:2 formatdagi noutbuk sifatida ishlaydi.

⚖️ Og‘irligi — 1,16 kg, korpusda buklangan holatda foydalanish uchun maxsus stend mavjud.

⚙️ Texnik tavsifi:
• Ekran: Noutbuk rejimida: 13", 2472×1648 Tandem OLED, yorqinlik 1600 nitgacha, to‘liq ekran rejimida: 18", 3296×2472
• Protsessor: Kirin X90
• Tizim: Harmony OS 5
• Xotira: 32+1024 GB yoki 32+2048 GB
• Batareya: 6400 mA·soat, 74,69 W·soat
• Aloqa: Wi-Fi 6, Bluetooth 5.2
• Portlar: 2× USB-C 3.2
• O‘lchamlar:
– Noutbuk holatida: 193,7×288,5×14,9 mm
– Ekran holatida: 288,5×382,5×7,3 mm

💸 Narxi: 43 000 000 so'm ekan.

📦 To‘plamda tashqi klaviatura, zaryadlovchi va g'ilof mavjud.

👉 #huawei | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🔥115👾2👎1
2025/07/10 16:44:57
Back to Top
HTML Embed Code: