Telegram Web Link
​​Erkak xato qiladi, ayol xafa bo‘ladi va erkak uzr so‘raydi.
Ayol xato qiladi, erkak g‘azabini sochadi, ayol xafa bo‘ladi va erkak uzr so‘raydi.

Mark Tven

#ayollar #erkaklar

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁137💯21🤔9🔥62
– Sukut saqlashga haqqingiz bor. Aytgan gaplaringiz o‘zingizga qarshi ishlatiladi.
– Bilaman, uylanganman.

Mavlon Marasulov

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁17113👍6😱2
Ajralish odatda birdaniga sodir bo‘lmaydi. Ko‘pincha munosabatlar asta-sekin tugaydi — savollar berish to‘xtaganda, bir-birining fikrlariga qiziqish so‘nganda, tinglash qoladi-yu, ammo endi chin dildan emas.

Bu jarayon sezilmay kechadi. Go‘yo hammasi joyida: suhbatlar bor, umumiy ishlar bor, birgalikdagi suratlar bor. Lekin bu suhbatlarda chuqurlik yo‘q. Ishlarda ishtirok yo‘q. Suratlarda esa haqiqiy iliqlik yo‘q.

Ba’zida buni o‘z vaqtida sezsangiz, munosabatni saqlab qolish mumkin. Lekin buning uchun avvalo rostini tan olish kerak: nimadir yo‘qolgan. Va uni ayblovlar bilan emas, balki e’tibor bilan qaytarib ko‘rish kerak.

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯58👍1815💔7🔥2🥰2😱1
Agar xotining "Hamma erkaklar ablah bo‘ladi!" degan bo‘lsa, u aynan seni nazarda tutgan, boshqa erkaklarni emas.

Ayman Yog‘iy

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁165💯2412👍10🔥1
«Hammasini birgalikda hal qilamiz» — bu “Men seni sevaman” degan so‘zga o'xshaydi, lekin yuz barobar kuchliroq. To‘g‘rimi? — ❤️

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
183💯34👍15💔4🔥3🤔1
O‘zgarish — bu eng yaxshi kechirim so‘rash shakli. Chunki “kechir” degan so‘z uxlolmay chiqqan tunlarni o‘chirib tashlamaydi. U yo‘qotilgan ishonchni ham qaytarmaydi. Muhimi, xulqdagi o'zgarishdir, harakatdir. Chunki isbot har doim so‘zlarda emas, balki inson nima qilayotganida bo‘ladi.

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
56💯31👍12🔥7
Ertalab ishga ketayotganda ayoli uxlab yotgan erkaklar ikki turga bo'linadi:

1. Sekingina ayolining ustiga choyshabni yopib, indamay ketadi.

2. Uni uyg'otish uchun bor qo'pol harakatlarni qilib alamini olishga harakat qiladi. Axir u nonushtasiz ishga ketyapti!

#tarjima

Mayli-ku, lekin baribir erkak ishga ketishida uyg'onib, mehr bilan jo'natinglar, #ayollar.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
85😁59👍23❤‍🔥5🔥4🌚3💯1
Muhabbatning ilk belgisi uni hammadan muqaddam qo'ymoqdir!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
68💯20🔥8👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biringiz olov boʻlsa, biringiz suv boʻling

Oilada baʼzan kelishmovchiliklar boʻlib turishi tabiiy holat. Shu vaziyatda bir-birining diliga ozor berishdan hayo qilganlar, asli haqiqiy muhabbatlilardir.

Maqsadingiz aynan kimda ayb ekanligini topish emas, vaziyatni yaxshilash uchun zaboningizni nomaqbul soʻzlardan saqlash boʻlsin.

#Muammo

Yanada ko‘proq videolar
🔥2919👍7💯4
Naqadar go'zal demishlar:
"Qo'llaringni ayoling va qizingning boshini silashdan tiyma, inson. Bilki... Ayollar ochlikdan o'lmaydilar, sevgisizlikdan, mehrsizlikdan, e'tiborsizlikdan o'ladilar!".

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
95💯39👍14🔥11
❤️ Фарзандингиз телефонга қараганда китобга кўпроқ қизиқишини хоҳлайсизми?

⚡️Фақат оналар учун икки кунлик онлайн "Китобхон Болажон" курсини тақдим қиламиз!

Икки кунлик “Китобхон болажон” курсида:
📘 Болага ўқиш одатини қандай сингдириш.
📚 Ҳар бир ёшда тўғри ёндашув.
💡 Китобдан совутадиган хатолар.
📖 Ёшга мос, қадриятларга тўғри келадиган китоб танлаш сирлари.

Муаллиф: Икром Шариф
Ҳамкор: ИНСАЙТ психология ва тренинг маркази

📍 Формат: Онлайн
🗓Курс санаси 25-26-октябр
🎯 Фақат оналар учун
🎟 Жойлар сони чекланган!

📞 Рўйхатдан ўтиш: +998931085568 | @Insayt_sotuv
5
Bolaga qilingan psixologik zoʻravonlik zararlari

Garvard tibbiyot maktabining (AQSh) bir guruh psixiatrlari tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, ona yoki otaning gʻazablangan holda aytgan ogʻzaki haqoratlari, kamsitishlari yoki erga urishlari bola miyasi tuzilishini sezilarli darajada oʻzgartirishi mumkin.

Olimlar psixiatrik jihatdan davolanayotgan 50 nafar bolani tahlil qilib, ularni 97 nafar sogʻlom bola bilan solishtirishdi. Ular jismoniy va ogʻzaki jazo miyaning ikki yarim sharini bogʻlaydigan nerv hujayralarining «kabeli» korpus kallosumini (bu miyaning chap va oʻng yarim sharlari pooʻstlogʻining oʻxshash joylarini bogʻlaydigan 7-9 sm uzunlikdagi eng muhim aksonal nerv yoʻlidir) sezilarli darajada qisqarishiga olib kelganligini aniqladilar. Natijada, miyaning turli qismlarida faollik pasaydi, xotira va e’tibor yomonlashdi, miyachaga qon oqimi pasaydi, bularning barchasi oxir-oqibatda bolalarda hissiy muvozanatning yoʻqolishiga olib keldi.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
🔥128😱6💔2😁1
AYOLLAR UCHUN ENG FOYDALI ICHIMLIKLAR 🌿

✔️ Limonli iliq suv
Organizmni uyg‘otadi, immunitetni mustahkamlaydi, terining tiniqligini oshiradi. Faqat oshqozoni sezgir ayollar och qoringa ichmasin.

✔️ Malina bargi choyi
Ayollar salomatligi uchun foydali, hayz og‘riqlarini yumshatadi va bachadon mushaklarini mustahkamlaydi. Doimiy ichishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur.

✔️ Zarchavoli sut
Yallig‘lanishga qarshi tabiiy vosita. Immunitetni ko‘taradi, hayz oldi holatlarini yengillashtiradi, asabni tinchlantiradi.

✔️ Ko‘k choy
Antioksidantlarga boy, yurak faoliyatini yaxshilaydi, teriga va kayfiyatga ijobiy ta'sir qiladi.

✔️ Oddiy suv
Tana va gormon muvozanatini saqlashning eng tabiiy yo‘li. Eng foydali ichimlik — bu shunchaki suv. 💧

#Salomatlik #ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
27👍6🥰2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandlaringiz qanday inson boʻlishini xohlaysiz?

Dunyoni oʻzgartirishni boshqalardan emas, avval oʻzingizdan boshlang deyishadi.

Farzand tarbiyasida ham barchasi oʻzingizni isloh qilishingizga bogʻliq.

Qachonki, siz oʻzingizni isloh qilar ekansiz, farzandlaringiz ham albatta sizdan oʻrnak oladi.

#tarbiya

Yanada ko‘proq videolar
💯18
Munosabatlarni yaxshilash uchun ilk qadam kechimli bo'lishdir.

Kechirimlilik, bag'rikenglik bo'lmasa, oila g'urbatxonaga aylanadi.

#tavsiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
51👍20💯7❤‍🔥4💔3🔥2
Ehsonning mukofoti faqat ehsondir!

Mavzumizdan kelib chiqib haqdor oilalarga yordam qilishga chaqiramiz. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo.

Batafsil ma'lumot

Karta raqam: 9860160605493933
10
Onalik maqomi!

Hayotdan umidi va quvonchi yo‘q onaning farzandini tarbiyalashi deyarli mumkin emas.

Barcha salbiy to'siqlarga qaramay hayotni tabassum bilan kutib olish - hayotni shunday qabul qilishdir.

Onaga eng katta psixologik bosim unga “onalik” maqomini bermaslik va uning fikrlarini oddiy va ma’nosiz deb qabul qilishdir.

Adem Güneş

#ona #tarbiya #ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯2612❤‍🔥5🔥4🤔2
"O‘g‘il farzand ko‘rdim, qiz farzand ko‘rdim, nima deb ism qo‘yishni bilmayapman. Maslahat beringlar", deydiganlarga qaysi ismni aytishingizni ahamiyati yo‘q. Ular e’tibor istashadi, xolos.

To‘qqiz oy davomida farzandini ismini o‘ylab ko‘rmay, tug‘ilganidan keyin o‘ylashni boshlagan odamlar yumshoq qilib aytganda fikrlashdan mosuvo bo‘lgan odamlardir.

Dindorni ham, dinsizni ham o‘z qahramoni, farzandini o‘xshashini istagan odami bo‘lmasa, u odam... Odamda endi-a?

Tupoy bo‘lsa, o‘zida kalla bo‘lmasa, ota-onasi, bobo-buvisi, qarindosh-urug‘i bo‘ladi. Hech bo‘lmasa, ko‘pni ko‘rgan, oqsoqol qo‘shnisi bo‘ladi. O‘shalarni yuziga oyoq qo‘yib, sizdan maslahat so‘raydigan nodonga erinmay maslahat beradiganlar, sizlar topsizlar. )

Sendagi bo‘yinni davomi ekan, hech yo‘q bolani to‘qqiz oy ko‘targan xotinga maslahat sol, desang-da. )

Jamshid Bobobekov

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁45💯19🔥137🤔3👍2
Qon bosimini dorisiz tushirishning tabiiy va ilmiy asoslangan usullari

Go‘shtni kamaytiring, sabzavotni ko‘paytiring.
Tadqiqotlarga ko‘ra, qizil go‘sht (mol, qo‘y) tarkibidagi to‘yingan yog‘lar qon tomirlar elastikligini pasaytiradi va bosimni oshiradi. Shuning o‘rniga sabzavotlarga, ayniqsa qovoq, baqlajon va bodringga e’tibor bering — ular kaliyga boy, bu esa yurak faoliyatini yaxshilab, bosimni tabiiy ravishda pasaytiradi.

Bosh barmoqni yumshoq massaj qiling.
Bosh barmoq nerv tizimi bilan bevosita bog‘liq. Uning uchi va atrofini aylana harakat bilan bir necha daqiqa massaj qilish stressni kamaytiradi, bu esa qon bosimini tushirishda yordam beradi. Asab tizimining tinchlanishi yurak urishini me’yorga keltiradi.

Oyoq panjalarini harakatlantiring.
Oddiy mashq: oyoq barmoqlarini o‘zingiz tomonga va o‘zingizdan uzoqqa navbat bilan harakatlantiring. Bu mashq oyoqdagi qon aylanishini faollashtirib, tomirlar orqali qon oqimini yaxshilaydi. Natijada yurakka yuk kamayadi va bosim pasayadi.

🩵 Qo‘shimcha maslahat: yetarli uyqu, tuz iste’molini kamaytirish, toza havoda yurish va kuniga kamida 1,5–2 litr suv ichish ham qon bosimini tabiiy me’yorda ushlab turishga yordam beradi.

#Salomatlik

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍41
Bir kuni messenjerdan notanish bir kishi salom berib, hol so'rab yozdi. Men unga javob qaytarib, o'zidan ham hol so'radim. Shunda haligi kishi rosa xursand bo'ldi. "Qancha taniqli kishilarga yozgan bo'lsam, qayta hol so'ramgan edi" deya minnatdor bo'ldi.

Aslida, kimdir sizdan hol so'raganda qayta hol so'rash juda qiyin ish emas. "O'zingiz-chi?" deng juda tilingiz yoki qo'lingiz og'rib qolishidan qo'rqsangiz. Bu bilan qarshingizdagi kishi siz uchun ahamiyatsiz inson emasligini bildirasiz. Qolaversa, bu odob, madaniyat belgilaridan hamdir.

Albatta, qarshi jins vakili yozganda hol so'rashib o'tirilmaydi. Taniqlilarni ham tushunaman: qayta hol so'rasa, qarshi tomon suhbatni boshlab yuboradi. Vaholanki, bunday kishilarga yozadiganlar ham, yumushlari ham ko'p, band odam bo'lishadi.

Ammo agar juda band inson bo'lmasangiz yoki yaqinlaringiz sizdan hol so'rasa, siz ham uning holiga qiziqib qo'yavering.

#Eslatma

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥97👍2🤔1
2025/10/26 04:13:28
Back to Top
HTML Embed Code: