Telegram Web Link
Rafiqam bilan fikrimiz bir joydan chiqmay qolsa, biz odatda u xohlaganini qilamiz. Rafiqam buni “murosaga kelish” deb ataydi.

Mark Tven

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁25434🥰12👍4🌚3❤‍🔥1
​​Ayol kishi turmushga chiqayotganida erkakning kamchiliklarini biladi. Lekin qalbida bir ishonch bo'ladi: “Meni sevsa, o‘zgaradi”.

Yillar o‘tadi. U o‘zgarishini kutadi, gapiradi, iltijo qiladi… lekin erkak o‘zgaravermaydi.

Nega?

Chunki odam o‘zgarmaydi emas, balki birov uchun o‘zgarmaydi. O‘zgarish ichkaridan kelmasa, muhabbat bo‘lsa ham, tashqi harakat yetarli bo‘lmaydi.

Ayol esa buni kech tushunadi... Shuning uchun nasiya baxtni orzu qilib emas, naqdiga ko'ra qaror qabul qilish kerak.

#Ayollar #Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥79👍28💯23🥰11💔106❤‍🔥4🤔2
"Yarimta xurmo sadaqa qilib bo‘lsa ham o‘zingizni do‘zax olovidan asrang".


Xayriya haqida

Ehsoningiz uchun: 9860160605493933
31
Erkaklar, bilasizmi, har bir ayolning yuragida bitta orzu bor: o‘zini ojiz, charchagan his qilgan onida uni bag‘riga mahkam bosadigan kuchli erkak bo‘lishi va taxminan o‘n daqiqa davomida faqat bitta gapni aytib turishi — “Men seni juda yaxshi ko‘raman.”

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
123🥰35💯31😁17❤‍🔥7👍5🔥5💔2
Baxt boylikda emas

Oila qurish arafasida turgan ayol, shuni unutmangki, boy degani baxtli qiladi degani emas. Avvalo diyonati, xulqiga qarang.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
💯537❤‍🔥5🔥5
Sevsangiz, butun seving!

Yaxshi tomoni bilan birgalikda yomon tomonini ham. Faqat yomonligini eslab, yaxshiligini unutib qo‘ymang! Zero, hadisda: «Mo‘min kishi mo‘mina ayolini yomon ko‘rmasin! Uning bir xulqi yoqmasa, boshqa xulqi yoqadi», —deyilgan.

Abdulhodiy Yusuf

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
70💯18👍11❤‍🔥6🔥3🥰2💔1
Suhbat — ruh ozuqasi. Turmush o'rtog'ingiz bilan dildan suhbatlashib turing. Buning uchun birgalikda sayrga yoki safarga chiqish ayni muddao.

Ayniqsa, uzoq yo'lga chiqqanda qalblar bir-biriga yanada yaqinlashadi. Safarda bir-biringizga suyanch bo'lasiz.

Siz qachon juftingiz bilan safarga chiqasiz? Balki bu safar sevgi safari bo'lar...

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
67🥰23💔11👍4❤‍🔥2🤔1
2025/07/13 01:31:08
Back to Top
HTML Embed Code: