Telegram Web Link
👨‍💻 WWDC 2025 asosiy yangiliklari

🍏 Apple bu safar AI (Sun’iy Intellekt) va dizayn sohasidagi yangilanishlarga urg‘u berdi. Mana eng muhim 10 ta “fishka”:

🫧 Liquid Glass dizayni — iOS 26, macOS Tahoe va watchOS 11’ga shaffof, jonli vizual interfeyslar qo‘shildi.

🗓 Yil bo‘yicha nomlanish — endi barcha OS’lar (iOS, iPadOS, watchOS va h.k.) yil raqamiga qarab nomlanadi (masalan, iOS 26).

🧠 Apple Intelligence — qurilmada ishlovchi (on-device) AI, maxfiylikni saqlagan holda ChatGPT bilan ishlash imkonini beradi.

🌍 Live Translation — real vaqt rejimida tarjima FaceTime va telefon qo‘ng‘iroqlariga integratsiya qilindi.

🏃‍♂️ Workout Buddy Apple Watch endi sun’iy intellekt yordamida motivatsiya beradi va mashqlarni shaxsiylashtiradi.

🖼 Visual Intelligence — skrinshot va rasm ichidan matn, obyekt yoki ma’lumotlarni ajratib olish va tahlil qilish mumkin.

🤖 Genmoji & Image Playground — AI yordamida shaxsiy emoji va rasmlar yaratish; ChatGPT bilan integratsiya qilingan.

🔋 Adaptive Power Mode — iPhone’lar endi foydalanishga qarab o‘z-o‘zini optimallashtiradi va batareyani tejaydi.

🎧 AirPods yangi funksiyasi — kamera masofadan boshqarilishi va fon shovqinlarini yanada chuqurroq izolyatsiya qilish.

🥽 Vision Pro & PS Gamepad — Apple Vision Pro endi PSVR2 gamepad’larini qo‘llab-quvvatlaydi, geymerlar uchun yangilik!

☑️ Xulosa: Bu safar Apple katta inqilobdan ko‘ra, mavjud tizimlarni kuchaytirishga e’tibor qaratdi. Sun’iy intellekt imkoniyatlari real hayotda ish beradi – lekin Siri hali to‘liq yangilanmagan.

👩‍💻 Sizga qaysi funksiya yoqdi? Izohlarda kutamiz!

Post ancha kech chiqqani uchun uzr. Vaqt bo'lmadi...

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📡 iOS 26 internet bo‘lmaganda ham ob-havo ko‘rsatadi — sun’iy yo‘ldosh orqali!

🍏 Apple yangi iOS 26 beta-versiyasida qiziqarli funksiya topildi: agar Wi-Fi va mobil tarmoq bo‘lmasa, iPhone ob-havo ma’lumotlarini sun’iy yo‘ldosh orqali qabul qila oladi. Buning uchun faqat telefonni yuqoriga ko‘tarish kifoya — aloqa o‘rnatiladi va prognoz yangilanadi.

⛅️ Bu funksiya hali rasmiy e’lon qilinmagan — WWDC 2025da ham, boshqa joylarda ham tilga olinmadi. Kutilishicha, bu yangilik iOS 26 ning kuzda chiqadigan yakuniy versiyasida paydo bo‘ladi.

📱 Hozircha bu imkoniyat barcha mos modellarda bo‘ladimi yoki faqat iPhone 17 (iPhone 26)da ishlaydimi — noma’lum. Yangiliklarni kuzatishda davom etamiz.

➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📷 Instagram’da profil joylashuvini (setkani) tahrirlash imkoni paydo bo‘ladi

ℹ️ Yaqin yangilanishlarda foydalanuvchilar postlar tartibini profilda qo‘l bilan o‘zgartira olishadi.

🎵 Shuningdek, Stories’ga “Reaksiya” stikeri qo‘shish va Spotify’dagi treklarni Notes (Izohlar) bo‘limida ulashish funksiyalari ham e’lon qilindi.

➡️ #instagram | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱📱 X Fold 5 Apple Watch va AirPods bilan ishlay oladigan dunyodagi birinchi Android-smartfon!

ℹ️ Kompaniya rasmiy bayonotlariga ko‘ra, soatlar smartfonga kelayotgan barcha bildirishnomalarni ko‘rsata oladi, shuningdek, vivo Health ilovasidan ma’lumotlarni qabul qiladi.

☁️ Ulashish iCloud hisob qaydi orqali amalga oshiriladi. iCloud Drive, fotosuratlarni sinxronlash va boshqa barcha funksiyalarni qo‘llab-quvvatlashi e’lon qilingan.

🍏 Ammo bu hammasi emas — qandaydir tarzda Vivo X Fold 5’ni AirPods bilan ham moslashtira olgan: u fazoviy audio, chiroyli ulanish oynasi va iPhone’dan qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish, Mac uchun tashqi displey sifatida ishlash funksiyalariga ega.

🤷‍♂️ Taxminlarga ko‘ra, kompaniya bu moslikni Apple’ning rasmiy API’larsiz, cheklovlarni qisman chetlab o‘tish orqali amalga oshirgan. Ammo ehtimol, Apple kelgusidagi yangilanishlar orqali bu “moslikni” bloklashi mumkin.

➡️ #vivo #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎮 7 Shimoliy Koreyada bo'larmish... 🇰🇵

😂 Hazil, yana kutib yurmanglar))

➡️ #kayfiyat #game| Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥇 NVIDIA RTX 5090 – "Dhahab Edition": oltin bilan qoplangan grafik karta Dubayda namoyish qilindi!

🖥 Bu oddiy RTX 5090 emas. Dubaydagi GITEX Africa 2025 ko‘rgazmasida taqdim etilgan karta 18 karatli 6.5 grammdan iborat haqiqiy oltin bilan bezatilgan bo‘lib, “Dhahab” (arabchada – oltin) deb nomlangan maxsus versiya.

NVIDIA bu modelni o‘zi emas, balki Dubaydagi maxsus butik kompaniya orqali ishlab chiqargan. Dizaynidan tortib, qadoqlanishigacha – hammasi hashamatga yo‘g‘rilgan.

⚙️ Qanday texnik xususiyatlar borligi aytilmagan, ammo ehtimol oddiy RTX 5090 bilan bir xil bo‘ladi. Faqat, ustiga NVIDIA Bosh direktori Jensen Xuangning dastxati ham tushirilgan.

🇦🇪 Bu karta kolleksionerlar va Dubaydagi premium texnologiya ishqibozlari uchun mo‘ljallangan.

🧐 Siz olarmidingiz bunday “oltin kartani”?

➡️ #nvidia | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Meta hamkorligida Oakley yangi aqlli ko‘zoynaklarni taqdim etdi — Oakley Meta HSTN

👓 Bu model Oakley HSTN’ning avvaldan mavjud bo‘lgan opavasi asosida yaratilgan, ammo endi aqlli funksiyalar bilan boyitilgan:

• 3K sifatda video yozadigan kamera
• Meta AI asosidagi ovozli yordamchi
• Dujkalarda joylashgan kuchli ochiq dinamika: AI javoblarini eshitish, musiqa yoki podkast tinglash mumkin
• 8 soatlik ishlash vaqti (aralash rejimda), 19 soatgacha kutish holatida
• Qutisi bilan birga 48 soatgacha qo‘shimcha ishlash vaqti
• Tez zaryad: 20 daqiqada — 50%
• Namlikdan himoya: IPX4

😎 Desert 24k Prizm Polar rangidagi cheklangan versiya 11-iyuldan $499 narxda sotuvga chiqadi. Qolgan kolleksiya esa shu yoz oxirida $399 narxda chiqishi kutilmoqda.

➡️ #meta | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Yerdan tashqariga kvant kompyuteri olib chiqildi!

🛰 2025-yil 23‑iyunda SpaceX Transporter‑14 raketasi yordamida Falcon 9 orqali orbitaga fotonsiz kvant kompyuter olib chiqildi — bu birinchi real kvant hisoblash tizimi bo‘lib, u taxminan 550 km balandlikda joylashadi.

🧪 Qurilma shoebox o‘lchamida, nemis Airbus DLR laboratoriyasida to‘g‘ridan‑to‘g‘ri 11 kunda yig‘ildi va radiatsiya, harorat o‘zgarishi hamda vibratsiyalarga bardosh berishi uchun mo‘ljallangan.

⚙️ Endi ma'lumotni orbitada tahlil qilish mumkin — bu Yerga yuborishda kechikishni ancha qisqartiradi. Bu tadbir kvant texnologiyalarini kosmosda ishlatishda inqilob bo‘lib, orbitadagi sun’iy intellekt, xavfsiz aloqa hamda ilmiy tadqiqotlar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.

➡️ #koinot | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Poco F7 taqdim etildi

Displey: 6,83 dyuymli AMOLED, 2772×1280 piksel, 120 Hz yangilanish tezligi, 3200 nit yorqinlik, Dolby Vision, HDR10+ qo‘llab-quvvatlashi.
Protsessor: Snapdragon 8s Gen 4 (3,2 GHz), Adreno 825 grafikasi.
Operativ xotira: 12 GB.
Doimiy xotira: 256/512 GB (UFS 4.1).
Asosiy kamera: 50 MP (f/1.5) + 8 MP (f/2.2).
Old kamera: 20 MP (f/2.2).
Batareya: 6500 mA·soat (Hindistonda 7550 mA·soat), 90 W tez zaryadlash, 22.5 W quvvatni teskari uzatish.
Operatsion tizim: HyperOS 2 (Android 15 asosida).
Qo‘shimcha: IP68 nam va changdan himoya, Wi-Fi 7, ekrandagi barmoq izi skaneri.
O‘lchamlari: 163.1 x 77.9 x 8.2 mm.
Og‘irligi: 215 g.

🗓 Sotuvga chiqish sanasi: 1-iyul
💰 Narxlar: 12/256 GB — $399, 12/512 GB — $449.

➡️ #xiaomi | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/27 01:34:35
Back to Top
HTML Embed Code: