Telegram Web Link
Farzand tarbiyasida qat'iyat muhimdir. Ya'ni bolaga bir narsani bugun ruxsat berib, ertaga taqiqlash to'g'ri emas.

Taqiqlasangiz, asosli ravishda taqiqlang va keyin shu so'zizda qat'iy turing. Bolaning yig'isi, xafaligiga ko'nglingiz bo'lmay, qaroringizni o'zgartirmang. Albatta, taqiqlar bolaning yoshi, holatini hisobga olgan holda bo'lishi kerak buning uchun.

Shuningdek, hamisha ruxsat beraverish, bola nima desa, muhayyo qilaverish ham noto'g'ri. Bunda bolani irodasiz qilib, taltaytirib yuborishingiz mumkin. Oltin o'rtalikni ushlashga harakat qiling.

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol siz bergan mehrni yanada ko‘paytiradi

💙 Ayolga nima bersangiz, u sizga undan-da ko‘prog‘ini qaytaradi.

💙 Oila bering – u sizga farzand hadya qiladi.
💙 Uy bering – u uni qulay va iliq maskanga aylantiradi.
💙 Tabassumingizni bering – u qalbini sizga bag‘ishlaydi.

Ayollar berilgan e’tibor va mehrni yanada kuchaytirib qaytarishadi. Shuning uchun ulardan yaxshilik ko‘rishni istasangiz, avvalo o‘zingiz mehr va e’tibor bera olishga tayyor bo‘ling.

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
608-savol: Uylanish yoki ilmni davom ettirish?

Assalomu alaykum va rohmatulloh! Salomatmisiz, ustoz?

Chet davlatda tolibi ilmman. Ikki yil oldin fotiha qilinganman, uylanishim kerak. O‘qish sababli ishlashga vaqtim yo‘q. Ota-onam bu yil uylanasan deb turib olishgan. Qiz taraf ham shuncha kutdi. Ota-onam o‘qish va bu yerdagi xarajatlarim uchun pulni zo‘r-bazo‘r yuborishadi. Hatto yuborgan pullari yetmaydi, lekin ularga aytmayman, bir amallayman. O‘zim yashasam, bir kun ovqatlanib, bir kun yemasdan yuraveraman. Uylangandan keyin bunday bo‘lmaydi.

Ularga “Uylansam, xarajatlar ancha ko‘payadi”, desam, “Bir amallaymiz”, deyishadi. Lekin aniq bilaman, qiynalishadi. Bo‘lg‘usi ayolimning qiynalib (och qolib) yashashini istamayman.

O‘qishni tashlab ishlashim kerakmi yoki “Alloh rizq beruvchi” deb ilmni davom ettiraymi?

Qanday maslahat berasiz? Javobingiz uchun tashakkur!

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom va rahmatulloh. O'qish bilan birga ishlashning chorasini topishga harakat qiling.

#Oila_qurish

Yanada ko'proq savol-javoblar
Dam bu damdir...

Ko‘plab juftliklar munosabatlarida kelajak rejalari tuzishni odat qilishadi. Ular ertangi kun haqida o‘ylab, birgalikda nimalarga erishishlarini tasavvur qilishadi: o‘z uyini olish, bolalarni ulg‘aytirish, keksalikda birga vaqt o‘tkazish… Bu, albatta, yaxshi odat. Lekin ba’zida juftliklar shunchalik kelajakka berilib ketishadiki, hozirgi baxtni sezmay qolishadi.

Kelajak deb hozirgi baxtdan voz kechmang
Doim “Ertaga baxtli bo‘lamiz”, “yana biroz chidasak bo‘ldi”, “bu qiyinchiliklardan o‘tamiz, keyin yaxshi yashaymiz” degan fikrlarga berilib ketish odamni hozirgi lahzaning qadriga yetishdan chalg‘itadi. Agar faqat kelajakdagi farovonlik uchun yashasangiz, bugunning quvonchidan mahrum bo‘lasiz. Hayot esa hozir kechmoqda.

Hozirgi lahzani qadrlashni unutmang
Shoshqaloqlik bilan kelajak sari intilish, faqat oldinga qarash insonni charchatishi mumkin. Har kuni o‘zingizga savol bering: “Bugun men munosabatlarimizdan rozimanmi?”, “Bugun biz birga baxtli onlarni boshdan kechirdikmi?”

Baxt – kelajakdagi rejalarda emas, hozirgi kuningizda. U yengil suhbatda, birgalikda ichilgan bir piyola choyda, samimiy tabassumda yashiringan.

Bugun baxtli bo‘lishni o‘rganing
Munosabatlaringizda quvonch toping, juftingiz bilan bugungi kundan zavqlaning. Bir-biringizga e’tibor bering, mehr ko‘rsating, kichik lahzalardan lazzat oling. Kelajakdagi baxtni kutib yashash emas, hozirgi baxtni his qilish muhim.

Chunki bizning qo‘limizda faqat hozirgi vaqt bor.

#Baxt

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Uch narsa ayollik latofatini kamaytirib yuboradi: itoatsizlik, asabiylashish va ovozni ko‘tarish

Abbos Abdulloh

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Turmush o’rtog’ini qiyin kunlarda tushunib, qo’llab-quvvatlagan ayol osoyishta kunlarda alohida e’tiborga loyiqdir. U sabr bilan sinovlardan o’tib, o’z sevgisi va sadoqatini isbotladi.

Bunday ayol nafaqat yaxshi juft, balki haqiqiy do‘st-qadrdon hamdir. Dunyo ko‘zingizga tor kelganda yoningizda turgan kishini kengchilik kunlarida hargiz qo‘lini qo‘yib yubormang!

#Erkaklar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Saraton bilan og‘rigan qizga yordam kerak!

Bir ona 1993-yilda tug‘ilgan qizi uchun yordam so‘ramoqda. Qiziga tez rivojlanadigan saraton tashxisi qo‘yilgan, kasallik ichki a’zolariga tarqalmasligi uchun zudlik bilan Rossiyada operatsiya qilish kerak ekan. O'zlari 6 oydan beri davolatib kelmoqda, lekin operatsiya uchun 20 ming dollar kerak ekan, bunga imkonlari yetmaydi.

Ishonchli, o'zimiz bilgan kishi. Imkon qadar yordam qilaylik!

Karta raqami: 9860 0825 8100 5038
Telefon raqami: +998 91 682 91 90

Ehsonlaringiz sabab bo‘lib, bir inson hayoti saqlanib qolishi mumkin. Alloh rozi bo‘lsin!
Assalomu alaykum va rahmatulloh!

Ramazon hayiti muborak bo‘lsin! Alloh taolo tutgan ro‘zalarimiz, qilgan ibodatlarimizni qabul aylasin! Barchamizga ikki dunyo saodatini bersin!

Oilalarimiz tinch-totuv, farovon bo‘lsin!

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayollar – bizga berilgan omonat

Erkak va ayol bir-birini to‘ldiruvchi, hayot yo‘lida birga harakat qiluvchi juftlikdir. Ayol erkakka umr yo‘ldoshi, farzandlarining onasi, uyining bekasi sifatida omonat qilib berilgan. U himoya, mehr va hurmatga loyiq.

Omonatga xiyonat qilmay, uning rioyasini qilish kerak. Unga ozor berish, e’tiborsiz qoldirish, qadrlamaslik omonatga xiyonatdir.

Omonatni asraylik, azizlar. Ayolga mehr-e'tibor beraylik. Zero baxtli ayol – baxtli oila demakdir.

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayollar bu uch narsani qilishi shart!

1. Turmush o'rtog'iga farzandlari yonida hurmatsizlik qilmasligi. Aslida, boshqa vaqt ham hurmatsizlik qilmasin, farzandlarining yonida ayniqsa.

2. Turmush o'rtog'ini hammadan afzal ko'rishi, lekin uning yonida qaynonasini undan muqaddam qo'yishi. Masalan, avval qaynonasiga ovqat berishi.

3. Turmush o'rtog'i yonida bo'lganda ham, yonida bo'lmasa ham uni moli, sha'ni, obro'sini himoya qilishi.

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hayot o'tgan kunlar emas, esda qoladigan kunlardir.

Petr Andreevich Pavlenko

#Baxt

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayolga faqat sadoqat va muhabbat kerak deydilar, ha, hamma narsangiz bilan birga!

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Hubbuna pinned a photo
Учрашувга чиққанда китоблар ҳақида албатта сўранг. Оила мавзуларидаги қайси китобларни ўқиб чиққани ҳақида қизининг. Иложи бўлса ўқиган китоблари ҳақида чуқурроқ суҳбатлашинг.

Хозирги кунда оилаларнинг бузилишига асосий сабаблардан бири оила ҳақидаги билимларга етарлича эга эмаслигидир.

Китобларда қандай вазиятда ўзини қандай тутиш ҳақида кўплаб маслаҳат ва тавсиялар берилган. Буларни билган ва уларга амал қилган кишилар орасида оилада катта муаммолар пайдо бўлмаслигини тушуниб етишимиз керак.

Номзоддан китоб ҳақида сўрашдан аввал ўзининг ҳам китоб ўқиган бўлишингиз кераклигини унутиб қўйманг.

👉 @ShavkatHasan 👈 Бизни кузатиб боринг
Intizom

Intizom ota-onalarga bolalarga nima maqbul va qaysi xatti-harakatlarning nomaqbul ekanligini ko‘rsatishga imkon beradi. Bu ularga o‘z farzandlari uchun chegaralarni belgilashga yordam beradi, ularga ulardan nima kutili­shini va jamiyatda o‘zini qan­day tutish kerakligini o‘rgatadi. Ota-onalar bolalar oldida jamiyatni birinchi bo‘lib ifodalaydilar. Shunday ekan, jamiyatning umidlarini va bu umidlarni qanday qondirishni eng yumshoq tarzda yetkaza oladigan insonlar ota-ona­lardir. Bolani jamiyatga mos keladigan qilib ulg‘aytirish muhimdir. Shu bilan birga, intizom ham nozik masaladir. Uning yo‘qligi o‘z munosabatlarida o‘z chegaralarini belgilashga harakat qilayotgan bolalarni chalkashtirib yuborishi mumkin.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
«Kuchsizlik»ning kuchi

Hurmatli #ayollar, bizning bitta kamchiligimiz bor. U ham bo‘lsa, ko‘p gapirishimizda!

Agar eringizdan ham «kuchli» bo‘lishni istasangiz, buning yo‘li bitta. U ham bo‘lsa, unga «kuchsiz» ekanligingizni, ya’ni ojizligingizni namoyon etmoqdir. Har bir ishda unga suyanishingizni his etsin. Har bir fikriga «juda to‘g‘ri o‘ylabsiz, men bilolmay turgandim», deb ko‘ring-chi... Yoki ro‘zg‘or buyumlaridan nimadir olib keldi. Bu buyumdan uyda yetarlicha bor. Aksiga olib, rangi ham sizga yoqmaydiganidan olibdilar.
Darrov «bobillab» berishga shoshmang! ))

«Xuddi shunaqasi bo‘lsa deb orzu qilgandim, juda kerak edi-ya», deb ayting. Yo‘qsa kelgusi safar sizga hech narsa yo‘q-da! )

Esingizda bo‘lsin «o‘zim bilaman, siz bilmaysiz. O‘zim opkelaman, siz tanlayolmaysiz...» kabi o‘z bilarmonligingiz bilan bora-bora turmush o‘rtog‘ingizni mas’uliyatsiz odamga aylantirib qo‘yasiz.
Har bir ishga yuguravermasdan sabr qiling. O‘ziga qo‘yib bering.

Keyinchalik «hech narsa bilan ishlari yo‘q, hammasini men o‘ylashim kerak» deganingiz befoyda....

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2025/07/05 19:58:25
Back to Top
HTML Embed Code: