Telegram Web Link
📷 Instagram’da profil joylashuvini (setkani) tahrirlash imkoni paydo bo‘ladi

ℹ️ Yaqin yangilanishlarda foydalanuvchilar postlar tartibini profilda qo‘l bilan o‘zgartira olishadi.

🎵 Shuningdek, Stories’ga “Reaksiya” stikeri qo‘shish va Spotify’dagi treklarni Notes (Izohlar) bo‘limida ulashish funksiyalari ham e’lon qilindi.

➡️ #instagram | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍5🤬5🥱3👾3
📱📱 X Fold 5 Apple Watch va AirPods bilan ishlay oladigan dunyodagi birinchi Android-smartfon!

ℹ️ Kompaniya rasmiy bayonotlariga ko‘ra, soatlar smartfonga kelayotgan barcha bildirishnomalarni ko‘rsata oladi, shuningdek, vivo Health ilovasidan ma’lumotlarni qabul qiladi.

☁️ Ulashish iCloud hisob qaydi orqali amalga oshiriladi. iCloud Drive, fotosuratlarni sinxronlash va boshqa barcha funksiyalarni qo‘llab-quvvatlashi e’lon qilingan.

🍏 Ammo bu hammasi emas — qandaydir tarzda Vivo X Fold 5’ni AirPods bilan ham moslashtira olgan: u fazoviy audio, chiroyli ulanish oynasi va iPhone’dan qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish, Mac uchun tashqi displey sifatida ishlash funksiyalariga ega.

🤷‍♂️ Taxminlarga ko‘ra, kompaniya bu moslikni Apple’ning rasmiy API’larsiz, cheklovlarni qisman chetlab o‘tish orqali amalga oshirgan. Ammo ehtimol, Apple kelgusidagi yangilanishlar orqali bu “moslikni” bloklashi mumkin.

➡️ #vivo #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍195👾3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎮 7 Shimoliy Koreyada bo'larmish... 🇰🇵

😂 Hazil, yana kutib yurmanglar))

➡️ #kayfiyat #game| Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1😁54🔥13🗿5👍3👾2
🥇 NVIDIA RTX 5090 – "Dhahab Edition": oltin bilan qoplangan grafik karta Dubayda namoyish qilindi!

🖥 Bu oddiy RTX 5090 emas. Dubaydagi GITEX Africa 2025 ko‘rgazmasida taqdim etilgan karta 18 karatli 6.5 grammdan iborat haqiqiy oltin bilan bezatilgan bo‘lib, “Dhahab” (arabchada – oltin) deb nomlangan maxsus versiya.

NVIDIA bu modelni o‘zi emas, balki Dubaydagi maxsus butik kompaniya orqali ishlab chiqargan. Dizaynidan tortib, qadoqlanishigacha – hammasi hashamatga yo‘g‘rilgan.

⚙️ Qanday texnik xususiyatlar borligi aytilmagan, ammo ehtimol oddiy RTX 5090 bilan bir xil bo‘ladi. Faqat, ustiga NVIDIA Bosh direktori Jensen Xuangning dastxati ham tushirilgan.

🇦🇪 Bu karta kolleksionerlar va Dubaydagi premium texnologiya ishqibozlari uchun mo‘ljallangan.

🧐 Siz olarmidingiz bunday “oltin kartani”?

➡️ #nvidia | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗿2322👍10😭5👾1
📱 Meta hamkorligida Oakley yangi aqlli ko‘zoynaklarni taqdim etdi — Oakley Meta HSTN

👓 Bu model Oakley HSTN’ning avvaldan mavjud bo‘lgan opavasi asosida yaratilgan, ammo endi aqlli funksiyalar bilan boyitilgan:

• 3K sifatda video yozadigan kamera
• Meta AI asosidagi ovozli yordamchi
• Dujkalarda joylashgan kuchli ochiq dinamika: AI javoblarini eshitish, musiqa yoki podkast tinglash mumkin
• 8 soatlik ishlash vaqti (aralash rejimda), 19 soatgacha kutish holatida
• Qutisi bilan birga 48 soatgacha qo‘shimcha ishlash vaqti
• Tez zaryad: 20 daqiqada — 50%
• Namlikdan himoya: IPX4

😎 Desert 24k Prizm Polar rangidagi cheklangan versiya 11-iyuldan $499 narxda sotuvga chiqadi. Qolgan kolleksiya esa shu yoz oxirida $399 narxda chiqishi kutilmoqda.

➡️ #meta | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1710🔥7😁1👾1
🚀 Yerdan tashqariga kvant kompyuteri olib chiqildi!

🛰 2025-yil 23‑iyunda SpaceX Transporter‑14 raketasi yordamida Falcon 9 orqali orbitaga fotonsiz kvant kompyuter olib chiqildi — bu birinchi real kvant hisoblash tizimi bo‘lib, u taxminan 550 km balandlikda joylashadi.

🧪 Qurilma shoebox o‘lchamida, nemis Airbus DLR laboratoriyasida to‘g‘ridan‑to‘g‘ri 11 kunda yig‘ildi va radiatsiya, harorat o‘zgarishi hamda vibratsiyalarga bardosh berishi uchun mo‘ljallangan.

⚙️ Endi ma'lumotni orbitada tahlil qilish mumkin — bu Yerga yuborishda kechikishni ancha qisqartiradi. Bu tadbir kvant texnologiyalarini kosmosda ishlatishda inqilob bo‘lib, orbitadagi sun’iy intellekt, xavfsiz aloqa hamda ilmiy tadqiqotlar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.

➡️ #koinot | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👍6🆒3
📱 Poco F7 taqdim etildi

Displey: 6,83 dyuymli AMOLED, 2772×1280 piksel, 120 Hz yangilanish tezligi, 3200 nit yorqinlik, Dolby Vision, HDR10+ qo‘llab-quvvatlashi.
Protsessor: Snapdragon 8s Gen 4 (3,2 GHz), Adreno 825 grafikasi.
Operativ xotira: 12 GB.
Doimiy xotira: 256/512 GB (UFS 4.1).
Asosiy kamera: 50 MP (f/1.5) + 8 MP (f/2.2).
Old kamera: 20 MP (f/2.2).
Batareya: 6500 mA·soat (Hindistonda 7550 mA·soat), 90 W tez zaryadlash, 22.5 W quvvatni teskari uzatish.
Operatsion tizim: HyperOS 2 (Android 15 asosida).
Qo‘shimcha: IP68 nam va changdan himoya, Wi-Fi 7, ekrandagi barmoq izi skaneri.
O‘lchamlari: 163.1 x 77.9 x 8.2 mm.
Og‘irligi: 215 g.

🗓 Sotuvga chiqish sanasi: 1-iyul
💰 Narxlar: 12/256 GB — $399, 12/512 GB — $449.

➡️ #xiaomi | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥26👍16112👾2
😢 G'amgin smaylik endi tarixda qoldi — Microsoft "ko‘k o‘lim ekrani"ni qora rangga almashtirmoqda

💻 Windows 11 24H2 yangilanishida mashhur ko‘k BSOD endi qora fonda chiqadi.
📄 Stop-kod va drayver nomi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekranda ko‘rsatiladi.
🚫 Emoji va QR-kodlar olib tashlandi.
📆 Yangilanish yozda chiqadi.

➡️ #windows | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎55👍1411👾6🤯1
🍏 Majin Bu: iPhone 17'da tishlangan olma "jichcha" pastroqqa tushishi mumkin ekan

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣90👎45👾42👍1
2025/07/09 10:24:34
Back to Top
HTML Embed Code: