Ota-ona o‘rtasidagi ittifoq
Ayol kishi erini qanchalik hurmat qilsa, e’zozlasa, bolalar ham shuncha hurmat qiladi, qadrlaydi.
Agar ayol juftini ishga yaxshi kuzatib, yaxshi kutib olsa, unga doim yaxshi muomala qilsa, bolalar ham shunday qiladi. Aksi bo‘lsa, bolalar ham otasini ota o‘rnida ko‘rmay, mehr qo‘ymay hatto mensimay ulg‘ayishi mumkin. Bir kun katta bo‘lib, aqlini taniganda onasining otasiga qilgan muomalasini tahlil qilib ko‘rib, onasini ham hurmat qilmay qo‘yadi, garchi yoshligida onasining yonida turgan, uni yaxshi ko‘rgan bo‘lsa-da.
Onalar oila farovonligi, ahilligi uchun ko‘proq rol o‘ynaydilar va hamisha shuni hisobga olgan holda harakat qilishlari kerak. To‘g‘ri, oilada muammolar, ko‘ngilsizliklar ham bo‘ladi. Shunday vaqtda jahlga berilib, qo‘pollik qilishga shoshilmay, bolalardan xoli holda juftlik o‘zaro gaplashib olishi kerak. O‘z navbatida erkaklar ham bolalarining yonida ayolini behurmat qilmasin. Xato qilganda koyishga shoshilmasin. Ota ham, ona ham farzandlari uchun namuna bo‘lsinlar, shunda bolalar ularga mehribon, itoatli bo‘ladi. Bolalaringiz sizga ixlosli bo‘lishini xohlasangiz, ularga yomon jihatlaringizni bildirmang va, albatta, o‘zingizni isloh qilib boring. Juftingizning biror xatosini sezganda ham bolalar yonida koyimang. Alohida gaplashib oling.
Hikmatlarda: “Bolalaringizni tarbiyalamang, o‘zingizni tarbiyalang. Ular baribir sizga o‘xshagan bo‘ladi”, – deyiladi.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar

🔥17❤13💯9👍2
Ajralish odatda birdaniga sodir bo‘lmaydi. Ko‘pincha munosabatlar asta-sekin tugaydi — savollar berish to‘xtaganda, bir-birining fikrlariga qiziqish so‘nganda, tinglash qoladi-yu, ammo endi chin dildan emas.
Bu jarayon sezilmay kechadi. Go‘yo hammasi joyida: suhbatlar bor, umumiy ishlar bor, birgalikdagi suratlar bor. Lekin bu suhbatlarda chuqurlik yo‘q. Ishlarda ishtirok yo‘q. Suratlarda esa haqiqiy iliqlik yo‘q.
Ba’zida buni o‘z vaqtida sezsangiz, munosabatni saqlab qolish mumkin. Lekin buning uchun avvalo rostini tan olish kerak: nimadir yo‘qolgan. Va uni ayblovlar bilan emas, balki e’tibor bilan qaytarib ko‘rish kerak.
#tarjima
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

💯57👍18❤14💔5🔥2🥰2😱1
O‘zgarish — bu eng yaxshi kechirim so‘rash shakli. Chunki “kechir” degan so‘z uxlolmay chiqqan tunlarni o‘chirib tashlamaydi. U yo‘qotilgan ishonchni ham qaytarmaydi. Muhimi, xulqdagi o'zgarishdir, harakatdir. Chunki isbot har doim so‘zlarda emas, balki inson nima qilayotganida bo‘ladi.
#tarjima
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#tarjima
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤45💯27👍11🔥6
Ertalab ishga ketayotganda ayoli uxlab yotgan erkaklar ikki turga bo'linadi:
1. Sekingina ayolining ustiga choyshabni yopib, indamay ketadi.
2. Uni uyg'otish uchun bor qo'pol harakatlarni qilib alamini olishga harakat qiladi. Axir u nonushtasiz ishga ketyapti!
#tarjima
Mayli-ku, lekin baribir erkak ishga ketishida uyg'onib, mehr bilan jo'natinglar, #ayollar.
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
1. Sekingina ayolining ustiga choyshabni yopib, indamay ketadi.
2. Uni uyg'otish uchun bor qo'pol harakatlarni qilib alamini olishga harakat qiladi. Axir u nonushtasiz ishga ketyapti!
#tarjima
Mayli-ku, lekin baribir erkak ishga ketishida uyg'onib, mehr bilan jo'natinglar, #ayollar.
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤62😁45👍17❤🔥4🔥3🌚1💯1