Telegram Web Link
📱 Galaxy S25 Edge: Titan ramka, keramika oynali dizayn suratlari tarqaldi

📣 Yangi Galaxy S25 Edge nafaqat dizayni, balki ishlatilgan materiallari bilan ham e’tibor qozonmoqda.

ℹ️ Nima yangilik?
- Ramkasi endi titan qotishmasidan — yengil va mustahkam
- Old panelda Gorilla Glass Ceramic 2 — yuqori shaffoflik va chizilishga chidamli
- Orqa panel — Gorilla Glass Victus 2
- Eng yupqa Galaxy S: atigi 5.84 mm, og‘irligi esa 163 g

⚙️ Texnik jihatlar:
Ekran: 6.7", AMOLED, 120 Hz
Protsessor: Snapdragon 8 Elite
Kamera: 200 MP asosiy, 12 MP old kamera
Batareya: 3900 mAh, 25W tez zaryad
Xotira: 12 GB RAM, 256/512 GB ROM
Himoya: IP68

👉 #samsung | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱📱 Xperia 1 VII: yangi flagman, kuchli kamera va uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash

ℹ️ Sony kompaniyasi 2025-yil 15-may kuni Xperia 1 VII smartfonini taqdim etadi. Rasmiy taqdimotdan oldin, marketing materiallari va rasmiy renderlar internetga sizib chiqdi. Ushbu yangi model avvalgi Xperia 1 VI dizaynini saqlab qolgan bo‘lsa-da, texnik jihatdan sezilarli yangilanishlarga ega.

📸 Kamera tizimi
- Asosiy kamera: 48 MP, optik tasvir barqarorlashtirish (OIS) bilan.
- Ultra keng burchakli kamera: 12 MP, avvalgi modelga nisbatan 2,1 baravar katta sensor bilan.
- Periskop telefoto kamera: 12 MP, 70–200 mm optik zum bilan.

🔓 Sony Alpha kameralaridan ilhomlangan ushbu tizim, "Lock Focus" va "Autoframing" kabi funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, makro rejimda yuqori sifatli suratga olish imkoniyati mavjud.

🔧 Texnik xususiyatlar
- Protsessor: Snapdragon 8 Elite.
- Operativ xotira: 12 yoki 16 GB.
- Ichki xotira: 256 yoki 512 GB.
- Displey: 6,5 dyuymli OLED, 4K pikselli, 120 Hz yangilanish tezligi bilan.
- Batareya: 5 000 mAh, 30 W tez zaryadlash va simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
- Audio: Hi-Res Audio, LDAC, DSEE Ultimate, old tomonlama stereo dinamiklar.
- Boshqa: 3,5 mm audio jack, microSD slot, yon tomonda barmoq izi skaneri va kamera tugmasi.

💰 Xperia 1 VII'ning boshlang‘ich narxi taxminan $1,399 bo‘lishi kutilmoqda. Avval Yevropada iyul oyida sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.

👉 #sony | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🛰 Kosmos-482: 53 yillik orbitadan so‘ng Yerga qaytdi

ℹ️ 1972-yilda Sovet Ittifoqi tomonidan Venera sayyorasini o‘rganish maqsadida uchirilgan Kosmos-482 kosmik apparati 2025-yil 10-may kuni Yer atmosferasiga nazoratsiz tarzda kirib, Hind okeaniga tushdi. Diametri ~1 metr bo'lgan apparat titan qobiqdan iborat bo'lib, yuqori harorat va bosimga chidamli.

🌎 Apparatning asosiy qismlari 1970-yillarda Yerga qaytgan bo‘lsa-da, qo‘nish moduli orbitada qolgan edi. Bu modul 53 yil davomida Yer atrofida aylanishda davom etdi.

🌊 2025-yil 10-may kuni Toshkent vaqti bilan 11:24 Indoneziya yaqinidagi Hind okeani, Jakarta shahridan g‘arbda, taxminan 560 km masofaga quladi. Apparatning mustahkam tuzilishi sababli, uning ba'zi qismlari atmosferadan o‘tishda butunligicha saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin.

⚠️ Mutaxassislar ushbu hodisa odamlar yoki infratuzilmalarga jiddiy tahdid solmaganini ta'kidladilar. Kosmos-482'ning tushishi kosmik chiqindilar muammosiga yana bir bor e'tibor qaratdi.

👉 #koinot | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Huawei o‘z operatsion tizimiga ega noutbuklarini sotmoqda

ℹ️ Bu ehtimol xuddi smartfonlaridagi Android kabi Linux asosidagi operatsion tizim. Tizimning ko‘rinishi, animatsiyalari, sensorli boshqaruv, neyrotexnologiyalar bilan integratsiya — bularning barchasi juda chiroyli tarzda qilingan. Windows'dan unisini, Mac OS'dan bunisini olib mukammalroq bir tizimni ishlab chiqishibdi.

📦 Faqat bitta narsa xavotirli — ilovalar soni juda kam bo'lsa kerak. Ammo bu vaqt o‘tishi bilan hal bo‘ladi, eng muhimi — boshlash va to‘xtamasdan rivojlantirish kerak. Fikringizni izohlarda kutaman.

👉 #huawei | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Xiaomi 16: Katta batareya, yangi chip va periskop kamera bilan

ℹ️ Xiaomi 16 flagman smartfoni 2025-yil sentabrida taqdim etilishi kutilmoqda. U quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin:

🔋 Batareya: 6800 mA·soat, 100 W tez zaryadlash bilan

⚙️ Protsessor: Snapdragon 8 Elite 2 yoki MediaTek Dimensity 9500

📸 Kamera: 50 MP asosiy, periskop teleob'yektivli triyalik kamera

📱 Ekran: 6.3" OLED, ingichka ramkalar bilan

💽 Xotira: 8/12/16 GB RAM, 256/512 GB yoki 1 TB ROM

🧠 OS: Android 16 asosida HyperOS 3.0

👉 #xiaomi | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥 Samsung dunyodagi birinchi 500 Hz OLED monitorini taqdim etdi!

ℹ️ Yangi Odyssey OLED G6 (G60SF) modeli — bu 27 dyuymli QHD (2560×1440) o‘yin monitori bo‘lib, 500 Hz yangilanish tezligi bilan dunyoda birinchi bo‘ldi.

Asosiy xususiyatlar:
* 0.03ms javob vaqti
* QD-OLED panel – yorqin va kontrastli tasvir
* AMD FreeSync Premium Pro va NVIDIA G-Sync bilan moslik
* HDMI 2.1 va DisplayPort kirishlari
* Yaltirashga qarshi "matoviy" ekran

🛡 OLED Safeguard+ texnologiyasi bilan ekran kuyishidan himoya qilingan.

💵 Narxi hali aniqlanmagan, biroq model allaqachon ba’zi bozorlarda namoyish etildi.
Bu monitor ayniqsa e-sport ixlosmandlari uchun haqiqiy topilma.

👉 #samsung | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔎 Google logotipini yangiladi

ℹ️ Aniq-tiniq ajratilgan ranglardan voz kechib, hammasini bir-biriga qo'shdi va silliq gradient hosil qildi.

🙃 Fikringizni bir tiyinlik ta'siri bo'lmasa ham, ayting, qaysi biri ma'qul?

👉 #google | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OVOZA | Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sun’iy intellekt tayyor dastyor, lekin uning xavfli tomonlari ham bor

Efir: 13.05.2025 | 19:00
#Toshkent
Muxbir: Dovudxon G'ulomjonov

🚀TELEGRAM | 🌐INSTAGRAM
🌐FACEBOOK | 📹YOUTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/08 10:34:31
Back to Top
HTML Embed Code: